1. O'zbekistonda investorlarga yaratilgan qulayliklar va ular duch kelayotgan muammolar


Download 85.98 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi85.98 Kb.
#247675
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O'zbekiston Res-WPS Office - копия



Reja :

I. KIRISH

II. ASOSIY QISM

1. O'zbekistonda investorlarga yaratilgan qulayliklar va ular duch kelayotgan muammolar.

2. O'zbekistondagi investitsiya siyosatining rivojlangan mamlakatlardagidan farqli va o'xshash tomonlari

3. O'zbekiston Respublikasining 2025-yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi

III. XULOSA

IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



I. KIRISH

Investitsiya – taraqqiyot tayanchi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy Majlisga murajatnomasida mamlakatimizning investitsiya siyosatiga quyidagi kiritdi :

* iqtisodiy o’sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday

* investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirib, xususiy va to’g’ridanto’g’ri investitsiyalar ulushini oshirish kerak.

* kelgusi yilda 23 milliard dollar qiymatidagi investitsiyalarni o’zlashtirish zarur. Natijada 226 ta yirik sanoat va infratuzilma ob’ektlari ishga tushiriladi.

* davlat nomidan tashqi qarz olish kamaytirilib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga ko’proq xususiy kapital jalb etiladi. Masalan, keyingi yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 40 dan ortiq yirik va o’rta loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.

* investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni ko’rish bo’yicha maxsus sudlov tarkibi tashkil etildi.

Mamlakatimizda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlar, qulay tashkiliy va huquqiy shart-sharoit yaratilgan. Xususan, ro‘yxatga olish, hisobotlarni taqdim etish, ruxsatnomalar berish tartib-qoidalari soddalashtirildi. Huquqiy ta’sir choralari faqat sud orqali amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilayotir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 mayda qabul qilingan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘lmoqda.

Poytaxtimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyatiga bag‘ishlangan seminarda shu haqda gap bordi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari F.Ziyayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda qulay investitsiya muhitining yaratilgani samarasida iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil o‘sayotganini ta’kidladi. Investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida yangi obyektlar ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarish hajmi o‘sib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Bir narsani alohida takidlash kerak, pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qo'shdilar. Shuning uchun barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh bo'lib, ularni doimo qollab-quvvatlashimiz shart. Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligini ta'minlash – barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasi bo„lishi lozim.

Seminarda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish borasidagi ishlar tahlil etildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tushgan qirqdan ortiq murojaat ko‘rib chiqilgan. Tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Natijada, qo‘shma korxonalar foydasiga jami 423 million so‘mdan ortiq pul mablag‘i undirilgan. Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan tegishli idoralarga taqdimnoma, ogohlantirish va ko‘rsatmalar kiritilgan.


Download 85.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling