1 Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan qaysi fan shug’ullanadi?


Download 43.02 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi43.02 Kb.
#153787
Bog'liq
2 5323276242978341846


6-sinf tarix test

1 Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan qaysi fan shug’ullanadi?

A Epigrafika B Antrapologiy C Arxeologiya D Numizmatika

2 Tangalarni tadqiq etish bilan qaysi fan shug’ullanadi?

A Numizmatika

B Antropologiya

C Epigrafika

D Etnografiya

3 shaharlar va davlatlar tashkil topishi davrini olimlar nima deb ataydilar.

A Svilizatsiya

B Ellinizm

C Ilk uyg’onish

D Demokratiya

4 Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi boshlangan hududlarni aniqlang.

A Qadimgi Sharq,Krit oroli va Yunonistonda

B O’rta Osiyo va O’zbekiston hududida

C Qadimgi Sharq ,Krit oroli va Hindiston

D O’rta Osiyo va Yunoniston

5 Qadimgi sivilizatsiyalar jahonning ko’pgina o’lkalarida ,jumladan…………hududida ham vujudga kelgan.

A O’rta Osiyo va O’zbekiston hududida

B Qadimgi Sharq,Krit oroli va Yunonistonda

C Qadimgi Sharq ,Krit oroli va Hindiston

D O’rta Osiyo va Yunoniston

6 Yer yuzida odam paydo bo’lganidan to milodiy 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulaganiga qadar kechgan voqealar qaysi tarixni tashkil etadi.

A Ibtidoiy jamoa tarixi

B Qadimgi dunyo tarixi

C Qadimgi dunyoni o’rganish tarixi

D Ilk o’rta asrlar tarixi

7 Qadimgi dunyo tarixi qanday o’rganiladi?

A Arxeologik va yozma manbalar asosida

B Tosh qurollar turiga qarab

C A va B javoblar

D Arxeologik va geografik manbalar asosida

8 Ma’lumki qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq,Yunoniston va Rim saroy a’yonlari va Podshohlarining turli yilnomalari (voqealar yilma-yil qayd etib borilishi),qonunlar majmui ,biogeografiyalar (tarjimai hol) aks ettirilgan.Ularda…………haqida hikoya qiladi.

1)yurishlar ; 2) janglar;3) marosimlar: 4) ibodatxonalar qurilishi ; 5) saroy va qal’alar qurilishi;6) hunarmandchilik va dehqonchilik:7) shartnomalar 8) qadimiy fanlar va san’atlar

A 1;2;4;5;6;8;

B 1;2;3;4;5;8

C 1:2;3;4;5;6;;

D 1;2;4;5;6;7;

9 Olimlar o’qigan qadimgi matnlarning xalqlarga taalluqli tamonini ajrating.

“Marhumlar kitobi”

“Bibliya”

“Rigveda”

“Avesto”


A)O’rta Osiyo

b)Misrliklar

c)Yahudiylar

d)Hindlar

A 1-b;2-c;3-d;4-a;

B 1-a; 2-b;3-c;4-d;

C 1-b;2-c;3-d;;

D 1-d;2-c;3-b;4-a;

10 Qadim o’tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarni amalgam oshiruvchilar……………deyiladi

A Arxeologlar

B Antropologlar

C Etnograflar

D Lingvistlar

11 imda odamlarning qoldiqlari(skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib ko’rgan va ularning tashqi ko’rinishini qaytadan yaratishga,ming yillar davomida kishilarning tashqi `qiyofasida ro’y bergan o’zgarishlarni nazardan o’tkazishga harakat qiluvchilar…….deyiladi.

A Antropologlar

B Arxeologlar

C Etnograflar

D Lingvistlar

12 Hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni,qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko’pgina udumlari,xo’jalik va madaniyat an’analarini ………..o’rganadilar.

A Etnograflar

B Antropologlar

C Arxeologlar

D Lingvistlar

13 Hozirgi zamon tili qay yo’sinda shakllanganligini tushunib yetish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etuvchilar……….deyiladi

A Lingvistlar

B Antropologlar

C Etnograflar

D Arxeologlar

14 O’lkamiz eng qadimgi tarixining keng tarqalgan manbayi qadimshunoslar tamonidan topilgan……….

A moddiy manbalar

B)manaviy manbalar

C) yozma manbalardir

D)qolyozma asarlardir

15 O’zbekiston tarixi bo’yicha eng qadimgi manba bu…………

A Zardushtiylarning Avestosi

B Geradotning “Tarix”asaridir

CBehustun qoyalari

DStrabonning “Geografiya”asaridir

16 Qadimgi davr tarixiga oid yana bir manba (Avestodan so’ng)Behustun qoyalari qayerda joylashgan?

A Eronning Kirmonshoh shahri yaqinida

B Geradotning “Tarix”asari

C Sim Szyangning “Tarixiy yilnoma”si

D Strabonning “Geografiya”

17 Behustun qoyalari yozuvlari kim tamonidan va qaysi tillarda yozilgan?

A Fors shohi Doro I,fors,elam va bobil

B Fors shohi Doro II, fors,elam va bobil

C Fors shohi DoroI ,fors,elam va so’gd yozuvida

DFors shohi Kir II,fors,elam va finikiya

18 Behustun qoya yozuvlarida yurtimizga doir qanday ma’lumotlar sanab o’tilganlini belgilang.

A Xorazm,So’g’diyona ,Baqtriya bilan saklar Xorazm,Choch,Baqtriya viloyatlari bilan saklar

B Xorazm,So’g’diyona,Baqtriya bilan massagetlat

C Xorazm,Ustrushona,Baqtriya bilan massagetlar

D Choch,Baqtriya viloyatlari bilan saklar

19 O’lkamizning qadimgi aholisi to’g’risida batafsil ma’lumotni qaysi ma’lumotdan olamiz.

A Geradot “Tarix”

B Ksenafont va Ktesiy asarlari

C Strabon “Geografiya”

DSim Szyang “Tarixiy yilnoma”

20 Yurtimiz tarixi haqida ayrim ma’lumotlar…….o’z aksini topgan.

A Ksenafont va Ktesiy asarlari

B Geradot “Tarix”

C Strabon “Geografiya”

D Sim Szyang “Tarixiy yilnoma”

21 Geradotning Tarix asari nechta kitobdan iborat va u qachon yashab o’tgan.

A 9 ta ,Vasr

B 8 ta,V asr

C 9 ta,VI asr

D 7 ta,V asr

22 Strabon(Geografiya),Ksenafont va Ktesiylarning yashab o’tgan davrini aniqlang.

A Mil.avv. I asr ox .Mil.avv.V-IV asrlar

B Mil.avv. II asr,Mil.avv.V-IVasr

C Mil.avv.I asr.Mil.avv.VI-Vasr

D Mil.avv.I asr bosh.Mil.avv.V-IV asr

23 Mil.avv.IIasr ox.-Iasr boshlaridayashagan qadimgi Xitoy tarixchisi Sim Szyangning asarining nomi.

A“Tarixiy yilnomalar”

B “Buyuk Aleksandr tarixi”

C “Tarixiy faktlar”

D “Geografiya”

24 Yurtimizning qadimgi aholisi va davlatlari to’g’risida ham ma’lumot beradigan asar.

A “Tarixiy yilnomalar

B “Buyuk Aleksandr tarixi”

C “Tarixiy faktlar”

D “Geografiya”

25 “Buyuk Aleksandк muallifi kim va u qachon yashagan.

A Milodiy I asrda o’tgan Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf

B Milodiy II asrda yashagan yunon tarixchisi Arrian

C Miloddan avv,gi Iasr ox.yunon tarixchisi Strabon

D Miloddan avv.II asr ox.Iasr bosh.yashagan xitoy tarixchisi Sim Szyang

26 “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari muallifi kim va u qachon yashagan.

A Milodiy II asrda yashagan yunon tarixchisi Arrian

B Milodiy I asrda o’tgan Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf

S Miloddan avv,gi Iasr ox.yunon tarixchisi Strabon

D Miloddan avv.II asr ox.Iasr bosh.yashagan xitoy tarixchisi Sim Szyang

27 So’g’d yozuvi qachon shakllangan.

A mil.avv. III-II asr

Bmil.avv. V-IIIasr

C mil.avv.IV-IIIasr

D mil.avv.II-I asr

28 Yozma manbalarda O’zbekistonning ayrim viloyatlari qanday nomlar bilan mashhur bo’lganligini aniqlang.

1) “ming shahar o’lkasi” 2) “yuksak bayroqli go’zal mamlakat” 3) “serquyosh hur o’lka”4) “jannatmakon diyor” 5) “serquyosh o’lka”

A1.2.5

B 1,2,4


C 2,4,5

D 1,2,3


29 Baqtriyaliklar qadimgilikda misrliklar bilan bahslasha oladi deb kim xabar beradi?

A rim tarixchisi Pompey Trog

yunon tarixchisi Geradot

B yunon tarixchisi Geradot

C rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf

D yunon tarixchisi Arrian

30 O’zbekistonning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o’rtasida keng madaniy aloqalar qachon boshlangan?

A mil.avv.III-II ming yilliklar

B mil.avv.III-II asrlar

C mil.avv. II-I ming yillik

D mil.avv. II-I asrlar

31Milodiy I-IV asrlardan boshlab Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida yaratilgan madaniyat ……….. yangi yerlarni o’zlashtirish faoliyati va ……….. savdogarlarining Buyuk Ipak yo’lidagi harakatlari bilan bog’langan.

A so’g’dlarning,so’g’d

B baqtriyaliklarning,baqtriya

C so’g’dlarning,baqtriya

D xorazmliklarning,so’g’dlik

32 So’g’d tilidagi yozma yodgorliklar topib tekshirilgan zaminlarni aniqlang.

1) Markaziy Osiyo; 2) Rim; 3) Sharqiy Turkison; 4) Eron; 5)Pokiston ;6) Mo’g’uliston:

A 1,3,5,6

B 2,4,5,6,

C 2,3,5,6,

D 1,3,4,5,

33 Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi………..

A ibtidoiy to’da deyiladi.

B urug’ deyiladi

C eng qadimgi urug’chilik tuzimi

D urug’ jamoasi

34 Insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan,hamma baravar ishlagan davri…………deyiladi.

A eng qadimgi urug’chilik tuzimi

B urug’ deyiladi

C ibtidoiy to’da deyiladi.

D urug’ jamoasi

35 Eng qadimgi to’da asta sekin bo’linib ketdi,qarindoshlarning alohida uyushmasiga-………….ga aylana bordi.

A Matriarxat

B urug’ deyiladi

C eng qadimgi urug’chilik tuzimi

D ibtidoiy to’da deyiladi.

36 Birgalikda yashagan va mehnat qilgan,umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasi………….

A urug’ deyiladi

B ibtidoiy to’da deyiladi.

C eng qadimgi urug’chilik tuzimi

D urug’ jamoasi

37 Eng qadimgi tuzim rivojidagi bir bosqich bo’lib,qarindoshlik munosabatlari ona tamonga qarab belgilanib,urug’ va oila boshligi ayol kishi bo’lgan davrni aniqlang.

A matriarxat

B patriarxal

C ayol boshi

D qirolichalik

38 Insoniyat rivojining shunday bosqichidirki,unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqeiga ega bo’lib,qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan bosqichga……….deyiladi.

A patriarxal

B qirolichalik

C qirollik

Dmatriarxat

39 Ma’lumki tosh asri ancha uzoq davom etgan va shuning uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi.O’sha tartibi va nomini aniqlang.

A Paleolit,mezolit,neolit,enolit

B Paleolit,mezolit,enolit,neolit

C Paleolit,neolit,enolit,bronza

D Paleolit,enolit,bronza,temir

40 O’ta oddiy tosh mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari topilgan joylar va ularning nomlarini to’g’ri belgilang.

1) Janubiy Afrika;2)Fransiya; 3)Sharqiy Afrika;4) Yava orollari;5) Farg’ona;6) Germaniya;

7) Xitoy;

a) kramanyon;B)avstrolopitek; C) zinjantrop; D) neandertal;e) sinantrop;f) pitekantrop;

A 1- b;2-a;3-c;4-f;5-e;6-d;7-e

B 1-d;2-c;3-a;4-e;5-d;6-f;7-b

C 1-c;2-e;3-b;4-a;5-f;6-d;7-f

D1-a;2-f;3-c;4-b;5-b;6-d;7-e

41 Mashaqqatli sinovlarni boshdan kechirgan qadimgi odamlarni olimlar……..deb ataganlar.

A zinjantrop

B pitekantrop

C neandertal

D kramanyon

43 Qadimgi odam manzilgohlari qaysi hududlardan topilgani ma’lum?

A Afrika,Osiyo va Yevropadan

B Afrika,Yaponiya va Yevropadan

C Afrika , Osiyo va Hindistondan

D Afrika,Mo’g’iliston va Uzoq Sharq hududlaridan

44 O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari joyi va nomini aniqlang.

A Farg’ona-Seleng’ur,Toshkent-Ko’lbuloq

B Farg’ona-Seleng’ur,Buxoro-Zamonbobo

C Farg’ona-Zarautsoy,Toshkent-Ko’lbuloq

D Farg’ona-Sopillitepa,Toshkent-Sarazm

45 Arxeologiya fanida tosh qurollar qanday nomlanadi.

A chopperlar

B mikrolitlar

C tosh qurollar

D sarkof

46 Tabiat insonga nimani in’om etsa,odam shuni olgan,topgan yeguligi bilan qanoatlangan ,shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg’uloti bo’lgan termachilik va ovchilik nima deb atalgan?

A o’zlashtiruvchi xo’jalik

B ishlab chiqaruvchi xo’jalik

C Tovar ishlab chiqarish

D hech qanday nom bilan atalmagan.

47 1938-yilda 3000 mingdan ziyod tosh qurollari va ularning parchalari,arxar,kiyik,yovvoyi ot,qoplon,mayday kemiruvchilar,shuningdek,qushlarning suyaklari topilgan g’orni aniqlang.

A Teshiktosh

B Seleng’ur

C Omonqo’ton

D Ko’lbuloq

48 Insonni o’rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish-bu

A Animizm

B Totemizm

C Fetishizm

D Buddizm

49 Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ham e’tiqod qilganlar.Bu e’tiqod-

A Fetishizm

B Totemizm

C Animizm

D Buddizm

50 Ispaniyadagi Altamir,Fransiyadagi Lasko,Boshqirdistondagi Kapovaya g’orlarini nima uyg’unlashtiradi?

A Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylarining topilganligi

B mehnat qurollarining topilishi bilan

C qadimgi odam qoldiqlarining saqlanganligi

D hozirgi odamga o’xshash odamlarning topilishi

2-chorak

51 Paleolit so’zining ma’nosi aniqlang.

A yunoncha “paleos”-“qadimgi” va “Litos”-“tosh” so’zlari,

B lotincha “paleos”-“qadimgi” va “Litos”-“tosh” so’zlari-

C yunoncha “paleos” –o’rta va “Litos”-“tosh” so’zlari

D lotincha “paleos”-“yangi” va “Litos”-“tosh” so’zlari

52 So’nggi Paleolit davrini va o’sha davrda yashagan odamni aniqlang?

A miloddan avval 40-12ming yillar,Kramanyon odami

B miloddan avval 100-40-ming yillar,Neandertal odami

C miloddan avval 40-12ming yillar,Neandertal odami

D miloddan avval 1min.-100ming.yillar,Kramanyon odami

53 O’zbekistonda So’nggi paleolit davri odami manzilgohlari………dan topilgan.

A Samarqand shahri hududidan,Toshkent vil.Ohangaron daryosi Ko’lbuloq manzilgohi,Farg’ona

B Termiz shahri hududidan,Toshkent vil.Ohangaron daryosi Ko’lbuloq manzilgohi,Farg’ona

C Samarqand shahri hududidan,Toshkent vil.Ohangaron daryosi Ko’lbuloq manzilgohi,Xiva atroflari

D Samarqand shahri hududidan,Toshkent vil.Zarafshon daryosi Ko’lbuloq manzilgohi,Farg’ona

54 Kesuvchi ,arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan.Inson endilikda taqinchoqlar-munchoqlar,tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi.Bu davrni aniqlang.

A Taxminan 25-30-ming yil muqaddam

B Taxminan 40-12-ming yil muqaddam

C Taxminan 100-12-ming yil muqaddam

D Taxminan 12-7 ming yil muqaddam

55 So’nggi paleolit davrida odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga-urug’ jamoalariga ajralib chiqishdi.Urug’ga oqsoqol sardorlik qilgan,urug’ a’zolari bitta manzilgohda yashagan.Bir joyda yashab turgan bir qancha urug’………ni tashkil etgan.

A qabila

B patriarxat

C davlat

D jamoa


56 So’nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bu-…….

A turar joylar qurilishi

B tikuvchilik

C o’q-yoy

D hayvonlarni honakilashtirilishi

57 So’nggi paleolitga xos bo’lgan belgilarni aniqlang.

A Turar joy qurilishi, sun’iy olov,teridan kiyim-kechak tayyorlash

B hayvonlarni qo’lga o’rgatish,teridan kiyim-kechak tayyorlash

C Turar joy qurilishi,o’q-yoy,sun’iy olov

D O’q-yoy,sun’iy olov,teridan kiyim-kecha

58 Mezolit so’zining ma’nosi va uning xranologik sanasi.

A yunoncha “mezos” –“o’rta”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.XII-VII mingyilliklar

B yunoncha “mezos” –“yangi”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.X-VII mingyilliklar

C lotincha “mezos” –“o’rta”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.XII-VII mingyilliklar

D yunoncha “mezos” –“o’rta”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.XII-V mingyilliklar

59 Mezolit davri hususiyatlarini ko’rsating.

1) muzlik davri payoniga yetdi;2) iqlim ancha ilishdi; 3)odamlar turmushida o’zgarishlar bo’ldi;4)diniy qarashlar vujudga keldi;5) olovni kashf etishdi;6) o’q-yoy kashf etildi;7)Kramanyon odam yashagan;8) hayvonlarni qo’lga o’rgata boshladi;9) itni qo’lga o’rgatishdi:10)odamlar hayotida katta o’zgarish bo’lmadi:

A 1;2;3;6;8;9;

B) 2;3;4;5;6;7;9;

C) 1;2;4;6;8;9;10

D)1;2;4;6;8;10;

60 Mezolit davri oxirida qayerda xo’jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi?

A Old Osiyoda

B Misrda


C Kichik Osiyoda

DO’rta Osiyoda

61 Muzlik chekinishi bilan urug’ jamoalari nafaqat Osiyo va Afrika hududlarida,balki ………………ham keng joylasha boshladi.

A Yevropa shimolida

B hozirgi Amerika hududlarida

C Uzoq Sharq hududlarida

D Rossiya hududlarida

62Bugungi kunda mezolit davriga oid qancha manzilgohlar ochilgan?

A yuzdan ziyod

B yuzga yaqin

C ikki yuzdan ortiq

Dbir yuz ellik atrofida

63 O’zbekistonning qaysi hududlarida Mezolit davri manzilgohlari ko’plab uchraydi?

A Farg’ona viloyatining tog’li va tog’liq tumanlarida,hamda O’zbekiston janubida

B Xorazm viloyatining tog’li va tog’liq tumanlarida,hamda Buxoro janubida

C Samarqand shahri yaqinida,Toshkentda Ohangaron daryosi bo’ylarida

DXorazmda va Samarqandga yaqin hududlarda

64 Obishir,Qo’shilish va Machay manzilgohlari qaydi davrga oid?

A Mezolit

B Paleolit

C Neolit

D Eneolit

65 Yurtimizda Mezolit davriga oid bo’lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o’rganilgan?

A Zarautsoy

B Qo’shilish

C Machay


D Obishir

  1. Mezolit davri ovchilari va baliqchilari ko’chib kelib o’rnashgan maskanlar bu-……..

1Amudaryo qirg’oqlari;2)Sirdaryo qirg’oqlari;3)Zarafshon bo’ylari;4)Dashtliklar va Vodiylar;5)O’zbekiston hududidagi ko’llar va daryolar sohili:

A 1;2;5;


B 1;2;3;4;

C 2; 3;5;

D 2; 4;5;

67 Neolit davrini izohlang.

A yunoncha “neos” –“yangi”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.VI-IV mingyilliklar

B yunoncha “neos” –“o’rta”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.VIII-VII mingyilliklar

C lotincha “neos” –“o’rta”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.II-III mingyilliklar

D yunoncha “neos” –“o’rta”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.VII-V mingyilliklar

68 Neolit davriga kelib odamlar tabiatan tayyor narsalar ola boshlagan insaon endi ishlab chiqaruvchi xo’jalik –

A ziroatchilik va chorvachilikka o’tdi

B o’zlashtiruvchi xo’jalikka o’ta boshladi

C ziroatchilik va baliqchilikka o’tdi

Dhunarmandchilik va chorvachiliukka o’tdi

69 Arxeologlar Neolit davri boshlanishini …………………….kashf etilishi bilan belgilaydilar.

A hunarmandchilikning

B to’qimachilikning

C spool idishlar yasashning

D Uy qurilishining

70 Mezolit va Neolit davrida odam toshdan kichik mehnat qurollari-……….yasashni qo’llay boshladi.

A mikrolitlar

B chopperlar

C ov qurollari

D sarkof

71 Mezolit va Neolit davrida toshga ishlov berishning odam tanish bo’lmagan usullarini:

A silliqlash,arralash,sirlash va teshikchalar parmalashni qo’llay boshladi.

B kesuvchi,silliqlash,arralash,sirlashni qo’llay boshladi.

C silliqlash ,arralash,sirlash va naqshlar chizish qo’llay boshladi.

D kesuvchi,arralovchi va parmalovchi usullarini qo’llay boshladi.

72 Neolit davriga o’tib aksariyat qabilalar o’troq turmush tarziga o’tib,……………….

A doimiy turar joylar qura boshladi.

B dehqonchilik bilan shig’ullana boshladi.

C yanada o’troqlasha bordi

D o’zlariga ma’lum hududlarda yashay boshladi.

73 Neolit davrida paxsa imoratlar qurish boshlandi.Asta –sekin ……………….shakllanib bordi.

A urug’ jamoalarining o’troq manzilgohlari

B yanada o’troqlashishi

C doimiy turar joylar qura boshladi.

D dehqonchilik bilan shug’ullanishi

74 Neolit davrining o’troq turmush tarziga o’tilishi har xil buyumlar tayyorlash sohasi bo’lgan …………………..rivojiga zamin yaratdi.

A hunarmandchilik

B kulolchilik

C ustachilik

D temirsozlik

75 Neolit davrining muhim kashfiyot va ixtirolari bu-

A kulolchilik va to’quvchilik

B kulolchilik va dehqonchilik

C paxsa uylar

D hunarmandchilik va kulolchilik

76 Ancha vaqt urug’ni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelgan ziroatchilik va chorvachilik bu-………….

A ishlab chiqaruvchi xo’jalik

B Tovar ishlab chiqarish xo’jaligi

C o’zlashtirma xo’jalik

D dehqonchilik va chorvachilik

77 Neolit davri oxirida odamlar ixtiro va kashfiyotlar orasida eng buyuklaridan birini yaratishga muyassar bo’ldilar,ya’ni………..

A misdan mehnat qurollari yasashga o’tildi

B Sopol idishlar yasay boshladi

C Dehqonchilik va hunarmandchilik

D Paxsadan uylar qura boshladi

78 Eneolit davriga izoh bering.

A lotincha “eneus” –“mis”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.IV-III mingyilliklar

B yunoncha “eneus” –“yangi”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.VI-IV mingyilliklar

C yunoncha “eneus” –“o’rta”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.VIII-VII mingyilliklar

D yunoncha “eneus” –“mis”---“litos”-“tosh” so’zlari-mil.avv.IV-V mingyilliklar

79 Odamlar misni qalayi,qo’rg’oshin bilan birga qo’shib eritib qanday metal hosil qildi?

A Bronzani

B Toza misni

C Qo’rg’oshinni

D Qalayni

80 Ilk shaharlar va davlatlar qachon va qayerda vujudga kelgan?

A Mil.avv.IV mingyillikda Qadimgi Sharqda

B Mil.avv.III mingyillikda Qadimgi Sharqda

C Mil.avv.IV mingyillikda Qadimgi Yevripada

D Mil.avv.II mingyillikda Qadimgi Hindistonda

81 Sug;orma dehqonchilik O’rta Osiyoning qaysi qismida vujudga kelgan?

A O’rta Osiyoning janubida

B O’rta Osiyoning sharqida

C O’rta Osiyoning shimoli-g’arbida

D O’rta Osiyoning shimolida

82 Eneolit davriga kelib……….


  1. xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshladi

  2. hunarmandchilik rivojiga zamin yaratildi

  3. o’troq manzilgohlar shakllanib bordi

  4. kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga o’tildi

  5. Sopol idishlar hayvonlar,qushlar va o’simliksimon naqshlar(yaproqlar,qullar)bilan bezatiladigan bo’ldi

A 1;4;5;

B 1; 3;5;

C 2;3;4;

D 3;4;5


83 Bronza misga qaraganda ancha qattiqligi tufayli qachondan boshlab asta –sekin mehnat qurollari,qurol-yaroqlar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatuvchi asosiy materialga aylanib qoldi?

A mil.avv.III ming yillik o’rtalaridan

B mil.avv.IV ming yillik oxirlaridan

C mil.avv.III mimg yillik boshlaridan

D mil.avv.III asr o’rtalaridan

84 Bronza mehnat qurollarining qulayligi tufayli ular ixtiyorida ortiqcha qishloq xo’jalik mashg’ulotlari va mahsulotlari vujudga keldi. Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi………….dehqonchilik,…………esa chorvachilik rivojlandi.

A Janubda; shimolda

B Shimolda; janubda

C Sharqda; g’arbda

D G’arbda;sharqda

85 Patriarxat davri qachon boshlangan?

A Mil.avv. III ming yillikda

B Mil.avv. IV ming yillikda

C Mil.avv. II ming yillikda

D Mil.avv. I ming yillikda

86 Ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oilalar-……..

A Patriarxat oilalar

B Matriarxat oilalar

C Urug’jamoasi

D Qarindoshlar jamoasi

87 Eneolit va Bronza asriga oid uy-joylar va turli buyumlar topilgan va o’rganilgan va o’rganilgan hududlarni aniqlang.

A Turkmaniston(Oltintepa,Namozgoh)va Tojikiston (Sarazm)

B Toshkent (Ko’lbuloq) va Samarqand ( Obirahmat)

C Surxondaryo ( Sopollitepa) Buxoro (Zamonbobo)

D Turkmaniston (Oltintepa) va Tojikiston(Machay)

88 Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi Zamonbobo ko’li bo’ylarida miloddan avvalgi II-mingyillikda yashagan chorvadorlar va dehqonlarning qadimiy manzilgohi bu-

A Zamonbobo manzilgohidir

B Sopollitepa manzilgohidir

C Jarqo’ton manzilgohidir

D Sarazmmanzilgohidir

89 Zamonbobo qanday manzilgoh va uning sanasini ayting.

A chorvador va dehqonlarning mil.avv. II ming yillik

B hunarmand va dehqonlarning mil.avv. II ming yillik

C chorvador va dehqonlarning mil.avv.III ming yillik

D chorvador va dehqonlarning mil.avv.II asrlarda

90 Surxondaryo vodiysida,Sherabod yaqinidan arxeologlar qadimgi ziroatchilik manzilgohlaridan biri bo’lgan …………….topishdi.

A Sopollitepani

B Zamonboboni

C Sarazmni

DOltintepani

91 Sopollitepa manzilgohidan qazishmalar davomida nimalar topilganligini to’g’ri toping.


  1. uy-joy;

  2. maishiy va xo’jalikbop xonalardan tarkib topgan paxsa imorat;

  3. ilk ibodatxona;

  4. sopol buyumlar;

  5. hukmdor qarorgohi;

  6. hunarmandlar va savdogarlarning arkni qurshab turgan uylari;

  7. bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari;

  8. yurik –yirik xumlarda saqlangan bug’doy va arpa doni topilgan;

A1,2,4,7,8

B2;4;7;3;

C 12;3;4;7;

D) 3;4;5;8;

92 Bundan uch yarim ming yil muqaddam Surxon vohasida hozirgi Sherododdan uncha uzoq bo’lmagan joyda ………………vujudga kelgan edi.

A Jarqo’ton manzilgohi

B Sopollitepa manzilgohi

C Zamonbobo manzilgohi

DSarazm manzilgohi

93 Jarqo’ton manzilgohi rejasida shaharning ilk alomatlari ko’zga tashlanadi.Unga ko’ra Jarqo’ton necha qismga ajratilgan edi?

A uch qismga

B to’rt qismga

C qismga ajratilmagan

D ikki qismga

94 Jarqo’ton manzilgohiga o’xshash shu davrga oid manzilgohlar…………..ham topilgan va o’rganilgan.

A Xarazm vohasida

B Buxoro vohasida

C Samarqand yaqinida

D Farg’ona vodiysida

95 O’zbekiston janubidagi bronza asri dehqonlarining (m.a.II-m.yillik) manzilgohini aniqlang.

A Sopollitepa

B Sarazm


C Oltintepa

D Zamonbobo

96 Sopollitepa manzilgohining markazidamiz.Bu qadimiy qishloq ………..

A uch qator mudofa devor bilan o’ralgan.

B juda katta maydonga ega edi.

C ikki qator mudofa devor bilan o’ralgan.

D mudofa devorlari bilan o’ralgan.

97 Sopollitepa devorlarining qalinligi necha metr bo’lgan?

A 2 metr

B 1 metr


C 3 metr

D4 metrga yaqin

98 Sopollitepaga qanday kirilgan?

A yagona darvozadan

B) maxsus ajratilga 4 ta darvoza bor edi

C) manzilgohning 2 tamonidan

D) janubiy darvozalar orqali

99 Sopollitepa manzilgohida nechta mahalla bo’lgan?

A sakkizta

B oltita


C yettita

D bitta


100 Temirdan mehnat qurollari yasash imkoniyati qachon paydo bo’ldi?

A mil.avv.I ming yillik boshlarida

B mil.avv.I ming yillik oxirlarida

C mil.avv.I ming yillik boshlarida



D mil.avv.I asrlar boshlarida





Download 43.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling