1-savolga javob: yaqin sharq tog‘laridagi qor va muzliklarning chegarasi pastroq hududlarni qoplagan bo‘lsada, yirik muzlanishlardan yiroq bo‘lgan


Download 6.7 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi6.7 Kb.
#653768
Bog'liq
55-variant
1569837897, 1569837897, Funksiyalar 5 Dasturlash ma'ruza slayd 5 funksiyalar, milliy ruh va milliy tarbiya, Tojaliyeva Zilola Informatika, 16 мавзу, Майиииин шамолим, Teligramda pul ishlashning oson yuli, 2-тест саволлари, Назорат саволлари 2, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechishning bir necha usullari., trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechishning bir necha usullari., trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechishning bir necha usullari., 1-maruza, Akrobatika

55-variant

1-savolga javob: YAqin SHarq tog‘laridagi qor va muzliklarning chegarasi pastroq hududlarni qoplagan bo‘lsada, yirik muzlanishlardan yiroq bo‘lgan. Muzlanish davri muzliklari chegarasi ancha shimoldan o‘tganligi tufayli janubda plyuvial (yomg‘irli) davr hukm surib, namgarchilik miqdorining yuqoriligi, natijasida harorat pasayib turgan. Fauna va florasida ham hozirgiga nisbatan keskin o‘zgarish bo‘lmagan. Bundan 2 million yillar avval SHarqiy O‘rta er dengizi hududlarida villafrank faunasiga xos issiq sevar fil, etrusk nasorgi, gippopatam, timsoq kabi hayvonlar yashagan. Bu davrda relf ham hozirgidan ancha farq qilib, nisbatan past va tekis bo‘lgan. Dengiz atrofi savannani eslatgan. Taxminan bir yarim milion yillar avval tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi va tog‘lar oralig‘idagi vodiylarning pasayish jarayoni faollashadi. Tog‘larning ko‘tarilishi va eroziya jarayoni natijasida tabiiy g‘orlar ochilib, qadimgi odamlar panoh topish imkoniyati paydo bo‘ladi. YOmg‘irli davr harorat namgarchilikning yuqoriligi tufayli hozirgiga nisbatan - 4-5 daraja sovuq bo‘lgan. Falastin hududida taxminan 700-600 ming yillar avval fillifrank faunasiga mansub hayvonot dunyosi yashagan. Riss (200-120 ming yillar avval) muzlanishi plyuvial (seryog‘in) davriga nisbatan sovuqroq iqlim hukm surib, harorat 6 s. ga tushib ketgan. Villifrank faunasining reliktovqe vidi qirilib ketgan. SHimolda sovuq iqlimga moslashgan hayvonlar yashab qolgan. O‘simlik dunyosi ham o‘zgargan. Muzlik oldi hududlariga nisbatan tabiiy muhit ancha yaxshi bo‘lgan. Ushbu hududlar issiqsevar hayvonlar kun kechirishlari uchun qulay bo‘lgan. Riss-vyurm interplyuvial davrida (120-80 ming yillar avval) fil, gippopatam, antilopa va otlarpdan iborat fauna vakillari yashagan.


2-savolga javob:Machay g‘or makoni Surxondaryo viloyati Boysun tog‘ining janubiy-g‘arbida shu nomdagi qishloqda Turkandaryo (SHeraboddaryoning yuqori oqimi)ning o‘ng sohilila joylashgan. YOdgorlikda 1930 va 1950 yllarda G.V.Parfienov, M.V. Voronets, A.P. Okladnikovlar o‘rgangan. 1970-71 yillarda esa O‘tkir islomov qazish ishlarini davom ettirgan. YOdgorlikning madaniy qatlamlaridan tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o‘rganilgan. Toshdan yasalgan qurollar nukleuslar, pichoqlar, kesgichlar geometrik shakldadi (trapetsiya, sigment) mikrolit qurolla, nayza o‘qi uchlar va boshqalardan iborat. Bu erdan odam suyaklari ham topib o‘rganilgan. YOdgorlikning madaniy qatlamlaridan topib o‘rganilgan hayvon suyaklaridan Sibir echkisi, Osiyo mufloni, kichik tuyoqli hayvonlarga tegishli suyaklar ko‘pchillikni tashkil etadi. SHuningdek, kam sonli xonakilashtirilgan hayvolarga tegishli suyaklar ham uchraydi. Ulardan qo‘yniki ko‘pchillikni tashkil etadi, shuningdek cho‘chqa, it va qora molga tegishli kamsonli topilmalar mavjud. Bu erdan to‘rt nafar qadimgi odamlarga tegishli suyaklar topilib, evropioid irqiga mansub. Machay –orida istiqomat qilgan ibtidoiy odamlarning asosiy mash-uloti mahalliy to- sharoitida yashovchi hayvonlarga ov qilish bo‘lgan. Termachilik ular xo‘jaligidagi ikkinchi sohAsi hisoblangan. SHular bilan birgalikda machayliklar hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshlaganliklaridan dalolat beradi. Radiouglerod tahlillariga ko‘ra yodgorlik mil. av 5600 yilliklarga oid.
3-savolga javob:Janubiy Tojikiston hududining mezolit davri Vaxsh, Kofirnigon, Panj vodiylari, hatto Pomir tog‘ining baland hudalariga qadar tarqalgan. Bu erdagi mezolit davriga 30 ga yaqin yodgorliklar mil. av. XI-VIII ming yilliklar doirasida chegaralanib, alohida guruhlar va komplekslarni tashkil etadi. Asosiy yodgorliklaridan Tutqovul III, CHilichorchashma, Darai SHo‘r, Quyibulyon, Obikiyik, Oshxona, Alichur va boshqalar. Janubiy Tojikistonning tog‘oldi hududi aholisi asosan termachilik, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. O‘rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari va komplekslari xo‘jaligi, moddiy madaniyati, xususan, tosh qurollariga ko‘ra umumiy va o‘ziga xos jihatlariga ega.



Download 6.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling