1
Mexanika va Matematika fakultetining Mexanika va matematika
yo’nalishlarining 3 kurs talabalari uchun “Umumiy pedagogika” fanidan test
savollari.
1. O’zbekiston Respublisaning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul
qilingan?
+2020 yil, 23-sentyabr
-1992 yil 20-iyun
-1997 yil 29-avgust
-2020 yil 19-may
2.O’zbekiston Respublisaning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning maqsadi?
+Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat
-Yuqori malakali,
raqobatbardosh, jahon talablariga javob beradigan kadrlarni
tayyorlash
-Mamlakatizmizda eskitdan qolgan mafkuraviy sarqitlardan to’la xalos etish
-Maktab ta’limi sifatini oshirish
3.
Davlat ta’lim standarti nima?
+ davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga
nisbatan belgilanadigan
talablar majmui
- malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining
nomi
- ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga
oshirish shart-sharoitlariga,
shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy,
intellektual,
ilmiy hamda kasbiy
sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar
- shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini
bajarishga tayyorgarligini
ifodalaydigan ko‘nikmalar darajasi
4.
Davlat ta’lim talablari deganda nimani nazarda tutamiz?
+ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga
oshirish shart-sharoitlariga,
shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy
sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
- davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar
majmui
-malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi
-shaxsning
kasbiy
faoliyatning
muayyan
turini
bajarishga
tayyorgarligini
ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat
bilan tasdiqlanadigan bilim,
qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi