1. Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi haqida tushuncha. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning umumlashgan ko’rinishidir


Download 13.37 Kb.
Sana16.11.2021
Hajmi13.37 Kb.
#449257
Bog'liq
Документ (4)
9-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash Ozbekiston tajribasi, marketing 2.2, Ахборот хабари (7), 1. Teng to’plamlar. To’plam osti. Universal to’plam, dsa, 4tilxat,elon,ariza, lexilog.ess, МЕТОДЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ, KURS ISHI TAQRIZI 2021, Sog, Документ (1), Документ (1), mustaqil-talim (2) (1), mustaqil-talim (2) (1), mustaqil-talim (2) (1)

1.Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi haqida tushuncha. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi – bu nazariya va amaliyotning umumlashgan ko’rinishidir. U o’qituvchi va ta`lim oluvchilar birgalikdagi faoliyati, ta`lim mazmuni, shakl va metodlari birligi sifatida pedagogik fanlarni o’qitish jarayonini tadqiq etadi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta`minlash uchun butun e`tiborini ta`limning qonuniyatlari va tamoyillari, uning shakl va metodlarini asoslashga qaratadi. Bundan tashqari pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi doimiy ravishda pedagogika fanlarni o’qitishning qonuniyatlarini ochish va asoslab berishga hamda uning asosida ta`lim jarayonini boshqarish yo’llarini izlab topadi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi predmetini bunday tushunishdan kelib chiqib aytish mumkinki, u boshqa fanlarni o’qitish metodikasidan farqli ravishda ikki – umumiy va xususiy qismdan tashkil topadi.

2.Ushbu fanni o‘rganishga bo‘lgan zaruriy jamiyatlik talablar. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida «Ta`lim to’g`risidagi»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida tubdan yangilandi. Ana shu asosdan kelib chiqib, pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

O’qitish jarayonini samarali tashkil etish natijasida har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirish.

Har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirishning markazida o’qituvchi turadi. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish – metodikaning muhim vazifasidir.

3.Pedagogika fanini o‘qitish metodikasi predmeti va vazifasi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani bo’lajak o’qituvchilarga o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlarini yangi sifat darajasiga, kasbga yo’naltira olishlariga, g`oyaviy-siyosiy, axloqiy, **oniy va estetik tarbiyani yuksak darajasiga erishish yo’llarini ko’rsatib berishi zarur.

Talabalarni ta`lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish uchun pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani pedagogni ta`limning shakl, metod va vositalarini tanlab olish va tizimlashtirishga o’rgatadi.

Pedagogik ta`lim muassasalari bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy-pedagogik yo’nalganlikni shakllantirish uchun katta ijobiy tajribaga ega. Bunda pedagogik fanlarni o’ziga xos o’rni bor. To’plangan tajribalarni jamlash, tizimlashtirish, kelajakda qo’llash uchun tavsiyalar berish ham pedagogik fanlarni o’qitishning vazifalaridan biridir.

Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi pedagogik ta`sir etishning samarali tizimini ishlab chiqish uchun pedagogik psixologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, mantiq, kibernetika(ayniqsa, dasturlashgan ta`lim elementlarini ishlab chiqishda) ma`lumotlariga tayanadi.



1997 yildan boshlab mamlakatimizda ta`lim sohasini tubdan isloh qilish pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fani oldiga o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o’quv faoliyatida o’quvchilarning o’quv faoliyati mustaqilligi va ijodiy faolligini shakllantirish yo’llarini aniqlash, tajriba-sinov ishlarining rolini oshirish kabi masalalarni ko’ndalang qo’ydi. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanini oldida turgan dolzarb muammolardan biri ma`lumotlarni

Avezova Sanobar.
Download 13.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling