1. Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha. Qo’shma gap turlari

Download 17.62 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi17.62 Kb.
#265110
Bog'liq
qo`shma gaplar

1.Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha.

2. Qo’shma gap turlari

3. Qo’shma gap bilan sodda gap qiyosiy xarakteristkasi

Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha.Qo’shma gap bilan sodda gap qiyosiy xarakteristkasi

Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi.

Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi.

Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.

Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.

Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

Ergash va bosh gaplar haqida ma’lumot

Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi.

Mazmuni izohlanadigan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uning mazmunini izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Hamma yig‘ilgach, majlis boshlandi. Bu gapda Hamma yig‘ilgachgapi ergash gap bo‘lib, Majlis boshlandi degan gap bosh gap orqali ifodalangan voqea-hodisaning bajarilish paytini izohlab kelgan.

Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.

Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go‘yo(ki) (ayrim darsliklarda go‘yo bog‘lovchisi bog‘lovchi vazifasidagi so‘z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko‘makchilar, ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli), turli vazifadagi ko‘rsatish olmoshlari, kim – u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o‘sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so‘roq olmoshlari va ko‘rsatish olmoshlaridan iborat nisbiy so‘zlar, sababli, tufayli, deb so‘zlari orqali bog‘lanadi: 1) Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2) Hosil to‘kin bo‘lsa, to‘ylar to‘xtamas.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar

Maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, asosan ohang yordamida birikkan sodda gaplardan tuzilgan qo‘shma gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so‘zlarning takrorlanishi, gap qurilishi, umumiy bo‘laklar vositasida birikadi: Kech kirdi, tevarak-atrofga qorong‘ulik tusha boshladi. Bu qo‘shma gapdagi sodda gaplar o‘zaro faqat ohang yordamida bog‘langan, ularning o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Tig’ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.

Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Qor yog‘di – don yog‘di. (O‘xshatish)

Bog‘lovchili qo‘shma gapga sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi. (Sh.)

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibida tinish belgilari quyidagicha qo‘llanadi:

Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo‘yiladi: Arava g‘ijirlab borar, aravakash xirgoyisini bir zumga ham to‘xtatmas edi.

Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Yomg‘ir chelakdan quyganday sharillab yog‘ardi; uning hayoli uzoq yoshlik paytlarida kezar edi. Politsmeyster zinada to‘xtadi; uning basharasi yovuz va quturgan edi. (O.)

Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismining sababini bildirsa, izohlasa, to‘ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Gap shu: Ertaga men bilan yo‘lga chiqasiz.

Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro zidlik, o‘xshashlik yoki shart munosabatiga kirishgan bo‘lsa, ular orasiga tire qo‘yiladi: Qor yog‘di – don yog‘di. Yoshim yetmish ikkida o‘zim yigitman.

Bog‘langan qo‘shma gaplar

Teng munosabatdagi sodda gaplarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.

Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun-munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:

1) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar: Bunday bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro va, hamda bog‘lovchilari, ham, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashg‘ulotlar tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. Odam qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo‘ldi. Qattiq izg‘irin ko‘tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo‘ydi.

2) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va bu vazifada qo‘llangan -u(-yu)yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo‘yiladi.

3) Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday ishlardagi sodda gaplar o‘zaro ayiruv bog‘lovchilari – goh…goh, yoki…yoki, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yohud…yohud yordamida bog‘lanadi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishini yoki ulardan biri bo‘lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilarining ikkinchisidan oldin vergul qo‘yiladi, ayiruv bog‘lovchilar yakka qo‘llansa, tinish belgisi qo‘yilmaydi.

4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi.

4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi.

5) Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog’” ishorasini berar edi. (A.Qod.)

1
Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling