1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyotning ahamiyati


Download 0.55 Mb.
Sana04.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
  • 1.Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash
  • 2.Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
  • 3. Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
  • 4.Bozor va uning vazifasi
  • Reja:
  • Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va alohida iste`molchilar qay darajada foydalanishini o`rganadi. Ko`pchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan sub`ektlar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni va o`zaro xatti-harakatlarini o`rganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil bo`lganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va xizmatlar bo`lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo`jaligi o`zining har bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o`zining har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori darajasi bilan ta’minlay olmaydi
  • Resurslarni cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov muammosini qo`yadi:
  • nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish?
  • qanday texnika va texnologiyani qo`llash?
  • ishlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol qilinadi?
  • Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida - ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi.
  • Muqobil qiymat
  • Bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir
  • Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo`lgan 3 metr mato bo`lagidan yo ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham ko`ylak, ham kamzul tikish imkoni yo`q. Bu vaziyatda tanlash kerak bo`ladi. Bu tanlov yo ko`ylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni ko`zda tutadi. Ko`ylakni tanlash qarori kamzulga ega bo`lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi ko`ylakning qimmati kamzulga ega bo`lib, olish mumkin bo`lgan foyda va quvonchlarga teng. Unda ko`ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko`ylak bo`ladi.
  • Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan voqealarni tushuntirish bilan shug’ullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda iste’mol etiladigan xomashyo narxi o`zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo`shatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini bo`shatish yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shular mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.
  • Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qo`yilmalar hajmi va xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qo`llaydi. Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari bo`lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining o`zgarishiga, va shuningdek, bo`lg’usi o`z mahsulotining narxiga ko`ra firma ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.
  • 1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
  • Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xo`jaliklarining qarorlarini va ularning maxsus bozorlardagi o`zaro aloqalarini, firma va uy xo`jaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozordagi o`zaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham o`rganadi.
  • Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham bog’liqdir, chunki, butun dunyoda sodir bo`layotgan iqtisodiy o`zgarishlar o`sha alohida individual sub’ektlarning iqtisodiy munosabatlarining mahsulidir. Makroiqtisodiy o`sishni mikrodarajadagi munosabatlarning uyg’unlashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Misol qilib olsak, makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan olinadigan daromad solig’ining ta’sirini o`rganishlari uchun, ular har bir xo`jalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga bo`lgan salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador bo`lib o`xshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli savollarga javob bo`ladi, har bir fanning o`zini alohida usullari mavjud bo`lib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir biridan ajralgan holda o`rganiladi.
  • Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o`rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo`lishi kerak, degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima o`zgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilarga va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo bo`ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy o`rin egallaydi.
  • Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi.
  • Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin solig’i maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday bo`ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko`pincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan to`ldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qo`yilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft solig’ini boshqarish yengil bo`lsa-da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko`proq ta’sir o`tkazishi mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy samaradorlik bilan qiyoslab ko`rishi zarur bo`ladi.
  • 1.3.Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
  • Mikroiqtisodiyotning ahamiyati alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo`jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida zarur.
  • Amalda bizning asosiy mahsadlarimizdan biri xo`jalikka oid qarorlarga kelinganda qanday qilib mikroiqtisodiyot tamoyillari qo`llanishini ko`rsatishdan iboratdir. Mikroiqtisodiyotning amalda qo`llanishini ko`rsatuvchi jahon amaliyotida yuz bergan misolni keltiramiz.
  • Korporatsiya darajasida bir qarorga kelish. 1985 yilning oxirida «Ford» oldingi g’ildiraklari tortadigan va samarali aerodinamik shaklga ega bo`lgan «Tauras» nomli yangi avtomobil modelini bozorga taqdim etdi. Mashina katta muvaffaqiyatga ega bo`ldi va 1987 yilga kelib «Ford» foydasini deyarli 2 marta ko`paytirdi. Bu mashinaning dizayni va samarali ishlab chiqarilishi muhandislik tafakkurining eng yangi yutuqlarini qo`llash bilan bog’liq edi, u ancha-muncha iqtisodiy masalalarga ham daxldor bo`ldi.
  • Kapital qo`yish haqida qarorga kelinganda bu savollarga javoblarning noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» birlashgan firma bo`lib ma’lum tashkiliy muammolarni ham hal etishi kerak edi, chunki uning bir bo`linmasi mashina ayrim qismlarini ishlab chiqaradi, boshqalari esa yig’ish bilan shug’ullanadi. Turli bo`linmalar menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. Avtomobilni yig’uvchi bo`linmalar boshqa bo`linmalardan oladigan dvigatellarga qanday narx qo`yishi lozim. Hamma detal va qismlarni o`z zavodlaridan olish kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat, «Ford» o`z faoliyatida hukumat va qonun chiqaruvchi idoralarning talablarini hisobga olishi kerak. Masalan, avtomobilning yangi modeli tashqi muhitga chiqaradigan gazlar federal me’yor, eng ko`p deganda, yo`l qo`yilgan darajadagi kontsentratsiya talabiga javob berishi zarur bo`ladi, mashinalarni uzluksiz yig’ib borish esa xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qonunlariga mos kelishi kerak edi.
  • Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan muqobil variantning yo`qligini isbotladi.
  • Birinchidan, bozor ishlab chiqarish va iste’molning o`zaro bog’liqligini ta’minlaydi. Bu funktsiyani u taklifni to`lov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini o`rnatish orqali amalga oshiradi.
  • Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini ijtimoiy baholashni kafolatlaydi. Bunday baholash mexanizmi oddiy, samarali va ob’ektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi bo`lidimi yoki yo`qligidan iborat.
  • Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun sharoit yaratadi. Bunga qoloqlarni ilg’orlardan «ajratuvchi» raqobat yordam beradi.
  • 1.4. Bozor va uning vazifasi
  • Xususiy mulkchilik- bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga egalik qilish, foydalanish, taqsimlash huquqidir.
  • Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli himoyalangan bo`lsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi.
  • Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va o`z tanloviga ko`ra har qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish, pullarni bankka qo`yish va boshqalarni ko`zda tutadi.
  • Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni o`z hohishiga qarab foydalanish: xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanish, iste’molchilar uchun o`z pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini ko`zda tutadi. Tanlovning to`g’riligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot to`la hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi.
  • [1] N.Gregory Mankiw. Principles of Microeconomics. (Fifth edition). USA 2008. P 30-34
  • Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo`lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo`jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o`zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo`lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko`rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
  • Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:
  • ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;
  • iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;
  • ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo`yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.
  • Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1-chizma).
  • Фирмалар
  • Ресурслар бозори
  • Уй хўжаликлари бозори
  • Истеъмол неъматлари бозори
  • Modeldan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, u muammoning ikkinchi darajali tomonlarini e’tiborga olmaydi. Modelda ikki turdagi o`zgaruvchilar ishlatiladi: ekzogen va endogen. Ekzogen o`zgaruvchilar tashqi o`zgaruvchilar bo`lib, ular oldindan beriladi va modelga kiritiladi. Endogen o`zgaruvchilar model ichida, hisob-kitoblar asosida shakllanadi. Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo`linadi: uy xo`jaliklari va firmalar. Uy xo`jaliklari o`z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o`zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo`jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling