1-seminar bo'yicha. Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 35 Kb.
Sana18.10.2020
Hajmi35 Kb.
#134419
Bog'liq
1-seminar. javoblar (1)(2)


1-seminar bo'yicha.

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

1.Qanday muammolar falsafiy muammolar deb ataladi? Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo‘lish – ko‘rsatilgan bo‘limlarni sinchiklab o‘rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir.

2.Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos jihatlarini ayting. Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu oddiy rivoyat emas, balki og‘zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga tasir ko‘rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi inikosidir. Mifologik dunyoqarashda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo‘ladi.

3.Dinning asosiy funksiyalari qaysilar? Dinning asosiy funksiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:

•dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydo bo‘lgan va bunda g‘ayritabiiy kuchning roli qanday namoyon bo‘lgan, degan savollarga javob beradi;

•kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan tipini taminlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi;

•tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli meyorlar va qoidalarni belgilaydi;

•kompensatorlik funksiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-etibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot manosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, yani insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi

4.Falsafiy dunyoqarashning mifologik va diniy dunyoqarashdan asosiy farqi nimada? Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.

5.Falsafa nimani o‘rgatadi? Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obektiv va subektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi.

6.Falsafa va fanning o‘zaro nisbati qanday? Falsafa aniq prognoz bera olmaydi. Falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog'lanadi. Fandagi ilmiy dalillar prognoz qilish imkoniini beradi. Fan mohiyat e'tibori bilan jamoa mehnati mahsulidir.

7.Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini tariflang. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir.

8.Falsafa tarixini o‘rganish qanday maqsadni ko‘zlaydi? Falsafaning ijodiy xarakteri insonnning o‘z qobiliyatini dunyoni bilishga va uni o‘zlashtirishga yo‘naltirishida namoyon bo‘ladi. Falsafa jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga kuchli tasir ko‘rsatgan holda, ayni vaqtda fan bilan doim yaqin aloqada ish ko‘radi. U yoki bu fan qanday muayyan muammolarni hal qilishidan qatiy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, yani butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo zaruriy shart hisoblanadi.



9.Falsafa tarixida «falsafaning asosiy masalasi»ga tarif berish qanday amalga oshirilgan? O‘rta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi» quyidagicha tariflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy konsepsiyalar, xususan neotomizm uchun u hozir ham bosh masala bo‘lib qolmoqda. Ibn Sino fikricha, falsafaning asosiy masalasi – mavjudotni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, targ‘iboti o‘zaro munosabati, biridan-ikkinchisiga o‘tishni har tomonlama tekshirish uchun zaruriy imkoniyat, voqelik sabab tamoyillarini asos qilib olishdan iborat.

10.Hozirgi dunyoda falsafa qanday vazifalarni hal qilmoqda? Falsafa jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga kuchli tasir ko‘rsatgan holda, ayni vaqtda fan bilan doim yaqin aloqada ish ko‘radi. U yoki bu fan qanday muayyan muammolarni hal qilishidan qatiy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, yani butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo zaruriy shart hisoblanadi.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling