1-sinf O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar


Download 98.5 Kb.
Sana06.10.2020
Hajmi98.5 Kb.
#132644
Bog'liq
“Logopediya”

Uyda yakka tartibda ta`lim oladigan aqli zaif bolalar uchun umumta`lim maktablariga

Logopediya fanidan moslashtirilgan davlat talablari

va dasturi



Tevarak atrofini o’rganish yo’li bilan og’zaki nutqni o’stirish fanidan moslashtirilgan davlat talablari
1-sinf

O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar:

O’quvchilar nutqiy rivojlanish xolatini aniqlash, uni rivojlantirish Buyumlarni nomlash, ularni rangi, shakli, mazasi, katta kichikligi, hidiga ko’ra ta’riflash. Ikki buyumni taqqoslash, solishtirish, o’xshash va farqli belgilarini ko’rsatish. Buyumlarni umumlashtirish. Avval namunaga qarab, so’ngra og’zaki topshiriq asosida buyumlarni tasnif etish.

O’qituvchi yordamida Kim? Nima? Nima qilyapti? kabi so’roqlarga javob berishda nutqda ishlatilatish, ularni bir-biridan ajrata olishga o’rgatish. Bajarilagan va rasmda tasvirlangan xatti-harakatlar haqida soda gaplar tuzish.

2-sinf



O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar:

O’quvchilar nutqiy rivojlanish xolatini aniqlash, uni rivojlantirish. Buyumlarni nomlash, ularni rangi, shakli, mazasi, katta kichikligi, hidiga ko’ra ta’riflash. Ikki buyumni taqqoslash, solishtirish, o’xshash va farqli belgilarini ko’rsatish. Buyumlarni umumlashtirish. Avval namunaga qarab, so’ngra og’zaki topshiriq asosida buyumlarni tasnif etish.

O’qituvchi yordamida Kim? Nima? Nima qilyapti? kabi so’roqlarga javob berishda nutqda ishlatilatish, ularni bir-biridan ajrata olishga o’rgatish. Bajarilagan va rasmda tasvirlangan xatti-harakatlar haqida soda gaplar tuzish. Yangi o’rganilgan so’zlarni nutqga kiritish, mustaqil gap ichida qo’llashga o’rgatish. Rasmdagi xatti-harakatlarni so’zlab bera olishga o’rgatish. Izchilik bilan tuzilgan savollar asosida suyujetli, seriyali suyujetli rasmga qarab hikoya tuzishga erishish.
3-sinf

O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar:

Har kungi ob havoni kuzatish. Muntazam ravishda mavsumiy o’zgarishlarni tabiat va kishilar hayoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish maqsadida sayohat o’tkazish. Tabiat taqvimini oylar bo’yicha yuritish. O’rganiladigan joularni kuzatish maqsaqiqa sayr yuyshtirish.

Buyumlarni nomlash, ularni rangi, shakli, mazasi, katta kichikligi, hidiga ko’ra ta’riflash. Ikki buyumni taqqoslash, solishtirish, o’xshash va farqli belgilarini ko’rsatish. Buyumlarni umumlashtirish. Avval namunaga qarab, so’ngra og’zaki topshiriq asosida buyumlarni tasnif etish.

Sodda gap tuzish o’qituvchi yordamida Kim? Nima? Nima qilyapti? Qanday? Qanaqa? so’rog’lariga javob bera olishni o’rgatish. Bajarilagan va rasmda tasvirlangan xatti-harakatlar haqida soda gaplar tuzish. Yangi o’rganilgan so’zlarni nutqga kiritish, mustaqil gap ichida qo’llashga o’rgatish. Rasmdagi xatti-harakatlarni so’zlab bera olishga o’rgatish. Savollar asosida suyujetli, seriyali suyujetli rasmga qarab hikoya tuzishga erishish.

O’qituvchi tomonidan uyushtirilgan ekskursiyadan so’ng kuzatishlar asosida tabiadagi mavsumiy o’zgarishlar, xodisa va voqealarni gapirib berish.

4-sinf



O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar:

Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdagi o’zaro bog’liqni, tabiat va insozlar o’rtasidagi bog’liqni tushuntirish.

Lug’at boyitish va kengaytirish. Tevatak- atrofidagi narsa va hodisalarni nomlash. O’z taassurotlari va xissiyotlarini tafsiflash. Buyumlarni taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish va guruhlash, ular o’rtasidagi bog’liqni aniqlash. Suxbatda faol qatnashishga erishish.

O’qituvchi tavsiya etgan mavzular bo’yicha kichik hikoyalar tuzish. Suhbatlarning javobini to’ldirish, o’rganilgan so’z, gaplardan tog’ri foydalanishga o’rgatish.



Tevarak atrofini o’rganish yo’li bilan og’zaki nutqni o’stirish fanidan moslashtirilgan o`quv dasturi

Uqtirish xati

Aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan o’quvchilar ta’lim oladigan imkoniyati cheklangan bolalr uchun ixtisoslahtirilgan maktab ona tili dasturining uchinchi bo’limi 1-4 sinflarda o’tgazilidagan “Tevarak- atrofini o’rganish yo’li bilan og’zaki nutqni o’stirish” o’quv predmeti mavzularini yoritishga qaratiladi.

Tevarak atrofini o’rganish yo’li bilan og’zaki nutqni o’stirish dasturining asosiy vazifasi aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo’lgan o’quvchilarning nutqini o’stirish, ularning jismoniy va ruhiy zivojlanishidagi nuqsonlarini bartaraf etish, tuzatish, korrekssiyalashdir.

Darslarda borliqni bevosita kuzatish asosida o’quvchilari lug’ati boyitiladi, tevarak atrofidagi buyum, voqiya hodisalar haqidagi tasavvurlari kengayib, o’quvchilarning bilim doiralari asta sekin o’sib boradi. Bola lug’atiga ma’lum so’zlar kiritiladi, ular manosiga aniqlik kiritiladi. Buyum nomi, harakati, sifatini bildiradigan so’zlarni bildiradigan so’zlarini og’zaki nutqda to’g’ri ishlata olishga o’rgatiladi. Tabiat qo’ynida sayohat qilish mashg’ulotlarida o’quvchilar buyum, voqea hodisalar bilan tabiiy sharoitda tanishadilar.

Tevarak atrofini kuzatish, solishtirish, buyumlarning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash hamda soda hulosalar chiqarishga o’rganadilar.

Amaliy ishlar bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlanadi. O’quvchilarning atrof muhit haqidagi ilk tasavvurlar xosil bo’ladi, mustahkamlanadi .

O’quvchilarning sezgi a’zolari, ruhiy jarayonlari o’sib boradi. Bu o’zgarishlar o’z navbatida aqli zayif bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantiradi, bilish faoliyatidagi nuqsonlarni korrekssiyalaydi, shu yo’l bilan boshqa o’quv fanlarini o’zlashtirishga zamin hozirlaydi.

So’zlashuv nutqi- nutqiy faoliyatining murkkab turlaridan biridir. Savol- javob, muloqot, voqiea-hodisa yoki o’z hatti harakatini, tassurotlarini ta’riflash yo’li bilan dialogi va monologik nutqlari o’stiriladi, bola muloqot qilishga o’rganadi. Darslarda suhbat usuli keng qo’llanadi. Suhbat darsda va darsdan tashqari sayr- ekskursiya vaqtlarda mavsumiy o’zgarishlar, kishilar hayoti va faoliyati, mehnatini kuzatish; videofilm yoki multfilmlarni namoyish etishdan so’ng tashkil etiladi. O’qituvchining namunaviy nutqi suhbatning tarkibiy qismini tashkil qiladi. O’qituvchi bolalarni faol diqqati suhbat mavzusiga jalb etiladi va o’zi ko’rgan kechimalarini nutq orqali izchillik bilan bayon etishga o’rgatib boradi.

Nutq o’stirish darslarida bolalar bilan sabzavot , meva, kiyim- kecha, o’quv qurollari, transport kabi va boshqa mavzular bo’yicha suhbatlar uyishtiriladi, analiz sintez malakalari rivojlantirib boriladi. Eshitish analizatorini ikki yo’nalishda: nutqdan tashqari tovushlar asosida va nutq tovushlari- fonemalar asosida eshitish diqqatiga, xotirasi, fonematik uquvi rivojlantiriladi.

Ko’rish analizatori faoliyatini rivojlantirish ishlari rang, shakl xajm, uzoq yaqinligi, katta kichikligini ajratish, ko’rish diqqati, xotirasini o’stirish, kuzatuvchinligini rivojlantirish, fazoviy idrokni o’stirishga qaratiladi.


Matn va bog’lanishli og’zaki nutq ustida ishlash

Tevarak atrofini o’rganish yo’li bilbn og’zaki nutqni o’stirish mashhulotini o’tkazish jarayonida o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn ustida ishlash , o’quvchilarning bog’lanishli nutqni o’stirish nutq madaniyatini rivojlantirishi, fazoviy idrokni o’stirishga qaratiladi.

Darslarda bolalarning matn mazmunini o’zlashtirish ustida ishlashlari, xikoyadagi voqea xodisalarining izchiligini belgilashlariga o’zaro bog’lanishi sabab natijalarini aniqlashga alohida ahamiyat beriladi.

Nutq o’stirish jaroyonida ertak, she’r, topishmoq, tez aytishlar ustida ishlab, oquvchilarning xotirasini o’stirish, yod oldirish o’z faoliyati asosida bajarayotgan ishlari, nima qilmoqchi bo’lganliklari, sinfda, maktabda va maktabdan tashqari joylarda ko’rgan , eshitganlari haqida gapirib berishga o’rgatish talab etiladi.

Dastur

1-sinf

Tevаrak – atrofini o’rganish yo’li bilan nutqni o’stirish.



(17 soat, xaftasiga 0,5 soatdan)

O’quvchilarning nutqini o’stirish uchun tavsiya etiladigan taxminiy matn mavzular:

I. Tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar

Ob – havo (havo ochiq, quyosh charaqlab turibdi, osmon tiniq, bulutli havoda yog’inlar yog’ishi, ko’p yog’ishi, sovuq yoki issiq iqlim shamol turishi). Bugungi va kechagi ob- havo. Kuz oylarida o’simlik va hayvonot dunyosida yuz bergan o’zgarishlar . (sovuq tushushi, shamol esishi, qushlarning boshqa issiq tomonlarga uchib ketishi, mevalarning pishishi, bog’ va polizlarda xosilning yig’ib – terib olinishi va xazonrezgilik. Qishda sovuq bo’lishi, qor yog’ishi, qishlab qolgan qushlarning hayoti , oziqlanishi. Bahor va yoz fasllari haqida umumiy tushuncha.



II. Maktab, sinf.

Maktab binosi, sinflar, daxliz, yo’lak, oshxona, zal. Sinf xonasi. Eshik, devor, ship, deraza, stol va stul, parta, doska, javon. Maktab va sinfda tartib, intizom saqlash, to’g’ri o’tirish. Navbatchilarning vazifalari.



III. O’quv qurollari

Ularning turlari, ishlatish o’rni, to’g’ri foydalanish.



IV.O’yinchoqlar

Qo’g’irchoq, mashina, ayiqcha, koptok, va boshqalar. Ularni nomlash, taqqoslash va solishtirish. O’xshash va farqli tomonlarni aniqlash.




V. Oila

Ota, ona, buvi, buva, aka uka, opa singil.



VI. Kiyim

Qiz va o’g’il bolalarning maktab kiyimlari. Kiyimni ozoda tutish, to’g’ri kiyinish.



VII. Poyabzal

Tufli etik, shipak, botinka, krasofka, ularni tozalab artib turish.



VIII. Sabzavotlar

Pomidor,sabzi, piyoz, kartoshka, bodring, rangi,shakli, mazasi, xidi, katta kichikligi. Sabzavotlarni tog’ri nomlash, ularning ishlatilishi va iste’mol qilinishi.



IX. Mevalar

Olma, anor, nok, bexi, uzum, xurmo, va boshqalar. Rangi, shakli, mazasi, xidi, mevalarni farqlash va iste’mol qilish.



X. Xona gullari

Xona gullaridan kaktus, aloy. Gullarni nomlash, farqlay bilish. Gullarni parvarish qilish va boshqalar.




XI.Uy hayvonlari

Kuchuk, mushuk, ularning tashqi ko’rinishi, yashash sharoiti. To’g’ri parvarish qilish.



XII. Yovvoyi hayvonlar

Bo’ri, tulki. Ularning tashqi ko’rinishi, oziqlanishi, yashash sharoiti.



XIII. Qushlar

Kaptar, chumchuq, musicha va boshqa mahalliy qushlar. Ularning tashqi ko’rinishi , yashash sharoiti va foydasi.



XIV.Transport.

Mashina, avtobus, ularning tashqi ko’rinishi, ishlatilishi, farqi, maktabga borish, uyga qaytish yo’li.



XV. Bayramlar

Ustoz va murabiylar kuni, yangi yil, onajonlar bayrami, Navro’z bayramlari.



XVI. Sog’liqni saqlash

Odam tanasi a’zolari: bo’yin, bosh, qo’l, oyoqlar, o’ng va chap oyoq, ularni parvarish qilish kerak.



XVII. Mavzular asosida sayr, kuzatish va amaliy ishlar

Har kungi ob havoni kuzatib borish, taqvim daftarida tabiatdagi o’zgarishlarni belgilab borish bo’yicha amaliy ishlar o’tkazish, har mavsumda ikki martadan sayrlarga chiqish, xona gullarini parvarish qilish. Har kungi ob havoni kuzatish, o’simlik va hayvonlar hayotida yuz bergan o’zgarishlar, xodisalarni kuzatish, sayr va amaliy ishlar.



O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar:

O’quvchilar nutqiy rivojlanish xolatini aniqlash, uni rivojlantirish Buyumlarni nomlash, ularni rangi, shakli, mazasi, katta kichikligi, hidiga ko’ra ta’riflash. Ikki buyumni taqqoslash, solishtirish, o’xshash va farqli belgilarini ko’rsatish. Buyumlarni umumlashtirish. Avval namunaga qarab, so’ngra og’zaki topshiriq asosida buyumlarni tasnif etish.

O’qituvchi yordamida Kim? Nima? Nima qilyapti? kabi so’roqlarga javob berishda nutqda ishlatilatish, ularni bir-biridan ajrata olishga o’rgatish. Bajarilagan va rasmda tasvirlangan xatti-harakatlar haqida soda gaplar tuzish.


5-sinf Logopediya
(17 soat, xaftasiga 0,5 soatdan)

O’quvchilarning nutqini o’stirish uchun tavsiya etiladigan taxminiy matn mavzular:

I. Tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar

Ob – havo (havo ochiq, quyosh charaqlab turibdi, osmon tiniq, bulutli havoda yog’inlar yog’ishi, ko’p yog’ishi, sovuq yoki issiq iqlim shamol turishi). Bugungi va kechagi ob- havo. Kuz oylarida o’simlik va hayvonot dunyosida yuz bergan o’zgarishlar . (sovuq tushushi, shamol esishi, qushlarning boshqa issiq tomonlarga uchib ketishi, mevalarning pishishi, bog’ va polizlarda xosilning yig’ib – terib olinishi va xazonrezgilik. Qishda sovuq bo’lishi, qor yog’ishi, qishlab qolgan qushlarning hayoti , oziqlanishi. Bahor va yoz fasllari haqida umumiy tushuncha.



II. Maktab, sinf.

Maktab manzili. Sinf xonasi. Maktab va sinfda tartib, intizom saqlash, to’g’ri o’tirish. Navbatchilarning vazifalari. Kutubxona. Maktab ustoxonalari. Sport maydonlari.



III. Bizning uyimiz, yashash joyimiz, uy manzili

Maktab va uyga qaytish yo’li. Maktabga qaysi yo’l bilan, qaysi transport bilan boriladi. Svetofor. Ko’cha yurish qoidalari.



IV. Oila

Oila, ota, ona, buvi, buva, aka uka, opa singil. Ota-ona kasblari. Farzand vazifalari.



V. Kiyim

Qiz va o’g’il bolalarning maktab kiyimlari. Kiyimni ozoda tutish, to’g’ri kiyinish. Palto, ko’ylak, ko’ylak, do’ppi, telpak, sharf, kofta, shim, plash.



VI. Poyabzal

Uyda va maktabda kiyiladigan oyoq kiyimlarni farqlash. Tufli etik, shipak, botinka, krasofka, ularni toza tutish.


VII. Meva va sabzavotlarni taqqoslash

Karam, lavlagi, pomidor, sabzi, piyoz, kartoshka, bodring. Rangi, shakli, mazasi, xidi, katta kichikligi. Sabzavotlarni tog’ri nomlash, ularning ishlatilishi va iste’mol qilinishi.

Shaftoli, o’rik, olma, anor, nok, bexi, uzum, xurmo, va boshqalar. Rangi, shakli, mazasi, xidi, mevalarni farqlash va iste’mol qilish.

VIII. Daraxtlar

Terak va tol.



IX. Xona gullari

Fikus, kaktus, aloy. Gullarni nomlash, farqlay bilish. Gullarni parvarish qilish va boshqalar.



X. Erta bahorda o’sib chiqadigan dorivor dala o’simliklari

Lola, yalpiz, qoqi o’t. Ularni farqlash.



XI.Uy hayvonlarini yovvoyi hayvonlardan farqlash

Ot, qo’y, sigir, echki ularning tashqi ko’rinishi, yashash sharoiti. To’g’ri parvarish qilish.

Olmaxon, quyon, ayiq. Ularning tashqi ko’rinishi, oziqlanishi, yashash sharoiti.

XII. Qushlar

Qaldirg’och, bedana, laylak . Ularning tashqi ko’rinishi , yashash sharoiti va foydasi.



XIII. Hashoratlar

Chuvin, pashsha, chumoli va boshqalar. Ularning farqi.


XIV.Transport.

Samolyot, poezd. Ularni tashqi ko’rinishi, ishlatilishi.



XV. Bayramlar

Ustoz va murabiylar kuni, yangi yil, Xotin-qizlar kuni bayramlari. Konstitusiya kuni, Vatan himoyachilari kuni, Navro’z bayramlari, Xotira va qadrlash kuni.


XVI. Sog’liqni saqlash

Odam tanasi a’zolari: soch, teri, tirnoq, ularni parvarish qilish kerak. Gigiena qoidalari. Yuz tuzilishi: peshona, lunj, iyak, qosh, qovoq, kiprik, ko’zlar. Ko’z, quloq va burunlarning ahamiyati. Ulardagi kasalliklarni oldini olish. Burun va tishlarni toza tutish. A’zolarni toza tutish, yuvinish, cho’milish. Gigienik talablarga riyoga qilish, o’quvchilarning kun tartibi.


XVII. Sayr , kuzatish va amaliy ishlar

Har kungi ob havoni kuzatish. Muntazam ravishda mavsumiy o’zgarishlarni tabiat va kishilar hayoti haqidagi tasavvurlarni kengaytirish maqsadida har bir faslda 2 marotaba sayr o’tkazish. Taqvim daftarini yuritish.



O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar:

O’quvchilar nutqiy rivojlanish xolatini aniqlash, uni rivojlantirish. Buyumlarni nomlash, ularni rangi, shakli, mazasi, katta kichikligi, hidiga ko’ra ta’riflash. Ikki buyumni taqqoslash, solishtirish, o’xshash va farqli belgilarini ko’rsatish. Buyumlarni umumlashtirish. Avval namunaga qarab, so’ngra og’zaki topshiriq asosida buyumlarni tasnif etish.

O’qituvchi yordamida Kim? Nima? Nima qilyapti? kabi so’roqlarga javob berishda nutqda ishlatilatish, ularni bir-biridan ajrata olishga o’rgatish. Bajarilagan va rasmda tasvirlangan xatti-harakatlar haqida soda gaplar tuzish. Yangi o’rganilgan so’zlarni nutqga kiritish, mustaqil gap ichida qo’llashga o’rgatish. Rasmdagi xatti-harakatlarni so’zlab bera olishga o’rgatish. Izchilik bilan tuzilgan savollar asosida suyujetli, seriyali suyujetli rasmga qarab hikoya tuzishga erishish.

6-sinf

Tevarak – atrofini o’rganish yo’li bilan nutqni o’stirish.



(17 soat, xaftasiga 0,5 soatdan)

O’quvchilarning nutqini o’stirish uchun tavsiya etiladigan taxminiy matn mavzular:

I. Ob havo

Taqvim daftarida tiniq osmon, yog’inlar yog’oshi, jala quyishi, qor yog’ishi, sovuq yoki issiq iqlim, shamol turishi, bugungi va kechgi ob-havoni belgilab boorish. Kuzda: erta, kech kuz. Kuz oylarida o’simlik va hayvonot dunyosida yuz bergan o’zgarishlar. Sovuq tushushi, shamol esishi, qushlarning boshqa issiq tomonlarga uchib ketishi, mevalarning pishishi, bog’ va polizlarda xosilning yig’ib – terib olinishi va xazonrezgilik. Qishda sovuq bo’lishi, qor yog’ishi, qishlab qolgan qushlarning hayoti, oziqlanishi. Qishda bolalar o’yinlari. Bahor va yoz fasllari haqida umumiy tushuncha. Bahorda quyoshni charaqlab chiqishi, kunlarning isiy boshlashi, qorning erishi,chaqmoq chaqib yomg’ir yog’ishi. O’t, gullarni o’sib chiqishi, darahtlarni kurtak chiqarib barg yozishi. Qushlarni ko’lmak suvida cho’milishi. O’quvchilarning hovlida, bog’da, polizda mehnat qilishga, o’simliklarni parvarish etishga o’rgatish.



II. Maktabimiz joylashgan ko’cha.

Maktab manzili. Bizning uyimiz,yashash joyimiz, uy manzili. Maktabga boorish va qaytish yo’li.



III.Transport.

Avtobus, tramvay, avtomobil turlari, nomi, ishlatilishi. Bir biridan farqi. Kochadan o’tish qoidalari. Yo’l harakati qoidalari.


IV. Idish tovoqlar.

Piyola, likobcha, lagan, kosa, tog’oracha. Ularni farqi, tozalash va saqlash.



V. Mebel.

Stol, stul, kreslo, divan, krovat, xontaxta, javon va boshqalar. Uy jihozlarini tozalash va saqlash.



VI. Kiyim. Poyabzal

Kiyimni ozoda tutish, to’g’ri kiyinish. Palto, ko’ylak, ko’ylak, do’ppi, telpak, sharf, kofta, kostyum, pidjak, shim, paypoq va boshqa kiyimlar. Yozgi, kuzgi, qishki, bahor oyoq kiyimlari. Tufli etik, shipak, botinka, krasofka, ularni tozalab artib turish. Oyoq kiyimlarni toza tutish qoidalari.



VII. Sabzavotlar

Karam, lavlagi, pomidor, sabzi, piyoz, kartoshka, bodring. Rangi, shakli, mazasi, xidi, katta kichikligi. Sabzavotlarni tog’ri nomlash, ularning ishlatilishi va iste’mol qilinishi.



VIII. Poliz ekinlari

Qovun, tarvuz, qovoq. Ularning shakli, mazasi, rangi, hiqi, urug’i. urug’ini qurutib, qishda qushlarga berilishi.



IX. Donli (dukkakli) o’simliklar

Mosh, ho’xat, loviya va boshqalar. Ularning nomi, tashqi ko’rinishi, ishlatilishi.



X. Mayda mevalar

Malina, qoraqat (smarodina), shotut, tut. Ularning mazasi, shakli, bir biridan farqi, shifobaxshligi.



XI. Daraxtlar

Manzarali daraxtlar. Chinor, terak, tol, majnuntol, archa. Mevali daraxtlardan farqi. Daraxtlarning tuzilishi: ildizi, tanasi, shoxlari, poyasi, guli, bargi, mevasi, urug’i.



XII. Gullar

Hovli gullari, atirgul, gultojixo’roz, qo’qongul. Shoyigul, gulbeor, chinnigul va boshqalar. Gullarni nomlash, farqlay bilish. Gullarni parvarish qilish. Ularni ekish va parvarish qilish.



XIII. Erta bahorda o’sib chiqadigan dorivor dala o’simliklar

Yalpiz, qoqi o’t, moychechak, otquloq, beda, jag’-jag, kiyik o’ti va boshqalar. Ularning ilk gullashi va barg yozilishini kuzatish.



XIV. Dala ekinlar

Bug’doy, paxta, ularning tuzilishi va ahamiyati.



XV. Uy hayvonlar . Yovvoyi hayvonlar

Tuya, echki,. Ularning ko’rinishi, oziqlanishi, yashash sharoiti, insonlarga foydasi. Tipratikan, ayiq.ularning tashqi ko’rinishi, oziqlanishi, yashash sharoiti, qishdagi hayoti.



XVI. Qushlar. Parrandalar

Mayna, qaldirg’och, bedana, turna, laylak, kaptar, chumchuq, musicha va boshqa mahalliy qushlar. Ularning tashqi ko’rinishi, oziqlanishi, yashash sharoiti. Kuzda boshqa joylarga uchib ketadigan va uchib ketmaydigan qushlar. Ularning mavsumiy harakatlarini kuzatish. Xo’roz, tovuq, o’rdak, kurka, g’oz va boshqalar. Ularning tashqi ko’rinishi, oziqlanishi, farqi.



XVII. Hashoratlar

Pashsha, chumoli, kapalak, ninachi va boshqalar. Ularning farqi.



O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar:

Har kungi ob havoni kuzatish. Muntazam ravishda mavsumiy o’zgarishlarni tabiat va kishilar hayoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish maqsadida sayohat o’tkazish. Tabiat taqvimini oylar bo’yicha yuritish. O’rganiladigan joularni kuzatish maqsaqiqa sayr yuyshtirish.




6 -sinf

Teverak – atrofini o’rganish yo’li bilan nutqni o’stirish.



(17 soat, xaftasiga 0,5 soatdan)

O’quvchilarning nutqini o’stirish uchun tavsiya etiladigan taxminiy matn mavzular:

I. Tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar

Quyosh chiqishi va botishi. Ob havo ochiq, bulutli, yog’in, momoqaldiroq, shamol. Yoz faslida yuz beradigan o’zgarishlar haqidagi tasavvurlarni aniqlash, kengaytirish va umumlashtirish. Yoz faslini kuz, bahor, qish fasllari bilan taqqoslash, har bir faslning asosiy belgilarini umumlashtirib ta’riflashga o’rgatish.


II. Shahar va qishloq.

Shahar va qishloqdagi muassasalar: bozor, do’konlar, pochtalar, telegraf, kinoteatr, muzey, bank, bollar bog’chasi, maktab, kutubxona, oshxona, to’yxona, kasalxona va boshqalar. Toshkent- Mustaqil O’zbekiston diyorimizning poytaxti.



III.Yo’l xarakati.

Yo’l harakati qoidalariga rioya qilish: svetofor, yo’lni kesib o’tish qoidalari.


IV. Sabzavotlar va mevalar, poliz ekinlari

Sabzavot va mevalar, poliz ekinlarini tog’ri nomlash, farqlash, ularning ishlatilishi va iste’mol qilinishi.



V. Dala ekinlar

Bug’doy, paxta, sholi, ularning tuzilishi va ahamiyati. Kuzgi dala ishlari.


VI. Urug’lar

Urug’larni yig’ib olish va saqlash. Urug’larni ekish va undirish.


VII. Uy jixozlari. Idish tovoqlar.

Stol, stul, kreslo, divan, krovat, xontaxta, javon va boshqalar. Mehmonxona, yotoqxona va oshxonada ishlatiladigan uy jixozlari, ularning farqi. Uy jihozlarini tozalash va saqlash.

Ularni turlari, nomlari, ishlatilishi. Piyola, likobcha, lagan, kosa, tog’oracha, qozon. Ularni farqi, tozalash va saqlash.

VIII. Kiyim. Poyabzal

Ustki va ichki kiyimlar. Har bir farsda kiyiladigan kiyimlar, ularning turlari. Kiyimni ozoda tutish, to’g’ri kiyinish. Palto, ko’ylak, ko’ylak, do’ppi, telpak, sharf, kofta, kostyum, pidjak, shim, paypoq va boshqa kiyimlar. Yozgi, kuzgi, qishki, bahor oyoq kiyimlari. Tufli etik, shipak, botinka, krasofka, ularni tozalab artib turish. Oyoq kiyimlarni toza tutish qoidalari.



IX. Xona gullari

Kaktus, alloy, geran. Gullarni nomlash, farqlay bilish. Gullarni parvarish qilish va boshqalar.


X. Bog’

Bog’ o’simliklari. Bog’dagi mavsumiy ishlar.



XI. O’simliklar

O’simliklar haqida umumlashtirivchi tushunchalar xosil qilish. Ularning nomi, farqlash.

Daraxtlar, butalar, maysalar va o’tlar, gullar, mayday mevalar foydasi.

XII. Uy va yovvoyi hayvonlar

Uy va yovvoyi hayvonlarini farqi. Chorvachilikning ahamiyati.


XIII. Qushlar

O’rmon qushlari va mahalliy qushlarni ajratish. Mayna, qarg’a, qaldirg’och, bedana, turna, laylak, kaptar, chumchuq, musicha va boshqa mahalliy qushlar. Ularning tashqi ko’rinishi, oziqlanishi, yashash sharoiti. Ularning mavsumiy harakatlarini kuzatish.



XIV. Hashoratlar

Foydali va zararli hashoratlar. Pashsha, ipak qurti, chumoli, kapalak, ninachi va boshqalar.



XV. Baliqlar

Suzgichlari bo’lgan, oyquloqlari orqali nafas oladigan, usti tangachalar bilan qoplangan suv jonivorlari. Laqqa baliq, tanga baliq (sazan), qora baliq, zog’ora baliq. Ularning oziqlanishi, ahamiyati. Akvariumda baliq boqish.



XVI. Sog’liqni saqlash

Uy yumushlari va dam olish. Uyqu va ovqatlanish tartiblari.



XVII. O’tganlarni takrorlash

O’quvchining malaka va bilimlariga qo’yiladigan asosiy talablar:

Tabiatni muhofaza qilish, tabiatdagi o’zaro bog’liqni, tabiat va insozlar o’rtasidagi bog’liqni tushuntirish.



Lug’at boyitish va kengaytirish. Tevatak- atrofidagi narsa va hodisalarni nomlash. O’z taassurotlari va xissiyotlarini tafsiflash. Buyumlarni taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish va guruhlash, ular o’rtasidagi bog’liqni aniqlash. Suxbatda faol qatnashishga erishish.

O’qituvchi tavsiya etgan mavzular bo’yicha kichik hikoyalar tuzish. Suhbatlarning javobini to’ldirish, o’rganilgan so’z, gaplardan tog’ri foydalanishga o’rgatish.
Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling