1. Saqlanayotgan asl ko`rinishi. Saqlashga qabul qilinadigan donning xolati


Saqlashga qabo‘l qilinadigan donning tarkibi va xususiyatlariga ta’sir qiladigan omillar


Download 419.87 Kb.
bet4/7
Sana08.01.2022
Hajmi419.87 Kb.
#241772
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 maruza
topshiriq, Ультразвуковая дефектоскопия — Википедия, ПЕДАГОГИА, ПЕДАГОГИА, Педагогик test, Бизнес ҳуқуқи 3 курс ТҲФ А поток Календарь, 3-amaliy ish, 10-amaliy ish, 9-amaliy ish, 1515137596 69835, suv kimyosi va mikrobiologiya asoslari, uslubb, Document 2, маркетинг мустакил ишга 1-жавоб
3. Saqlashga qabo‘l qilinadigan donning tarkibi va xususiyatlariga ta’sir qiladigan omillar. Don massasining sifatiga va xususiyatlariga donning navi, shuningdek ekiladigan urug‘ sifatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Don massasining G‘ovakligi ayrim hollarda sochiluvchanligi ham navga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.

Bir o‘simlikning turli navga xos bo‘lgan donlari saqlash jarayonida turli fiziologik faollikni namoyon etishi, shuningdek turli nafas olish intensivligiga ega bo‘lishi mumkin.

Ekiladigan urug‘ sifati, o‘simlikning unib chiqishi, o‘sishi, rivojlanishi, kasallik, zararkunanda va noqulay ob-havo sharoitlariga chidamliligi va hokazolarga ta’sir etadi.

Olinadigan hosil sifati va xususiyatlari esa yuqoridagi omillarga chambarchas bog‘liqdir. Ko‘rinib turibdiki,qat’iy nazorat qilingan standart urug‘ yuqori va sifatli hosil garovidir.

Ma’lumki har bir don yoki urug‘ navi qishloq xo‘jaligida e’tibor qilinadigan xususiyatlaridan tashqari hosildorlik, vegetatsiya davri, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va x.k turli iste’mol ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Masalan bug‘doyning har xil navlari o‘ziga xos un chiqishi va nonvoylik sifat ko‘rsatkichlariga ega; makkajo‘xorining ko‘pgina navlari va duragaylari yaqqol ifodalanuvchi texnologik xususiyat va furajilik qimmatiga ega; zigirning turli navlari doni tarkibida turli sifatga ega bo‘lgan yog mavjud bo‘ladi; kungaboqar doni tarkibida yoQ miqdori turli navlarda bir-biridan keskin farq qiladi; suli, arpa, tariq va sholini qayta ishlashda navlarga mos holda turli iste’mol sifatiga ega bo‘lgan yormalar olinadi va x.k. Bularning barchasi donlarni saqlashda ularni alohida-alohida joylashtirishni talab etadi.

Shuningdek don va urug‘larning navdorlik xususiyatlariga barcha turdagi xo‘jaliklarda (jamoa, fermer, davlat xo‘jaliklari) hisobga olinadi va shunga ko‘ra uning tovar narxi belgilanadi. Yuqori sifatli kafolatli donlarga ustama haq ham belgilanishi mumkin

Don saqlash omborlari xo‘jaliklardan yuqori sifatli elita donlarini sotib oladilar. Qabo‘l qilingan donlar urug‘lik va oziq-ovqat maqsadlari uchun saqlanadi

Donlarni iste’molchilarga, shuningdek urug‘lik uchun sifatli sifatli saqlangan holda yetkazib berish uchun korxonalar nav xususiyatlari, saqlash rejimlarini mukammal biladigan malakali mutaxassislarni talab etadi.

O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi sharoitlari, shuningdek donning shakllanishi, hosil sifatiga va miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Donshunoslik va o‘simlikshunoslik kursidan bizga ma’lumki, tashqi muhit omillari o‘simlik rivojlanishi va hosilning shakllanishiga ta’sir etadi. Shuni nazarda tutish lozimki, turli iqlim va tuproqlarga ekilgan bir navli urug‘ turlicha rivojlanib, turli hosil berishi mumkin. Bunga mos holda ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi, to‘liqligi yirikligi va boshqa texnologik sifat ko‘rsatkichlari har xil bo‘ladi. Don sifatiga o‘gitlash ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Mavsumiy iqlim sharoitlari ham don sifatiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Masalan yig‘im-terim oldidan va terim vaqtida yogingarchilik ko‘p bo‘lsa, donning namligi ortib ketadi va saqlanuvchanlik ko‘rsatkichlari keskin tushib ketadi. Aksincha qurgoqchilik bo‘lsa don haddan tashqari qurib ketadi, yoki namlik yetishmasligidan donlar to‘liq yetilmay qoladi.

Donning sifati zararkunanda va kasalliklar ta’sirida ham o‘zgaradi. Ayniqsa zararkunandalar donning nonvoylik sifatini keskin tushiradi.

Kasallik va zararkunandalar ham sifatini va miqdorini pasaytirib yuboradi.

Shuningdek don sifati va hosildorlikka begona o‘tlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Begona o‘t bilan ifloslangan dalalarda don ekinlari yaxshi o‘sib rivojlanmaydi. Xosildorlik keskin pasayadi va uning sifati buziladi.

Begona o‘tlar urug‘lari yig‘im-terim davrida asosiy o‘simlik donlariga qo‘shilib ketadi va don massasini ifloslantirib yuboradi, don massasining sifati pasayadi.

Shuni aloxida ta’kidlash lozimki begona o‘t urug‘larining ko‘pchiligi zaharli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun donlar saqlashga joylashtirilishidan oldin yaxshilab tozalanishi lozim.

Donning sifati va saqlanuvchanligi ko‘p jihatdan yig‘im-terim jarayonlariga bog‘liqdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa hosil sifati va miqdori shuncha yuqori bo‘ladi. Yig‘im-terim ishlarini o‘z vaqtida va qisqa muddatda tugallash, nobudgarchilikning oldini olish, don ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirishning asosiy garovidir.

Mamlakatimizda don ekinlari 2 xil usulda yig‘ib olinadi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri; avval o‘rib, keyin yig‘ib olish.

Don ekinlari hosilini avval o‘rib keyin yig‘ib olish asosiy usul hisoblanadi. Bunda donlar mum pishiqlik davrida o‘ruvchi mashinada yerdan 15-25 sm balandlikda o‘rilib, quritish uchun angizga tashlab ketiladi. Donning to‘la pishib yetilishi quritish paytiga to‘gri keladi. Quritilgan don maxsus mexanizatsiyalar yordamida yigishtirib olinadi va yanchiladi. hosilni oldin o‘rib keyin yig‘ib olish usulining afzalligi shundaki, bunda o‘rim to‘gridan-to‘gri yigishga nisbatan 5-6 kun erta boshlanadi, nobudgarchilik keskin kamayadi. Don ekinlari hosili oldin o‘rib keyin yig‘ib olinganda, uning fizioloviy urug‘lik va nonvoylik sifatlari to‘gridan-to‘gri o‘rib, yanchilgan donnikiga qaraganda ancha yaxshi bo‘ladi. Ayniqsa qalin va baland bo‘yli, shuningdek begona o‘t bosgan, bir tekis yetilmagan va yerga yotib qolgan don ekinlari hosilini yig‘ib olishda bu usul yaxshi natija beradi.

Ko‘pgina don turlarida, shuningdek o‘rim muddati kechikkanda o‘simliklar past bo‘yli va siyrak chiqqanda to‘gridan-to‘gri o‘rib yanchish amalga oshiriladi.hosilni to‘gridan-to‘gri yig‘ib olish uchun ekin dalasi mumkin qadar begona o‘tlardan holi bo‘lishi, o‘simliklar bir tekis o‘sgan bo‘lishi va hosili bir vaqtda pishib yetilgan bo‘lishi lozim. To‘gridan-to‘gri yig‘ib olish usulida terim muddatini mumkin qadar qisqartirish lozim, bu esa yuqori hosil garovidir. Terim muddati qanchalik cho‘zilib ketsa, donlar to‘kila boshlaydi va nobudgarchilik shuncha ortadi.

Mamlakatimizda hosilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri terib olishda 10-12 kunlik terim muddati joriy qilingan.

Donli ekinlar asosan mexanizatsiya yordamida yigishtirib olinadi. Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va markalari donning sifati va xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Donni iloji boricha mexaniq shikast yetkazmay, begona aralashmalarsiz yig‘ib olish lozim.hozirgi kunda mamalakatimizda donni sifatli yigishtirib olish uchun zamonaviy ilgor texnologiyalar joriy qilingan. Jumladan, Amerikaning ”Keys” kompaniyasining zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan mashinalaridan mexanizatsiya ishlarida keng ko‘lamda foydalanilmoqda.

Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirishdan oldin don dastlabki saqlash uchun xo‘jaliklar omborxonalariga yoki xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog‘liq holda bir necha soat va sutkadan bir oygacha va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib qolishi va mikroorganizmlar rivojlanishidan juda ham ehtiyot qilish lozim.

Donning zararlanishiga ko‘pincha uni xirmonlarda, dala sharoitlarida, o‘tgan yilgi qoldiqlardan yaxshi tozalanmagan omborxonalarda saqlash sabab bo‘ladi.Bunday donlar keyinchalik yaxshi nazorat qilinmasa, namiqib va o‘z-o‘zidan qizib kelishi mumkin. Bu holat yangi o‘rilgan donni darhol joylashtirish va donni qizib turgan xolida joylashtirishlarda ham kuzatiladi.

Don massasi sifatining pasayishi uni tashish jarayonida ham kuzatilishi mumkin. Don massasining sifati va saqlanuvchanligi ko‘p jihatdan yig‘ib olingan zahoti joylashtirilgan joyning sharoitiga bog‘liq.Don yig‘ib olingan zahoti darhol belgilangan manzilga yetkazilishi lozim.Donning mexanizatsiya vositalari bunkerlarida qolib ketishi uning sifatini pasayishiga olib keladi.



Yuqoridagilarga bog‘liq holda don ishlab chiqarish korxonalariga turli xolat va sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan xolda keltiriladi. Keltirilgan don massasiga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish talab etiladi.Qabo‘l qilingan don to‘gri analiz qilinishi va sifati bo‘yicha aniq ajratilishi lozim. Bundan tashqari ularga xujjatlarni rasmiylashtirish lozim. Saqlashda to‘gri rejimlarni qo‘llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilish lozim. Bu esa don korxonalarining iqtisodiyotini yanada oshirishga olib keladi.


Download 419.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling