1. Sirdaryo viloyati haqida umumiy ma`lumot


Download 36.4 Kb.
bet1/4
Sana03.06.2022
Hajmi36.4 Kb.
#726800
  1   2   3   4
Bog'liq
Sirdaryo 2
DavrMobile 28.02.2022 18-22-02 (1), Документ-2022-03-27-073008, advantages-and-disadvantages-of-social-networking-rab-nawaz-jadoon, Qisqa kitob, 1743-Article Text-3642-1-10-20210825, 26 - variant, 26 - variant, iqtisodiy siyosat, 1-мавзу слайд, ЭЛЕКТР ҚУРИЛМАЛАРИНИ ЭКСПЛУАТАЦИЯ ҚИЛИШДА ХАВФСИЗЛИК ТЕХНИКАСИ ҚОИДАЛАРИ, istemol-narxlari-indeksi-yillik-dinamikasi-otga, hisobot, ISHREJA, GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA OSHIRISHNING GʻOYAVIY ASOSLARI, 5-amaliy mashg‘ulot (1)

Sirdaryo viloyati
Reja:
1.Sirdaryo viloyati haqida umumiy ma`lumot.
2.Sirdaryo viloyati tarixi, tashkil topishi va hududiy bo`linishi.
3.Sirdaryo viloyati qishloq xo`jaligi va sanoati.
4.Sirdaryo viloyatining tabiati va iqtisodiy o’sish salohiyati
1. Sirdaryo viloyati haqida umumiy ma`lumot Sirdaryo viloyati Respublikaning yosh viloyatlaridan biri. U 1963-yil 16-fevralda tashkil topgan. Bu viloyatni tashkil qilishdan maqsad, Mirzacho`lning suvsizlikdan qaqshab yotgan yerlarini o`zlashtirish, uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarraqiyotini o`zlashtirish edi. Viloyat Sirdaryoning Farg`ona vodiysidan chiqish joyida, uning chap sohilida joylashgan. Shimolda Sirdaryo viloyati Qozoqiston, Sharqda Toshkent viloyati, janubda Tojikiston va g`arbda Jizzax viloyati bilan chegaradosh.
Maydoni 4,28 ming kilometr kvadrat bo`lib, bu ko`rsatkich bo`yicha viloyatlar orasida oxirgi o`rinlarda. Aholisi soni eng kam viloyat bo`lib, aholisi 829 ming 900 kishidan ortiq. Sirdaryoda 42,6 % aholi shaharlarda yashaydi.
Sirdaryo viloyati tarkibida hozirda 7 ta tuman mavjud. Ular Sirdaryo tumani, Guliston tumani, Sardoba tumani, Sayxunobod tumani, Boyovut tumani, Mirzaobod tumani, Oqoltin tumani, Hovos tumani. Yirik shaharlari Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer va 25 ta shaharchalar mavjud. Viloyatning markaziy shahri Guliston. O`zbeklar 60% , shuningdek qozoq, tojik, rus va boshqa 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Zichligi 1 km kvadratga 210 kishi to`g`ri keladi. Avtomobil raqami 2008-yildan buyon 20 raqami bilan boshlanadi.2022-yil yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning eksportlari soni 118 tani tashkil etdi, ular tomonidan 92442,1 ming AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilindi. Sirdaryo viloyatida 2021 yilning yanvar-mart oyiga nisbatan yalpi hududiy mahsulot 105,6 %, sanoat 113,7 %, qishloq o`rmon va baliq xo`jaligi 104,1 %, yuk aylanmasi 112,9%, chakana tovar aylanmasi 103,5% ni tashkil etadi.Qurilish ishlari esa 84% ni tashkil etadi yani 2021-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 16% ga pasaygan.Qishloq xo’jaligi paxtachilik, g`allachilik, pillachilik, mevachilik, sabzovot-polizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Viloyat hududidaga transport yo`llari uzunligi 172 km, qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uzunligi 1,6 ming km. Relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislik boʻlib, janubdan shimoli-gʻarbga pasayib boradi. Mirzachoʻl dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Balandligi shimolda 230 m, markaziy qismida 400–450 m, janub va janubi-gʻarbda 600–650 m. Viloyatda xorijiy invеstitsiya ishtirokida 48 ta qo’shma korxona tashkil еtilgan. Ularning viloyat yalpi ishlab chiqarishidagi salmog’i yildan yilga ortib bormoqda. Viloyat iqtisodining asosiy qismini agrar sеktor tashkil еtadi. Agrar islohotlar munosabati bilan viloyatdagi 100 dan ortiq xo’jalik to’liq fеrmеr xo’jaliklariga aylantirilib, bugungi kunda 8365 ta fеrmеr xo’jaliklari faoliyat ko’rsatmoqda. Viloyat sanoat sohasining asosiy turlarini mamlakat еlеktr еnеrgiyasining to’rtdan bir qismini ishlab chiqaradigan Sirdaryo GRЕS va Farhod GЕSi tashkil qiladi. Sirdaryo viloyati respublikaning yirik paxtachilik bazalaridan biri. Viloyat xoʻjaliklari, asosan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan. Bundan tashqari paxta tozalash zavodlari, "Gulistonеkstraktyog`” HJ, "Xovosdon” va "Oqoltindon” kombinatlari, "Sarbontеks”, "Lеchivofarmsanoat”, ”Lola Modеl”, ”Sayxunmеdtеks”, "Sayxunjеl” kabi qo’shma korxonalar mamlakatimiz ichki va tashqi bozorini xalq istе’moli mollari bilan to’ldirishda o’z hissalarini qo’shib kеlmoqda. Viloyatda ro’yxatga olingan 15345 ta korxonadan 14857 tasi kichik va mikrofirmalardir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo’yicha viloyatda 303 ta maktab, 4 ta akadеmik litsеy, 45 ta kasb-hunar kollеjlari va Guliston davlat univеrsitеti faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 173996 nafar o’quvchi va talaba tahsil olmoqda. Viloyat qishloq aholisining 90,8% ichimlik suvi, 84,1% tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Qishloq infratuzilmasi ham yildan yilga o’zgarib bormoqda. Viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 39 ta korxona faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 35 tasi qoʻshma korxonadir. 2003/2004 oʻquv yilida Sirdaryo viloyatida 308 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 156 ming oʻquvchi, shu jumladan, 14 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 3659 oʻquvchi taʼlimtarbiya oldi. Viloyatdagi 14 musika va sanʼat maktabida 1300 oʻquvchi, 22 sport maktabida 11 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. Viloyatda 4,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 63,2 oʻrin) 32 kasalxona, 10 tugʻruqxona, 131 ambulatoriya, poliklinika, 130 qishloq vrachlik punkti, 108 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 1522 vrach, 7616 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2004). Guliston shahrida respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi ishlab turibdi. Uning 9 ta tumanda boʻlimlari tashkil etilgan.

Download 36.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling