1-seminar Psixologiya fani haqida tushunchalar. Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari


Download 22.43 Kb.
Sana26.09.2020
Hajmi22.43 Kb.
#131489
Bog'liq
1- seminar.psixologiya


Ochilxonov Abdujalolxon

1-seminar

Psixologiya fani haqida tushunchalar. Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari.

“Psixologiya” so’zi ikkita grеk so’zlaridan - “psyuxe” - jon, ruh va “logos”- ta'limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an'anaviy ma'noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning prеdmеtini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning prеdmеti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning prеdmеtini qisqacha qilib, psixikadir, dеb ta'rif bеrishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. Lеkin bu qisqa ta'riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, dеgan yuzaki xulosaga kеlish noto’g’ri bo’ladi.

“Psixologiya” so’zi ikkita grеk so’zlaridan - “psyuxe” - jon, ruh va “logos”- ta'limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an'anaviy ma'noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning prеdmеtini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning prеdmеti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning prеdmеtini qisqacha qilib, psixikadir, dеb ta'rif bеrishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya'ni bilishimiz, anglashimizni ta'minlaydi. Lеkin bu qisqa ta'riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, dеgan yuzaki xulosaga kеlish noto’g’ri bo’ladi.

Inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba'zan o’z-o’zimizni ham tushunmay

Inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba'zan o’z-o’zimizni ham tushunmay

qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda

ro’y bеrayotgan ob'yеktiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega

bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichiki imkoniyatlari va

salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta'sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.

Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bеvosita his qilib bilishimiz mumkin,

lеkin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y bеrayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz.

Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mеntalitеtning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma'lum ma'noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bеvosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqеi o’ziga xos va yеtakchidir. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib tеndеnsiyalarini bеlgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kеlib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam bеradi.

Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mеntalitеtning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma'lum ma'noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bеvosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqеi o’ziga xos va yеtakchidir. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib tеndеnsiyalarini bеlgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kеlib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam bеradi.
Psixikaning namoyon bo‘lishi. Psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari (bixeviorizm, neobixeviorizm, neofreydizm).

Har birimizda mavjud bo‘lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq, tafakkur, hissiyot, iroda kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari har bir shaxsning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar: qiziqish, havas, qobiliyat va iste’dod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy yig‘indisini bir so‘z bilan psixika deb yuritamiz. Psixika organik hayotning yuksak formalaridan bo‘lib, u hayvonlar va insonga xosdir. Lekin hayvonlarning psixikasi inson psixikasiga nisbatan soddaroq tuzilgandir. Inson psixikasi miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham hayvonnikidan farq qiladi.



Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixini to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin:

1. Psixologiya jon, ruh haqidagi fan sifatida. Psixologiyaga bundan 2500 yil avval shunday ta’rif berilgan. U davrda inson hayotidagi ko‘plab tushunarsiz voqealarni jon, ruh va uning xususiyatlariga bog‘lab tushuntirishga uringanlar.

2. Psixologiya ong haqidagi fan. Tabiiy fanlarning rivojlanishi ta’siri ostida XVII asrda paydo bo‘ldi. Kishining fikrlash, his qilish, istaklarining namoyon bo‘lishini ong deb atadilar. Psixologiya fanining eng asosiy tadqiqot metodi o‘z-o‘zini kuzatish va tahlil qilish hisoblangan.

3. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda shakllangan bo‘lib, psixologiyaning asosiy vazifasi bevosita kuzatish imkoniyati bo‘lgan psixik xodisalar, ya’ni kishining xulq-atvori, harakatlari, reaksiyasi kabilarni o‘rganish hisoblangan. Kishining hatti-harakatlari ostida yotgan motivlar hisobga olinmagan.

4. Psixologiya psixik faktlarni, psixik xodisalarning mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida. Hozirgi zamon psixologiya fani psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi, falsafa, tabiiy va tibbiy fanlar, aniq fanlar sohasidagi ko‘plab boy tajribalarga asoslanib shakllangan.

Bixeviorizm yo’nalishi - AQShda E.Torndayk, D.Uotson kabi olimlar dastlab hayvonlarda keyinroq odamlar xulqini o’rganish asosida xulq- atvor psixologiyasini yaratdilar. Bixeviorizmning formulasi SR (Stimul-Reaksiya) tasirga javob berishdan iboratdir.

Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xoll va V.Skinnerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va boshqalar diada – ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko’rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini kuzatdilar.



Neobixeviorizm yo’nalishi - tajriba yo’li bilan ta’sirni o’rganish, oraliq uzilishlar bo’lishi haqida, buning asosida geshtalt, ya’ni tasvir haqidagi ta’limotdir. Uning asoschilari E.Tolmen hisoblanadi, xuddi shu ta’limot asosida avstriyalik vrach psixiatr Z.Freyd psixoanaliz ta’limotini yaratdi.Tushunish psixologiyasi - bu oldindan his etish ya’ni intuitsiyaga asoslangan qarash bo’lib, uning asoschisi V.Dilten (1833-1911) hisoblanadi. U tabiiy ilmiy va diniy ilmiy degan ikki yo’nalishdagi fanlar tizimini taklif qildi.

Freydizm yo’nalishining jahon ilmi va malakiyoti uchun ta’siri shu qadar katta bo’ldi-ki, jamoadagi yoki guruhiy ongsizlik g’oyasini ilgarni surgan K. Yung hamda individual psixologiyani targ’ib etgan, A.Adler va ularning izdoshlari bu kontseptsiyani yanada rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdilar.

Bu nazariya va kontseptsiya hanuzgacha shaxs psixologiyasini, psixoanaliz esa psixoterapiyani o’rganishda asosiy metodlardan biri sifatida qo’llanilib kelinmoqda.



Neofreydizm yo’nalishi - avstriyalik A.Alfred (1870-1937) shveytsariyalik Yung Karl Gustav analitik psixologiyani, amerikalik Xorney (1885-1952) psixoanaliz ta’limoti asosida o’z nazariyalarini yaratdilar, unga muvofiq odam tashqi ta’sirga javoban o’z strategiyasini ishlab chiqadi, ya’ni odamlarga intilish yoki odamlardan qochish, unga qarshi chiqish yoki yonbosish ishtiyoqida bo’ladi. Har doim nevrotik, konflikt holatidan chiqish yo’llarini qidiradi.

Psixologiya fanining fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko‘rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashqil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko‘ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo‘lishlari lozimdir.

Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.

Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o’ziga xos va yetakchidir.



Psixologiya va falsafa. Eng avvalo fanni falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqasi xususida. Bu aloqa ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlanib tendentsiyalarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi.

Psixologiya va tarix. Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog’liqligi ayniqsa, mustaqillik yillarida tarixni xolisona o’rganish va shu bilan birga inson shaxsining madaniy-tarixiy shart-sharoitlarga bog’liq tarzda rivojlanishi ayniyatini xalq ommasi ongiga etkazishda namoyon bo’lmoqda.

Zero, inson ruhiyati va u vakil bo’lgan millat va elat psixologiyasi orqali tarixiy voqealarga baho berish milliy istiqlol g’oyalarini yoshlar ongiga singdirishning muhim vositalaridan biridir.



Psixologiya va sotsiologiya. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, o’z navbatida psixologiya ham ushbu fan erishgan yutuqlardan foydalanadi va ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi.

Psixologiya va pedagogika. Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy hamda azaliy xarakter kasb etib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir. Ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida, xususan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o’qitishning eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.

Psixologiya va tabiiy fanlar. Biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqa fanlar psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy-fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini obyektiv o’rganish uchun material beradi.

Psixologiya fanining tarmoqlari.

Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,



· umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus sohasi;

· pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi;

· yosh davr psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi tamoyillarini o‘rganadi;

Xorijiy tillarni o‘qitishning psixologik jihatlari, xorijiy tilni o‘rganishning psixologik prinsiplari, bilish jarayonlarining o‘ziga xosligi, insonda xorijiy tillardagi matni o‘qish. Axborot texnologiyalar asrida inson psixologiyasining rivoji.

Xorijiy tilni o’rganishning psixologik jihatlariga biz pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasini misol qila olamiz. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog’lik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish asosida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi.



B.G.Ananevning tadqiqot metodlari kllasifikatsiyasi, kuzatish metodai va uning turlari. Eksperiment metodi, so‘rov metodi va uning turlari, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi.

Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari xilma-xildir. SHu bilan birga, ularni klassifikatsiya qilish ham turlichadir. Biz mashhur psixolog B.G.Ananev tomonidan tavsiya qilingan metodlarni sanab o‘tishga harakat qilamiz. U tekshirish metodlarini to‘rt guruhga bo‘ladi:

Tadqiqot ishlarining birinchi – tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityut (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoklama) deb atalgan turlarni oladi.

Tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bo‘lib, unga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tahlil qilish, biografik kabilar kiradi.

Tadqiqot metodlarining uchinchi guruhiga statistik (miqdor) va psixologik (sifat) metodlari kirib, ular olingan natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangandir.

Ilmiy tadqiqot metodlarining to‘rtinchi – sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir.



Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash usulidir. O‘z-o‘zini kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki xodisani o‘zi o‘rganish maqsadida ma’lumotlar to‘plash va qayd etish usulidir.

So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo‘ladi.

Test — so‘rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya-ekstroversiyani o‘lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish so‘raladi.

Proektiv metodlar.

Testlar ichida proektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo‘ladi. YA’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh dog‘lari» testi, yoki TAT (tematik appersepsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proeksiyasidan go‘yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. O‘sha 1921 yilda kashf etilgan «siyoh dog‘lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog‘lar nimalarga o‘xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo‘nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo‘llashi va natijalarni mohirona taxlil qilishi talab qilinadi.
Download 22.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling