1 Raximov D. G. – Tatu, professor, f m. f d. Yakubova D. – Tmi, magistrant


Download 337.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.08.2020
Hajmi337.88 Kb.
#128002
Bog'liq
“Sug’urta ishi” fanini talabalarga interfaol usullar orqali o’rgatish


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2018 йил 

www.interfinance.uz 

                                                                                                                       

1

 

Raximov D.G. – TATU, 



professor, f.m.f.d. 

Yakubova D. – TMI,  

magistrant 

 

“SUG’URTA ISHI” FANINI TALABALARGA INTERFAOL USULLAR 



ORQALI O’RGATISH 

 

Annotatsiya:

  Bu  maqolada  “Sug’urta  ishi”  fanining  “Avtotransport  vositalari 

egalarining  uchinchi  shaxslar  oldidagi  fuqarolik  javobgarligini  sug'urtalashning 

zarurligi  va  asosiy  shartlari”  mavzusini  pedagogik  texnologiyalari,  xususan  "  Case 

study" usuli yordamida dars o’tish modeli taklif qilingan.  



Аннотация:

 В статье предлагается модел проведения занятия по предмету 

«Страховое  дело»  основанное  на  современных  педагогических  технологий,  в 

частности с использованием метода «Кейс стадии». 

Abstract:

  The  article  proposes  a  model  for  holding  a  class  on  the  subject 

"Insurance business"  based on  modern pedagogical technologies, in particular using 

the method "Case study". 



Kalit  so’zlar:

  sug’urta  ishi,  avtotransport  vositalarini  majburiy  sug’urtalash, 

sug’urta mukofoti. 



Ключевые  слова:

 

Страховое  дело,  обизательное  страхование 

автотранспортных средств, премия страхования. 

Key words:

 Insurance business, insurable motor insurance, insurance premium. 

 

Malakali kadrlarni tarbiyalash uzoq muddatli, murakkab jarayon bo’lib, ushbu 



jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishi ta’lim jarayoniga yuqori samaradorlikka ega 

bo’lgan o’qitish texnologiyalarini qo’llash va keng ko’lamli axborot-kommunikasiya 

texnologiyalardan  foydalanishda  tezkorlikka  erishishni  taqozo  etibgina  qolmasdan, 

ushbu  maqsadlarning  ijobiy  natijaga  ega  bo’lishi,  eng  avvalo,  yosh  avlodga  ilmiy 

bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini 

hosil  qilish,  ma’naviy-ahloqiy  sifatlarni  shakllantirish  borasidagi  ta’lim-tarbiya 

ishlarini samarali tashkil etishga bog’liqdir. 

Ushbu  maqolamizda  “Sug’urta  ishi”  fanining  “Avtotransport  vositalari 

egalarining  uchinchi  shaxslar  oldidagi  fuqarolik  javobgarligini  sug'urtalashning 

zarurligi  va  asosiy  shartlari”  mavzusi  [1]  misolida  interfaol  usullar  [2]  yordamida 

o’qitish modelini ko’rib chiqamiz. 

Dars  talabalar  fikrini  jamlash  maqsadida  “Aqliy  hujum”usuli  yordamida 

boshlanadi. Hususan, quyidagi savollar berilishi mumkin: 

1. Sug’urtalash turlari qanday? 

2. Sug’urtalash mukofotlari qancha? 

3. Sug’urtalashning yuridik va jismoniy shaxslarga foydalari bormi? 

So’ngra o’qituvchi dars mavzusini quyidagi matn bo’yicha bayon etadi. 

Bozor  munosabatlari  sharoitida  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  uchinchi 

shaxslar  manfaatiga  zarar  yetkazish  xavfi  kuchayadi.  Bu  xavfning  ro'y  berishi 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2018 йил 

www.interfinance.uz 

                                                                                                                       

2

 

natijasida  yetkazilgan  zararni  qoplash  yuzasidan  zarar  yetkazgan  shaxslarning 



javobgarligini  sug'urta  qilish  mamlakatimizda  o'z  rivojini  topmoqda.  Ana  shunday 

javobgarlikni  sug’urta  qilishning keng tarqalgan  turlaridan biri  –  transport  vositalari 

egalarining 

uchinchi 

shaxslarga 

zarar 


yetkazish 

fuqarolik 

javobgarligini 

sug'urtalashdir.  

Ma'lumki  transport  yuqori  xavfni  keltirib  chiqaruvchi  manbalardan  biri 

hisoblanadi.  

Transport  haydovchisi  transport  vositasini  boshqarish  jarayonida  uchinchi 

shaxslarning muayyan manfaatlariga, sog’ligiga zarar yetkazishi mumkin.  

Yo’l  transport  hodisasi  natijasida  zarar  ko'rgan  shaxslar,  ko’p  holatlarda 

aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G'ayri qonuniy harakat tufayli yuridik yoki 

jismoniy  shaxslarning  sog'lig'i,  hayoti  yoki  mol-mulkiga  yetkazilgan  zarar  aybdor 

tomonidan  to’liq  hajmda  qoplanishi  lozim.  Qonun  hujjatlarida  zararni  to'lash 

majburiyati  zarar  yetkazuvchi  bo’lmagan  shaxsga  yuklatilishi  mumkin.  Zarar 

yetkazilgan  shaxs  agar  zarar  o'z  aybi  bilan  yetkazilmaganligini  isbotlasa  zararni 

to'lashdan ozod etilishi mumkin.  

Bugungi  kunda  aholi  turmush  darajasining  doimo  oshib  borishi  transport 

vositalarining  yanada  takomillashishi  jahonda  avtomobillar  sonining  muntazam 

o’sishiga olib kelayapti.  

Afsuski transport vositalari ko'payishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ya'ni, yo'l-

transport hodisasi bilan bog’liq. 

Hozirgi sharoitda yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga 

zarar  yetkazish  xavfi  kuchaymoqda.  Bu  xavfning  ro'y  berishi  natijasida  yetkazilgan 

zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug'urta qilish 

mamlakatimizda  ham  rivojlanmoqda.  Ana  shunday  javobgarlikni  sug'urta  qilishning 

keng  tarqalgan  turlaridan  biri  -  transport  vositalari  egalarining  uchinchi  shaxslarga 

zarar yetkazish fuqarolik javobgarligini sug'urtalashdir.  

Ma'lumki  transport  yuqori  xavfni  keltirib  chiqaruvchi  manbalardan  biri 

hisoblanadi. 

Trasport  haydovchisi  transport  vositasini  boshqarish  jarayonida  uchinchi 

shaxslarning  muayyan  rnanfaatlariga,  sog’ligiga  zarar  yetkazishi  rnumkin.  Yo'l 

transport  hodisasi  natijasida  zarar  ko'rgan  shaxslar,  ko'p  holatlarda  aybdorlardan 

zararni  undirib  ololmaydilar.  G'ayri  qonuniy  harakat  tufayli  yuridik  yoki  jismoniy 

shaxslarning  sog'lig'i,  hayoti  yoki  mol-mulkiga  yetkazilgan  zarar  aybdor  shaxs 

tornonidan  to'liq  hajmda  qoplanishi  lozim.  Qonun  hujjatlarida  zararni  to'lash 

majburiyati zarar yetkazuvchi bo'lmagan yuklatilishi mumkin. Zarar yetkazgan shaxs 

agar zarar o'z aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlasa zararni to'lashdan ozod etilishi 

mumkin.  

Bugungi  kunda  aholi  turmush  darajasining  doimo  oshib  borishi  transport 

vositalarining  yanada  takomillashishi  jahonda  avtomobillar  sonining  muntazam 

o'sishiga olib kelayapti.  

O'zbekiston  Respublikasida  yengil  avtomobil  ishlab  chiqarish  sanoatining 

rivojlanishi  ma'lum  bir  ma'noda  transport  vositalari  sug'urtasini  hamda  transport 

vositalari  egalarini  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug'urtasini  rivoj1anishiga  va 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2018 йил 

www.interfinance.uz 

                                                                                                                       

3

 

sug'urta  kompaniyalariga  ma'lum  ma'noda  aniq  vazifalarni  yuklashi  tabiiy  albatta. 



Shuni  alohida  ta'kidlab  o'tish  joizki,  Respublikamiz  hududida  yengil  avtomobillar 

keskin ravishda o'sib borishi jamiyatimiz va uning vakillari uchun foydali hisoblanadi. 

Lekin shu bilan bir qatorda shuni unutmaslik kerakki, avtotransport sonining keskin 

ravishda  ortib  borishi  o'z-o'zidan  yo'llarimiz  hududida  hunuk  va  nohush  hodisalarni 

yuzaga keltirishi mumkin.  

Barchamizga  ma'lumki  2008-yil  22-oktabrda  O'zbekistonda  “Transport 

vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug’urtalash  to’g’risidagi” 

qonuni  [3]  kuchga  kirdi.  2009-yilning  22-yanvaridan  boshlab  transport  vositalari 

fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash (FJMS) polisiga ega eng kam ish haqi 

mansabdor  shaxslar  esa  eng  kam  ish  haqining  uch  barobari  miqdorida  to'ladilar. 

Transport vositalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashda jabrlanuvchining 

mulkiga zarar yetganda eng ko'pi bilan 1050 $, jabrlanuvchining sog'lig'i yoki hayotiga 

zarar yetganda esa eng ko'pi bilan 1950 $ rniqdordagi mablag'ni ko'zda tutadi. Sug'urta 

qoplamasi  sug'urtalovchi  tomonidan  bevosita  jabrlanuvchiga  yetkazilgan  zarar 

rniqdorida, lekin yuqorida qayd etilgan qiymatdan ortiq bo'lmagan miqdorda to'lanadi.  

Bunda  o'z-o'zidan  nega  zararning  barchasi  to'lanmaydi.  degan  savol  tug'iladi? 

Zararning  hammasi  ham  qoplanishi  mumkin,  lekin  buning  uchun  sug’urtalanuvchi 

majburiy  sug’urtadan  tashqari  fuqarolik  ixtiyoriy  sug'urtalash  polisiga  ega  bo'lishi 

kerak.  Chunki  zarar  o'rnatilgan  limitdan  yuqori  bo'lish  holatlari  ham  kam  emas. 

Masalan, sug'urtalanuvchi fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash polisiga ega 

bo'lsa,  qonunga  muvofiq  jabrlanuvchining  zarar  yetkazilganda  sug'urta  qoplamasi 

1050 $ miqdorida chegaralanadi, yetkazilgan zarar miqdori 3000 $ni tashkil etadi. Bu 

holda sug’urta kompaniyasi faqat ko’zda tutilgan 1050 $ ni to’laydi, qolgan qiymatni 

esa sug'urtalanuvchi o’z yonidan to'lashiga to'g'ri keladi.  

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashda 

sug'urta  polisi  qiymati  birinchi  navbatda  transport  vositasining  turi  va  quvvatiga 

bog’liq  (yillik  baza  stavkasi).  Masalan,  avomobil  dvigatelining  hajmi,  avtobus  va 

mikroavtobusning  yo'lovchi  yuk  avtomobilining  yuk  ko'tarish  qobiliyati  qanchalik 

bo'lsa, polis narxi ham shuncha yuqori bo'ladi.  

Shuningdek, sug'urta polisi narxini orttiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar 

qo'llaniladi:  

- transport vositasi ro'yxatga olingan joy;  

- transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxslar soni;  

-  o'tgan  davr  va  haydovchi  staji  davomida  sug'urta  hodisalarining  ro'y  bergan 

yoki bermeganligi; 

- transport vositasidan foydalanishning mavsumiyligi;  

- qoida buzish holatlarining mavjudligi;  

- haydovchining yoshi. 

Shu bilan birga ta'kidlash kerakki, fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash 

bo'yicha  maksimal  sug'urta  mukofoti  yillik  stavkasiga  muvofiq  ravishda  uning  besh 

barobaridan  yuqori  bo'lmasligi  kerak.  Shunga  ko'ra,  agar  sug'urtalanuvchi,  masalan, 

divigatel hajmi 1200-2000 sm3 atrofida bo'lgan yengil avtomobil bo'lsa va undan taksi 

sifatida foydalanilmasa, fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtalashning yillik polisi 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2018 йил 

www.interfinance.uz 

                                                                                                                       

4

 

miqdori yuqorida qayd etilgan omillarga ko'ra 10,8 $ dan 67,5 $ gacha bo'lgan qiymatni 



tashkil etadi. 

Shu  bilan  birga,  1941-1945-yilgi  urush  qatnashchilari  yoki  partizanlari  yohud 

ularga  tenglashtirilgan  shaxslar,  1941-1945-yildagi  urush  davri  mehnat  fahriylari, 

bolaligida ota-onalaridan biri yoki qayta turmushga chiqmagan beva ayol bilan birga 

konsentratsion lagerda bo'lgan sobiq asirlar, harbiy xizmatni o'tash chog'ida yarador, 

kontuziyasi yoki nogiron bo'lgan va shuning natijasida halok bo'lgan yoki orttirilgan 

kasallik oqibatida vafot etgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, Chernobil AESidagi 

avariya natijasida jabrlanganlar, nafaqadagilar va nogironlar uchun sug'urta mukofoti 

narxining 50 foizi miqdorida chegirma belgilanadi. 

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashda 

sug'urtalanuvchi yo’l-transport hodisasi aybdori bo'lib qolsa va uchinchi bir shaxsga 

zarar yetkazsa, bunday vaqtda sug'urtalanuvchi yoki sug'urtalanuvchining vakolatiga 

ega  bo'lgan  shaxs  yo'l-transport  hodisasi  bo'lganidan  so'ng  72  soatdan  kechikmagan 

holda  sug'urta  kompaniyasining,  yo'l  harakati  xavfsizligi  xizmatining  hodisa  sodir 

bo'lgan  va  transport  vositasi  ro'yxatga  olingan  hududlardagi  bo'limlarini  yozma 

ravishda voqeadan xabardor qilishi lozim.  

Shuningdek,  sug’urta  kompaniyasiga  sug'urta  polisining  asli  yoki  nusxasini 

ilova qilgan holda sug'urta to'lovini to'lash haqidagi ariza, yetkazilgan zarar fakti va 

miqdorini,  mulkka  yetkazilgan  zarar  vaqti  va  miqdorini,  jabrlanuvchining  shaxsini, 

vorislik yoki huquqqa egalikning kuchga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarni, shaxsini va 

huquqqa  egalikning  davlat  ro’yxatidan  o’tganligini  tasdiqlovchi  hujjatlarni  taqdim 

etishi lozim. 

O'z  navbatida, sug'urta  kompaniyasi  15  kun  muddatdan  kechiktirmagan  holda 

sug'urta qoplamasini to'lash to’g’risidagi arizani ko'rib chiqishi va o'z qarorini ma'lum 

qilishi shart. Sug'urta qoplamasi to'lash rad qilinganda, rad qilish to'g'risidagi qarorda 

asoslovchi dalillar ko’rsatilgan bo'lishi shart.  

Sug'urtalanuvchi, 

birinchi 

navbatda, 

o'z 


tashabbusi 

yoki 


sug'urta 

kompaniyasining  talabi  bilan  zararlangan  mulkni  yoki  uning  qoldiqlarini  zarar 

yetkazilish holatlarini aniqlash va qoplanishi talab etiladigan zarar miqdorini aniqlash 

maqsadida  ko'rib  chiqish  va  mustaqil  ekspertizadan  o’tkazish  uchun  sug'urta 

kompaniyasiga taqdim etishi shart.  

Sug'urta  kompaniyasi  esa,  o’z  navbatida,  agar  o'zaro  yozma  ravishda  boshqa 

muddat  kelishilmagan  bo'lsa,  zararlangan  mulk  yoki  qoldiqlarini  besh  kundan  ortiq 

bo'lmagan muddat ichida ko'rib chiqishi va mustaqil ekpertizasi o'tkazishi darkor.  

Sug'urta  kompaniyasi  zararlangan  mulkni  yoki  uning  qoldiqlarini  ko'rib 

chiqmasa  va  yuqorida  qayd  etilgan  muddat  ichida  mustaqil  ekspertiza  o'tkazmasa, 

sug'urtalanuvchi  shunday  ekspertizani  mustaqil  ravishda  tashkil  etishi  mumkin. 

Bundan tashqari, bunday holda sug'urtalanuvchi kompaniyasiga zararlangan mulk yoki 

uning  qoldiqlarini  taqdim  etmaslikka  haqlidir,  Sug'urta  kompaniyasi  esa  mazkur 

mustaqil ekspertiza natijalariga e'tiroz bildirishi mumkin emas.  

Sug'urta  to'lovi  uchun  asos  bo'lgan  mustaqil  ekspertiza  qiymati  sug’urta 

kompaniyasi  tomonidan  qoplanuvchi  zarar  tarkibiga  kiritiladi,  ammo  har  qanday 

taqdirda  ham  to'lov  o'rnatilgan  sug'urta  summasidan  oshmasligi  kerak.  Shuni 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2018 йил 

www.interfinance.uz 

                                                                                                                       

5

 

unutmaslik  kerakki,  sug'urta  qoplamasini  to’lash  sug’urta  kompaniyasi  tomonidan 



zararni  qoplash  to’g’risidagi  qaror  qabul  qilingandan  keyin  5  kundan  kechiktirmay 

amalga oshiriladi.  

So’ngra  o’qituvchi  dars  mavzusini  mustahkamlash  maqsadida  quyidagi 

keyslarni muhokama qilishni taklif etadi: 

1.  Fuqaro  A.  mashinasida  ketayotib  kechki  g‘ira-shirada  fuqaro  B.ni  urib 

yubordi va voqea  joyidan g‘oyib bo‘ldi. Shunday holatda fuqaro B zararni to‘lashni 

so‘rab  qanday  tashkilotga  murojaat  qilishi  kerak  va  qanday  hujjatlar  taqdim  qilishi 

kerak.  


Javob: To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga murojaat qilishi va ushbu holatni 

asoslab beruvchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.  

2.  Fuqarolik  javobgarligi  sug‘urta  qilingan  xavfli  ishlab  chiqarish  ob’ektida 

portlash 

yuz 

berishi 


natijasida 

yon-atrofdagi 

uylarda  yong‘in  chiqdi. 

Sug‘urtalovchining iltimosi bilan sug‘urtalanuvchi yong‘inni bartaraf etish maqsadida 

bir million so‘mlik xarajat qildi. Ushbu xarajatni sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchidan 

talab qilishga haqqi bormi? Agar bo‘lsa qancha miqdorda?  

Javob: haqqi bor va to‘liq miqdorda. 

3.  Fuqaro  B.  majburiy  sug‘urta  bo‘yicha  sug‘urtalangan  o‘z  mashinasida 

ketayotib, yo‘l o‘rtasidan chiqib qolgan qariyani bosmaslik uchun rulni keskin burdi 

va yo‘l yoqasida turgan avtomashinaga urilib unga zarar yetkazdi. Avtomashina egasi 

bo‘lgan fuqaro V. yetkazilgan moddiy zararni va ma’naviy zararni to‘lashni fuqaro B. 

dan  talab qildi.  Fuqaro  B.  talab  qilingan zararlarni  to‘lab  berishni  so‘rab  mashinasi 

sug‘urta  qilingan  sug‘urta  kompaniyasiga  murojaat  qildi.  Sug‘urta  kompaniyasi 

qanday qaror qabul qiladi?  

Javob: Fuqaro B ning yo’l transport hodisasida aybi yo’qligini e’tiborga olib, 

Fuqaro V ning avtomashinasiga yetkazilgan zararni to’liq qoplab berishga qaror qiladi. 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

1.  Shennayev  X.M.  va  boshqalar.  “Sug’urta  ishi”  darslik.  TMI.T:  “Iqtisod-

Moliya”, 2014, 248 b.  

2.

 



Raximov  D.G.,  “Yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosida  o’tiladigan  dars 

modellari”, Kasbiy fanlar metodikasi jurnali, 2012, № 5(17), 14-18 betlar.

  

3.  O'zbekiston  Respublikasining  «Transport  vosita1ari  egalarining  fuqarolik 



javobgarligini majburiy sug’urta qilish to'g'risida»gi qonuni. Xalq so'zi, 2008-yil 21-

aprel. 


 

Download 337.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling