1. Ruxshonaning hatti-harakatiga baho bering. (15 ball)


Download 15.35 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi15.35 Kb.
#1256561
Bog'liq
15 yoshli Ruxshonaning fe


15 yoshli Ruxshonaning fe’l atvori, soch turmagi va tashqi ko‘rinishida keskin o‘zgarishlar yuz bera boshladi. U “Gotlar” deb ataluvchi G‘arb yoshlari orasida urf bo‘lgan submadaniyat vakillariga taqlid qila boshladi, ya’ni sochi va ko‘zlarini qora rangga bo‘yar, bosh suyaklari tasvirlangan taqinchoqlar taqar, kiyimlarining rangi qop-qora edi. So‘zlashishi, o‘zini tutishida ham jiddiy o‘zgarishlar sezila boshladi. U odamlarga aralashmaydigan, o‘zining olamida yashaydigan, ona tilida so‘zlashmaydigan, milliylikni tan olmaydigan shaxsga aylandi. Ruxshona na ota-onasi, na qarindosh urug‘lari, na maktabdagi o‘qituvchilarnig fikrlarini inobatga olmay qo‘ydi. O‘zbek mentalitetiga mutlaqo zid bo‘lgan bu g‘ayritabiiy bu holat qo‘shnilar tomonidan qoralandi.
1. Ruxshonaning hatti-harakatiga baho bering. (15 ball)
2. “Ommaviy madaniyat”ning milliy ma’naviyatga tahdidini tahlil qiling. (15 ball)
3. Uning xatti-harakatini deviatsiya deyish mumkinmi? Fikrlaringizni izohlang. (15 ball)
4. Ruxshonaning milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishda kimlar va qanday vositalar ta’sir qila oladi? (15 ball)
Hozirgi davrda inqirozga yuz tutayotgan ko’plab ma’daniyatlarni ko’rishimiz mumkin. Tarix guvohki, bunday holatlar oldin ham bo’lgan va mos ravishda doim takrorlanib turadi. Keltirilgan holatdagi Ruxshona obrazini umumiy holatda hozirgi kundagi ‘Ommaviy ma’daniyat’ qurboniga aylanib qolgan yoki uning ta’siri ostida bo’lgan yoshlarning biri deb qabul qilishimiz mumkin. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning yanada kengaytirilishi natijada nafaqat iqtisodiy balki ma’daniyat, ilm-fan kabi sohalarda ham hamkorlik kengaymoqda. Shu o’rinda shuni aytishim mumkinki, ba’zi holatlarda bu “Ommaviy madaniyat” iborasi sqalbiy holatda gavdalanmoqda. Buning sababi esa hozirgi kunda yoshlarning umuman olganda Sharq mamlakatida istiqomat qilayotgan insonlarning hayotida zid bo’lgan, ularning milliy qadriyatlariga aksariyat hollarda mos tushmaydigan yangi qarashlarning kirib kelishi sabab bo’lmoqda.
Download 15.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling