1-savol javobi


Download 16.2 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi16.2 Kb.

1. 1. Qanday vazifalarni (muammolarni) bajarish (echish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan? 2. Moliyaviy boshqaruvning ob’ekti sifatida nimalar maydonga chiqadi? 3. Nimalar moliyaviy boshqaruvning sub’ektlari hisoblanadi?

1-savol javobi

Moliyaviy boshqaruvning maqsadi - makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida, davlat va jamiyat barcha a'zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo`ladigan moliyaviy barqarorlik moliyaviy mustaqillikni ta'minlash. 

Moliyaviy boshqaruvda Moliya vazirligining asosiy vazifalari:

1. yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish;


2. Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta'minlash;
3. byudjet mablag`lari va nobyudjet fondlar mablag`larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
4. davlat moliyasining barqarorligini ta'minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko`rish;
5. mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko`rish;
6. mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo`nalishlariga moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish(to`plash);
7. Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidatsiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash;
8. davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;
9. uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat taraqqiyotining sotsial-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish;
10. iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning  manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
11. mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to’lovlarning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
12. faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish;
13. moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
14. mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
15. moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to’xtatib qo’yish  
va boshqalar.

2-savol javobi

Moliyaviy boshqaruvning ob'ekti sifatida turli markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi.



3-savol javobi

Moliyaviy boshqaruvning subyektlari: korxonalarning moliyaviy xizmat tizimi va moliyaviy organlar, soliq organlari.
Download 16.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling