1. Qaysi gapdagi daraja-miqdor holining asosi shakldosh xususiyatga ega


Download 24.53 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi24.53 Kb.
#1254125
  1   2   3
Bog'liq
16-test hol va uning turlaridan


1. Qaysi gapdagi daraja-miqdor holining asosi shakldosh xususiyatga ega? A) Bir boshing uchun muncha harakat qilmasang B) Bazi vaqtlarda sen yeg’gan bolingdan ham to’ygunimcha yeyman C)U aravani Nuriddin mingani ko’rib xiyla yengil tortdi D)Umr kechirmoq uchun bundan yaxshi sharoit bo’ladimi?

2.Qaysi hol turi –lik, sizlik qo’shimchalarini olgan otlar, -gani qo’shimchali ravishdoshlar va sababli, uchun ko’makchili qurilmalar bilan ifodalanadi? A) daraja-miqdor holi B) sabab holi C) maqsad holi D) ravish holi


3.Qaysi gapda ravish holi ishtirok etgan? A) Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo’lsin. B) senday yashamayman. C)Nodonga yuz aytsang ham, befoyda. D)Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqib ketishdi.


4.Qaysi gapda takroriy sifat hol bo’lib kelgan? A) yangi-yangi ariqlar kavlab qo’riqlar ochamiz. B) Ko’zlari qop-qora chiroyli. C) Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. D) O’z onamni elas-elas xotirlayman.


5. Qaysi gapda maqsad holi ishtirok etgan? A)Yaxshi o’qigani uchun mukofotlandi. B) Tarlon shodligidan to’xtolmadi yig’idan. C) Bir chimdim uxlash uchun ko’zini yumdi. D) Arzimagan narsa uchun janjal ko’taradi.


6.Qaysi gapda o’rin holi kesim vazifasida kelmagan so’zga bog’langan? A) Dalalarda bahorgi dala ishlari boshlandi. B) Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. C) Osmonda sanoqsiz yulduzlar charaqlaydi. D) Barcha javoblar to’g’ri


7.Taqlid so’z qaysi gapda hol vazifasida kelgan? A) Jigarim ostiga tegardi jiz-jiz. Sochlarim oqargan shunda ehtimol. B)Shunday bo’lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi. C)Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda, qo’ng’ir-qo’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdi. D) Qo’qqisdan osmon kaptarlari guv-guvlab qolishdi.


8. Qaysi gapda sifat ravish holi vazifasini bajargan? A) Keng ulug’vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan. B) Shamollar mayin, yoqimli esadi. C) Tabiatning siri ma’nosi chuqur. D) Bulutlar rang-barang, ranglar tinmay o’zgaradi.


9.Ho’kiz kechqurun qorni ochib charchab kelsa, uning oldiga bir bog’ quruq poyani tashlab qo’yar ekan. Ushbu gapda yasama so’z qaysi so’z turkumiga mansub va qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan? A) fe’l, kesim B)ravish, hol C) fe’l shakli, hol D) sifat, aniqlovchi.


10.Qaysi gapda holning ma’no jihatdan uch turi mavjud? A) Sal o’tmay Shirinoy daladan qaytdi B) Barcha gaplarda holning ikkita mano turi mavjud. C) Ota yuvingandan so’ng sal nariga bordi. D) Oz so’lasang ham doimo soz so’zla


11.Payt holini toping?


A) Bashorat qovun pishig’ida o’n yettiga kiradi.
B) Soy bo’yida toshlar jimirlab ko’rinadi.
C) Oqayotgan tiniq suv quyosh nurida go’yo oynadek yarqiramoqda.
D) Tog’ning ro’parasida ko’z ilg’amas tekisliklar yastanib yotibdi.

12.Maqsad ravishdoshi bilan ifodalangan hol qaysi qatorda berilgan? A) U o’qish uchun shaharga keldi. B)Tog’ shabadasi g’ir-g’ir esmoqda. C)Ikkovi do’stlarcha xayrlashdi. D)Siz bilan suhbatlashgani keldi.


13.Sabab holini toping? A)Biz dars tayyorlagani keldik. B)Yaproqlar sekin shitirladi. C) U sevinganidan qichqirib yubordi. D)Sodiqov mehmonlarni kutib olgani shoshildi.


14.Vaziyat holi qatnashgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Shu kuni nima yumush buyurishsa, oyog’im olti, qo’lim yetti bo’lib yugurdim. B)Bir mahal tashqaridan gurji kuchugining akkilagani eshitildi. C)Nasiba bu gapni jo’rttaga baqirib aytdi. D) Bugun do‘stimni teatrda ko‘rib qoldim.


15. Daraja-miqdor holi qatnashgan gapni toping? A)Butun bir ro’zg’orni ko’targan tuyaga bitta elak og’irlik qilgan ekan. B)Domlalar ham bitta-bitta tarqala boshladi. C)Sizdan o’tinib so’rayman bu gapingizni ikkinchi aytmang. D) Nodonga yuz aytsang ham, befoyda


16.Hol vazifasida kelgan sifat qaysi qatorda berilgan? A)Inson o’zining hayotga muhabbati bilan kuchli. B) Haqiqiy odam insoniyat uchun ishlaydi. C)Yashil yaproqlarga berkinib bir zum o’ying, hirslaringni o’g’irlab olsam. D)U bugun darsni yaxshi tayyorlamadi.


17.Gapda hol bo’lib kelgan sifatni aniqlang? A)Yaxshi kulgi ruhni yengillashtiradi. B)Bir narsani qadrlash uchun uni avval yaxshi bilish kerak. C)Moviy osmon beg’ubor, tiniq. D)Yaxshidan yomonlar ham yomonlik kutmas.


18.Qaysi gapda murakkab hol yo’q? A)Urush boshlanganda u hali ko’krakdan ajralmagan go’dak edi. B)O’g’lining to’yini ko’rolmadi bechora, dunyodan ko’zi ochiq ketdi. C)Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib –qonib ichdi. D)Tevarakda gala-gala chumchuqlar to’xtovsiz chirqillashadi.


19.Fe’l kesimga bog’lanib, uning belgisini bildirgan bo’lak qaysi gapda qo’llangan? A)Iroda, did va fikrlar uyg’unligi do’stlik zaminini tashkil etadi. B)Do’stona aloqalar umrboqiy bo’lmog’i kerak. C)Do’stlikdadir obro, kuchimiz, shu do’stlikni olqishlaylik biz. D)Do’stlar ko’maklashganda, har qanday omadsizlik ham asta chekinadi.


20.Faqat ot bilan ifodalangan payt holi qaysi gapda berilgan? A)Yoshlik – dovyuraklik fasli. B)Yoshlikdagi gunohimizni keksayganda yuvishga to’g’ri keladi. C)Yoshlik bilan keksalik orasidagi muddat naqadar qisqa. D)Yoshlikda o’qishning izidan qolmadi.


21.Ravish bilan ifodalangan vaziyat (ravish) holi qaysi gapda berilgan? A)Yaxshi yeydi oshini, yomon yeydi boshini. B)Yo’lovchi issiq-issiq choy ichdi. C)Xushchaqchaq odamlar tez tuzalishadi. D)Buni ot sezib , yurishini sekinlatdi.


22.Vaziyat (ravish) holi qaysi gapda sifat bilan ifodalangan? A)Onda-sonda o’yinqaroq bolalar, tirikchilik bilan yurgan kattalar ko’rinadi. B)Ishlaringni tezroq bajar. C)Kundan-kunga Zaynabning susayib, o’ziga begonalashib borganini yaxshi anglar edi. D)Yaxshi oshini yer, yomon boshini.


23.Qaysi gapda ikkita vaziyat holi qo’llangan? A)Tevarak-atrofga hayronlik bilan boqa boshladi. B) Ammo ziyrak qush bu so’z tagida nimalar borligini darhol angladi. C)U juftsiz o’zi tanho yashaydi. D) Har qayer-har qayerda o’tinlar ustma-ust qalab qo’yilgan.


24.Uydan chiqib ketish uchun shoshilib yurdi, birdan temir darvoza oldida kuzatib turgan shubhali kishiga ko‘zi tushdi-yu, qo‘rqqanidan orqasiga qayrildi va tez-tez



Download 24.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling