1. Qadimiy Misr podsholigi olti ming yil oldin paydo bo’lga


Download 14.38 Kb.
Sana04.11.2021
Hajmi14.38 Kb.
#170581
Bog'liq
Misr


1. Qadimiy Misr podsholigi olti ming yil oldin paydo bo’lgan.

2. Qadimiy Misrda kosmetikadan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham foydalangan. Ular yuzini quyosh nuri ta’siridan asrash maqsadida kosmetik mahsulotlarga murojaat etishardi. Hozir ham Misr erkaklari ayollar kosmetikasidan foydalanishadi.

3. Qadimiy Misr bolalari to o’smir yoshiga yetmaguncha kiyimsiz yurishgan. Sochlarini qirib, faqat ikki yonida kokillar qoldirishardi.

4. Ayollari erkaklar bilan teng huquqqa ega bo’lgan. Garchi faqat uyda ro’zg’or ishlari bilan band bo’lishsa-da, huhuqiy jihatdan ayollarni chegaralashmasdi.

5. Aynan Qadimiy Misrda birinchi bo’lib nikoh shartnomasi o’ylab topilgan. Unda er-xotin ajrashsa, mol-mulk qanday bo’linishi haqidagi bandlar mavjud bo’lgan.

6. Mashhur Misr ehromlarini qullar emas, balki professional ustalar bunyod etgan.

7. Qadimiy Misrda yostiq ichiga qush patlari emas, mayda tosh solinardi.

8. Qadimiy Misrdagi mashhur va boobro’ shaxslar orasida begonalardan sochlarini berkitish urf hisoblangan.

9. Misrliklar Osiris xudosini soqolli ko’rinishda tasvirlashgan. Shuning uchun erkaklar oltindan yasalgan sun’iy soqollarni yuz qismlariga yopishtirib yurishgan.

10. Qadimiy Misr hukmdorlari taxtga da’vogarlar sonini kamaytirish maqsadida asosan aka-uka va opa-singillari bilan nikohdan o’tishgan.

11. Erkaklar havo haddan ziyod issiqligi tufayli shim o’rniga yubkada yurishgan.

12. Politsiya birinchi bo’lib Qadimiy Misrda o’ylab topilgan. Politsiyachilar hududlarda tartib saqlash uchun odamlarni nazoratda ushlashgan. O’zlari bilan o’rgatilgan it hamda maymunlarni olib yurishgan.

13. Qadimiy Misrliklar bundan to’rt ming yil oldin infeksiyaga qarshi kurashda penitsillinning ahamiyatini anglab yetishgan. Unda hali antibiotik dorilar haqida so’z ham bo’lmagan.

14. Nikoh uzugi taqishni ham Qadimiy Misrliklar ixtiro qilgan. Keyinchalik buni rimliklar va greklar odat qilishdi.

15. Misrliklar hech qachon tug’ilgan kunni bayram qilishmagan.

16. Qadimiy Misrda tibbiyot, jumladan, jarrohlik juda taraqqiy etgan.

17. Hatto, pivoni ham misrliklar yaratgan ekan.

18. Beton, poshnali tufli, taroq, sovun va tish pastasi ham Qadimiy Misrda o’ylab topilgan.
Download 14.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling