1. Quyida keltirilgan fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?


Download 26.57 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi26.57 Kb.
#653265
Bog'liq
2 вариант 2 оралик
ишчи дастур ИТТ 2020, A.Qaxxarov TAQI Jurnali 202y 6 . 1-son, 9-мавзу, 12.9 Hududlar bo`yicha aholi jon boshiga to`g`ri keladigan xizmatlar hajmining o`sish sur`ati (foizda) , Referat mavzu Qishloq xo`jaligi va sanoat soxasidagi o`zgarishl, 3-МАВЗУ.БОШҚАРУВ МАҚСАДИ ВА ФУНКЦИЯЛАРИ., Mavzu.айланма маблаглар (3), М5,9м, Kimga, 4-курслар, Doc1, “Ota - onaga itoat qilish fazilatlari”, Maxsus, Hujjat (2)

1. Quyida keltirilgan fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
a) davlat qarzining to‘lash xarajatlarining ortishi soliq stavkalarini pasaytirish imkoniyatini kamaytiradi;
b) soliq stavkalarining pasaytirilishi inflyatsiya sur’ati ko‘tarilishi ehtimolini to‘liq bartaraf qiladi;
v) soliq islohotlari soliq stavkalarini pasaytirish, soliq bazasini kengaytirish, va turli kategoriyadagi soliq to‘lovchilar orasida soliq yukini teng taqsimlash maqsadlarini ko‘zda tutadi;
g)soliq stavkalarini pasaytirish byudjetning soliq tushumi ko‘rinishidagi daromadlari paayishiga olib kelishi mumkin.
52.Davlat xarajatlarining o‘sishi real YaIMni ko‘payishiga olib keladi, qachonki:
a) davlat xarajatlari va pul taklifi bir vaqtda o‘ssa;
b) davlat xarajatlarining ortishi nodavlat setorining shunga teng miqdordagi xarajatlari kamayishiga olib kelmasa;
v) bu xarajatlari davlat xizmatchilari ish haqi oshirilishiga emas, balki tovarlar va xizmatlar sotib olishga sarflansa;
g) bu xarajatlari davlat obligatsiyalari chiqarilishi hisobiga moliyalashtirilsa.
53. Majburiy zahiralash normasi 12%, ortiqcha rezervlar depozitlar summasining 3 %ini tashkil etadi. Agar jami rezervlar 45 mlrd so‘mni, naqd pullar esa 150 mlrd. so‘mni tashkil etsa, depozitlar hajmi teng bo‘ladi:
a) 300 mlrd. so‘mga; b) 375 mlrd. so‘mga;
v) 363,75 mlrd. so‘mga; g) 225 mlrd. so‘mga.
54. Depozitlarni majburiy zahiralash normasining oshirilishi:
a) pul multiplikartorining o‘sishi hisobiga pul taklifini ko‘paytiradi;
b) pul multiplikartorining pasayishi hisobiga pul taklifini kamaytiradi;
v hisob stavkasining pasayishi hisobiga pul taklifini ko‘paytiradi;
g) tijorat banklarining kredit berish imkoniyatini kengaytiradi.
55.Depozitlarni majburiy zahiralash normasi 0,25 ga teng. Ochiq bozordagi operatsiyalar orqali Markaziy Bank pul taklifini maksimal 440 mlrd. so‘mga oshirishi mumkin. Bu uchun esa Markaziy Bank:
a) 110 mlrd. so‘mlik obligatsiyalarni sotishi lozim;
b) 440 mlrd. so‘mlik obligatsiyalarni sotishi kerak;
v)1760 mlrd. so‘mlik obligatsiyalarni sotib olishi lozim;
g) 110 mlrd. so‘mlik obligatsiyalarni sotib olishi kerak.
56. Markaziy Bank pul taklifini kamaytirishga qaror qilsa, u holda:
a) depozitlarni majburiy zahiralash normasini pasaytiradi;
b) ochiq bozorda obligatsiyalarni sotadi;
v) qayta moliyalash stavkasini ko‘taradi;
g) pul-kredit siyosatini yumshatadi.
57. Ochiq bozordagi operatsiyalar-bu:
a) nomoliyaviy korporatsiyalar tomonidan fond birjalarida aksiya va obligatsiyalarni sotib olish-sotish;
b) tijorat banklari tomonidan chet-el valyutalarini sotib olish-sotish;
v) mamlakat kompaniyalari tomonidan jahon bozorida tovarlar va xizmatlar sotib olish-sotish;
g) Markaziy Bank tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish-sotish.
58. IS-LM modelida davlat xarajatlari (G) va pul taklifi (M) shunday holatda o‘zgardiki, bunda daromad miqdori (U) saqlanib qoldi, (R) foiz stavkasi esa ko‘paydi. Bu holatda shuni qayd etish mumkinki:
a) G ko‘payadi, M kamayadi; 6) G va M ko‘payadi;
b)G kamayadi, M ko‘payadi; g)G va M kamayadi.
59.Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: muvozanatli ishlab chiqarish hajmi U=5000; iste’mol funksiyasi – S=500+0,6(U-T); Soliqlar T=600; davlat xarajatlari – 1000; investitsiya funksiyasi: I=2160-10000R. Bu holatda muvozanatning real foiz stavkasi teng bo‘ladi:
a) 5%; b) 8% ; v) 10% ; g) 13%.
60. Davlat tomonidan tovarla va xizmatlar sotib olish xarajatlarining 10 birlikka o‘sishi IS egri chizig‘ining quyidagicha siljishini keltirib chiqaradi:
a) o‘ngga 10 birlikka;
b) chapga 10 birlikka;
v) o‘ngga birlikka,
Bu yerda b - iste’molga chegaralangan moyillik;
g) chapga birlikka;
Agar iste’molga chegaraviy moyillik 0,75 ga teng bo‘lsa, soliqlarning 100 birlikka kamayishi natijasida:
a) IS ergi chizig‘i o‘ngga 300 birlikka siljiydi;
b) LM egri chizig‘i o‘ngga 100 birlikka siljiydi;
v) IS egri chizig‘i o‘ngga 300 birlikka siljiydi;
g) IS va LM egri chiziqlari bir vaqtda o‘ngga 300 birlikka siljiydi.
62.Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
C =400 + 0.9Yd (iste’mol); I = 300 – 2000R (investitsiyalar);
Xn = 100 – 0.05Y – 1000R (sof eksport);
M = (0,4Y – 100R)P (nominal pul taklifi); G = 100 (davlat xarajatlari);
t = 0.5 (soliq bazasi); Ms = 180 (baholarning belgilangan darajasi).
Bu holatda daromadlarning va foiz stavkasining muvozanatli darajalari quyidagicha bo‘ladi:
a 500 va 20%; b) 600 va 15 %;
v) 550 va 15%; G) 600 va 20%.
63.Solik. stavkasi (t) va muomaladagi pul massasi (M) o‘zgarishi natijasida foiz stavkasi (R) o‘z xolicha qoldi daromad (U) o‘sdi. Qayd kilish mumkinki:
a) M o‘sdi, t kamaydi;
b) t va M o‘sdi;
v) M o‘sdi, t haqida bir fikr aytish qiyin;
g) M kamaydi, t o‘sdi;
64. Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar vositasida berilgan:
Y=C+I+G+Xn; C=100+0,9Yd ; I=200-500R;
Xn= 100-0,12Y-500R; M=(0,8Y-2000R) P;
G=200; t=0,2; Ms =800; P=1.
Bunday vaziyatda IS egri chizig‘i tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
a) Y=1600-2700R; b) Y=1500-2500R;
v) Y=1500-2600R; g) Y=1600-2600R;
65. Iqtisodiyot quyidagi ko‘rsatkichlar vositasida berilgan:
Y=C+I+G+Xn; C=100+0,9Yd ; I=200-500R;
Xn= 100-0,12Y-500R; M=(0,8Y-2000R) P;
G=200; t=0,2; Ms = 800; P=1.
Bunday vaziyatda LM egri chizig‘i tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
a)Y=1000+2700R; b) Y=900+2600R;
v) Y=900+600R; g) Y=1000+2500R;
66. IS –LM egri chiziqlarining kesishish nuqtasida :
a) rejalashtirilgan xarakjatlar haqiqiy xarajatlarga teng;
b) real pul taklifi pulga bo‘lgan real talabga teng;
v) ishlab chiqarish va foiz stavkasi darajalari ham tovar, ham pul bozoridagi muvozanat shartlarini qanoatlantiradi;
g) keltirilgan barcha ta’kidlar noto‘g‘ri.
67. Hukumat soliqlarni oshirgan vaziyatda, foiz stavkasini o‘zgarmasdan turishini ta’minlab turish uchun Markaziy Bank:
a) pul taklifini kamaytiradi; b) pul taklifini ko‘paytiradi;
v)oldin pul taklifin ko‘paytiradi, so‘ngra esa kamaytiradi;
g) oldin pul taklifini kamaytiradi, so‘ngra esa ko‘paytiradi
68. Hukumat soliqlarni oshirgan sharoitda Markaziy Bank pul taklifini pasaytirsa:
a) foiz stavkasi albatta oshadi; b) foiz stavkasi albatta kamayadi;
v) muvozanatli daromad darajasi albatta oshadi;
g) muvozanatli daromad darajasi albatta kamayadi.
69. Quyida sanab o‘tilganlarning qaysisi potesial YaIM o‘sishining omili hisoblanadi?
a) ishchi kuchi sonining o‘sishi;
b) iqtisodiyotda kapital zahiralarining ko‘payishi;
v) iqtisodiyotda mehnat unumdorligining o‘sishi;
g) keltirilgan barcha javoblar to‘g‘ri;
70. To‘liq bandlikka erishgan iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari ta’minlanishi uchun:
a) jamg‘arish va investitsiya me’yorlari kichik bo‘lishi lozim;
b) jamg‘arish me’yori katta va investitsiya me’yori kichik bo‘lishi lozim;
v)jamg‘arish va investitsiya me’yorlari katta bo‘lishi lozim;
g)jamg‘arish me’yori kichik, investitsiya me’yori esa katta bo‘lishi lozim.
71. Solou modelida bir ish bilan band xodimga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishi izohlanadi:
a) aholi sonining o‘sishi bilan; b) jamg‘arish me’yorining o‘sishi bilan;
v) texnologik taraqqiyot bilan;
g) kapital bilan qurollanganlik darajasining ortishi bilan.
72. Ishlab chiqarish funksiyasi va jamg‘arish me’yori o‘zgarmas, aholi sonining o‘sishi hamda texnologik taraqqiyot sur’atlari doimiy bo‘lgan sharoritda iqtisodiyotda kapitalning chiqib ketish (amortizatsiya) me’yori oshirilsa:
a) bitta xodimga to‘g‘ri keluvchi kapital zahirasining barqaror darajasi pasayadi;
b) bitta xodimga to‘g‘ri keluvchi kapital zahirasining barqaror darajasi o‘sadi;
v) fond bilan qurollanganlikning barqaror darajasi o‘zgarmaydi;
g) aniq bir fikr bildirish mumkin emas.
73. Intensiv iqtisodiy o‘sishning manbai bo‘lib hisoblanadi:
a) tabiiy gazning yangi manbalari ochilishi;
b) yangi avlod stanogidan foydalanish natijasida mehnat unumdorligining oshishi;
v) haftalik ish soatining uzaytirilishi;
g) qishloq xo‘jaligida yangi ekin maydonlarining o‘zlashtirilishi.
74.Solou modeliga ko‘ra aholi sonining o‘sish sur’ati n ga, texnologik taraqqiyot darajasi esa g ga teng bo‘lsa barqaror holatdagi yalpi ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati teng bo‘ladi:
a) n ga; b) 0 ga; v) g ga; g) n+g ga .
75. Tarixan ishchi kuchining qishloq xo‘jaligidan sanoatga ko‘chib o‘tishi:
a)inflyatsiya holatlarini yuzaga keltiradi;
b) o‘rtacha mehnat unumdorliging pasayishigaolib keladi;
v)aholi jon boshiga to‘g‘rikeladigan YaIM hajmining pasayishiga olib keladi;
g) o‘rtacha mehnat unumdorliging o‘sishiga olib keladi;
76. Iqtisodiy o‘sishning Domar va Xarrod modellarida investitsiyalar:
a) ishchi kuchi va tabiiy resurslar bilan birga iqtisodiy o‘sish omili hisoblanadi;
b) faqat yalpi talab komponenti deb qaraladi;
v) ham yalpi talab, ham yalpi taklif komponenti hisoblanadi;
g) jamg‘arish me’yori pasaygandagina ko‘payishi mumkin.
77. Domar modeliga ko‘ra iqtisodiy o‘sish:
a) jamg‘arish me’yori va kapital unumdorligini o‘stirish hisobiga ta’minlanadi;
b) faqat kapitalning unumdorligi ortishiga bog‘liq;
v) ishchi kuchi soni va sifatining o‘sishiga bog‘liq;
g) jamg‘arish me’yori pasaytirilishi bilan ta’minlanadi.
78. Quyidagi ta’kidlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
a) iqtisodiy o‘sish potensial YaIM hajmining oshganligini anglatadi;
b) iqtisodiy o‘sishni klassik kesmadagi yalpi taklif egri chizig‘ining hamda ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining chapga siljishi ko‘rinishida tasvirlash mumkin;
v) iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga yoki iqtisodiyotda band bo‘lgan bitta xodimga to‘g‘ri keluvchi YaIM hajmining ko‘payishi ko‘rinishida ham aniqlanadi;
g) iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi real YaIM hajmining bazis davriga nisbatan o‘sish sur’ati ko‘rinishida aniqlanadi.
79. A mamlakat barcha resurslardan foydalangan holda 200 birlikdagi X tovarini yoki 350 birlikdagi U tovarni ishlab chiqara oladi. V mamlakat esa 450 birldikdagi X tovarini yoki 600 birlikdagi U tovarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu holda:
a) mamlakatlar orasida o‘zaro manfaatli savdoni yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi;
b) A mamlakat savdo munosabatlarini o‘rnatganidan so‘ng X tovarni import qiladi;
v) V mamlakat savdo munosabatlarini o‘rnatganidan so‘ng U tovarni eksport qiladi;
g) A mamlakat savdo munosabatlarini o‘rnatganidan so‘ng X tovarni eksport qiladi.
80. A mamlakat bir birlik resursdan foydalangan holda 2 t. paxta yoki 8 tonna bug‘doy ishlab chiqara oladi. B mamlakat esa bir birlik resursdan foydalanib 4 t. paxta yoki 10 t. bug‘doy ishlab chiqarishi mumkin. Bunday holatda:
a) A mamlakat bu ikki mahsulotni eksport qilmaydi va paxta import qiladi;
b) A mamlakat paxta eksport qiladi va bug‘doy import qiladi;
v) B mamlakat paxta eksport qiladi va bug‘doy import qiladi;
g) B mamlakat eksport qilmaydi va bug‘doy import qiladi.
81. Xeksher-Olin teoremasini tavsiflovchi quyidagi fikrlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
a) mamlakatlar, ishlab chiqarilish jarayonida o‘zlarida ortiqcha bo‘lgan omillar intensiv foydalinadigan mahsulotlarni import qiladi;
b) nisbiy xarajatlardagi mamlakatlar o‘rtasida mavjud tafovutlar ularning ishlab chiqarish omillari bilan bir tekis ta’minlanmaganliklari hamda turli tovarlarni ishlab chiqarishda omillarning turlicha nisbatlaridan foydalanilishi bilan izohlanadi;
v) mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori o‘rtasidagi nisbat boshqa davlatlarnikidan yuqoriroq bo‘lsa, bu mamlakat shu omil bilan ortiqcha ta’minlangan deb hisoblanadi;
g) mamlakatlar, ishlab chiqarilish jarayonida o‘zlarida taqchil bo‘lgan omillar intensiv foydalinadigan mahsulotlarni import qiladi.
82. Quyidagi jadvalda ikki mamlakatda X va U tovarlarni ishlab chiqarishga mehnat sarfi (soatlarda) to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan:




Mamlakatlar




A

B

Bir dona X tovar

4

8

Bir dona U tovar

10

16

Ma’lumotlardan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki:
a) A mamlakat X va U tovarlarni ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega;
b) B mamlakat X va U tovarlarni ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega;
v) savdo munosabatlari o‘rnatilgandan so‘ng A mamlakat uchun X tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashish maqbul bo‘ladi;
g) savdo munosabatlari o‘rnatilgandan so‘ng B mamlakat uchun X tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashish maqbul bo‘ladi.
83 .Agarda eksport hajmi 80, import hajmi 60ga teng bo‘lsa, tashqi savdo aylanmasi qysi miqdorga teng bo‘ladi?
a) 20; b)70;
v) 4800 g)140
84. Import kvotalari to‘g‘risidagi qaysi ta’kid noto‘g‘ri?
a) kvota, tarifdan farqli o‘laroq, davlatga hech qachon foyda keltirmaydi;
b) import kvotalarini joriy qilishdan davlat oladigan daromad import litsenziyalarini joylashtirish usuliga bog‘liq ;
v) kvota mamlakatga tovarlar importi miqdorini cheklash uchun qo‘llaniladi;
g) import kvotalarining joriy etilishi mamlakat ichidagi bu tovarni ishlab chiqaruvchinig monopol hukmronligini kuchaytiradi.
85. Import tariflarining kiritilishi olib kelishi mumkin:
a) davlat byudjetiga tushumlarning va iste’mol hajmining ortishiga;
b) ichki resurslardan oqilona ( ratsional) foydalanishga;
v) importiga tarif kiritilgan tovarni mamlakatda ishlab chiqarish hajmi o‘sishiga, bu tovar importining va ichki iste’molining qisqarishiga;
g) mamlakatda importiga tarif kiritilgan tovarni ishlab chiqarish qisqarishiga va uning import bilan alishtirilishiga.
86. Eksportga subsidiyalar:
a) mamlakat ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorlardagi pozitsiyasini zaiflashtiradi;
b) Butunjahon savdo tashkiloti tomonidan qo‘llab quvvatlanadi;
v) ishlab chiqarish omillaridan oqilona (ratsional) foydalanishga ta’sir etmaydi;
g) byudjetdan moliyalashtirish imkoniyatlariga bog‘liq ravishda cheklangan.
87. Eksport bojlarining kiritilishi quyidagiarning qaysi biriga olib kelmaydi?
a) ishlab chiqaruvchilar daromadlarining kamayishiga;
b) mamlakat iste’molchilarining baholarning pasayishi hamda ushbu tovarni iste’mol qilish qisqarishi natijasida yo‘qotishlariga;
v) ushbu tovarning ichki baholarini pasayishiga;
g) ( boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holatda) davlat daromadlarining o‘sishiga.
88. Import tariflarini kiritishni yoqlovchi argument bo‘lib hisoblanmaydi:
a) import tovarlarini ichki bozorda sotish hajmini ko‘paytirish zarurati;
b) mamlakat ishlab chiqaruvchilarini dempingdan himoya qilish;
v )to‘lov balansi holatini yaxshilash zaruriyati;
g) mamlakatning yangi-“yosh” tarmoqlarini himoya qilish zaruriyati.
89. Agar mamlakatga importga to‘lov uchun xorijiy valyuta zarur bo‘lsa-yu, aktivlarni sotish yoki xorijdan qarz olish imkoniyati bo‘lmasa muammoni yechishning maqbulroq yo‘li:
a) Markaziy bankdan valyutani qarzga olish;
b) ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xorijga sotish;
v) soliqlarni ko‘paytirish va valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish;
g) hukumat tomonidan mamlakat ishlab chiqaruvchilaridan tovarlar sotib olishni kamaytirish va tejalgan mablag‘lardan importga to‘lovlar uchun foydalanish;
90. Agarda joriy operatsiyalar bo‘icha balans qoldig‘i minus 60ni, kapital harakati schyoti qoldig‘i plyus 50ni tashkil etsa, umumiy balansni nolga keltirish uchun rasmiy rezervlardan jalb qilinadigan tushumlar qanchani tashkil etishi lozim?
a)110; b)60;
v)10; g)50.
91. Mamlakat to‘lov balansining joriy operatsiyalar schyoti tarkibiga kirmaydi:
a) investitsiyalardan sof daromad;
b) chet mamlakat yuridik va jismoniy shaxslariga ko‘rsatilgan transport xizmatlari;
v) tovar eksporti;
g) mamlakatning chet-eldagi aktivlaridagi o‘zgarishlar.
92. Agar A mamlakat fuqarosi V mamlakat davlat xazina obligatsiyasini 100 ming dollarga sotib olsa, bu operatsiya to‘lov balansida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy schet bo‘yicha aktiv kamaytiriladi;
b) moliyaviy schet bo‘yicha aktiv ko‘paytiriladi;
v) joriy operatsiyalar scheti bo‘yicha aktivlar kamaytiriladi;
g) joriy operatsiyalar scheti bo‘yicha aktivlar ko‘paytiriladi.
93. Agar A mamlakat V mamlakatga yangi burg‘ulash uskunasini sotsa, bu operatsiya A mamlakatning to‘lov balansida quyidagicha aks ettiriladi:
a) joriy operatsiyalar scheti aktivi ko‘paytiladi;
b) joriy operatsiyalar scheti aktivi kamaytiriladi;
v) kapital harakati scheti aktivi kamaytiriladi;
g) moliya scheti bo‘yicha aktiv ko‘paytiriladi.
Boshqa sharoitlar o‘zgarmagan vaziyatda milliy valyutaga bo‘lgan talab ko‘payadi, qachonki:
a) bu mamlakatda boshqa mamlakatlarga qaraganda real foiz stavkasi nisbatan yuqori, inflyatsiya darajasi esa nisbatan past bo‘lsa;
b) bu mamlakatda boshqa mamlakatlarga qaraganda real foiz stavkasi nisbatan past, inflyatsiya darajasi esa nisbatan yuqori bo‘lsa;
v) bu mamlakatda boshqa mamlakatlarga qaraganda real foiz stavkasi hamda inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo‘lsa;
g) barcha javoblarda keltirilgan holatlarda milliy valyutaga bo‘lgan talab kamayadi.
Agar mamlakatda milliy valyutaning real almashinuv kursi ko‘tarilsa, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda :
a) bu mamlakat fuqarolari uchun import tovarlari nisbatan arzonlashadi;
b) mamlakat sof eksporti qisqaradi;
v) to‘lov balasining joriy schyoti taqchilligi ko‘payadi;
g) barcha javoblarda keltirilgan holatlar ro‘y berad.
Agar Markaziy Bank milliy valyutani revalvatsiya qilsa:
a) mamlakatdagi import qilinadigan xomashyodan foydalanidigan tarmoqlar zarar ko‘radi;
b) eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar zarar ko‘radi;
v) bu mamlakatning savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlarda ishsizlik darajasi o‘sishi mumkin;
g)mamlakatning sof eksporti ko‘payadi.
97. So‘mnmng arzonlashuvi natijasida:
a) O‘zbekistondan mahsulot import qilish chet elliklar uchun qimmatlashadi;
b) O‘zbekistonliklar uchun chet-eldan import qilinadigan mahsulotlar arzonlashadi;
v) O‘zbekistondan mahsulot import qilish chet elliklar uchun arzonlashadi;
g) sof eksport hajmi qisqaradi.
98. Valyuta tushumini ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘rnatilgan me’yorlar bo‘yicha taqsimlashdan iborat bo‘lgan valyuta nazorati chorasi olib kelishi mumkin:
a) importning ko‘payishi va to‘lov balansi holatini vaqtincha yomonlashuviga;
b) importning qisqarishi va to‘lov balansi holatini vaqtincha yaxshilanishiga;
v) milliy valyutaning almashinuv kursini barqaror o‘sishiga;
g) iqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqaror ko‘tarilishiga.
99. Milliy valyuta almashinuv kursining sezilarli pasayishi mamlakat eksporti va importi hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi:
a) eksport va import hajmlari oshadi;
b) eksport va import hajmlari kamayadi;
v) eksport kamayadi, import esa ko‘payadi;
g) eksport ko‘payadi, import esa mkamayadi.
100. Qayd qilingan valyuta kursi tizimida:
a) tashqi balansga, pul-kredit siyosatiga nisbatan, byudet-soliq siyosati kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi;
b) pul-kredit siyosati to‘lov balansini tartibga solishda byudjet-soliq siyosatiga qaraganda nisbiy ustunlikka ega, ammo ichki muvozanatni tartibga solishda emas;
v) byudjet-soliq siyosati, rollarni taqsimlash qoidasiga ko‘ra, tashqi balansni tartibga solishda foydalaniladi;
g) pul-kredit siyosati, rollarni taqsimlash qoidasiga ko‘ra, ichki balansni tartibga solishda foydalaniladi
Download 26.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling