1. Sirtlarni to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi


Download 493 Kb.
bet1/6
Sana07.04.2022
Hajmi493 Kb.
#627968
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sirtning to’g’ri chiziq bilan va o’zaro kesuvchiga doir masalalar yechish
17, 17, 1 sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishlash texnologik jarayoni bayoni, 62- dars, mis, Ibn Sino, топшириқ(1-u)(6), Lotin, Namuna, Namuna, HELLADOS Nodar Dumbadze, boshlangich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi, Tushunchalar jadvali, 10-мавзу, 1. Sinf rahbari-WPS Office

Sirtning to’g’ri chiziq bilan va o’zaro kesuvchiga doir masalalar yechish


1.Sirtlarni to‘g‘ri chiziq bilan kesishishi


To‘g‘ri chiziq bilan sirtlarning kesishish nuqtalari sirtlarning tekislik bilan kesishish chizig‘ini yasashga asoslanib topiladi. Umuman, biror to‘g‘ri chiziq bilan sirtning kesishish nuqtasi aniqlanadi (16.1-rasm):

  • Berilgan a to‘g‘ri chiziq orqali ixtiyoriy yordamchi P tekislik o‘tkaziladi. Pa.

  •  sirt bilan P tekislikning kesishish chizig‘i m yasaladi. ∩P=m.

  • m chiziq bilan berilgan a to‘g‘ri chiziqning kesishish nuqtasi B belgilab olinadi: am=B.

Ma’lumki, berilgan to‘g‘ri chiziq orqali istalgancha tekislik o‘tkazish mumkin. Masalalarni osonroq yechish uchun to‘g‘ri chiziq orqali yordamchi tekislik proyeksiyalovchi vaziyatda o‘tkaziladi. Bu holda masalaning yechilishi soddalashadi. Berilgan sirt silindrik yoki konus sirt bo‘lganda, to‘g‘ri chiziq orqali silindr yasovchilariga parallel yoki konus uchidan umumiy vaziyatdagi tekislik o‘tkazish qulay.

rasm
1-masala. Berilgan a to‘g‘ri chiziq bilan  og‘ma elliptik silindrning kesishish nuqtalari yasalsin (16.2- 16.3-rasmlar).
Yechish. Kesishish nuqtalari E va E1 larni yasash quyidagicha bajariladi:

  • berilgan a to‘g‘ri chiziq orqali silindrning yasovchilariga parallel qilib ixtiyoriy Q tekislik o‘tkaziladi. Buning uchun a to‘g‘ri chiziqqa tegishli ixtiyoriy A nuqtani belgilab olib, u orqali b to‘g‘ri chiziqni silindrning yasovchilariga parallel qilib o‘tkaziladi. Kesishuvchi a va b to‘g‘ri chiziqlar yordamchi Q tekislikni ifodalaydi;

  • Q tekislik bilan  silindrning kesishish chiziqlari va 1 yasovchilar yasaladi. Buning uchun Q tekislik va silindrning asos tekisligi P ning o‘zaro kesishish chizig‘i BC yasaladi. BC to‘g‘ri chiziqning silindr asosi m bilan kesishish nuqtalari 1 va 2 orqali va 1 yasovchilar (kesishish chiziqlari) o‘tkaziladi;

  • berilgan a to‘g‘ri chiziq bilan va 1 yasovchilarning kesishish nuqtalari E va E1 belgilab olinadi.


Download 493 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling