1. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lgan yasama fe’llar hisoblanadi?


Download 14.59 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi14.59 Kb.
#160081
Bog'liq
omonimlik,sinonimlik


1. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar o‘zaro sinonim
bo‘lgan yasama fe’llar hisoblanadi?
A) tortiq, sovg‘a, tuhfa
B) qah-qah otmoq, hiringlamoq, kulmoq
C) yugurmoq, chopmoq, yelmoq
D) shivirlamoq, so‘zlamoq, gapirmoq
2. Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro
ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan?
A) tantiq - saxiy
B) ozodlik - mustaqillik
C) husn - go‘zal
D) chiroyli -- suluv
3. Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro
ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan?
A) tantiqlik - saxiylik
B) husn - go‘zal
C) sovg‘a - tuhfa
D) tabassum - yig‘i
4. Qaysi javobda berilgan so‘zlar juftligi o‘zaro
ma’nodosh emas?
A) chopmoq - yelmoq
B) husn - go‘zal
C) ayyor - makkor
D) epchil – abjir

5. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik
hosil qila oladi?
A) chiroy, suluv
B) abzal, ortiq
C) rostgo‘y, mehnatsevar
D) ko‘nmoq, unamoq
6. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik
hosil qila oladi?
A) ganch, xazina
B) dangasa, mehnatkash
C) husn, chiroyli
D) suluv, ko‘rkam
7. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik
hosil qila olmaydi?
A) obro‘, nufuz B) belgi, nishon
C) beadad, behisob D) ganch, xazina
8. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik
hosil qila olmaydi?
A) chiroy, suluv B) subutsiz, betayin
C) ganj, xazina D) bezak, ziynat
9. Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan
shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan?
A) katta bog‘ B) ko‘m-ko‘k o‘t
C) yaxshi so‘z D) bo‘sh joy
10. Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan
shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan?
A) shirin o‘y B) yomon so‘z
C) bugungi yumush D) uzun bo‘y
11. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama
so‘z berilgan?
A) bo‘ydor B) tomizmoq
C) oqimtir D) yashirin
12. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama
so‘z berilgan?
A) ko‘zlamoq B) otilmoq
C) bo‘g‘ma D) chopiq
13. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar
berilgan?
A) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka
ko‘tarmoq
B) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq
C) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor
yog‘moq
D) tilining uchida turmoq, ko‘z
qorachig'iday asramoq
14. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan tub so‘z
berilgan?
A) oqizmoq B) tuzlamoq
C) changimoq D) kechikmoq
15. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodosh
bo‘la olmaydi?
A) ayon, aniq B) ko‘rk, chiroy
C) gavdali, norg‘ul D) mazali, lazzat
16. Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan
paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) yod В) xam C) bob D) ahil
17. Qaysi javobda fe’l turkumiga oid so‘z bilan
paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) urush B) azim
C) yoqilg‘i D) undash

18. Qaysi javobda olmosh turkumiga oid o‘zaro
ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan?
A) beg‘ubor, sof, musaffo
B) hech kim, har bir, ana shu
C) kimdir, birov, allakim
D) picha, sal, ozgina

19. Qaysi javobda fe’l turkumiga oid ma’nodosh
so‘zlar qatori berilgan?
A) chopmoq, yugurmoq, yelmoq
B) kelmoq, ketmoq
C) istak, xohish, orzu
D) bormoq, yurmoq, yozmoq
20. Qaysi javobda ot turkumiga oid ma’nodosh
so‘zlar qatori berilgan?
A) yer, osmon
B) inoq, ahil
C) ma’no, mazmun
D) chopish, yugurish

21. Qaysi javobda sifat turkumiga oid so‘z bilan
paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) azm
B) xam
C) ahil
D) xiyla
Download 14.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling