1. Organik kimyo faniga ta’rif bering. Organik kimyo


Download 301.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.05.2020
Hajmi301.29 Kb.
#103521
Bog'liq
1-maruza


1.  

Organik kimyo faniga ta’rif bering. 

Organik  kimyo  –  kimyoning  katta  va  mustaqil  bo‘limi  bo‘lib,  bu  fan 

uglevodorodlar  va  ularning  hosilalarining  tuzilishi,  olinish  usullari,  xossalari, 

amaliy foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. 

2.  

Organik birikmalarni noorganik birikmalardan farqini ayting. 

1.2  Organik  kimyo  fani  uglerod  va  vodorod  birikmalarini,  ya’ni 

uglevodorodlar 

va 


ularning 

xosilalarini 

urganadigan 

fandir. 


Organik 

birikmalarning tarkibiga D. I. Mendeleyev davriy sistemasidagi boshqa elementlar 

ham  kirishi  mumkin.  Organik  moddalarning  hammasi  uglerod  atomiga  ega,  shu 

sababli  ular  bir-biriga  o`xshash  va  ularni  sintezlash  yo`llari  ishlab  chiqilishiga 

qaramasdan  umumiy 

≪organik  ≫  nomi  qullanilib  kelmoqda.  Anorganik  va 

organik  moddalar  urtasida  keskin  chegara  yuk.  Masalan,  potash  va  marmar 

karbonat  kislotasining  xosilalari  bulib,  anorganik  moddalarga  kiradi.  Karbonat 

kislotasi esa tipik organik birikma metanning oksidlanishidan xosil bo`ladi. Ikkala 

fan chegarasida soda, uglerod ( IV) — sulfid, mochevina, uglerod oksidi va boshqa 

moddalar yotadi. 

3. 

Organik birikmalarning tabiiy manbalari haqida ma’lumot bering. 

Organik  birikmalar  odamlarga  qadimdan  ma’lum  bulib,  ular  o`simliklardan  toza 

xolda  etil  spirtni,  sirka  kislotani,  ba’zi  bir  bo`yoqlarni  ajratib  olishni  bilganlar. 

Keyinchalik odamlar sovun pishirish, matolarni bo`yash jarayonini va boshqalarni 

o`rganganlar.  Lekin  ajratib  olingan  organik  moddalar  aralashma  xolida  bulgan. 

Organik moddalar faqat XVIII asrning oxiridagina sof xolda, masalan, mochevina, 

vino, olma va limon kislotalari olinganlar 

4. 

Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi ta’rifi.  

Organik  moddalarning kimyoviy  tuzilish  nazariyasining  moxiyati quyidagilardan 

iborat:  

1.  Moddalar  molekulasida  atomlar  bir  -  biri  bilan  ma’lum  izchillikda  o`z 

valentliklariga  mos  ravishda  bog`langan.  Atomlarning  molekulalarda  bir  -  biri 

bilan bog`lanish tartibi kimyoviy tuzilish deyiladi.  

2.  Moddalarning  kimyoviy  xossalari  faqatgina  modda  molekulasi  tarkibiga 

kiruvchi  atomlarning  xossalariga  va  miqdoriga  bog`liq  bo`lmasdan  shu 

atomlarning  molekulada  o`zaro  bog`lanish  tartibiga  ham  bog`liq,  bo`ladi,  ya’ni 

moddalarning kimyoviy xossalari ularning tuzilishiga ham bog`liq bo`ladi. Bir xil 

tarkibli  moddalarning  tuzilishi  xar  xil  bo`lishi  izomeriya  xodisasini  yuzaga 

keltiradi. Demak molekulasining tarkibi va molekular massasi bir xil bo`lgan, lekin 

kimyoviy tuzilishi va xossalari xar xil bulgan moddalar izomerlar (grek- cha izos 

— teng, meros — qism ma’nosida) deyiladi.  

3. Molekulaning reaksion qobiliyati uning tarkibiga kiruvchi atomlar yoki atomlar 

gruppasining  o`zaro  ta’siriga  bog`liq.  Bevosita  bog`langan  atomlar  bir-biriga 

kuchli, bevosita bog`lanmaganlari esa kuchsiz ta’sir ko`rsatadi. 

4.  Reaksiyalarda  moddalarning  ayrim  qismlari  o`zgarganligi  sababli  moddaning 

kimyoviy  xossalarini  o`rganish  yo`li  bilan  uning  tuzilishini  aniqlash  mumkin  va 

aksincha,  tuzilishini  bilgan  xolda  uning  kimyoviy  xossalarini  oldindan  bilish 

mumkin.  


5.  Uglerod  atomi  doimo  to`rt  valentli  bo`lib,  u  o`zaro  birikib  to`g`ri  va 

tarmoqlangan  zanjirlar,  xalqalar  xosil  qilishi,  boshqa  atomlar  bilan  birikishi 

mumkin.  Moddani  xossasini,  tuzilishini  aks  ettiradigan  m  a’lum  formula  bilan 

ifodalash mumkin. 



Download 301.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling