1. Raqobat nima? O’zbekistonda raqobat shakllari
Download 21.76 Kb.
|
mustaqil ish tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- dedi Prezident.
Reja
2.O’zbekistonda raqobat shakllari 3.Jahonda Kirish. Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Raqobatda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. Raqobat asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovar pul munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli raqobatning asosiy sohasi bozor hisoblanadi. Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom raqobatga boʻlinadi. Halol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. G’irrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporuvchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatni tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. Raqobatdan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega. Raqobat olib borish usuliga koʻra, narx bilan raqobat va narxsiz raqobatga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga qaraganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar). Narxsiz raqobatga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar). Oʻz miqyosiga koʻra, raqobat eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga boʻlinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi raqobatning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat monopolistik raqobat monopoliya va oligapoliyalar. Raqobatning amal qilishi uchun muayyan shart-sharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarga koʻra, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham raqobat boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15-martda Moliya vazirligi huzurida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi. Bugun, 2020-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. O‘zbekistonning jahon iqtisodiyoti bilan aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa ichki bozorda raqobat muhitini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirishni talab etadi. Prezident O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy o‘tishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. “Meni tashvishlantiradigan masala shuki, korxonalarimiz tashqi raqobatga bardosh bera oladimi? Chetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan xuddi shunday mahsulot unga raqobatchi bo‘la oladimi? Mahalliy mahsulotlarning tannarxini pasaytirsak, xorijdan o‘zlari olib ketishadi”, dedi Prezident. Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi xizmatlar bozorida 245 ta korxona monopol holatda saqlanib qolmoqda. Lekin bir qator yo‘nalishlarda raqobat muhiti shakllanib bo‘lgan 19 xil mahsulot va xizmatlar bo‘yicha 70 ta korxonani monopolistlar reyestrdan chiqarish mumkin. “Raqobat bo‘lmasa, sifat bo‘lmaydi, narx tushmaydi. Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib bo‘lsa, ishlaydi, bo‘lmasa – ketadi”, dedi Prezident. Download 21.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling