1. Quyidagi qaysi davlatning huquqiy masalalari Qur`oni karim va Payg`ambar


Download 18.4 Kb.
Sana18.06.2022
Hajmi18.4 Kb.
#764535
Bog'liq
MUSOBAQA
5 sinf botanika fanidan nazorat ishl, 1- LEKCIYA, окова сув, 9. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA HARAKATLAR STR(1), 2-sinf tezis, 2-sinf tezis, 2-sinf tezis, grafik fayllardan foydalanish rasm g, оз бетинше, 2-Lab (Dasturlash), matematik tahlil , Economy, 6-sinf II bo'lim, Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti-fayllar.org, Salom

1. Quyidagi qaysi davlatning huquqiy
masalalari Qur`oni karim va Payg`ambar
(s.a.v) ko`rsatmalari, nasihatlariga
asoslangan?
A) Amir Temur davlati B) Somoniylar
C) Arab xalifaligi D) Qoraxoniylar
2. O`rta asrlarda aholisi qo`ychilik, tog`
jilg`alari bo`ylarida esa, dehqonchilik bilan
shug`illangan davlat islom dinini qabul
qilgan vaqtda sodir bo`lgan voqeani
aniqlang?
A)Qarluqlar yag`mo,chigil,o`g`uz va boshqa
qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashgan
B)Movarounnahrda iqto yerlari paydo bo`la
boshlagan
C) Farjak madrasasi qurib bitkazilgan
D) O`g`uzlar davlati shimoli sharqdan
qo`zg`algan qipchoqlar zarbasida bo`linib
ketgan
3. Qaysi sulola davrida Movarounnahr
shaharlarida ibodatxonalar , shu jumlada
jome masjidi, xonaqoh va namozgohlar
bino qilingan?
A) Qoraxoniylar B) Somoniylar C)
Safforiylar D) G`aznaviylar
4.Abruy boshchiligidagi qo`zg`olon qaysi
Turkxoqoni davrida (a), Abu
Muslimqo`zg`oloniqaysi Xurosonnoibi
davrida(b),Oqkiyimlilarqo`zg`oloni
qaysiarabxalifasi davrida(c), boshlangan?
A)a-Bumin,b-Ashros,c-Umaribn Abdulaziz
B)a-Qoracho`rin,b-NasribnSayyor,c-Umar
C)a-Bumin,b-NasribnSayyor,c-Mansur
D)Qoracho`rin,b-NasribnSayyor,c-Mansur
5.O`rta Osiyoda yerga egalik qilish
munosabatlari qachon o`rnatilgan?
A) V-VI asrlarda B) V-VII asrlarda
D) V asrda D) III-II asrlarda
6. Arablar nima maqsadda
Movarounnahr aholisiga Islom dinini
da`vat etishga, aholi o`rtasida islomni
yoyishga alohida ahamiyat berganlar?
A) Bosib olingan hudud aholisini
madaniyatini yuksaltirishga
B) Siyosiy hokimiyatni mustahkamlash
va uning barqarorligini ta`minlash
C) Soliq olish tartibini kengaytirish
maqsadida
D)Bosib olingan aholi orasida o`z
madaniyatini yoyish
7. Qaysi omil ilk o`rta asrlar
madaniyatining shakllanishida
mustahkam poydevorga aylangan?
A)Devoriy suratlar, haykallar va
ganchkori naqshlar uyg`unligi.
B) Aholi orasida ko`plab dinlarning
mavjudligi
C) O`rta Osiyo aholisining madaniy
an`analari qo`shni mamalakatlar ,
xususan, Hindiston va Eron tasviriy
uslublari bilan uyg`unlashganligi
D) Og`zaki adabiyot va yozma
adabiyotning rivojlanishi
8. Alisher Navoiy portretini kim
chizgan?
A)Mahmud Muzahhib B) Durbek
C) M. Tabriziy D)K.Behzod
9.O`rta asr musulmon Sharqi
astronomiyasining rivojlanishida katta
ta`sir ko`rsatgan omil – bu..?
A) Farg`oniy asarining lotin va ibroniy
tillariga tarjima qilinishi
B) Ulug`bek tomonidanm 1018 ta yulduz
aniqlanishi
C) Beruniy tomonidan 1029 ta yulduz
aniqlanishi
D) Ulug`bek astronomiya maktabi.10. Kamoliddin Behzod ijodi xilma-xilmazmunga ega bo`lib. Qandaymanzaralarni haqqoniy va ta`sirli qilibbelgilaydi?A) Jang manzaralari hamda zafarliyurishlar B) Tabiat manzaralari ,bino va badiiy asarlarniC) tarixiy siymo portretlari, hukmdorsaroylaridagi qabulxona va jang maydoni
manzaralari
D) tarixiy siymo portretlari, hukmdor
saroylaridagi qabulxona va yurishlar
11.Qaysi ijodkor o`z hayotida davlat
ishlari va idora qoidalari bilan qiziqqan?
A) A. Navoiy B) Y.X. HojibC) Lutfiy D) Zamaxshariy
12.Bilimdomlikda zamon fozillarining
peshqami bo`lgan shaxs tug`ilgan shahar
Amir Temur tomonidan qachon bosib
olingan?
A) 1381- yil B) 1388-yil
D) 1370-yil D) 1399-yil
13. VIII asr oxiri- IX asr boshlarida Arab
xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirgan
omillarni aniqlang?
A)Movarounnahr va Xuroson
aholisining tez-tez qo`zg`olon ko`tarib
turishi, iqtisodiy tanglik va o`zaro ichki
urushlar
B) Movaronnahr va Xuroson
aholisioning tez-tez qo`zg`olon ko`tarib
turishi, uzluksiz davom etgan o`zaro
urushlar va ichki iqtisodiy
muammolar
C) Movarounnahr va Xuroson aholising
tez-tez qo`zg`olon ko`tarib turishi,
uzliksiz davom etgan o`zaro urushlar
va ichki ziddiyatlar
D)Movarounnahr aholisining tez-tez
qo`zg`olon ko`tarib turishi, uzluksiz
iqtisodiy qoloqlik va ichki ziddiyatlar
14. Ahamoniylar tomonidan bosib olingan hududlar boshqaruvi (satraplik) haqida to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) satrapliklarning ko‘pchiligi mahalliy sulola vakillari tomonidan boshqarilgan; 2)bosib
olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun butun mamlakat satrapliklarga bo‘lingan; 3) satrap cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan; 4) satraplarning ko‘pchiligi ahamoniylar sulolasi vakili bo‘lgan; 5)satrap mahalliy sulolalar bilan o‘zaro bo‘lishib hokimiyatni boshqargan. A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4 15. Jaloliddin Manguberdiga tobeligini izhor etgan Kirmon va Isfahon hududlari kimga tegishli edi? A) G‘iyosiddinga B) O‘zloqshohga C) Malika Xotunga D) xalifa Nosirga 16. Misrda Yangi podsholik davri fir’avnlari hujumlarini qaysi mamlakatlarga qaratganlar? A)Sinay yarimoroli va Liviya B)Old Osiyo va Liviya C)Nubiya va Old Osiyo D)Nubiya va Liviya 17. Quyidagilardan G‘aznaviylar saroyida ijod qilgan buyuk mutafakkirlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) Abu Rayhon Beruniy; 2) Muhammad Narshaxiy; 3) Nosir Xusrav; 4) Ibn Sino; 5) Gardiziy; 6) Atomalik Juvayniy; 7) Mirxond; 8) Bayhaqiy A) 2, 3, 5, 7 B) 1, 4, 6, 8 C) 1, 3, 5, 8 D) 3, 4, 6, 7 18. Makedoniyalik Aleksandr taxtga chiqqan (1), Sharqqa yurish boshlagan (2), fors qo‘shinlarini tor-mor keltirgan (3) va vafot etgan (4) yillar to‘g‘ri berilgan javobni toping. a) mil.avv.336-yil; b) mil.avv.330-yil; c) mil.avv.322-yil; d) mil.avv.337-yil; e) mil.avv.323-yil; f) mil.avv.334-yil A) 1-a, 2-f, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-f, 3-b, 4-e C) 1-f, 2-a, 3-c, 4-e D) 1-b, 2-e, 3-f, 4-c 19RimdaXalqmajlisi patritsiylardan necha kishini va qancha muddatga hokim qilib saylagan? A) 2 kishi 1 yil muddatga B) 3 kishi 1 yil muddatga C) 3 kishi 2 yil muddatga D) 2 kishi 2 yil muddatga
20Quyidagi voqealar sodir bo‘lgan davriga qarab mos ravishda joylashtirilgan javobni toping. 1) Qoraxitoylar Xo‘jand shahri yaqinida Qoraxoniylar eloqxoni Mahmudga zarba berdi; 2) Nasr Eloqxon boshchiligidagi qoraxoniylar Buxoroni egalladi; 3) Ibrohim Bo‘ritegin Xuttalon,Vaxsh, Chag‘oniyonni g‘aznaviylardan tortib oldi; a) IX asr; b) X asr; c) XI asr; d) XII asr; e) XIII asr
A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-d, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-a, 3-e D) 1-d, 2-b, 3-e
21Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) Old Osiyoda B) O‘rta Osiyoda C) Kichik Osiyoda D) Sharqiy Yevropada 22. Kushonlar davriga oid topilmalar topilgan joylari bilan mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari; 2) do‘mbirachi hamda ud cholg‘u asbobini chalayotgan musiqachilar tasviri; 3) kushon hukmdorlari saroyi. a) Xolchayon; b) Ayritom; c) Dalvarzintepa; d) Surxko‘tal A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-d, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-d D) 1-c, 2-b, 3-a 23IX asrning so‘nggi choragiga kelib Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari qaysi davlat (sulola) tasarrufiga o‘tgan? A) Tohiriylar B) Safforiylar C) Somoniylar D) Qoraxoniylar
24Quyidagi qaysi hukmdorlar Bobilni egallashga muvaffaq bo‘lgan? 1) Kir II; 2) Doro I; 3) Kambiz II; 4) Salavk A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 1, 4 25Quyidagilardan Xorazmda Anushteginiylar sulolasi hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida sodir bo‘lgan voqeani belgilang. A)Ibrohim Bo‘ritegin Amudaryo bo‘yi viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh va Chag‘oniyonni g‘aznaviylardan tortib oldi. B)Buxoro Nasr Eloqxon boshchiligidagi qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi batamom barham topdi. C)Alptegin G‘azna va Kobul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos soldi. D)Qoraxitoylar Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba berdilar. 26Ma’muniylar sulolasi davrida Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma – devonxona tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibida faoliyat yuritgan mahkamalarni toping. 1) ziroat; 2) ma’muriy; 3) savdo-tijorat; 4) moliya; 5) zarbxona; 6) mulkchilik; 7)soliq. A) 1, 3, 4, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 7
27.Qaysi jangda Mo`g`ullar bosib
olgan ko`pgina shaharlarda xalq
qo`zg`olon ko`tarib mo`g`il noiblari
o`ldirilgan?
A) Sind jangi B) Parvon jangi
C) Valiyon jangi D) Arzinjon jangi
28 Quyidagilardan bir asrda sodir
bo`lgan voqealarni aniqlang?
A) Musiqa sa`ati g`oyat taraqqiy etdi,
Movarounnahr xalqining ma`naviy
hayotida Islom dini muhim o`rin
egalladi. B)Qoraxoniylar
Movarounnahrga 1-marta yurish qildi,
Somoniylar davlati tashkil topdi
C)Barzikor atamasi paydo bo`ldi, Iqto
tartiboti paydo bo`ldi.
D)Temuriylar davlati inqirozga yuz
tutdi, Sarbadorlar harakati vujudga
keldi
29.Tarixda haqgo`ylik va adolatni
ulug`lagan shaxs tavallud ayyomi
nishonlangan yilda qancha vaqt o`tib,
“Musulmonlar e`tiqodini tuzatuvchi”
nomi bilan shuhrat topgan shaxs
tavallud ayyomi nishonlangan?
A) 2 yil B) 5 yil C) 1 yil D) 3 yil
30.O`z davri uchun mukammal
hisoblangan ilmlar tasnifini yaratgan
shaxs haqida berilgan ma`lumotlardan
noto`g`risi aniqlang?
A)Olimning ilm-fan oldidagi buyuk
xizmatlaridan biri yunon mutafakkirlari
asarlarini sgarhlaganligi
B) Mutafakkir qoldirgan meros, faqat
Sharq mamalakatlarida emas, balki
Yevropada ham tarqalgan
C) Ba`zi manbalarda keltirilishicha,70
dan ortiq tilni bilgan.
D) Mutafakkir qoldirgan meros,
Yevropa ijtimoiy-falsafiy, g`oyaviy
taraqqiyotiga sezilarli ta`sir ko`rsatgan


Download 18.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling