1. Rim imperiyasi hayotining so‘nggi davrlaridagi falsafiy oqimlarni sanab bering


Download 22.9 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi22.9 Kb.
#166289
Bog'liq
3falsafa111


1. Rim imperiyasi hayotining so‘nggi davrlaridagi falsafiy oqimlarni sanab bering.

Rim impyeriyasi davrida bir oila bo‘lib yashagan xalqlar o‘rtasidagi hududiy va

ma’naviy yaqinlik o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ammo, asosiysi, bu davrda milliy g‘oyalar to‘la-to‘kis

amalga oshishi uchun ijtimoiy sharoit etildi, italiya, ingliz, fransuz va boshqa xalqlar o‘z

davlatchilik an’analarini to‘la-to‘kis tikladilar. Bu davlatlarda shakllangan falsafiy maktablar faqat

milliy qobiqqa o‘ralib qolmadilar, balki umumYevropa va butun jahon taraqqiyotining

umumbashariy muammolarini falsafiy jihatdan izohlash, ilmiy o‘rganish va asoslashga harakat

qila boshladilar. ushbu davr falsafasi ham oldingiga nisbatan katta qadam tashladi. Fanda qo‘lga

kiritilgan yutuqlarning falsafiy izohlanishi, kashf etilayotgan ilmiy usul va uslublarning falsafaga

tadbiq etilishi, falsafiy qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi o‘sha davr faylasuflari

uchun odatiy holga aylandi. Bu tamoyillar esa milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy

qadriyatlar xususiyatiga egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida

eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi.

2. «Uyg‘onish davri» tushunchasini qanday talqin etasiz?

Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos

bo‘lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular panpsixizm – butun

olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo

asossizligini ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga

qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII–XVIII asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi,

u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni)

tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat,

ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik

yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib

yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining

zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi.Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina

mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670–1722) dinni tanqid qilar ekan,

harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U, «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb

bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan

uzviy bo‘lsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat

materiya ta’rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim», deb yozgan.

3. Milliy falsafiy maktablar deganda nimani tushunasiz?

davlatlarda shakllangan falsafiy maktablar faqat

milliy qobiqqa o‘ralib qolmadilar, balki umumYevropa va butun jahon taraqqiyotining

umumbashariy muammolarini falsafiy jihatdan izohlash, ilmiy o‘rganish va asoslashga harakat

qila boshladilar. ushbu davr falsafasi ham oldingiga nisbatan katta qadam tashladi. Fanda qo‘lga

kiritilgan yutuqlarning falsafiy izohlanishi, kashf etilayotgan ilmiy usul va uslublarning falsafaga

tadbiq etilishi, falsafiy qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi o‘sha davr faylasuflari

uchun odatiy holga aylandi. Bu tamoyillar esa milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy

qadriyatlar xususiyatiga egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida

eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi. XIX asrning oxiridan boshlab g‘arb mamlakatlarida Hegel falsafasi atrofida turli falsafiy

maktablar va oqimlar vujudga keladi. Bu falsafiy maktablar ichida ma’lum nufuz va ta’sirga ega

bo‘lgan oqim «yosh hegelchilar» oqimi edi. Bu oqimning o‘sha davrdagi asosiy namoyandalari

orasida aka-uka Bruno va Edgar Bauyerlar alohida ajralib turar edi. Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar tushunchasining

shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda G‘arbda ham, Sharqda ham

qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog‘langan. Uyg‘onish davrida

A.Navoiy, A.Jomiy, Rumiy, Leonardo da Vinchi ijodida insonparvarlik va hurfikrlilik qadriyatlari

birinchi o‘ringa chiqqan. Jumladan A.Navoiyning odil jamiyat qurish haqidagi g‘oyasida

umuminsoniy qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa, eng etuk inson qiyofasiga xos shaxsiy

qadriyatlar tizimi ifodalangan.

4. Milliy falsafiy maktablarning umuminsoniy yutuqlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

davlatlarda shakllangan falsafiy maktablar faqat

milliy qobiqqa o‘ralib qolmadilar, balki umumYevropa va butun jahon taraqqiyotining

umumbashariy muammolarini falsafiy jihatdan izohlash, ilmiy o‘rganish va asoslashga harakat

qila boshladilar. ushbu davr falsafasi ham oldingiga nisbatan katta qadam tashladi. Fanda qo‘lga

kiritilgan yutuqlarning falsafiy izohlanishi, kashf etilayotgan ilmiy usul va uslublarning falsafaga

tadbiq etilishi, falsafiy qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi o‘sha davr faylasuflari

uchun odatiy holga aylandi. Bu tamoyillar esa milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy

qadriyatlar xususiyatiga egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida

eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi

5. «Nemis klassik falsafasi»mi yoki «Nemis milliy falsafasi»mi? Bu masalaga sizning munosabatingiz qanday?



Nemis falsafasi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa Farbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo fransuz inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta’limot vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o‘rinni egalladi. Mana shunday tarixiy sharoitlar taqazosi bilan XVIII asrning II yarmi va XIX asr boshlarida nemis falsafasi vujudga keldi.

XVII–XVIII asrlarning materialist faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik

borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan

belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan.Bundan borliqni

«naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.Yangi davr va nemis klassik falsafasi davri «substansiya»

(dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat),

«mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob’ektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy

kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi. XX asr

borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini

o‘ta kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki

ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.

6. Nega marksistik falsafa milliy falsafa bo‘la olmas edi?


  • K. Marks (1818‑1883) va F. Engels (1820-1895) keyinchalik materialistik jihat va ateistik tamoyillar ustuvor bo‘lgan, qarama-qarshiliklarning kurashi tamoyili mutlaqlashtirilgan o‘z ta’limotini ishlab chiqdilar. Ularning ta’limoti marksizm falsafasi degan nom oldi. Keyinchalik bu falsafa sotsialistik lager deb atalgan mamlakatlarda davlatning mafkuraviy doktrinasiga aylandi, «ilmiy kommunizm» g‘oyalari asosida insoniyat tarixining tabiiy jarayonini proletariat diktaturasi deb atalgan davlat va hokimiyat yuritish usuli orqali zo‘rlik bilan o‘zgartirish ta’limotini ko‘pchilik ommaga, siyosiy partiyalarga, mafkuraga singdirishga harakat qildi. XX asrning boshlaridan 80 — yillarning oxirigacha dunyoning juda katta hududida hukmronlik qilgan bu mafkura sobiq Ittifoq tarqalishi bilan uning hududida o‘z ustuvorligini yo‘qotdi. Uning katta salbiy oqibati ayniqsa o‘tmish madaniy va falsafiy merosiga bo‘lgan munosabatda yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu falsafaning metodologik prinsiplari — sinfiylik va partiyaviylik xolis xulosalar chiqarishga imkon qoldirmas edi. ularga mos kelmaydigan har qanday ta’limot qoralanar, hatto butunlay inkor qilinardi. O‘tmish merosining qay darajada umumbashariy, umumjahon ahamiyatiga ega ekanligi e’tibordan chetda qolardi. Bu nafaqat umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini mensimaslikka olib kelardi, shu bilan birga, ma’lum darajada xalqlarda milliylik ruhini, milliy merosdan g‘ururlanish ruhini tugatishga qarshi harakat edi. O‘tmish merosiga bunday yondoshishning zararli tomonlaridan yana biri shunda ediki, oxir-oqibatda o‘tmish merosi bir yoqlama talqin qilinardi, ko‘pincha esa ochiqdan-ochiq soxtalashtirilardi. Ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, ma’naviy, mafkuraviy sharoitlarni hisobga olmagan holda, o‘tmish merosini yuqorida eslatib o‘tgan prinsiplar qolipiga solib talqin qilinardi

7. Yevropa uyg‘onish davri falsafasini o‘rganishimizning ahamiyati nimalarda deb o‘ylaysiz?

Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o‘rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xiristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi;

2. O‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo‘nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi. Gnostiklar(Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof), Dualizm(moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud ), «Patristika»(«ota» («padre») ), «Sxolastika»(yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, «o‘qish joyi»,»maktab», maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar, ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo‘lgan intilish), Realizm (Angelm Ketterberiyskiy (1038-1109)) «Monopoliya» — xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli, hamma narsaning bir sababchisi bo‘lishi kerakki, biz uni xudo deb ataymiz.



  • Yevropa falsafasining rivojida universitetlar Ular bilim va ma’rifatning o‘chog‘i sifatida 1200 yillarda vujudga keldi. 1400 yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet mavjud bo‘lgan. Universitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil etar edi. XII asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Angliyaning Oksford, Kembridj universitetlari.

Download 22.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling