1-sinfda (tayyorlov bosqichi uchun) sto` darsi: Mavzu: “Non isi” revoyati. Dars maqsadi


Download 17.06 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi17.06 Kb.

1-sinfda (tayyorlov bosqichi uchun) STO` darsi: Mavzu: “Non isi” revoyati.

Dars maqsadi.

  1. Yaxshi o`qish sifatlarini shakllantirish o`quvchilar nutqini o`stirish va boyitish TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish.

  2. Dunyodagi eng xushbo`y aziz, qadrli ne`mat non ekanligini o`quvchilarga tushuntirish va nonni avaylab asrab ushog`ini ham uvol qilmasdan ko`zga surtish kerakligini o`quvchilarga o`rgatish.

TK5 umumbashariy ahamiyatga ega bo`lgan qadiryatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an`nalar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo`lish.

  1. Yangi mavzuni puxta o`zlashtirish o`quvchilarning o`qish malakasini oshirish va og`zaki nutqini o`stirish.

FK1 badiiy asar sejujetini qayta so`zlab bera olish.

FK2 asar qahromonlariga munosabat bildira olish.

Dars metodi: suhbat savol-javob, rolli o`yinlari.

Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar.

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism:

  1. salomlashish;

  2. davomat;

  3. o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

Kirish suhbati

  1. Buyuk bobokalonlarimizdan kimlarni bilasiz. A. Navoiy, H.Bayqaro bobolarimiz haqida eshitganlarimiz? Bu bobolarimiz o`zining aqil u donishmandligi zukkoligi bilan tarximizda o`chmas iz qoldirgan va xalqimizning muhabatini qozongan, shuning uchun bu bobolarimiz haqida ko`p hikoyalar, rivoyatlar afsona-yu ertaklar yozib qoldirilgan.

  2. “Non isi” rivoyati o`qib beriladi.

  3. Rivoyat yuzasidan suhbat:

  • Rivoyat sizga yoqdimi?

  • Rivoyatda kimning qahromonligi hikoya qilinadi?

  • Dunyodagi eng xushbo`y narsa nima ekan?

  • Non haqida qanday maqol va hikmatli so`zlarni bilasiz?

O`quvchilar javobi umumlashtirilib, umumiy xulosa qilinadi.

  1. Asarga ishlangan rasmlar ko`rsatiladi. Bu jarayonda asar mazmuni yuzasidan rasmlarga bog`lab qisqacha suhbat uyishtiriladi.

  2. Uyga topshiriq.

  1. Non haqida maqol va hikmatli so`zlar yodlab kelish.

  2. Ota-onalardan, bobo-buvilardan non haqida rivoyat, ertak, hikoyalar bilib kelish.

  3. Non va A.Navoiy, H. Bayqaro bobolarimizning suratlarini chizish.

Download 17.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling