1. Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari. Amir Temurning harbiy salohiyati va qo’shin tuzilishi


Download 97.5 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi97.5 Kb.
#95348
Bog'liq
Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari
Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari, lab 9 mal tuz, Venture House (Avantura uyi) MODELASHTIRISH 2, Тесты по теме, 1-mavzu, 1-mavzu

Mavzu: Sohhibqironning harbiy yurishlari, uning sabablari.

Reja:

Kirish:

Sohibqiron Amir Temurning hayot faoliyati va davlatning tashkil topishi.

Asosiy qism:

1.Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari.
2.Amir Temurning harbiy salohiyati va qo’shin tuzilishi.

3.AmirTemurning yurishlarda qo’llagan harbiy usullari va ko’rsatgan jasoratlari.
Xulosa:

Amir Temurning markazlashgan davlat tashkil topishidagi o’rni, mamlakat siyosatiga qo’shgan hissasi va mustaqilligimizdan so’ng Sohibqiron shaxsiga ko’rsatilgan e’tirof.

Kirish: Sohibqiron Amir Temurning hayot faoliyati va davlatning tashkil topishi.

Temurbek ibn Tarag’ay ibn Abag’ay 1336-yilning 9-aprelida Movarounnahrning go’zal shaharlaridan biri bo’lmish Kesh (hozirgi Shahrisabz) ga qarashli Xo’ja Ilg’or qishlog’ida dunyoga keldi.

Temurbek yoshlik chog’idan harb ishiga o’zgacha muhabbat va ehtiros bilan qaray boshladi. Unda harbiy san’atga bo’lgan qiziqishning o’ta erta paydo bo’lishida padari buzrukvori , amir Qazag’on (1358-yili shahid bo’lgan) davlatning arkonlaridan biri, mardligi, shijoati va oliyjanobligi bilan nom chiqargan amir Tarag’ayning (vafoti 1360) ma’lum darajada hissasi bor.

Navqiron yoshga yetgan Temur salkam bir yarim asrlik mo’g’ullar istibdodiga chek qo’yish, feodal tarqoqlik natijasida Chig’atoy ulusida hukm surayotgan o’zaro nizolar va urushlarga barham berish, tashqi va ichki zug’um tufayli tinkasi qurigan xalq ommasiga madad qo’lini cho’zish, xarob bo’lgan shahar va qishloqlarni qayta obod qilish, ulusni tashqaridan bo’ladigan bosqinlardan himoya qilish singari olijanob maqsadlarni yuzaga chiqarishni birdan-bir yo’li-hokimiyatni qo’lga kiritish ekanligini yaxshi anglab yetadi.

Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.Ularning o’zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.Dong’i butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aql-u zakovati , shijoati, shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Yasovuriy va amir Qazag’on bilan yaqinlashtirdi.Xondamirning yozishicha, otasi amir Tarag’ay Amir Temurni avval (1352) amir Joku barlosning qizi Turmush og’aga , so’ngra Qazag’onning nabirasi va amir Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’aga uylantiradi. Keying nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo’lidagi harakatlari XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi.XIV asrning 50-yillari oxirida

Movarounnahrda amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, amir Qazag’on o’ldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, og’ir tanglik sodir bo’ldi.1


Ulus o’nga yaqin mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon Sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xo’jandda amir Boyazid jaloyir, Balxda O’ljay Bug’a sulduz, Shibirg’onda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Ko’histonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qildilar.2

Bu davrda Chig’atoy ulusining sharqiy qismi-Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mo’g’ul xonlari Movarounnahrdagi og’ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda o’z hokimiyatini o’rnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tug’luq Temur va uning vorisi Ilyosxo’ja 1360-1361 va 1365-yillarda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Mo’g’ul xonlarining bosqinchilik yurishlari va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi.

Movarounnahr xalqi barcha tabaqalarining qo’llab-quvvatlashi hamda bevosita ishtirokida 1370-yili hokimiyatni qo’lga olishShimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga birligidan mahrum bo’lgan mamlakatni birlashtirish, istiqlolni qayta tiklash baxtiga muyassar bo’ladi.

Temurbek taxtga o’tirish boisi o’laroq ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda sodir bo’lgan ijobiy o’zgarishlar o’z ifodasini harb ishida va harbiy san’atda ham namoyon etadi.

Asosiy karvon yo’llari ustidan nazorat o’rnatish1, ulus qudratini yanada oshirish, xalq turmush tarzini yaxshilash singari ustuvor maqsadlar yo’lida Temur o’sha davrda tengi yo’q harbiy kuchlari bilan Jeta, Eron, Afg’oniston, Kavkaz, Iroq, Shom, Misr, Dashti Qipchoq, Shimoliy Anado’li, Hindiston kabi mintaqalarga bir necha bor qo’shin tortib bordi, olamshumul zafarlar quchdi.

1.Sohibqironning harbiy yurishlari va uning sabablari.

Harbiy qo’mondonga beriladigan eng xolis baho-uning janglarda erishgan g’alabasidir. Shu nuqtai nazardan Temur tarixidagi buyuk sarkardalar orasida alohida ajralib turadi.3

Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Mo’g’uliston, eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya), Hindiston, Gurjiston, Armaniston, Kavkaz orti o’lkalari ustiga harbiy yurishlar qildi.

Mamlakatimizning XV asrning ikkinchi yarmidagi ahvoliga bir nazar tashlaylik, Chingizxon xurujidan teri shaharlarimiz vayron, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tushkun bir ahvolda qolgan edi. Nafaqat Movarounnahr, balki qo’shni mamlakatlarda ham feodal tarqoqlik, parokandalik va o’zaro urushlar avjiga mingan, ayrim harbiy siyosiy guruhlarning nafaqat o’zlarining yaqin qo’shnilari erlariga, balki Movarounnahr ustiga ham qilgan talon-tarojlik hurujlari kuchaygan edi. Xalqimizda «qo’shning tinch-sen tinch», degan naql bor. qo’shni mamlakatlar tinch bo’lmagandan keyin, Movarounnahrda tinchlik, barqarorlik, iqtisodiy madaniy yuksalish qayoqdan bo’lsin?!

Amir Temur o’zining ichki va tashqi siyosatida asosan mana shu omilga suyanib ish tutdi. To’g’ri. Amir Temur ko’p yillik kurashlardan keyin o’z yurtida feodal tarqoqlik va parokandalikka barham berishga, el-yurtni mo’g’ullar istibdodidan ozod qilishga, markazlashgan davlat tuzib, el-yurtni o’z tug’i ostiga birlashtiridi. Lekin faqat birgina shuning o’zi bilan tinchlik va barqarorlik qaror topmaydi. Mamlakatning ichki ahvoli yaxshilanmaydi, uning xalqaro obro’si ortib qolmaydi.

Amir Temur Movarounnahrni mo’g’ullar hukmronligidan ozod etib, bu qadimiy mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan bo’lsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik o’rnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloya amirlari Amir Temur hokimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan bo’lsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shimoliy hududlari notinch edi. Mo’g’uliston bilan Oq O’rda hukmdorlari Farg’ona vodiysining sharqi, O’tror, Yassi (Turkiston)va Sayram shaharlariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talon-taroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta’minlashga kata ahamiyat berdi.Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirg’on viloyati bo’ysundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq O’rda hukmdorlariga tayanib, hanuz bo’ysunishdan bosh tortib kelardi.Xorazmni Amir Temur Chig’atoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni o’z davlatiga qo’shib olish siyosatini tutdi.Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yo’l bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi, 1371-yil yoz (iyul)ida Kat shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin O’rda xoni To’xtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf so’fi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorako’l viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to’rtinchi marotaba Xorazmga qo’shin tortishga majbur etdi.Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni to’rtinchi marotaba Xorazmga qo’shin tortishga majbur etdi.Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf so’fi ilgari Xorazmning Chig’atoy ulusiga tegishli bo’lgan janubi-sharqiy (Kot va Xiva shaharlari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf so’fining bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshincji marta yurish qilishiga sabab bo’ldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, Amir Temur davlatiga bo’ysundirildi. 4

Bu orada Amir Temur Mo’g’uliston hokimi Qamariddin bilan ham to’qnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga bo’lgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370-1371-yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda ea Qamariddin hatto Farg’ona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shimoli-sharqiy hududlariga nisbatan bo’layotgan muttasil tahdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371-1390) mobaynida Sohibqiron Mo’g’ulistonga etti marta yurish qilib, mo’g’ul hukmdorlari Anqoto’ra va Qamariddin ustidan g’alabalar qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, o’zaro nizolar, shuningdek, Mo’g’uliston tomonidan bo’lib turgan tazyiqqa chek qo’yib, ushbu hududda yashovchi el-u elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.

Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qo’shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o’ziga bo’ysundiish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bu davrda Oltin O’rda, Xuroson va Erondagi ijtioiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo’l keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi.1381-yilda u Hirotni egalladi. Sarxs, Jom, Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo’ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategic jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga o’tishda ko’prik vazifasini o’tardi. 1381-1384-yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qal’alari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari bo’ysundirildi.

Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik”, “besh yillik” va “yetti yillik” urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida JAnd, Ozarbayjon, Iroqning shimoli qismi, Gurjiston va Van ko’li atrofidagi yerlar egallandi.

Amir Temur shu bilan birga shimoli-g’arbdan, ya’ni Oltin O’rda tomonidan bo’layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To’xtamishga qarshi uch marta qo’shin tortishga majbur bo’ldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeyida, 1391-yilning 18-iyunida (Hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari oralig’ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosida vodiysida-Qunduzcha shahri) va nihoyat, 1395-yilda (28-fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi bo’yida To’xtamish qo’shiniga qaqshatqich zarba beradi (Tarak daryosi bo’yidagi jang).To’xtamishga qarshi yasolni tuzishda Sohibqironning o’zi rahbarlik qiladi. U qo’shinning qismlarini jang maydoniga joylashtirishda yangi usulni qo’llaydi va ularni yetti qo’lga ajratadi. To’xtamishxon esa o’z sipohini besh qo’lga bo’ladi.Jang Amir Temurning to’la ustunligida o’tadi.Butunlay tor-mor etilgan To’xtamish qo’shini qoldiqlari Volgaga qadar ta’qib qilinadi.Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatkari, Saroy Berka, Hojitarxon (Astraxan) kabi shaharlar vayron qilindi. Amir Temur To’xtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelits shahrini ishg’ol qildi. Sh.A.Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday ta’riflaydi: “Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshi’or cheriki ul viloyatni (shahar atrofini) chobtilar va andag’I hokimlarini tobe qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…”5

Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. Qizig’I shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechivu bo’yida O’rusning o’g’li Quyrichoq o’g’lonni chaqirtirib unga qo’lga kiritilgan sobiq Jo’ji ulusini in’om etdi. Rossiya tarixchilari B.D.Grekov va A.Yu.Yakubovskiylarning yozishicha, Amir Temurning To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchunham buyuk ahamiyat kasb etgan.

Shundan so’ng Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligiga barham berildi.

Hindistonga yurishi.Amir Temurning Hindiston ustiga yurishi qilgan urushi (1398-yil may-1399-yil mart) qariyb o’n bir oy davom etdi.Amir Temur Hindistondan katta o’lja, shu jumladan, 120 jangovar fil bilan qaytdi.O’ljalarning bir qismi qo’shinga taqsmlab berildi, qolgani Kesh va Samarqand shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.

Amir Temurning 1399-1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Xalab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albek), Dimishq(Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Ajamning Ubiliston o’lkasi (Qadimgi Kappadokiya) bilan Bag’dod, shuningdek, Turkiyaning katta qismi zabt etiladi.

Amir Temur va Boyazid Yildirim o’rtasidagi jang 1402-yilning 25-iyulida bo’lib o’tadi. Manbalarda ta’kidlanishicha Turkiya sultonining qo’shini taxminan 160ming jangchidan iborat bo’lgan.Sohibqiron armiyasi o’zining an’anaviy jangovar tartibi yasolda harakat qiladi.6Sipohning qirq qo’shun-qismdan tashkil etilgan humoyun markazi-qo’lga Sohibqiron bevosita qo’mondonlik qiladi.Shiddatli to’qnashuv keskin va uzoq davom etadi. Nihoyat Amir Temur qismlarining siquviga bardoshi qolmagan sulton qo’shinlari chekina boshlaydi. Boyazid qo’mondonligidagi jangchilar so’nggi nafasgacha qarshilik ko’rsatishda davom etadilar.Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan g’alaba qozondi.Turkiya sultoni asir olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, o’g’illari Muso va Iso Chalabiylar ham asir tushdilar. So’ng Amir Temur Anadoli yarim oralini egallab, O’rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. So’ngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim bo’ldilar, Misr ham o’z itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasroniy olamining Boyazidga yig’ib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qo’lga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning o’zi kattagina karvonga yuk bo’lgan. Bandi qilingan Boyazid o’rdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom ko’rsatadi. Uning vafotidan so’ng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat ko’zi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi.Chunonchi Boyazidning to’ng’ich o’g’li Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi.Edirni (Adrianopol) shahri uning poytaxti etib belgilandi.Anadoluning shimoli-g’arbiy qismi suyurg’ol sifatida Iso Chalabiyga in’om qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi.Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida bo’lmagan.Chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qo’lini cho’zdi. Shunday bo’lsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu g’alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar.Chunki Amir Temur endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.6

2.Amir Temurning harbiy salohiyati va qo’shin tuzilishi.

Harb tarixi Temurbekni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida haqli ravishda tan oladi.

Uning harbiy iste`dodi asosan ikki yo’nalishda: mohir harbiy tashkilotchi va atoqli harbiy sarkarda tarzida yorqin namoyon bo’ldi.

Dunyoning 27 mamlakatini zabt etishda Amir Temurning qo’shini va uning harbiy san`ati bosh omil bo’ldi. Uning g’olibona yurishlarida qo’llagan taktik va strategik jang qilish uslublari bugungi kunda ham jahondagi etakchi mamlakatlarning harbiy bilim va akademiyalarida o’rganiladi va o’qitiladi.

Amir Temur qo’shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan iborat edi. Ular «o’nliklar»-(«ayl»), «yuzliklar»-(«Xo’shun»), «mingliklar»-(«xazora») va «o’n mingliklar»-(«tuman»)ga bo’lingan. Ularga o’nboshi, yuzboshi, mingboshi hamda amirlar boshchilik qilganlar. Tumanlarda askarlar soni o’n ming, qo’shinda esa 100 mingdan bo’lgan. O’n minglik lashkarni boshqarish uchun «tumon og’asi», minglik bo’limni «mirixazora», yuzlikni «xo’shunboshi» va o’nlikni boshqarish uchun «aylboshi» kabi harbiy mansablar tashkil qilingan.7

Bo’linma boshliqlari-amirlar Temurga tobe bo’lgan qirq aymoq (qabila)dan o’n ikkitasi: barlos, arg’in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo’g’ul, sulduz, to’g’oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan tanlab olingan. eng ulug’ martaba amirlik bo’lib, Temur faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab uni tark etmasdan sodiqlik bilan xizmat ko’rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-umaro, to’rttasi beklar begi, yuztadan mingboshi, yuzboshi va o’nboshi bo’lgan. Bulardan tashqari, yana o’n ikki nafar kishiga birinchidan to o’n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O’n ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi hisoblangan. O’n ikki amirning har biriga bittadan bayroq va bittadan nog’ora, o’n minglik qo’shin, tug’ va chortug’, to’rt nafar beklar begining har biriga bittadan bayroq, nog’ora, chorto’g’ va burg’u (karnay) berilgan.

Sohibqiron turk-mo’g’ul xalqlari, xususan Chingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib borish amallarini atroflicha o’rganib, tahlil qiladi va zarur o’zgartirishlar kiritadi.

Temurbek barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan qo’shin tizimi va tuzilishiga ma`lum darajada yaqin bo’lsa-da, biroq quyidagi muhim jihatlari bilan farqlanar edi:

Chingiziylar qo’shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chaqiriladigan xalq lashkaridan iborat bo’lgan holda, Temurbek armiyasi umumxalq xarakteriga ega emas edi.

Chingizxon davrida qo’shin asosini ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi. Temurbek qo’shiniga oliy bosh qo’mondon ko’rsatgan aniq talabga binoan chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul o’troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan.

Temurbek qo’shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo’lgan. Ma`lumki, Chingizxon qo’shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda tuzilgan hasharni hisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo’lmagan.

Temurbek Sharqda birinchilardan bo’lib o’z armiyasiga o’t sochar qurol, ya`ni to’p-ra`dni olib kirdi.

Sohibqiron tog’li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi.

Temurbek jahon harb san`ati tarixida birinchi bo’lib qo’shinni jang maydonida etta qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etdi.

Temurbek armiyasida ayollardan tuzilgan bo’linmalar bo’lib, ular jang chog’i erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalari ko’rsatgan.

Temurbek qo’shini tarkibini Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xuroson, eron, Badaxshon, Mo’g’uliston, Xorazm, Mozandaron, Jata singari erlardan yig’ilgan askarlar tashkil qilar edi.

Unda muntazam qo’shinga xos bo’lgan ko’pgina belgilar mavjud edi: qo’shin son jihatdan aniq va puxta tashkil qilingan, uning jangovar tartibi-yasol jangdan-jangga takomillashtirib borilgan, armiya o’z zamonasining ilg’or qurol va texnikasi bilan qurollangan, aynan bir turdagi qurol-yarog’, aslaha-anjom bilan ta`minlangan, qismlar bir-biridan kiyim-boshi, tutgan bayroq yoki tug’i orqali ham farqlangan. Bunday ajralib turish jang paytida qo’shinni boshqarishda juda qo’l kelgan.

Dushman mudofaasini turli usullar yordamida barbod qilish, g’anim tomonning yirik va mustahkam mudofaa inshootlariga ega bo’lgan shaharlariga qo’qqisdan kuchli zarba berish, zabt etilgan mamlakatning boshliqlarini va ayniqsa, lashkarboshilarini hibsga olish, qal`a va qo’rg’onlarni uzoq muddat davomida muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng qamrovda qurshab olish, uning qishloq, shahar, tuman, viloyatlarini birin-ketin fath etish, dushmanni batamom yakson etgunga qadar ta`qib qilish. Fath bo’lgan yurtlarni boshqarish uchun o’zining ishonchli vakillarini tayinlash singari strategik maqsadlarini ko’zlab ish yuritish Temurbekka ko’plab zafarlar olib keldi.

Taktika jihatdan Temurbek armiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Qo’shinning yasoli qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, CHingiziylar qo’shini jangovar tartibdan farqli o’laroq, etti qism-qo’lga ajratilgan, razvedka a`lo darajada yo’lga qo’yilgan, qismlarning jang maydonida hamda yurish vaqtida talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va rejalar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida operativ boshqarishga alohida katta e`tibor qaratilgan. Temurbek o’nlik, yuzlik, minglik hamda tuman qo’mondonlarini tanlash masalasiga bevosita ega bo’lgan qo’mondonlarning to’g’ri tanlaganligi va o’z joyiga qo’yilganligi aksar hollarda jang natijasining muvaffaqiyatli yakunlanishiga sezilarli ta`sir ko’rsatgan.

Sohibqironning harb san`ati rivojiga qo’shgan ulkan xizmatlaridan yana biri-qo’shin qanotlarini jang chog’ida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha g’anim kuchlarini yon tomondan aylanib o’tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism-kunbulning joriy etilishidir. Bunday mutlaqo yangi harbiy qism, tarixning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Lyudvig XIV, Buyuk Fridrix, Chingizxon kabi dongdor sarkardalar qo’shinida bo’lmagan. Faqat XIX asrning atoqli lashkarboshisi Napoleon Bonapart armiyasining jangovar tartibida qo’shin qanotlarini himoyalovchi qism mavjudligini kuzatish mumkin. Harbiy mutaxassislarning, Napoleon Sharq mamlakatlariga harbiy safar qilishdan avval Temurbek armiyasi tuzilishini, uning jang olib borish yo’l-yo’riqlarini sinchiklab o’rgangan, zarur topgan taktik usullarni o’zlashtirgan degan mulohazasi, har qalay, haqiqatdan yiroq emas.

Xo’sh, turk-mo’g’ul xalqlari armiyasining besh qismdan iborat an`anaviy jangovar tartibiga o’zgartirish qachon kiritildi, ya`ni yasolni etti qismga bo’lishga sohibqironni qanday zaruriyat majbur etdi, degan savolning tug’ilishi tabiiy.

Ushbu savolga qoniqarli javob olish uchun Temurbekning Balx hokimi amir Xusayn (1370 yili o’ldirilgan) bilan ittfoqda 1365 yili Jata (Mo’g’uliston) xoni Ilyosxo’jaga qarshi qilgan, tarixga «loy jangi» nomi bilan kirgan muhorabada ittifoqdoshlar cherigi qanday yasolda joylashganligini kuzatish kerik bo’ladi.

Tarixiy manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va engil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan engil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilikchilik bilan shug’ullangan, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.
3.AmirTemurning yurishlarda qo’llagan harbiy usullari va ko’rsatgan jasoratlari.
Yurishga jo’nashdan oldin Temurbek arkoni davlat vazirlar, sarkardalar, beklar, amirlarni harbiy kengash-mashvaratga chorlagan. Ayni chog’da ulusning turli viloyat va tumanlaridan, shuningdek tobe yurtlardan qo’shin to’plash uchun maxsus buyrak-tunqal e`lon qilingan. Farmon kerakli joylarga yuqori mansab egasi, bosh qo’mondonning ad`yutanti-tavachi tomonidan tezlik bilan etkazilgan. Tavachining zimmasiga askar jamlashdan tashqari qo’shin qismlarining qarorgoh yoki safardagi o’rni, jangovar tartib-yasolni hamda bir joydan ikkinchi joyga ko’chishni nazorat qilish ham yuklatilgan edi.

Ibn Arabshoxning yozishiga ko’ra, Temurbek Dashti Qipchoqqa qilingan yurish (1390-1391) oldidan qo’shinni bir yilga etadigan oziq-ovqat, qurol-yarog’, kiyim-kechak va boshqa safar uchun zarur ashyolar bilan ta`minlashni o’z noiblariga buyurgan. Har bir suvoriyga bitta yoy, 30 ta o’q, bir sadoq, bir qalqon va bitta qo’shimcha ot ajratilgan. Yurish vaqtida har o’n jangchi bir chodir, ikki belkurak, bir kerki, bir o’roq, bir arra, bir tesha, bir bolta, 100 dona nina olgan,har bir jangchining shuningdek, yarim man og’irligida arqon, bir dona pishiq teri va bitta qozon olib kelishi lozim bo’lgan.8

Safar chog’ida oddiy askarlarning har o’n sakkiztasiga bitta chodir berilgan. Har bir jangchi ikkita ot, yoy, sovut, qilich, juvoldiz, qop, o’nta nina, arra va teri xaltaga (chanach) ega bo’lgan.9

Sohibqiron yurishga jo’nashdan ancha avval yog’ining qurolli kuchlari, mudofaa inshootlari, u erdagi ichki vaziyat kabilar haqida aniq va to’la ma`lumotga ega bo’lish maqsadida uning yurti yoki qarorgohiga o’z ayg’oqchi (xabargir, josus) larini peshma-pesh yuborib turgan. G’anim to’g’risida zarur ma`lumotlarga ega bo’lgandan so’nggina yurishga taraddud ko’rilgan. Bu xususda ibn arabshoh yozadi: «Temur tengi yo’q fe`l atvorli, chuqur mulohazali kishi bo’lib, uning tafakkur dengizining qa`ri yo’q va (uning) tadbiri tog’iga na tekisligu, na g’adir-budir orqali yo’l topilardi. U erlarning barcha tomonlarida o’z ayg’oqchilarini tarqatib, qolgan mulklarida esa josuslar qo’ygan edi. Ular (josuslar) jumlasidan, uning amaldorlaridan biri Amir Otlamish bo’lsa. yana biri faqih Mas`ud al-Quhoniy-u Temur devoni ashoblarining ko’zi edi. Josuslarning bunisi Qohirada, Muiziyada bo’lsa, unisi Damashqda, Shamiysoniyadagi so’fiylardan biri edi. Ularning biri chakanafurush bo’lsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulq polvon va hunarmand, munajjim va o’z tabiaticha ish qiladigan lar, gapchinoz qalandarlaru sayoq darveshlar. Zarofatli meshkoblar, latofatli etikdo’zlar, alvasti va xiylagar bo’lib, ular chor atrofda bo’layotgan hodisalar va ularning xabarlarini Temurga etkazib, o’zlari afzal ko’rgan ishlarini unga bayon etardilar. Ular vaznlar, narx-navolar to’g’risida unga zikr qilib, manzilu shaharlarni tavsiflardilar. Ularning tekis va notekis joylarining suvratini keltirib, uylari va diyorlari o’rinlarini chizib ko’rsatardilar, shular orasida u joylarning yaqin yoki uzoq, tor yoki kengligini ularning qaysi tevarak-atrofda, g’arb yoki sharqdami, shaharlar va qishloqlarning ismlarini, manzil va panohjoylar nomlarini, har joyning ahliyu boshliqlari, amirlari, ulug’lari, fozillari, shariflari, boylariyu faqirlarini, ularning hai birining ismi va laqabini, shuhrati va nasabini, ularning hunari va (ega bo’lgan) vositalarini (to’la-to’kis) bayon qilardilar. Natijada, Temur o’z fikri bilan shularni yaqqol ko’rib, tafakkuri vositasida o’z erlaridan xorij joylar ustidan ham tasarruf yuritardi».10

Sohibqiron safar chog’i qo’shinni qiyin va o’tib bo’lmas joylardan boshlab boruvchi yo’lchi, ya`ni qajarchilarni mahalliy xalq ichida yollab olish masalasiga jiddiy yondashgan.

Safar arafasida Temurbek o’z pirlari va rahnamolari huzuriga sof ishonch hamda pok irodat bilan tashrif buyurib, ziyorat shartlarini bajo keltirgan. Muqaddas va muborak mozorlarni tavof qilgan. Mayib-majruhlarga, muhtoj va yo’qsillarga nazru sadaqalar ulashgan.

Sohibqiron o’ta tahlikali onlarda ham sarosimaga tushmas, hissiyotga berilmas, metinday mustahkam irodasi ikkilanishga, qat`iyatsizlik ko’rsatishga aslo yo’l qo’ymas edi. Biror marta ham mag’lubiyat («loy jangi» bundan istisno) alamini tortib ko’rmagan muzaffar qo’shin oliy bosh qo’mondonning har qanday og’ir va chigal vaziyatdan ham tadbirkorlik bilan chiqib ketishiga butun vujudi bilan ishonar. Shuning uchun g’anim bilan faqat g’alabani ko’zlagan holda jon-jahdi bilan jang qilar edi.

Sohibqiron jang maydonini tanlashda bevosita ishtirok etgan. Janggohning tekis, keng va qo’shin qismlarini joylashtirishga qulay bo’lishi talab qilingan. Ayniqsa, ma`rakagohning ichimlik suv manba`iga yaqin bo’lishi hamda razm vaqtida quyosh nurining jangchilar ko’ziga tushmasligi maqsadga muvofiq hisoblangan.11

Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga mahcha-yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tug’lar bilan bezatilgan oliy bosh qo’mondonning borgohi balandlikka tikilgan. U erdan qism va bo’linmalarning maydondagi harakati, jangning borishi Temurbek tomonidan kuzatib turilgan. Odatga ko’ra borgoh oldida harbiy orkestr askarlarni mardlikka rag’batlantiruvchi, ularning jangovar ruhini ko’taruvchi kuylarni tinimsiz chalib turgan.

Temurbek qo’shini zabt etilgan qal`a, shahar va viloyatlarni o’zboshimchalik bilan g’orat qilish huquqidan butunlay mahrum edi.

Sohibqiron janglarda mardlik va qahramonlik namunalari ko’rsatgan har qanday raqibini xurmat qilar, jangchilarini undan o’rnak olishga undar edi. Bunga tarix shohid.

Temur jahon harb san’ati tarixida birinchi bo’lib qo’shinni jang maydonida yeti qo’lga bo’lib joylashtirish tartibini joriy etdi.

Tarixiy manbaalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, otliq askarlar Temurbek armiyasining zarbdor qismi hisoblangan, ular og’ir va yengil qurollar bilan qurollangan suvoriy guruhlarga bo’lingan. Yoy, sadoq va qilich bilan yengil qurollangan otliqlar asosan razvedka va soqchilik bilan shug’ullanganlar, o’ta zarur chog’dagina dushman kuchlari bilan jang qilish huquqiga ega bo’lgan.

Dubulg’a, zirih (sovut), qilich, yoy, sadoq, qalqon va nayza bilan ta’minlangan og’ir qurolli suvoriylar sara jangchilardan tuzilgan, g’animning asosiy zarbasiga qarshi turgan, jang natijasini hal etishda katta rol o’ynagan.


Xulosa: Amir Temurning markazlashgan davlat tashkil topishidagi o’rni, mamlakat siyosatiga qo’shgan hissasi va mustaqilligimizdan so’ng Sohibqiron shaxsiga ko’rsatilgan e’tirof.

Shunday qilib, 1370-1407 yillar mobaynida, ya`ni 35 yil Samarqand taxtini boshqargan Sohibqiron Amir Temur Ko’ragoniy buyuk saltanatga asos soldi. U umri davomida 30 martadan ortiq harbiy yurishlar uyushtirdi va biror marta bo’lsada engilmadi, dunyodagi 27 mamlakatni egalladi. Amir Temur tuzgan salatanat sarxadlari janubda Arabiston yarim orollari va Hindiston erlaridan shimolga to Maskov knyazligiga qadar, sharqda Xitoy hududlaridan g’arbga tomon O’rta Er dengizi va Misr davlatlari erlarini ham o’z ichiga olgan hududlarga qadar cho’zilib ketgan.

Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu-jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida ta’kidlash kerakki, uning faoliayti qo’yilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1360-1386)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yo’lida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo’lgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliayti O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yo’lida shubhasiz, ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va mo’g’ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida bo’hronga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi.

Amir Temur so’zlariga binoan siyosat bilan maqsadga erishish mumkin bo’lgan yerda qurol bilan harakat qilish noto’g’ridir. Urush boshlashdan avval dushman qo’shinlarining qurol ishlatish usullarini o’rganish, hujum va chekinish uchun qulay yo’llarni bilib olish, dushman qo’shinining ruhiyatiga hamda ularning hokimlari valashkarboshilari fazilatlariga ta’sir etish vositalarini topish kerak. Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik kerak. Biror davlatda zolimlik, zo’ravonlik, jabr-zulm kuchli bo’lsa, Amir Temur fikricha, har bir adolatli hukmdor bunday zo’ravon davlatga qarshi urush e’lon qilishi kerak va bunday sharoitda Tangrining o’zi unga madadkor bo’ladi.12

Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarning markaziymaydonlarida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), “Amir Temur” ordeni ta’si etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg’armasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va she’riy hamda nasriy asarlar yaratildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1I.Karimov “Sohibqiron kamolga yetgan yurt” T.1996

2.I.Karimov “Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir” T.1996

3.I.Karimov “Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamrohlik ruhi bizga namuna bo’laversin” Asarlar, 4-j., T. 1996;

3.Amir Temur jahon tarixida, Parij. 1996

4.Hamidulla Dadaboyev Amir Temurning harbiy mahorati T. 1996

5.Temur tuzuklari, forschadan Alixon Sog’uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi T. 1991

6.Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), T. 1992

7.Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T. 1996

8.Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T. 1997

10. Mixail Ivanin Ikki buyuk sarkarda T. 1994

11. A.Yu.Yakubovskiy “Temur va temuriylar davrida Samarqand” L, 1933, 15-16-betlar

12. Ibrohim Mo’minov “Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni” T, 28-29-betlar

13 “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” II kitob, 99-100-b

14. H. Dadaboyev “Amir Temurning harbiy mahorati” 8-9-b



16.Mirxond. Ravzat us-safo… 176-179-b



1 R.Shamsiddinov “vatan tarixi”

2 Xondamirning “Habib us-siyar” kitobida keltirilgan ma’lumotlar.

3 I.Karimov “Sohibqiron kamolga yetgan yurt” T.1996

4 Ibrohim Mo’minov “Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni” T, 28-29-betlar

5 Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T. 1997

6 Amir Temur jahon tarixida, Parij. 1996

7 Ibrohim Mo’minov “Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni” T, 28-29-betlar

8 Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), T. 1992

9 Temur tuzuklari, forschadan Alixon Sog’uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi T. 1991

10 Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), T. 1992

11 Mixail Ivanin Ikki buyuk sarkarda T. 1994

12 I.Karimov “Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamrohlik ruhi bizga namuna bo’laversin” Asarlar, 4-j., T. 1996;

Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling