1. Qishloq xo’jaligi korxonalari modernizatsiyalashtirishning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati va o’ziga xos hususiyatlari


Download 142 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi142 Kb.
#1731312
  1   2
Bog'liq
ochilov sherzod kurs ishi K3


MUNDARIJA
Kirish­­……………………………………………………………………………….6
1. Qishloq xo’jaligi korxonalari modernizatsiyalashtirishning ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati va o’ziga xos hususiyatlari.......................................................................9
2. Qishloq xo’jaligi korxonalarining hozirgi holati hamda iqtisodiy samaradorligi taxlili va iqtisodiy taxlili………………………………….………………..…......17
3. Qishloq xo’jaligi korxonalarining modernizatsiyalashtirishning yo’llari va istiqbollari…………………………………..……………………………………..24
Xulosa………………………………………..........................................................32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………34



KIRISH
Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida hozirgi kunda qishloq xo’jaligi korxonalarini modernizatsiyalash va tarmoqni yanada rivojlantirishyo’nalishlariga yangicha qarashlarning shakllanishi namoyon bo’lmoqda, bualbatta tarmoqni yanada barqarorlashuvini, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishni ko’payishiga, resurslardan unumli foydalanishga, yangi ish
o’rinlarining paydo bo’lishiga olib keladi va pirovardida qishloq xo’jaligini rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimizni 2019yilda ijtimoiy -iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022 yilga mo’ljallangan
iqtisodiy dasto’rning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida, “Biz bugun
2022 yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o’tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz.
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o’sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichidan past bo’ldi va 6,8 foizni tashkil etdi”1, deb ta’kidladilar.
Ma’lumki, qishloq xo’jalik korxonalarini rivojlanib borishi bilan birga, ularning soni va ishlab chiqarishdagi salmog’i ortib bormoqda, albatta bunday mexanizmlarni joriy etilishi yoki qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash jarayoni sifat jihatidan yangi mahsulot olish uchun texnik yoki texnologiyalarni bevosita ishlab chiqarishda foydalanish, uning alohida tarkibiy qismlariga aylantirish bo’yicha izchil harakatlar yig’indisi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishga bunday kompleks yondashish tashkil qilinmaganligi bois sohada modernizatsiyalash loyihalar bilan ishlash keng miqyosda joriy etilmagan. Bunga asosan qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari modernizatsiyalash jarayonga ko’rsatadigan ta’sir, modernizatsiyalashga jalb qilishning asosiy yo’nalishlari va ularni amalga oshirish stsenariylari, modernizatsiyalashni oshirish yo’llari, modernizatsiyalash faoliyatni, jarayonni, salohiyatni, tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar etishmasligi sabab bo’lmoqda. Bunda shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlari fermer xo’jaliklar tomonidan etishtirilayotgan sharoitda fan-texnika yutuqlariga asoslangan modernizatsiyalash loyihalarning shakllanishi hamda mahsulot raqobatbardoshligini oshirish va shundan kelib chiqib, agrar siyosatni takomillashtirish muammolari etarlicha o’rganilmaganligining ham ta’siri bor.

Shuning uchun ham sanab o’tilgan muammolarning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish va ular bo’yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish mamlakat qishloq xo’jaligining bugungi va ertangi kunining dolzarb masalasi bo’lmoqda.


Shu munosabat bilan qishloq xo’jalik korxonalarini modernizatsiyalash munosabatlarini taxlil etish va tegishli xulosalar ishlab chiqish lozim.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling