1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin


Download 24.82 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi24.82 Kb.
#830949
Bog'liq
131 13.03.2017
12 yara, Телекоммуникация асолари, Ekonomika, 7-синф 2020-2021 sinf soati ishlanmalari, 1.4.9 Pollution Worksheet, Kurs ishi, Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish, Kitob, topref.ru-182833llllllll, 36084, 1696-Article Text-3542-1-10-20210727, Автореферат, oooo, 191-guruh talabasi Xalillayeva Ruqiya.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
131-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda):
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga” so‘zlari “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshidagi “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalaridan” so‘zlari “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 8-modda):
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi korxonalariga ko‘rsatiladigan agrokimyoviy xizmatlar va ishlarga, shuningdek “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan hamda “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali sotiladigan mineral o‘g‘itlarga va o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga narx belgilash normalarining asoslanganligi va ularga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.”;
b) 11-banddagi “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga” so‘zlari “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Ammiakli selitrani ishlab chiqarish, tashish va sotishni nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 30-apreldagi 204-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 44-modda) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” so‘zlari “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)” 2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda) 1-ilovadan “O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo respublika markazi” bloki chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-sentabrdagi 251-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 36-son, 369-modda) 2-ilovaning 75-satri “Balansda saqlovchi” ustunidagi “Qishloqxo‘jalikkimyo” OAJ” so‘zlari “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Sirdaryo agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklarni himoya qilish xizmati tuzilmasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 29-martdagi 148-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 13-son, 150-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2004-yil 4-iyundagi 257-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 51-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida chigirtka va boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish maxsus ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 24-martdagi 89-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 48-50-son, 488-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 11-iyundagi 165-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 37-modda) 3-ilovaning 167 va 199-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 161-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)

Download 24.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling