1. Shohlik va shoirlikni bir qalbga jo qilgan inson. Dardsiz ijod bo’lmaydi


Download 5.78 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi5.78 Kb.
#1413379
Bog'liq
11 sinf insho


Bobur she’riyati
Reja;
1. Shohlik va shoirlikni bir qalbga jo qilgan inson.
2.Dardsiz ijod bo’lmaydi.
3.Soddalik,tushunarlilik Bobur she’riyati misolida.
Kim Koshg’arni qildi makon
Kim Enasoy tomonda
Jaloliddin Gurjistonda
Boburing Hindistonda
(Abdulla Oripov)
Tarixda ko’plab shoirlar o’tgan,bunga mutanosib ravishda shohlar ham.Lekin,hamijodkor,ham davlat rahbari bo’lib umr o’tkazish hammaning ham qo’lidan kelavermagan.O’tmishda Amir Umarxon va shu kabi shoh va shoirlar o’tgan.Bobur ularning orasida yaqqol ajralib turadi.Chunki turkey xalqlar tarixida ijodga yuksak iqtidor bilan tug’ilgan shohlar Boburchalik sarson-sargardonlikda ,taqdir qiyinchiliklariga ko’p uchramagan.Boburning Vatanni qumsashi,uni noilojlikda tark etgani bu boshqa masala.Bu turdagi qiyinchiliklarni inson umri davomida ko’p kechirishi mumkin.Ammo,odam hech qachon o’zidan qochib qutila olmaydi.
Bobur-buyuk podshoh,mumtoz shoir,nazariyotchi adabiyotshunos,tarixchi,faqih,tilshunos,san’atshunos,etnograf,hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko’p qirrali faoliyat va ijod sohibi edi.Birgina “Boburnoma”uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir.Bobur,birinchi navbatda ,shoh,boburiylar sulolasining asoschisi.U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag’lubiyatlarning achchiq alamlari-yu zafarlarning ulug’vor nashidalarini surishni ko’p marotaba o’z boshidan kechirdi.
Bobur-dilbar shaxs.uyg’onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir.U mard va tadbirkor odam bo’lgan.Bobur o’ta madaniyatli va jozibali insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi.U mazhabparastlik kabi cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi.Bobur san’at va,ayniqsa ,adabiyotni sevardi.
Davlatni boshqarish judako’p qiyinchilikka ega.Sababi,adolatsizlik,norozilikka ko’z yumishga,qo’lni qonga botirishga to’gri keladi.Lekin ijodkor yurak hech qachon bunday razilliklarni ko’tara olmaydi.Bu ikki xilqat odatda also bir joyda tura oimaydi.Lekin Boburning qalbida ham shohlik,ham shoirlik mavjud edi.Bu ikki tushuncha doimo bir-biriga qarshi jang qilib yashaydi.
Ilhom ,odatda,qandaydir bir dardi bor qalbda vujudga keladi.Dardsiz ijod qamishga o’xshaydi.U faqat va faqat osmonga intiladi.Uning ichi bo’sh.Ammo dardli ijodkor bug’doyga o’xshaydi.U qancha dard bilan ijod qilsa,boshog’I to’ladi,boshi yerga egiladi.Boburda ham huddi shunday dard bor edi.U hayoti davomida ko’plab hiyonatlarga duch keldi,tug’ilib o’sgan yerini tark etishga majbur bo’ldi.
Boburning nasriy va nazmiy asarlari soda va tushunarli so’zlar bilan bayon etilgan.Uning g’azallarida murakkab tashbehlar,istiora,tadrij deyarli uchramaydi.Bobur asarlarining asosiy qismini turkey tilde bitgan.Uning asarlarida boshqa ijodkorlardan farqli o’laroq ,u hech kimni soxta xususiyatlar bilan yoritmagan.U soxta o’xshatishlar ,ma’lumotlarni deyarli ishlatmagan.
Download 5.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling