1. Qaysi qatorda otlashgan so’z fe’lning vazifa shakli bilan ifodalangan?


Download 23.56 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi23.56 Kb.
#1432261
Bog'liq
salimov.Blok test


12.03.2023 NAZORAT
1.Qaysi qatorda otlashgan so’z fe’lning vazifa shakli bilan ifodalangan?
A.Yaxshiga qora yuqmas,yomanga el boqmas B.Bilmagandan bilgan yaxshi ,to’g’ri ishni qilgan yaxshi S.Yo’qni yo’q deydi,borni bor deydi D.Dilshod maktubni xolasiga berib,ko’chaga chiqib ketdi
2. 1.Tabiat kimga aql-idrok,bilim bersa u ezgu ishlar qilishga qo’l uradi. 2.Shu azamat binoga g’isht tergan me’mor qo’lining izi 3.Aql tarozisida tortib ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir 4.Insonning eng buyuk darajasi bu uning aqlidir
Qaysi javobdagi sifat tarkibi jihatdan boshqalaridan farq qiladi?
A.1 B.2 S.3 D.4
3.Qaysi javobda fonetik o’zgarish lug’aviy shakl yasovchi ta’sirida ro’y bermagan?
A.Ammo shunday dori kashf qilish kerakki,uning yurakka ta’siri boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarmasin B.Berarman(beruvchi)ga beshov ko’p olarman(oluvchi)ga oltov oz S.Olti kishi bitta soyabon ostida ho’l bo’lmay tura oladimi?-Ha,yomg’ir yog’masa D.Vujudimizda “jon” deb atalmish omilning barhayotligi,yurib turganimizga sabab,avvalo,yurakning ishlab turganidir
4.Qaysi javobdagi gapda yasama so’zlarning barchasi bir xil so’z turkumidagi so’zlardan yasalgan?
A.Hol-ahvol so’raganlarga :-Oh, men dam olib,hayot lazzatini totib ko’rmoqdaman,-deb javob berar ekanlar.Oltin boshoqlarga birinchi o’roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib,qo’llariga o’roq tutib,azondan to kechgacha dalada ishlar ekanlar B.Tumanlik qo’ynida jimgina mudragan tonglar, Ilk sovuq og’ushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi.Havoga yelpig’ichday qat-qat bulutlar chiqdi S.Yoz bo’yi meva tugish ardida yashnagan bog’lar ,shodon terakzorlar hayotning mangu,beshafqat haqiqati oldida o’ychan,g’amgin bosh egdi D.Televideniyeda beriladigan turli reklama roliklari,ekran ostidagi maxsus yozuvlar,ko’rsatuv boshlanmasidagi animatsiyalar,suxandon ortidagi chiroyli tasvirlar-bularning barini kompyuter grafikasi ustalari tariflaydi.
5.Barcha so’zlar to’g’ri yozilgan qatorni toping
A.muzlatkich,hisobchi,suxandon B.intelekt,suhandon,aftomobil S.kampyuter,tamirlovchi,peshma-pesh D.vidiyo,gidro inshoot,qaynana
6.O’zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so’zlarni toping
A.hamisha,hamma vaqt,doimiy B.kambag’al,faqir,bechora S.aylana,to’garak,shar D.ta’lim,bilim,ilmiy
7.Gapning ma’nosidan kelib chiqib nuqtalar o’rniga yuz sinonimidan salbiy ma’nodagisi qo’yiladigan javobni aniqlang.
A.Qizil …….ing qizartirma ,uzun tiling qisqartir B.Odamning …… i quyoshni uyaltirar S.Chiroy husn-u ….da emas ,fazl-u kamolda D. …... boshqa-yu ko’z boshqa
8.Qaysi javobda faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan yasama sifat ishtirok etgan?
A.1869-yilda rus kimyogari Dmitriy Mendeleyevkimyoviy elementlarning jadvalini yaratdi.Bu jadvalning o’ziga xosligi shunda ediki,unda elementlar aniq qoida va qonuniyatlar asosida tartiblanadi B.Zamonaviy samolyotlar parvoz qilishi uchun taxminan 80 tonna kislorod kerak bo’ladi.Tabiat bu miqdordagi kislorodni 40ming gektarlik o’rmonda ishlab chiqaradi S.Tarixda hatto olimlar ham bunday toshning borligiga ishonishgan.Juda boy bo’lishni xohlagan podsholar esa olimlarga afsonaviy toshni topishni buyurgan D.Aniqlanishicha,90 foiz holatlarda yong’in odamlarning e’tiborsizligi tufayli kelib chiqadi
9. Nosoz elektr qurilmalarda elektr simlarining bir-biriga noto’g’ri ulanishi ,simlarda ochiq joylarning mavjuligi,undan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik holatlari kuzatilganda yong’in kelib chiqishi mumkin.Ushbu gap tarkibidagi yasama so’zlar haqidagi noto’g’ri fikrni toping
A.Sodda yasama ravish mavjud B. Sodda yasama ot mavjud S. Sodda yasama sifat mavjud D. Qo’shma va sodda yasama fel mavjud
10.bugungi kun odamlari _____(ni/-ning) ish faoliyati ______(bilan/ham)shaxsiy hayotlari _____(ham/kabi)ijtimoiy tarmoqlar____(hamda/bilan) bevosita bog’liq.Bo’shliqlar o’rnida qavs ichida qo’yilishi lozim bo’lgan birliklar haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang.
A.Maqsad ma’nosini ifodalagan ko’makchi mavjud B. O’xshatish ma’nosini ifodalagan ko’makchi mavjud
S.Biriktiruv bog’lovchisini qo’llash mumkin D.Tushum kelishigini qo’llash mumkin
11. 1.Inson qahramonsiz oldinga undab turuvchi mayoqsiz yashashi mushkul.Buni kitoblardan ham, tarixdan ham,oddiy odamlarning kundalik hayotidan ham bilib olsa bo’ladi. 2.Birov:”So’nggi urfda kiyinib oladigan,kamida ikkita tilni biladigan,chet elda o’qib kelayotgan yoshlar,”-desa,yana biri:”Zamonamiz qahramoni degan nomga sportchilarimiz munosib,chunki yurtimiz nomini dunyoga yoyishda ularning hissalari ko’proq,”-dedi. 3.Birgina Amir Temur bobomiz yoki Jaloliddin Manguberdi nomlarini tilga olsak,qalblarimiz faxr-u g’ururga to’ladi.Lekin ular shunchalar yuksakdaki,bugungi avlod ularga yeta olishi mushkul. 4.Ichimizdan biz bilan bir xil imkoniyatga ga bo’la turib ,bizdan o’zib ketgan ,dunyoni o’zgacha idrok etishi,favqulotda qobiliyati,irodasi, aql hamda zakovati bilan bizni hayratga soladigan,ortidan ergashtiradigan zamonamiz qahramonlari chiqishini xohlaymiz.
Quyidagilardan har to’rttala gapda ham uchraydiganlarini aniqlang.
1)qo’shma fe’l 2)bog’lovchi 3)ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi 4)yasama sifat
A.2,3,4 B.1,2,3,4 S.3,4 D.1,2
12.Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan so’zlarning ma’nosi o’xshashlik asosida ko’chmagan?
A.Deraza oynasiga kumush yog’du yoprildi,osuda tun butun borliqni allalay boshladi. B.Erta bahorda bodomning pushtirang gullari atrofni yanada chiroyli qilib yubordi S.Do’stim,biz ham Aliyevning soyasida shunaqa mansab cho’qqilarini egallab o’tiribmiz. D.Yosh chog’im oltin chog’im,hayot tashvishlaridan xoli damlardir yoshlik.
13.Qaysi gapada so’z yasovchi,lug’aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qo’llangan?
A.Mehr-muruvvat barcha insonlarni o’zaro yaqinlash…adi,hamma …doimo yaxshi… qilaylik. B.Sabina kichik uka…ni maktabga olib boradi,u… bitta maktab… o’qishadi. S.Tovus o’zining chiroy… pat…ini ehtiyot qiladi,vijodonli odam esa o’zi… sharaf-u shonini saqlaydi. D.Abror Salimxonning yuk… ini xona… qo’ydi-da,o’zi tashqariga yugur…
14.Qaysi bandda so’z imlosida xatolikka yo’l qo’yilgan?
A.Basharasiga tushgan qamchi zarbidan yerga yiqildi B.Erta bahorda o’n tup mevali daraxt ko’chatidan ekdik. S.Dalamizda salqin shabboda esdi. D.Qorong’u kechada ko’kga ko’z tikib,ng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.
15.Qorli cho’qqilar poyidagi o’rmonzor tog’lar ,pastroqdagi serbarg daralar yuqorida, qalin qarag’ayzorlar bilan burkangan tog’lar ham ko’rinib turardi.Tarkibida lab undoshlari vaunli tovushlari ishtirok etgan yasama so’zlar gapda qanday gap bo’lagi vazifasini bajarib kelgan?
A.Sifatlovchi aniqlovchi,vositali to’ldiruvchi B. Sifatlovchi aniqlovchi S. Ega,sifatlovchi aniqlovchi,hol D. Ega,sifatlovchi aniqlovchi, vositali to’ldiruvchi
16.Sen uchun bor hayotim,shuhratim,shonim,
Qo’llaringni bergil menga,shirinzabonim.
Parchada nechta sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qatnashgan?
A.9 B.10 S.8 D.7
17.Qaysi qatordagi gapda modal so’z bilan bog’liq tinish belgisi noto’g’ri qo’llangan?
A.Shunga ishonchim komilki,qasd qilgan,albatta,past bo’ladi. B.Poytaxt bo’lish uchun,avvalo,poytaxtlik maqomi kerak S.Borliq jim-har bir darchadan zangori shu’lalar porlaydi. D.To’g’ri,avval jo’n gaplashib olaylik
18.Javoblarni misollar bilan moslashtiring.

1

Odobli bola elga manzur

A

Otlashgan sifat

2

Achchiq savol berib shirin javob kutma

B

Shaxs otining belgisini bildirgan sifat

3

Yaxshiga yondash,yomondan qoch

S

Faqat ochiq bo’g’indan iborat bo’lgan sifat

4

Bolali uy-bozor

D

Fonetik o’zgarishga uchragan sifat

19.Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor,Qaysi bulbulning seningdek bir guli bahori bor.
Bayt haqidagi xato fikrni aniqlang.
A.Yig’iq radif mavjud B.Mutloq qofiyaga ega S.”R” tovushi raviy vazifasini bajargan D.Muqayyad qofiyaga ega
20.Usmon Nosir bilan bog’liq ma’lumotni aniqlang.
A.Ilk she’rlaridan biri “Cholg’u tovushi” nomi bilan 1922-yilda e’lon qilingan.Shundan buyon shoir yaratgan she’riy asarlar uning “Tuyg’ular”,”Ko’ngil naylari”,”Mash’ala”,”Baxtigul va Sog’indiq”,”Quyosh qo’shig’I”’,”She’rlar “,”Front bo’ylab”,”Olovli yo’llar”,”Ko’ngil kuylari”to’plamlarida jamlangan
B.30-yillarda shoirning “Loyiq soqchi”,”O’n she’r”,”Undoshlarim”,”Uchinchi kitob,”Jumhuriyat”,”O’n ikki”,”Yangi devon”,”Saylov qo’shiqlari”nomli she’riy to’plamlari nashr etilgan.
S.”Oltin medal”,”Kuzatish”singari tom ma’nodagi mumtoz she’rlari dunyoga keldi.Shoir urush yillarida yozilgan she’rlari jamlangan”Sharqdan kelayotirman”to’plami uchun 1946-yilda Davlat mukofotiga sazovor bo’lgandi D.N.A.Dobrolubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?”degan mashhur asarini,Kirshonning”Ulug’ kun” dramasini,A.S.Pushkinning “Bog’chasaroy fontani”,Lermontovning “Iblis”nomli dostonlarini,Hayne,Gyote,Bayronijodidan ko’pgina namunalrni o’zbek kitobxonlari uning tarjimaasida o’qidi.
21. Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat.
Qildi choki pirahan dog‘i dilimni oshkor,
Qolmadi ko‘nglimda zaxmi ishq pinhon oqibat.
Ahd-u paymonlar qilib erdi: «Vafo qilg‘um», — debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yolg‘on oqibat.
Orzu qildim: «Tutarmen - deb, - visoli domanin»,
Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat.
Zohido, ishq-u muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko‘yida na bo‘ldi Shayx San’on oqibat?
Baski, qon bo‘ldi yurokim gavhari ashk o‘miga,
Qatra-qatra ko‘zlarimdin tomdi marjon oqibat.
Ohkim, bo‘ldi yana subhi nashotim shjpmi g‘am,
Chehra pinhon etti ul Xurshidi tobon oqibat.
Garehi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli xayli mo‘r o‘ldi Sulaymon oqibat.
Nodira, bulbul kabi to no la insho ayladim,
Navbahor o‘tti, xazon o‘ldi guliston oqibat.
Nodira qalamiga mansub ushbu g’azal haqida noto’g’ri hukmni toping
A. Ohkim, xursandligim tongi yana g ‘am shomi bo ‘Idi, Oqibatda и porloq Quyosh yuzini yashirdi (7- bayt). B.Men yorimga «Vafo qilaman», — deb ahd-u paymonlar qilgan edim, (Ammo) vafoni tark etdim, oqibatda uning ahdim yolg'on bo‘lib qoldi (3- bayt). S. Vast uyini obod qildim, (ammo) hijron oqibatda (uni) buzdi, Oxir-oqibatda g ‘am selidan bu imorat vayron bo’ldi (matla). D. Garchi devlar Sulaymon farmoniga bo ‘ysungan bo ‘Isa ham, Oqibatda (oxirida) uning o ‘zi chumolilar to'dasi oyog 7 ostida toptaldi (8- bayt).
22. 21-savoldagi g’azal tahlili haqida noto’g’ri fikrni toping.
A.hazaji musammani mahzuf B. radifi mavjud S.tazod ,talmeh kabi san’atlar uchraydi D.faqat muqayyad qofiyaga ega
23. 21-savoldagi g’azal haqida to’g’ri fikrni toping.
A.Gazalda 2 karra undov so’z va 2ta undalma ishlatilgan B.Lirik qahramon gapni to’g’ridan to’g’ri yorga murojaatdan boshlaydi.Ammo g’azalning boshidan oxirigacha biror joyda”yor” so’zi ishlatilmaydi S.Shoira hayot har bir inson uchun bir imtihon ekaniga urg’u beryapti.G’azalda garchi :”Dunyoni imtihon etib ket,”-deyilgan bo’lsa ham,kishi dunyoni imtihon qilmasligi,aksincha, bu yerda dunyo shaxsni imtihondan o’tkazishi oko’zda tutilayotganini anglab olishi kerak D. Unda hijron iztiroblari tasviri asosiy o‘rin tutadi. Lirik qahramon yor vasliga yctolmagani oqibatida chekkan dard-u g‘amlarini turli-turli badiiy tasvirlar orqali bay on etadi.
24. “BOLAGA RAHMDILLIK QILMOQ, UNI O‘PIB QUCHOQLAMOQLIK HAQIDA” hadisida mavjud bo’lmagan hadisiy matn qaysi qatorda berilgan?
A. Umаr ibn аl-Xаttоb roziyallоhu аnhu rivоyat qilаdi: «Rа sulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаmning huzurlаrigа bir qаnchа аsirlаrni оlib kеldilаr. Ulаrning ichidа bir аyol hаm bo‘lib, o‘z оrаlаridаn birоr go‘dаkni tоpib оlsа, dаrhоl uni bаg‘rigа bоsib emizаr edi. Jаnоb Rаsulullоh (buni ko‘rib) bizgа: «Nimа dеy siz lаr, аnаvi аyol o‘z bоlаsini o‘tgа tаshlаy оladimi?» – dеdi lаr. Biz: «Yo‘q, аslо tаsh lаy оlmаs!» – dеdik. Shundа jаnоb Rаsu lul lоh: «Allоh tаоlо o‘z bаndа lаrigа bоlаsigа mеhribоnchilik qilаyotgаn mаnаvi аyoldаn hаm mеhribоnrоq dir!» – dеdilаr («Insоnki o‘z bоlаsini o‘tgа tаshlаy оlmаs ekаn, Allоh tаоlоgа hаm o‘z bаndаsini do‘zах o‘tigа tаshlаmоqlik g‘оyat оg‘irdir»).
B. «Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm: «Ahli jаnnаt kimlаr ekаnligin аytаymi?» – dеdilаr-dа, оdаmlаrdаn jаvоb kutmаy: «Hаr bir zаif vа bеchоrаhоl оdаmdir, u gаr Allоhni o‘rtаgа qo‘yib qаsаm ichg‘аydir, so‘zsiz ustidаn chiqg‘аydir», – dеdilаr. So‘ng: «Ahli do‘zах kimlаr ekаnligini (hаm) аytаymi? Hаr bir qo‘pоl, quruq gеrdаygаn, bеqаnоаt vа dimоg‘dоr оdаm аhli do‘zахdir», – dеdilаr».
S. Sоbit Anаsdаn nаql qilinаdi: «Nаbiy sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm Ibrоhimni qo‘llаrigа оlib o‘pdilаr, hidlаdilаr».
D. Nаbiy sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаmning jufti hаlоllаri bo‘lmish Oyshа оnаmiz Urvа ibn аz-Zubаyrgа bundаy dеb аytgаn erkаnlаr: «Bir аyol ikki qizаlоg‘ini yеtаklаgаn hоldа huzurimgа tilаnchilik qilib kеldi. U yoq-bu yoqni qаrаb bir dоnа хurmоdаn bo‘lаk hеch nаrsа tоpоlmаdim. O‘shа хurmоni ungа bеrgan edim, o‘zi yеmаy ikki qizаlоg‘igа bo‘lib bеrdi. So‘ng o‘rnidаn turib chiqib kеtdi. Shu аsnоdа Nаbiy sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm kirib kеlgаn еrdilаr, bo‘lgаn vоqеаni аytib bеrdim. Jаnоb Rаsulullоh: «Kimki аnа shundаy qizаlоqlаrgа muruvvаt qo‘lini cho‘zsa, ulаr uni do‘zах оtаshidаn pаrdа bo‘lib to‘sib turаdi lаr», – dеdilаr».
25.Ustiga rango-rang gajimli yopqich tashlangan,o’rkachlari o’rtasiga qoyilmaqom qilib egar urilgan hayvon(“adabiy qahramon”)nomini toping.
A.Do’nan B.oq moya S. Qoranor D.Inodning oti
26. Dastlab otasidan, so‘ng e’tiborli murabbiylardan tahsil olgan Poshshoxoja yigitlik bo‘sag‘asidayoq davlat xizmatiga kirishadi, ya’ni 16 yoshida temuriylar saroyida ishlay boshlaydi.
A. Poshshaxo’ja B. Navoiy S.Muhammad Solih D.Ogahiy
27.”Uning o’rniga dunyo molini berish qanday bo’ladi,men unga o’zimni fido qilurmanki,u juda mushkul ahvolda qolibdi,”-degan so’zlar tilimga keldi.Undan nima o’tgan bo’lsa o’zimga olaman,uning kuchiga kuch,bardoshiga bardosh bo’laman.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A.Rustamxon B. Qissasi Rabg’uziy S. Choliqushi D.Boburnoma
28. Malika:Sеn otangni nеga tahqir etasan, Hamlеt? Hamlet:Siz otamni nеga tahqir etdingiz, onam?
Mazkur qisqa dialogda qanday ma’no(jihat)mavjud emas?
A.Farzand demoqchi:-SIZ Otamning qotillariga she’riksiz
B.Ona demoqchi:-Nega o’gay otangga yomon munosabatda bo’lyapsan?
S.Ijodkor demoqchi:-Bolaga o’gay ota o’z otasi kabi ming qilsa ham mehribon bo’lolmaydi.Ona ham bemehr bo’lsa bola chin yetimdir
D.G’oya :”Urushsiz uy tuzsiz ovqat yo’q,har nima bo’lganda ham bola o’z otasini haqorat qilmasligi,ota-onaning ba’zan bo’lib turadigan janjalini to’g’ri qabul qilishi kerak”
29. Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham yo‘q. (Hayron.) Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos...
Yuqoridagi o’y qaysi asar qahramoniga tegishli?
A.Temir xotin B.Ot egasi S.Ulug’bek xazinasi D.Toshbu
30.Qaysi ma’lumot Qodiriy haqida emas?
A. 1917-yilgi oktabr oyidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi, «Oziq ishlari» gazetasining muharriri, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan biri sifatida ijtimoiy hayotga faol aralashadi. B. 1914-yili Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qiziga uylanadi. Ulardan Nazifa (1916), Habibulla (1918), Adiba (1924), Mas’ud (1926) hamda Anisa (1928) ismli farzandlar dunyoga keladi. S. 1894-yili 10-aprelda Toshkentda bog‘bon oila sida tug‘ilgan. Dastlab musulmon maktabida, keyin rustuzem makta bi hamda Abulqosim shayx madrasasida ta’lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida o‘qigan. D.tog’asi Muhammad Siddiqning tarbiyasini olgan.Arab tili garammatikasini kichik tog’asi Mulla Odildan o’rgangan
Download 23.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling