1-qism test Jo’ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o‘zaro farqlanadi?


Download 18.88 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi18.88 Kb.
#163829
Bog'liq
1-qism test
1, Календар режа 2 семестр18.02., 1, 1, 1918-1945 yillarda Xitoy, boshqaruv pedagogikasi va etikasi, курс ишини бажариш бўйича услубий кўрсатма, axborot xafsizligi test uzb(1), jamoani shakllantirish uslubiyoti, jamoani shakllantirish uslubiyoti, KT mus ish v-21, 9-mavzu boyicha topshiriq, Olimlar, Гули 207-18, волейбол

1-qism test

1. Jo’ja va jirafa so‘zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o‘zaro farqlanadi?

A) til qismlarining harakatiga ko‘ra

B) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra

C) portlovchi va sirg‘aluvchiligiga ko‘ra

D) talaffuzida labning ishtirokiga ko‘ra


2. Qaysi qatorda unli va portlovchi undoshlardan tarkib topgan so‘zlar berilgan?

A) abadiy, telpak, qadriyat

B) odob, botiq, qanoat

C) dudutlatdi, qobiliyat, qorabayir

D) tekintomoq, qanoat, vazifa
3. Qaysi so‘zda hosil bo’lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlar qatnashgan?

A) zaruriy B) sezuvchi

C) kitobxon D) xushbichim
4. Faqat jarangsiz undoshlardan tashkil topgan so’zni toping.

A) taraqqiyot B) tafakkur C) shovqin D) huquq
5. Ona tili-bu millatning ruhidir. Undoshlarning hosil bolish o’rniga ko‘ra miqdori to’g‘ri berilgan qatorni belgilang.

A) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz

B) 11 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz

C) 10 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa

D) 9 ta til oldi, 2 ta lab-lab, 1 ta til o’rta, 1 ta til orqa, 1 ta bo‘g‘iz
6. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab undoshlaridan iborat?

A) beibo, beva, vabo

B) ibo, bambuk, bevafo

C) ivi, bibi, vafo

D) bob, bobo, betob
7. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor?

A) pastak, ko’ksulton, ko’lmak

B) barbod, ko’klam, badnafs

C) paxsa, sukut, sochiq

D) zag‘izg‘on, jadval, mudir
8. Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iboratso’z berilgan?

A) paxta B) zavod

C) bog‘bon D) sassiz
9. Qaysi qatordagi so‘zlaming

undoshlari til oldi tovushlardan iborat?

A) diyda, joynamoz, latofat

B) dilozor, jondor, larza

C) jirttaki, laparchi, lahza

D) latta, nojins, jodugar
10. Qaysi qatordagi so’zlaming

undoshlari faqat ovozdorlardan iborat?

A) mosh, mos, makon

B) jang, mo’g‘ul, nav

C) malol, marom, marmar

D) marshal, mars, makon

11. Qaysi qatordagi so‘zlarning

undoshlari faqat til orqa undoshlaridan iborat?

A) kukun, katak, grek

B) egik, go‘ng, kakao

C) kakku, kek, keyin

D) ko‘k, gala, geolog
12. Qaysi javobdagi so’zlarda tovush va harflar soni teng emas? 

A) non, buyuk B) yog‘, suv

C) yosh, tong D) yurak, ot
13. Quyida berilgan tezaytishlaming qaysi birida faqat lablanmagan unlilar ishtirok etgan?

A) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi

B) O’tkir o‘tkir o’roqda o‘t o‘rdi

C) To‘p-to‘p ko‘k koptok, har bir to pda ko‘p koptok

D) Hali Vali, Soli sholi o’rdi
14. O’zak va qo’shimchaga ajratish bilan bo‘g‘inga ajratish teng kelgan so‘zlarni toping. 1) o‘yna; 2) o‘yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) suvsizlik; 6) ko’nglim; 7) tongga.

A) 2, 3, 5, 7 B) 1,2, 3, 6, 7 C) 1,2, 5, 7 D) 1,2, 4, 7
15. Jarangli til oldi undoshlari qator kelgan so’zlarni belgilang.

1) qasr; 2) davr, 3) amr; 4) qadr; 5) qayd; 6) burj;7)ganj;8)nazm.

A) 2,4, 5,6 B) 1,3, 4, 7, 8

C) 4, 6, 7 D) 2, 4, 5, 6, 7
16. Shovulladi tun bo‘yi shamol,

Qaldiroqlar ko(chdi larzakor.

Shivirlading yonimda xushhol:

«Yana keldi, do‘stginam, bahor».

Ushbu sho’riy parchadagi ochiq va

yopiq bo’g‘inlar soni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) 19 ta ochiq, 17 ta yopiq bo’g‘in

B) 18 ta ochiq, 18 ta yopiq bo’g‘in

C) 16 ta ochiq, 20 ta yopiq bo’g‘in

D) 11 ta ochiq, 19 ta yopiq bo’g‘in
17. Urg‘uning o’rni o’zgartirilganda so‘z ma’nosiga ta’sir qiladigan o‘rinlarni aniqlang.

1) ko‘zlar; 2) bog‘iar; 3) harakat; 4) yigitcha; 5) qo’llar; 6) ko’mir; 7) ishlar.

A) 1,2, 4, 5 B) 2, 3, 5, 7

C) 1,2,4, 5, 7 D) 2,4, 5, 6, 7
18. Qaysi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini har doim urg‘uli bo‘g‘in hisoblanadi?

1) hozir; 2) qazilma; 3) qo’llanma; 4) ko‘chirma; 5) qurama.

A) 1,3,4 B) 1,2,4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1,2, 3, 4
19. Qaysi so’zda urg‘u ikkinchi bo’g‘inga tushadi?

A) roman B) leksiya

C) paxtakor D) tantana
20. Sanab sanog‘iga yetolmadi.

Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida jami

nechta tovush o’zgarishi yuz bergan?

A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
21. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko‘rma.

Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi?

A) tovush tushishi

B) tovush almashishi va tushishi

C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi

D) tovush orttirilishi
22.1) ko‘chmoq;2)tikmoq;3) sog‘moq;

4) chiqmoq; 5) egmoq.

Ushbu fe’llardan o‘tgan zamon sifatdoshi yasalganda ularning qaysi biriga jarangsiz undosh bilan boshlanuvchi qo’shimcha qo‘shiladi?

A) 1,2, 3,4 B) 2, 3,4, 5

C) 2,4 D) 3, 5
23. «Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi».

Ushbu gapda nechta so’z fonetik yozuv asosida yozilgan?

A) 4 ta B) 2ta C) 3 ta D) 1 ta
24. «Malika opaning ikkala

o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib,

yana bag‘riga qaytdi».

Ushbu gapda nechta so‘z egalik qo’shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik yozuv qoidasiga muvofiq yozilgan?

A) 4ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta
25. Alisher parvarish qilayotgan sayroqi qushlarni ko‘rgan ayrim bolalar unga havas qilishdi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv asosida yozilgan so’zlar miqdorini toping.

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
26. Buvrug’ingiz so‘zida tovush o‘zgarishlahning qaysi turi mavjud?

A) tovush tushishi va almashishi

B) tovush orttirilishi va tushishi

C) tovush tushishi va orttirilishi

D) tovush almashishi
27. Qaysi so‘zda ikki marta tovush o’zgarishi yuz bergan?

A) singlisi B) o‘ynoqi

C) o‘rtog‘i D) pasay
28. Qaysi so‘zlarga egalik qoshimchalari qo‘shilsa, fonetik o’zgarish ro’y beradi?

A) orzu, huquq, shahar, ikki

B) ko‘ngil, bu, o‘rtoq

C) quloq, inoq, qulun

D) singil, o‘g‘il, ishtirok
29. Biror, zarur, zarar so‘zlarini talaffuz qilganda qanday tovush almashishi ro‘y beradi?

A) assimilyatsiya B) metateza

C) dissimilyatsiya D) proteza
30. Qaysi qatorda so‘z asosida fuziya hodisasi ro‘y bergan?

A) Salimjon qilgan ishidan uyalib, qizarib ketdi

B) Birdan yomg‘ir yog‘ib, tarnovlardan shovullab suv oqa boshladi

C) Derazamning oldida bir tup o‘rik gulladi

D) Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to’solmas
31. a unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga qaysi qo’shimcha qo‘shilsa, a unlisi o unlisiga aylanadi va shunday yoziladi?

A) -t B) -moq

C) -sh D) -q
32. Qaysi so‘zda yonma-yon kelgan jarangli undoshlarning oldingisi boshqa jarangli tovush sifatida talaffuz etiladi?

A) tanbal B) to‘qson

C) taqsimot D) taskin
33. Buyruq, yasha, qiynoq, yigloqi, sayroqi, sanoq.

Berilgan so‘zlarning neshtasida tovush tushishi sodir bolgan?

A) 1 ta B) 2 ta

C) 3 ta D) 4 ta
34. So‘zni payvand etavering har bir yurakka, toki u bitta dard bilan o‘sa olsin falakka. Ushbu gapda fonetik hodisaga uchragan so‘zlar soni nechta?

A) 3 ta B) 4 ta

C) 5ta D) 6 ta
35. Qaysi gapda tovush o’zgarishi sirg‘aluvchiga tegishli?

A) Xotini, bolalari boiganda shunaqa bo‘lib yurarmidi?

B) Ikkinchi bilaguzukni dadasi onasining qoiidan chiqarib sotib kelgan edi

C) Mana, xotining yamoq-yasmoqqa o’rab yig‘gan kimxoblar kiyib yotibdi

D) Dildor hamon qimirlamas, otliqdan ko‘z uzmas edi
36. Jalil qo‘yin cho‘ntagidan gazetaga o‘ralgan pulni olib sanamoqchi edi, yamoqchi urishib berdi. Ushbu gapda fonetik o‘zgarishga uchragan so’zlarsonini aniqlang.

A) 3 ta B) 5 ta C) 4ta D) 2 ta

37.Badiiy adabiyotning yozma shakli nechta adabiy turga bo’linadi? a)2 ta nasr va nazm b)3ta nasr nazm dramaturgiya c)4 ta nasr nazm sheriyat dramaturgiya d)4ta nasr nazm dramaturgiya maxsus tur

38.Katta-kichik she`rlar,she`riy masallar,ballada va dostonlar adabiyotning qaysi turini hosil qiladi? a) nazm b)nasr c)dramaturgiya d)maxsus tur

39.Barcha avlod vakillariga birdek qadrli bo’lib qolaveradigan, haqiqiy adabiyot namunasi bo’lgan “Odisseya” asarining muallifi kim? a) shekspir b) Aristotel c) Pushkin d)Homer

40. “Zarbulmasal”da qancha maqol keltirilgan? a) 300 ga yaqin b) 400dan ortiq c)600g a yaqin d) 500dan ortiq

41. “Zarbulmasal”da qaysi qushlarning quad-andachilik mojarolari tasvirlangan? a) Yapaloq qush va Ko’rqush b)Ko’rqush va Kulonkir c)kordon Boyo’g’li d) Yapoloq qush va Boyo’g’li

42.Maqol va topishmoqlarning o’xshash tomoni nimada? a)Maqol ham topishmoq ham qofiyadosh bo’lib keishi mumkin. b)Maqolda ham topishmoqda ham xulosa tugal,mazmun aniq,ifoda lo’nda bo’ladi. c) Maqolda ham topishmoqda ham sirlilik bor . d) Har ikkalasida ham xulosa bor.

43.Maqolni davom ettiring. “Chin so’z mo’tabar, …..”. a) yolg’on so’z muxtasar b) yolg’on so’z zahar c) shirin so’z muxtasar d)yaxshi so’z muxtasar

44. Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni qo’ying. Adabiyotshunoslarning fikricha: “ … - insoniyatga tengdosh qadimiy san ‘at”. a) maqol va topishmoqlar b)musiqa san’ati c)xalq og’zaki ijodi d)she’riyat

45. Namoz jamoa bo’lib o’qilganda oldinda boshlab boruvchi kim? a) Mulla b)Imom c) Muhaddis d)Roviy

46.Imom al-Buxoriyning onalarining tushiga kirib: “Ey volida,duolaring sharofatidan Alloh o’g’lingga ko’rish ne’matini qaytardi !”,- deb xitob qilgan payg’ambar kim edi? a) Muhammad alayhissalom b)Ibrohim alayhissalom c)Yusuf alayhissalom d)Muso alayhissalom

47.Hadislarda ilmni o’rganib,o’zgalarga o;rgatib,o’zi amal qilmaydiganlar nimaga o’xsshatiladi va qanday nomlanadi? a) unumdor yerlarga,mo’min b) qurg’oq yerlarga,fosiq c) tekis yer,kofir d)unumdor yer,fosiq

48.Hadislarda aytilishicha, qaysi xislatlarni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’ladi? 1)Insofli va adolatli bo’lmoq 2)Barchaga sadaqa bermoq 3)Kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq 4)Ochlarga taom bermoq 5)Barchaga salom bermoq a)1,2,3 b)3,4,5 c)1,3,5 d)1,2,4

49.” Al-jome as-sahih” asari yana qanday nom bilan ataladi? a) Tasfiri Buxoriy b)Buxoriy hadislari c) Ishonchli hadislar to’plami d)Sahihi Buxoriy

50.Sirli ovqatlanish voqeasi qaysi asarda mavjud? a) Al-jome as-sahih b)Uch og’a-ini botirlar c) Ezop masallari d)Susambil

Download 18.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling