1. Paleolit davri bosqichlari


Download 50.27 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2020
Hajmi50.27 Kb.
#143340
Bog'liq
1.seminar.Arxeologiya


1.Paleolit davri bosqichlari

2.Yuqori paeolit davri odamlari hayotida yuz bergan buyuk o’zgarishlar va 

ibtidoiy jamoatchilik tarixining boshlanishi xuxusiyatlarini izohlang

1.

Insoniyat taraqqiyotining eng uzoq davom etgan davri-paleolit hisoblanadi.”Paleolit” so’zi 

yunoncha so’zdan olingan bo’lib, qadimgi tosh davri deganidir.Paleolit davri xronologik 

jihatdan  3 mln yildan 12 mingyillikgacha davom etgan va uch davrga-ilk,o’rta va so’nggi 

davrlarga bo’linadi.

ILK PALEOLIT davri ilgari shell va ashel davrlariga bo’lingan.Lekin keyingi davrlarda qilingan 

tadqiqotlar natijasida,uni olduvay va ashel davrlariga bo’lishdi.Ilk paleolit davriga oid Abbevil

yodgorligi Fransiyaning Sena daryosi qirg’oqlaridan topilgan.U yerda 1835-yilda M.Pikar 

dastlabki tosh qurollarini topgan.Keyinchalik Bushe de Pert tadqiqot ishlarini olib 

borgan.1932 yildan F.Breyl Fransiyaning ilk paleolit davrini Abbevil deb nomlagan.Bugungi 

kunda Yevropada ilk paleolit davri shell emas,abbevil deb atadi.Ilk paleolit davri jahon 

arxeologiyasida 3 mln yillik-100 mingyilliklarni o’z ichiga oladi.O’zbekistonda 1 mln-100 

mingyillklarni o’z ichiga olgan edi.Ilk paleolit davri odamlari chopperlardan foydalanishgan. 

Ilk chopperlar Olduvay(Tanzaniya) darasidan topilgan.Bunday qurollar Koda,Gona(Efiopiya), 

Janubiy Afrika, Selungur (Farg’ona) dan topilgan.Ilk paleolit davri makonlari G’.Yevropa, 

Afrika,J.Osiyo, Armaniston ,O’rta Osiyo , Qozog’iston , Xitoy hududlaridan topilgan. 

Jumladan, Turkmanistonda Yangadja,Tojikistonda Onarcha,Qizilqala,Qayroqqum,Ko’hipiyoz, 

Qirg’izistonda Xo’jago’r,Uchqo’rg’on,Farg’onada Selengur,Ko’lbuloq.

O’zbekistondagi ashel davri yodgorliklarini Islomov,Kraxmal,Qosimov,Omonqulov o’rgangan.

O’RTA PALEOLIT davri ilmiy adabiyotlarda muste davri deb nomlanadi.Bu davrga oid 

yodgorliklar Fransiyaning Muste g’oridan topilgan.O’rta paleolit 100-40 mingyilliklarni o’z 

ichiga oladi.O’rta paleolit davrida neandertal odam yashagan.Bu davr odami Germaniyaning 

Neandertal vodisidan topligan.Xuddi shunday odam 1938-yili A.Okladnikov tomonidan 

Teshiktosh g’oridan topilgan.Hozirgi kunda O’rta Osiyo hududida  yodgorliklarning soni 300 

dan ortgan.Ularning 50 tasi keng o’rganilgan.Bu davr yodgorliklari Islomov,Kraxmal, 

Okladnikov,Ranov,Qosimov,Sulaymonov,Mirsoatov,Toshkenboev,Abramova tomonidan 

tadqiq qilingan.Toshkent vohasining o’zidan 30 dan ortiq yodgorliklar topilgan.

SO’NGGI PALEOLIT Yuqori paleolit tushunchasi bilan ham ishlatiladi.Bu davr mill.avv. 40-12 

mingyilliklarni o’z ichiga oladi.So’ngi paleolit davrida kramanon odami yashagan.Olimlar bu 

davr odamini Homo sapiens-aqlli odam deb ham ataydilar.So’nggi paleolit davri yodgorliklari

O’zb hududida o’rta paleolit davridan ko’ra kam topilgan.Bunga sabab ,muzlar eriy 

boshlagach,odamlar vodiy bo’ylarida yashay boshlagan.Hozirgi kunda O’rta Osiyoda yuqori 

paleolit davriga oid 30 dan oriq yodgorlik topilgan bo’lsa,ularning 10 tasi O’zb da joylashgan. 

Page 1 of 2



Ulardan Zarafshon vohasidan topilgan Samarqand ,Siyopcha,Xo’jamazgil makonlari yaxshi 

o’rganilgan,Ko’lbuloq,Bo’zsuv,Takalisoy,Tuyabo’g’iz makonlaridan ham so’nggi paleolit izlari 

topilgan.

2.Yuqori paleolit davri odamlari xo’jaligining asosini ovchilik tashkil etgan. Asosan 

bug’u,yovvoyi ot,sirtlon,arhar,qulon va tuya kabi yirik hayvonlar ovlangan.Daraxt 

mevalari,don va ildiz mevali o’simliklar ham ovqat sifatida ishlatilgan.Baliqchilikning 

dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan.Tosh qurollariga ishlov berishning retushlash  usuli ixtiro 

qilingan.Retushlash  deganda chaqmoqtosh qurolni suyakdan yasalgan ingichka va uzun 

tayoq bilan bir necha ming marta urib yupqa tosh paraqalar uchirib,kerakli shaklga 

keltirishdir.Bu davrda tosh pichoqlar paydo bo’lgan.Bu davrda eng muhim mehnat qurollari 

tosh kesgich va tosh qirgich bo’lgan.So’nggi paleolit davrida qarindosh urug’chilik 

munosabatlarining tartibga solinishi natijasida kishilarning jismoniy va aqliy rivojlanishida 

o’zgarishlar yuz berdi.Irqlar vujudga keldi.So’nggi paleolit davrida yuz bergan muhim 

o’zgarishlardan yana biri,bu san’atning kashf etilishidir.San’atning vujudga kelishi insonning 

diniy tasavvuri nilan ham bog’liqdir



Page 2 of 2

Download 50.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling