1. Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. Suvda о ‘tkaziladigan о yinlar: «Suvda quvlashmachoq»


Download 61.06 Kb.
Sana25.02.2020
Hajmi61.06 Kb.

Bilet – 15

1. Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar.

Suvda о ‘tkaziladigan о yinlar: «Suvda quvlashmachoq», «Tez suzish», «Suv ostida suzish», «Qurbaqa va laylak», «Cho’rtan baliq».

Suvda o ‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv mashqlaridan biri bo'lgan g‘owoslik juda qadimiy kasblardan biri bo‘lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi — suvda cho‘milish, sho‘ng‘ish, suvdan suzib o‘tish, suv kechish, suvda quvlashmoq. suvga biron narsani, masalan, suvda cho‘kmaydigan yog‘och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi — ermak, ko‘ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o‘yinJardir. Bular. suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim o‘zarga otmoq, ya’ni babslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni «qaymoq» o‘yini deb o‘ynashadi. O'yinda toshning suvga necha marta tegib sakrab «qaymoq» hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim ko‘p «qaymoq» hosil qilsa, o'sha g'oiib sanaladi. Devonda bolalar o‘yinlarining turi ko‘p uchraydi. Ularning ba’zilari yo‘l-yo‘lakay sanab o ‘tilgan bo‘Isa, ba’zi-bir o‘yinlar tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalaming qorong‘ida kelib «kurgon» olishlari — «Ko‘ragumi» deyilsa, bir to ‘daning ikkinchi to‘dani chaqqonlik bilan asir olishlari «Bandol» deb atalgan. Shuningdek, «Jangli-mangli» degan o‘yin turi ham bor. Oshiq o‘yini, to‘p o‘yini, cho‘pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari, qizlarning arg‘imchoq o‘yifilari ham birma-bir sanab octilgan. 0‘sha davrdagi ko‘pgina o‘yinlar bolalaming hozirgi davrdagi o‘yinlarini eslatadi. Masalan, «0‘tish-o‘tish» deb atalgan o‘yin «Kesak kuydi», «Darra soldi», «Musht ketdi» o‘yinlariga o‘xshab ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko‘l bo‘ylarida bolalaming «Muguz-muguz» nomli qadimiy o‘yini o‘ynalgan. Devonda «Oqsuyak» o'yini misol tariqasida keltiriladi. Alisher Navoiy ham o‘zinmg «Mahbub ul-qulub» asarida «Oqsuyak» o‘yinining ta’riflni beradi. Mahmud Qoshg‘ariy devoni XI asrda bitilgan bo‘lsa, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar «Oqsuyak» o‘yinini xuddi o‘sha qoida asosida o‘ynaydilar. «Oqsuyak» o‘yini nafaqat 0 ‘rta Osiyoda, balki yer kurrasining ko‘p joylarida keng tarqalgan. Bu o‘yinni Yevropaning Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda o‘qish mumkin. Hattoki, ushbu о‘vin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, xalq o‘yinlari hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o‘yin!ar xalqlar, elatlar orasidagi o‘zaro do‘stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

2. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik.

Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.

Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:

— o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;

— o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;

— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;

— hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish.

O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.

KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi.



Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar

Har xil mehnat turlariga tavsif berganda uning jismoniy og‘irligi va asab-ruhiy tizimga ko‘rsatgan ta’siriga e’tibor qaratiladi. Mehnatning jismoniy og‘irligi deganda ish vaqtida jismoniy zo‘r berish hajmining yig‘indisi tushuniladi. Mehnatning asabruhiy zo‘riqishi deb ish bajarish paytidagi emotsional yuklama darajasiga aytiladi. Mehnatning asab-ruhiy zo‘riqishi aqliy va jismoniy turlarga ajratiladi. Mehnatning bu ikki asosiy turi uchinchi — aralash mehnat turini keltirib chiqaradi.

Jismoniy og‘ir mehnatga kon qazuvchi va po‘lat quyuvchilarning kasblarini namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mehnat faoliyati zamirida sezilarli muskul zo‘riqishi yotadi. Og‘ir jismoniy mehnat turiga, shuningdek, yengil atletika, velopoyga, og‘ir atletika, chang‘i sporti va boshqalar ham kirishi mumkin.

Aqliy mehnat turiga hisobchi xodimlar, EHM operatorlari va dastur tuzuvchilar, olimlar, ijodkor kishilar va boshqalarning mehnatini kiritish mumkin. Shunga qaramay ularning faoliyatida to‘liq yoki qisman jismoniy mehnat komponenti ishtirok etadi.

Texnika taraqqiyoti bilan og‘ir ishlab chiqarish mehnati ko‘proq har xil mexanizmlar zimmasiga yuklatilmoqda, insonga esa aksariyat hollarda boshqarish va nazorat qilish vazifasi qolyapti. Ishlab chiqarish avtomatlashgani sari inson mehnati jarayonida jismoniy yuklama doimiy ravishda kamayib bormoqda. Biroq hali ham yordamchi ishchilar, boshqaruvchilar, montajchilar, jihozlarni ta’mirlovchilarning jismoniy mehnat hissasi yetarlicha yuqori. Shunga qaramay, avtomatika, robot texnikasining rivoji inson ruhiy zo‘riqishi barqarorligini, ishlab chiqarishning ilgarilashi to‘g‘risidagi katta axborot oqimini o‘rganishni, tez qabul qilishni talab qilmoqda.

Bajariladigan jismoniy ishning hajmi va quvvatini hisoblashda har xil o‘lchov birligi qo‘llaniladi: ko‘tariladigan yuk massasi, bosib o‘tilgan yo‘l, ishga sarflangan vaqt va boshqalar. Inson bajargan ishni aniqlashning aniq va ilmiy asoslangan maxsus usullari, uning ish qobiliyatiga yarasha tavsiyalar berilgan va joriy qilingan. Buning uchun YQT yoki tomir urish ko‘rsatkichlari yig‘indisi vaqt birligida organizmning kislorod iste’mol qilishi va butun ish davrida mazkur ishga sarflanadigan energiya

(kkal), KDJ va boshqalarda o‘lchanadi. Ushbu metodlar yordamida olingan natijalar jismoniy mehnatning og‘irligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bajarilgan mehnat shartli ravishda juda yengil, yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir va o‘ta og‘ir ishlarga bo‘linadi. Masalan, juda yengil mehnat umumiy va sutkalik energiya sarfini talab qiladi, bu asosiy modda almashuvining (2300 kkal atrofida) o‘rtacha miqdoridan oshadi, YUT esa oshmaydi, odatda, bir daqiqada u 80 zarbadan yuqorini tashkil qiladi. Bundan farqli o‘laroq, juda og‘ir jismoniy mehnat sutkalik energiya sarfini 4000 dan 6000 kkal gacha, ayrim holatlarda esa bundan ham yuqori bo‘lishini talab etadi. Bunday paytlarda YUT eng ko‘p miqdorda bo‘ladi, ya’ni bir daqiqada 180–200 zarbaga yetadi. Bunday ishni yaxshi mashq qilgan kishilargina bajarishlari mumkin, o‘shanda ham uzoq vaqt davomida emas.

Jismoniy mehnatning og‘irligini o‘lchash yoki baholash nisbatan yengil bo‘lsa, aqliy mehnatning emotsional-ruhiy zo‘riqishini o‘lchash va tasniflash hiyla og‘ir. Bu o‘rinda ishlab chiqarishning borishi to‘g‘risidagi katta axborot oqimini, ya’ni jismoniy ishni o‘lchash paytida foydalaniladigan fikrlash usullarini qo‘llab bo‘lmaydi. Buni faqat YUT ni o‘lchash orqali bilish mumkin. Misol uchun uchuvchi-sinovchi yangi samolyotda bir soatlik uchishda 3 kg dan 4 kg gacha vazn yo‘qotadi, uning yurak urishi keskinlashib, bir daqiqada 200 zarbaga yetadi. Og‘ir jismoniy mehnat paytlarida ham bunday holat yuz bermaydi.

Mehnatning aralash turlari —bu (zamonaviy ishlab chiqarishda ko‘pchilikni tashkil qiladi) inson organizmiga jismoniy og‘irlik yoki asab-ruhiy zo‘riqish ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lib, unga, ko‘pincha, o‘rta bo‘g‘indagi mutaxassislar hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari o‘quvchilari mehnati kiradi.

Mutaxassislar mehnat sharoiti va ular boshdan kechiradigan zo‘riqishlarga bir qator misollar keltiramiz.



Yer ostida ishlaydiganlar mehnati. Uzoq vaqt joyidan siljishlar va majburiy holatlarda (bukilib, o‘tirib, tizzalab, yotib) mehnat operatsiyalarini bajarishda, quyosh nuri va kislorodning yetishmasligida, nafas olishdagi qiyinchilik va havoning gazlashganligi, yorug‘likning pastligida, shuningdek, katta hajmdagi turli axborotlarda kuzatiladi.

Charchoq, ko‘pincha, og‘ir jismoniy mehnat va uning asab zo‘riqishiga ko‘ra paydo bo‘ladi, shuningdek, diskomfort sharoit, ya’ni changga to‘lalik, yuqori namlik va hokazolar tufayli ham yuz beradi. Bunday mehnat ishchilardan mustahkam sog‘liq, yuqori darajadagi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi.

Ilmiy texnika inqilobi yer ostida ishlovchilarning mehnat sharoitini tubdan o‘zgartirib yubordi. Qazib olib uni tashqariga chiqaruvchi texnika va transport mehnatidagi jismoniy qiyinchiliklarni sezilarli kamaytirdi, qisman yer ostida bo‘lish paytidagi diskomfort sharoitni bartaraf qildi. Natijada o‘rta bo‘g‘indagi mutaxassislar ishida asab-ruhiy zo‘riqish nisbatan kamaydi.

Qishloq xo‘jaligidagi mutaxassislarga: agronomlar, zootexniklar va boshqalar mehnati kiradi. Ish kunining uzunligi va dam olishning yetishmasligi, doimiy faol harakat, yil davomidagi umumiy ish va harakat yuklamasidagi mavsumiy nomutanosiblik, aralash ish, manzildan manzilga siljishda piyoda yurishdan, otdan, mototsikldan, avtoulovdan foydalanish, tayanch-harakat apparatiga tushadigan katta yuklama, sezilarli jismoniy va ish kuni oxiriga borib aqliy-emotsional charchash ularga xos xususiyatlardir.

Bu kabi mutaxassislardan mehnat va dam olish tartibi haqida, turli mashina va mexanizmlardan foydalanish paytida xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida, chiniqishning asosiy usullari haqida, quyi bo‘g‘inlarning mehnat usullari o‘zgarishi to‘g‘risida, ishlovchilarning faol dam olishlari uchun jismoniy madaniyat va sport vositalaridan foydalanish haqida bilimga ega bo‘lish, turmush sharoitini ko‘ngildagidek tashkil qilish talab qilinadi.



Quyish sexlari, domna va prokat ishlab chiqarish mutaxassislari. Ular xomashyoni tayyorlash, metallarni silliqlash, ularni qoliðga solish va kesib, tozalash operatsiyalarini atrofni o‘rab turgan havo haroratining keskin o‘zgarishi paytida, har xil shovqin va umumiy tebranishlar sharoitida bajaradilar. Bu kasb egalari texnologik jarayonni vizual va instrumental kuzatib, mashina va agregatlarda ishlaydilar.

Shu bois, ushbu kasb egalari quyidagi sifatlarni o‘zlarida tarkib toptirgan bo‘lishlari kerak:



  • chaqqonlikning yuqori darajasi, yaxshi rivojlangan muvoza-natni saqlash va vestibulyar turg‘unlik, atrofni o‘rab turgan havo haroratining keskin o‘zgarishiga chidashni;

  • irodaviy sifatlarning yuqori darajasi — jasurlik, jasorat, qat’iyatlikni;

  • yurak qon-tomir va nafas olish hamda asab tiziminingyaxshi holatini.

Zamonaviy domna va prokat ishlab chiqarishining mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi ishchilar va muhandistexnik xodimlarning mehnatini yengillashtirdi.

Kemada suzuvchilar tarkibidagi ishchilarning jismoniy mehnati ham avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning o‘sishi bilan kamaymoqda.

Dengizchilar mehnati va turmushida yetishmayotgan harakat faolligi jismoniy mashqlarga katta e’tiborni talab qiladi. Shuning uchun dengizchilarga suzish, sho‘ng‘ish, suvga sakrash, eshkak eshish va boshqalar bilan ko‘proq shug‘ullanish zarur bo‘ladi. Chaqqonlik va harakat koordinatsiyasi, tezkorlik va sezgirlik harakati, ya’ni reaksiyalar aniqligi, chayqalishga chidamlilik, o‘zgaruvchan iqlim va haddan tashqari issiqlikka moslashish kabi zaruriy jismoniy sifatlar dengizchilarda tarkib topgan bo‘lishi kerak.

Fuqarolik aviatsiya xizmati mutaxassislarining mehnat sharoiti ham o‘ziga xosdir. Mexanik va radistlar yil davomida ochiq havoda har xil ob-havo sharoitida ishlaydilar. Ularning barcha faoliyati, asosan, 15 metr balandlikda, chegaralangan tayanch maydonida (narvonda) o‘tadi. Ishchi holati bir xil va noqulay (cho‘kka tushib o‘tirib, bukilgan holatda, qo‘llari yuqoriga ko‘tarilgan va hokazo), uzoq vaqt zo‘riqish bilan o‘tadi. Smena davomida muhandislar, texnik xodimlar, rahbarlar ko‘p yuradilar. Shuning uchun ularning mehnat sharoiti har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni, asosiy muskul guruhlari kuchini, ayniqsa, maxsus chidamlilikni, uzoq vaqt davomida o‘ziga xos ishlarni bajara olish ko‘nikmasini, egiluvchanlikni talab qiladi.

Elektr tarmoqlarida ishlovchilar mehnati. Bu kasb egalaridan yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy tayyorgarlik talab etiladi. Shuningdek, yuqoriga tirmashib chiqish, chegaralangan tayanch maydoni bo‘ylab siljish, yuklarni olib o‘tish, o‘zini o‘zi muhofaza qilish, chidamlilik, kuch, chaqqonlik, aniq harakat koordinatsiyasi va reaksiyasiga, jasurlik, vestibulyar barqarorlik, o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlash malakasiga ham ega bo‘lishi lozim.

Ko‘p yillik amaliyot va o‘tkazilgan sinovlarning ko‘rsatishicha, energiya tarmoqlarida ishlovchilar yuqori kasbiy salohiyatga erishishlari uchun alpinizm, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurash, og‘ir atletika bilan doimiy shug‘ullanib turishlari kasbiyamaliy samara beradi.



ABT (avtomatik boshqarish tizimi), EHM mutaxassislarining mehnati o‘ziga xos bo‘lib, ular turli jihozlar yordamida ishlarni uzoq vaqt kuzatish va nazorat ishlari katta oqimida axborotlarni qayta ishlash va murakkab bo‘lgan harakatlarni tez va aniq hamda sezilarli darajada emotsional-irodaviy zo‘r berish bilan bajarishlari lozim.

Kasblar orasida doimiy qo‘l barmoqlari zo‘riqishi bilan ishlaydigan hisoblash mashinasi operatorlari, pianinochi, tikuvchi, telegrafchilar bor. Bunday kasb vakillarining barmoqlari doimiy zo‘riqish bilan ishlashi natijasida qo‘l muskullarida, panja va barmoq bo‘g‘inlarida og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday holatlar yuz bermasligi uchun ishonchli vosita o‘zini o‘zi uqalash, maxsus jismoniy tayyorgarlik hisoblanadi. Ular chidamlilik, egiluvchanlik va barmoqlar harakatchanligining rivojlanishiga, inson ish qobiliyatining oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.

O‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari — bo‘lajak texniklar, operatorlar, pedagoglar, tibbiyot hamshiralari va boshqa kasb egalari — KAJTning asoslarini hamda jamoa bilan mashg‘ulotlarni uyushtirishni bilishlari muhimdir.

O‘quvchi va ishlovchilarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligini tashkil qilish shakllari

O‘quvchi va ishlovchilarning KAJT vazifalarini hal qilish uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

Nazariy mashg‘ulotlar suhbatlar, turli mavzuga doir kechalar va adabiy manbalarni mustaqil o‘rganish shaklida o‘tkaziladi. Tegishli kasb mutaxassislarining mehnat sharoiti o‘rganiladi, ularning psixofiziologik tayyorgarligiga ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining roli, shuningdek, ishlovchilarga KAJTning ijobiy ta’siri tushuntiriladi va muayyan talablar qo‘yiladi. Mutaxassis uchun kasbiy muhim bo‘lgan jismoniy sifatlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar har xil shakllarda o‘tkaziladi: KAJT bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, kasbiy-amaliy maqsad qo‘yilgan ommaviy sport tadbirlari; kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar va maxsus-amaliy sport turlari, individual mustaqil mashg‘ulotlar kasb xususiyatlariga moslashtirilgan holda ishlab chiqarish gimnastikasi (badantarbiya pauzalari) tashkil qilinadi.



KAJB bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar, kasbga doir zarur jismoniy sifatlarni takomillashtiradilar. Masalan, qishloq xo‘jaligi kollejlarida o‘quvchilar otni parvarish qilishga o‘rgatiladi va ularda otda yurish malakasi hosil qilinadi. Bir qator kollejlarda KAJT bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari uchun maxsus maydon yoki shaharchalar, maxsus trenajor qurilmalari bilan jihozlangan zallar qurilgan. Masalan, qurilish kollejlarida, balandlikda ishlaydigan montajchilar tayyorlashda ularga mo‘ljallab muvozanat saqlashni o‘rgatish maqsadida yotqizilgan to‘sinli inshoot o‘rnatiladi. Osma tebranib turadigan sport snaryadlari keng qo‘llanadi. O‘t o‘chirish texnik kollejida maxsus to‘siq chiziqlari chizilib, turli jihozlar o‘rnatiladi. Masalan, tog‘-kon kollejlari o‘quvchilari uchun kontrol mashq turlari ishlab chiqilgan.

  1. Kross (poyga)—1500 m dan 3000 m gacha.

  2. Marsh-brosok—6 km.

  3. Suzish: vaqt hisobga olinmaydi—100 m dan 500 m gacha.

  4. O‘tirib-turish: ikki oyoqda — 100 dan 350 martagacha,bir oyoqda — 15 dan 150 martagacha.

  5. Ko‘krakdan shtangani siltab ko‘tarish. Variantlari: tik turib,tizzada turib, chalqancha yotib 1—2 dan 8—10 martagacha. (Shtanganing og‘irligi gavda vaznining 45—80% ini tashkil etishi kerak.)

  6. Qo‘llarga tayanib yotib, uni bukib-yozish. Oyoqlarnigimnastika skameykasi ustiga qo‘yib,20 dan 40 martagacha bukib yozish.

  7. Chalqancha yotgan holatdan gavdani 30 dan 90 martagachako‘tarib-tushirish.

  8. 16 kg li toshni gimnastika skameykasidan oshirib o‘tkazishva teskarisi, tizzalarda turgan holatda toshni u yoqdan bu yoqqa 1 daqiqa ichida kim tez o‘tkazish.

  9. Yarimbukilgan qo‘llarda yotib tayanish (50 dan 110 soniyagacha).

  10. Oyoqlarni yelka kengligida qo‘yib, yuzni yuqorigaqaratib, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib 35 dan 85 soniyagacha gavdani yotiq holatda ushlash; yuzni pastga qaratib, 80 dan 130 soniyagacha 5 kg li to‘ldirma to‘pni qo‘llarni to‘g‘ri qilib ushlash.

  11. Gimnastika skameykasi ustida yurish va o‘tirib-turish(10 dan 35 martagacha).

  12. 15–20 m ga o‘tirib yurish; oyoq yordamisiz 10—15 m ga qo‘llarga tayanib yotib siljish — bukilib yurish. 5 –10 m ga tosh ko‘tarib yugurish (22—26 soniyada).

  13. 10 m ga tizzalarga tayanib emaklash: yon tomonga — 10 m; yerbag‘irlab sudralib — 10 m; 5 dan 15 kg gacha yuk bilan yurish (20—24 soniya.)

  14. 30 m ga 7,5—10 soniyada o‘tirib tez yurish.

  15. 20 m ga 10 kg li to‘ldirma to‘p bilan o‘tirib yurish. Qo‘llarga tayanib, 20 m ga oyoq yordamisiz emaklash. Cho‘qqayib o‘tirib, 20 m ga (27—44 soniyada) orqa bilan oldinga siljish.

Ishlab chiqarishda ishlaydiganlar uchun KAJT bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda, ko‘pgina sanoat korxonalarida salomatlik sexlari yaratilgan, salomatlikni tiklash markazlari, reabilitatsiya va faol dam olish hamda apparatli massaj seansini qo‘llash, funksional musiqa eshitish xonalari tashkil qilinmoqda.

Ko‘pchilik o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida KAJT bo‘yicha ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlarning kasbiy-amaliy yo‘nalishi kollejlararo spartakiadalar maqomini olgan. Musobaqa dasturiga alohida kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar, maxsus amaliy sport turlari kiritilgan. Har bir o‘quvchi KAJT bo‘yicha musobaqalarda qatnashib nafaqat yuqori shaxsiy natijaga erishishi, balki o‘z guruhi, kursi, bo‘limi, kolleji sharafini munosib himoya qilishi lozim.

KAJT bo‘yicha musobaqa dasturiga quyidagi mashqlar kiritilgan.


  1. Bir oyoqni yerga tekkizmay oldinga uzatib, boshqasi bilano‘tirib-turish. Chap, o‘ng qo‘llar oldinga („to‘pponcha“ qilib) uzatilgan holda.

  2. Oyoqlar gimnastika skameykasi ustida, gavdani to‘g‘ritutib, yerga tayanib qo‘llarni bukish va yozish.

  3. Toshni gimnastika skameykasidan oshirib, bir gal utomonga, bir gal bu tomonga olib qo‘yish. Tizzalarda turib, toshlarni o‘ng va chapga olib qo‘yish.

Mashq bir daqiqa mobaynida bajariladi. Bunda toshning o‘rindiq orqali necha marta olib o‘tilgani hisobga olinadi.

  1. Estafeta 3½2 m.

  1. o‘tirib 5—8 kg to‘ldirma to‘p bilan siljish, to‘p bukilgan

qo‘llarda, ko‘krak oldida;

  1. qo‘llarga to‘g‘ri tayanib yotib, oyoq yordamisiz siljish;

d) orqaga tayanib yotib, oldinga siljish.

Musobaqa g‘oliblari ko‘pkurash turlari bo‘yicha aniqlanadi. (birinchi o‘ringa — 1 ochko, ikkinchi o‘ringa — 2 va hokazo).

Ishlab chiqarishda ishlovchilar uchun ommaviy sport tadbirlari kasbiy-amaliy maqsad asosida belgilanadi va keng ko‘lamda o‘tkaziladi. Alohida kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar sayohat va uchrashuvlar dasturiga, salomatlik va sport kunlari, korxona va tashkilotlarning an’anaviy spartakiadalari, „Alpomish“, „Barchinoy“ maxsus testlari bo‘yicha brigada, sex va uchastkalar musobaqalariga kiritiladi.

O‘quvchilarning KAJT individual dasturida mashg‘ulotning maqsadi aniq ifodalanadi, qulay vositalar belgilanadi. Bunday vositalar maxsus amaliy sport turlarining alohida unsurlari, buyumlarsiz jismoniy mashqlar, buyumlar, espanderlar, trenajor va boshqalar bilan bajarilishi, shuningdek, ularga suv va chiniqish muolajalarini ham kiritish mumkin. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik ko‘nikma va malakasini tezroq egallash maqsadida yaqin sport inshootida, istirohat bog‘ida, o‘rmonlarda mustaqil ravishda shug‘ullanish ham yordam beradi.

Demak, mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘lajak xalq xo‘jaligi mutaxassislari oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi: kasbiy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni tez va mustahkam o‘zlashtirish; kelajakdagi mehnatga tayyorgarlikni yanada oshirish; kasbiy zarur jismoniy va axloqiy sifatlarni oshirish; barcha a’zolarni chiniqtirish — organizmni issiq va sovuqqa, ayrim mehnat sharoitiga xos bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshiligini oshirish. Bu vazifalar sizning qiziqishingiz va faol qatnashishingiz, jismoniy tarbiyaga, va xususan, KAJTga ongli munosabatda bo‘lganingizdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Siz o‘qishni tugatib egallagan kasbingiz bo‘yicha ishga kelasiz. Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda sizga jismoniy tarbiya sohasida olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringiz yordam beradi.

3. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodikasi.

Jismoniy sifatlarning asosiy belgilari

Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlar, jismoniy mehnat va sportda jismoniy sifatlar tushunchasi bir-biri bilan bevosita bog’langan. Ya'ni har kungi yurish-turish, o'quv jarayoni va jismoniy mehnatda “chaqqon”, “yengil”, “abjir”, “zo'r”, “kuchli”, “botir-jasur”, “bardoshli-chidamli” kabi xalq iboralari ko'p uchraydi. Ularning mazmunida fanda qo'llaniladigan “chidamlilik”, “kuchlilik”, “egiluvchanlik”, “chaqqonlik” kabi iboralar jismoniy sifatlar deb tushuniladi. Bular o'z navbatida “jismoniy tayyorgarlik”, “jismoniy rivojlanish”, “maxsus jismoniy tayyorgarlik”, “sport mahorati”, “sport shakli” kabi iboralar va tushunchalar bilan mujassamlashgan. Ularning eng muhim belgilari haqida ba'zi fikr-mulohazalar yuritish mumkin bo'ladi.



Chidamlilik belgilari

Insonlarning amaliy faol harakatlari, shuningdek, jismoniy sifatlar tana (gavda) a'zolarining funktsiyalari (faoliyati) bilan bevosita bog’liqdir. Ya'ni barcha faol harakatlar inson tanasining tez harakat qilishini, ya'ni nafas olish, yurak urishi, qon aylanishi, ichki a'zolarda moddalarning hazm bo'lishi, almashishini ta'minlaydi. Shu asosda juda ko'p biologik, kimyoviy va fiziologik o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bunday faol harakatlar negizida chidamlilikka doir mashqlar alohida o'rin tutadi. Chidamlilik deganda, ijtimoiy turmush sharoiti, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari (trenirovka) hamda sport musobaqalarida uchraydigan katta-kichik qiyinchiliklarga bardosh berish, chidash va uni yengish jarayonlari tushuniladi. Tabiiyki, bunday ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi yoki tug’ma omil emas. Chidamlilik belgilari va sifatlari juda ko'p mashqlarni takrorlash, uzoq vaqtlar mashq bo'lishini talab etadi. Chidamlilikda nafas olish, nafasni ichda saqlab turish, mushaklar va barcha bo'g’inlarning og’ir-yengil harakatlarni bajarishga odatlanishi ustuvor turadi. Chidamlilik belgilari va sifatlar ko'proq quyidagi faol harakatlarda uchraydi va belgilanadi. 1 Yengil atletikaning qisqa, o'rta va ayniqsa uzoq masofalarga (10-20 km. va undan ortiq) yugurish jarayonlarida nafas olishning qiyinlashishi, oyoqlar va qo'llarning charchashi, holsizlanishi sodir bo'ladi. Bu qiyinchiliklarga chidash uchun juda ko'p yugurish, mashq qilish lozim bo'ladi. Bu sifatlarni tarbiyalashda suvda suzish, piyoda yurish sayohatlari bilan qo'shimcha shug’ullanish tavsiya etiladi.

2. Kurash, boks, shtanga, qo'l kuchini sinash kabi sport turlarida mushaklar harakati (dinamik holat) yoki harakatsiz (statistik holat) ushlab turish (shtanga ko'krakda tutish) mashqlarida tana a'zolari (mushak, bo'g’in, nafasni saqlash, chiqarish va h.k.) zo'riqadi. Natijada nafas olish tezlashishi, qon tomirlari-yurak urishi kuchayishi kabi fiziologik jarayonlar yuzaga keladi. Ayniqsa, qo'llar, elka, bel va natijasida yuqoridagi faoliyatlar yengil o'tishini yoki ularga chidash imkoniyatlari yaratiladi.3. Suvda suzish, futbol o'yini (90 daqiqa davomida yugurish, to'p surish) va boshqa sport turlarida ham u yoki bu darajada toliqishi tabiiydir. Ularni yengish va bardosh berish uchun har bir shug’ullanuvchi ko'proq mashq bo'lishini talab etiladi. O'quvchi yoshlar va talabalar jismoniy tarbiya darslarida (yengil atletika, gimnastika, kurash va h.k.) charchashi, toliqishi tabiiydir. Chunki ko'pchilik yoshlarda jismoniy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik jihatlari to'la yetishmaydi. Shu sababdan eng avvalo, jismoniy rivojlanish va maxsus jismoniy tayyorgarliklarga ega bo'lishi lozimdir.

Kuchlilik belgilari

Kuchlilik-jismoniy sifatlarning asosi (otasi) hisoblanadi. Chunki uning qo'llanilish va bajarilish xususiyatlar, turlari barcha amaliy harakat faoliyatlarda, shuningdek, barcha sport turlarida o'ziga xos yo'l bilan qo'llaniladi va zaruriyati, ehtiyoji tug’iladi. Sport sohasida kuchlilik asosan shtanga, kurash, boks, qo'l kuchini sinash, tosh (gir) ko'tarishda qo'llaniladi. Yuqorida ta'kidlangan sport turlarida mushaklarning tortish, cho'zish, itarish, urish, saqlab turish (shtanga) va h.k. harakatlari orqali amalga oshiriladi.Bunda har bir sport turining xususiyati, texnik-taktik jihatdan harakatlarni bajarishda sekin, tez va tez-kuch sifatlar ishlatiladi. Mushaklarning kuchi (dinomometriya, stanometriya) va harakat tezligi (sekundomer, komppyuter va h.k.) asosiy o'rinda turadi, ular maxsus asboblar orqali o'lchanadi.Harakat tezligi (suzish, yugurish, to'pni urish, tepish va h.k.) kuch bilan bog’liq bo'lishi mumkin. Ya'ni suzish, yugurish, to'pni darvozaga zarb-kuch bilan tepishda texnik-taktik harakatlar, tezlik va kuchlar bir-biri bilan bog’lanib ketadi.Turnikda qo'llarga osilib tortilishda kuch va bajarish usuli (texnik) o'zaro bog’liqdir. Ya'ni elka, bo'yin va boshini yuqoriga ko'tarishda tezlik, oyoqlarni to’g’ri tutgan holda oldinga ozroq ko'tarish qo'llarda tortilishiga qulaylik tuqdiradi. Demak, kuchli bo'lish uchun tezlik sifatlarni ham egallash lozim bo'ladi.Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitimizda kuch ko'p ishlatiladi, masalan:

• to'la qopni (50-70 kg) ulovlarga (ot, eshak, mashina) ko'tarib ortish yoki uni tushirish. Bundan qo'llar, bel, oyoqlarda kuch bo'lishi lozim. Bu faoliyatni bajarish texnikasi ham turli xil bo'lishi mumkin. Ya'ni ikki qo'lda ko'tarish yoki quchoqlab olib ko'tarish;

• qishloq sharoitlarda kurash va ko'pkari (uloq) o'yinlarida “polvon” (kuchli) va chovondoz-polvon (yengil-kuchli) iboralari qadimdan buyon ishlatilib kelinadi. Bu fazilat va jismoniy sifatga (kuchli) ega bo'lish uchun ular ko'p yillar davomida mashqlar qiladi. Unda turli xil vositalar va usullardan foydalaniladi.

Xulosa shundaki, kuchli-polvon-chovondoz bo'lish uchun tug’ma qobiliyatlar ham bo'lishi kerak va ularni tinimsiz mashq qilish bilan rivojlantirish lozimdir.

Egiluvchichanlik belgilar

Egiluvchanlik belgisi va sifati ijtimoiy-turmush, mehnat va sportda muhim ahamiyatga egadir. Chunki har qanday amaliy harakat faoliyatlarda har tomonlama egilish, bukilish, o'tirib-turish, yotish, kerilish, do'mbaloq oshish kabi faol harakatlar bajarilishi tabiiydir. Bu belgilar hamda jismoniy sifatlarni bajarishda mushaklar, paylarning yumshoqligi, qayishqoqligi, bo'g’inlar egiluvchanligi asosiy o'rinda turadi. Misol tariqasida quyidagi turlar, sifatlarni ko'z oldiga keltirishning o'zi kifoyadir, ya'ni:

• gimnastika (erkin mashqlar), badiiy gimnastika, akrobatika, sinxron suzish (suv osti nafis gimnastikasi) va boshqa mashqlarda tezlik, kuchlilik sifatlar bilan egiluvchanlik holatlar mujassamlashib ketgan;

• shtanga ko'tarishda tizzalarga turish, shtangani ko'krakda saqlash (tirsaklar bukilishi), kurashdagi turli xil olishuvlar, elkadan oshirib yiqilishdagi holatlarda egiluvchanlik xususiyatlar katta ahamiyatga egadir.

• Boshqa sport turlarida ham o'zlariga xos egiluvchanlik harakatlar mavjud. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda trenajyor mashqlari, akrobatika, gimnastika, suvda suzish kabi turlardan maqsadli foydalaniladi.

O'quvchi-yoshlar va talabalar ham jismoniy tarbiya darslarida gimnastika, akrobatika, kurash elementlarini bajarishga odatlanishi va hayotda uchraydigan turli-tuman harakatlarda egiluvchanlik xususiyatlaridan maqsadli foydalanishni o'rganishlari lozim. Xulosa qilib aytganda egiluvchanlik mashqlari mushaklar, ularning tolalarini harakatlantirishda, ayniqsa, umurtqa pog’onalari, gavdadagi barcha bo'qinlarning harakatchanligini ta'minlashda xizmat qilishi bilan o'ziga xos sifatlarga egadir.



Chaqqonlik belgilari

Chaqqonlik-tezlik, epchillik, abjirlik kabi jismoniy sifat belgilarining mujassamlashishidir. Bunda mushak harakatlari va asab tolalari muhim vazifalarni bajaradi. O'z navbatida esa bo'g’inlarda suyaklarga tutashgan paylar, mushak tolalarining mustahkam bo'lishi, suyaklarni tutib turishda xizmat qiladi chunki, tez harakat qilishda bo'g’inlarning bo'shashi, cho'zilishi natijasida suyaklar o'z joyidan qo'zqalishi, chiqib ketishi mumkin. Bunday holatlar yuz bermasligi uchun mushaklarni kuch, egilish va chidash yo'llari bilan tezlik, chaqqonlikda ham tarbiyalash, chiniqtirish, mustahkamlash amalga oshiriladi. Chaqqonlik belgisi va sifatini tarbiyalashda juda ko'p xilma-xil mashqlar ishlatiladi. Ular nafas olish, qon aylanish, yurak urishi tizimlarini tezlashtirish, chiniqtirish bilan birgalikda tana (gavda) a'zolarining harakat birligini (kuch, egilish, chidash, tez) ta'minlaydi.Masalan: 30,60, 100 m masofalardagi vaqtga yugurish o'quvchi-yoshlar, talabalar va sportchilardan o'ta chaqqonlik, tezlikni talab etadi. Yoki balandlikdan (130, 140, 150 sm) tez va oson sakrab o'tishda chaqqonlik, epchillik kabi sifatlar ancha ustun turadi.Chaqqon belgilari (abjir, tez, yengil va h.k.) futbol, basketbol, voleybol, tennis kabi sport o'yinlarida ko'proq namoyon bo'ladi. Ya'ni to'pni raqibdan aldab olish, uni zudlik bilan sherigi yoki darvoza tomon yuritish, 3-4 kishini aldab o'tib, to'pni darvozaga tepib yoki bosh, ko'krak, elka bilan urib kiritish. Bunday holatlar basketbolda to'pni yuritish, savatga tushirishda hamda voleybolda yerga tushay degan to'pni etib olib, uni sherigiga uzatish, to'pni to'r ustidan zarb bilan urib raqiblar maydoniga tushirish kabi murakkab harakatlarda ko'rish mumkin bo'ladi.Xulosa qilganda, Chaqqonlik sport turlarining barchasida qo'llanuvchi eng muhim jismoniy sifatlardan biridir.Umuman aytganda jismoniy sifatlar turmush sharoit va ayniqsa sportda eng zaruriy omillardan biri bo'lib hisoblanadi.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalash va ta'minlashda maxsus jismoniy tayyorgarliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: qishki sport turlarida (futbol, suvda suzish, sport o'yinlari, qishki sport turlari va h.k.) maxsus jismoniy tayyorgarlik usullari ko'proq qo'llaniladi. Ya'ni musobaqalar nihoyasiga etgach, qisqa tayyorgarlik jarayonlarida maxsus jismoniy mashqlardan (gimnastika, akrobatika, shtanga, suvda suzish, trenajyor mashqlari va h.k.) maqsadli foydalanadi va jismoniy tayyorgarlik, sport mahoratlarni ta'minlaydi. Bunday holatlar boshqa sport turlarida ham o'ziga xos ravishda qo'llaniladi.Xulosa qilib aytilsa, jismoniy madaniyat va sport harakatida jismoniy tayyorgarliklar (umumiy va maxsus) asosan shug’ullanuvchilarning jismoniy sifatlarini (chidam, kuch, egiluvchanlik, chaqqonlikva h.k.) tarbiyalash, ular orqali mahorat ortirishga qaratiladi.O'quv yurtlari, maktabgacha tarbiya muassasalari va ishlab chiqarishda qo'llaniladigan jismoniy tarbiya vositalari, o'tkaziladigan ommaviy jismoniy tarbiya-sport tadbirlari aholining, ayniqsa, o'quvchi yoshlarning jismoniy barkamol bo'lishlarida xizmat qiladi. Shu asosda iqtidorli yoshlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini tarbiyalash yo'li bilan ularni sportga safarbar etishda maqsadli foydalaniladi. Bu jihatlarni talabalar mukammal rivishda egallashlari lozimdir.

Jismoniy tarbiyada sportning o'rni

Sport jismoniy tarbiyaning eng yuqori cho'qqisi va asosiy omili hisoblanadi. Sport bilan shug’ullanuvchilardan yuqori malaka, mahorat talab etish bilan birga, tana (gavda) a'zolarining mukammal rivojlanishi va murakkab harakatlarni bajarishga tayyorlaydi. Shu asosda u shug’ullanuvchilarning ma'lum darajadagi faoliyatlarini yakunlashga (razryad talablari, chempion, rekord va h.k.) asos bo'ladi.Sport turlari o'zining mazmuni, qoidalari va texnik-taktik jihatlari bilan bir-biridan jiddiy farq qilsa-da, sportchilarning jismoniy sifatlari u yoki bu darajada etarli bo'lishini taqozo etadi. Jismoniy tarbiya tizimida sport katta o'rin egallamoqda. Barcha bolalarning ilk jismoniy mashqlari mazmunida yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, muvozanat saqlash, to'p o'yinlari orqali kurash va boshqa juda ko'p sport elementlari o'z ifodasini topgan. O'quv yurtlaridagi “Jismoniy tarbiya” dasturida yengil atletika, gimnastika, futbol, voleybol, basketbol, qo'l to'pi, suzish, kurash, xalq milliy harakatli o'yinlari o'z o'rniga ega. Bu turlar o'ta yuqori sport talablari (klassifikatsiya) darajasida bo'lmasa-da, u jismoniy tarbiya vositasi sifatida o'z talablari, me'yorlari, miqdorlariga (me'yoriy asoslar) ega. Bu talablar jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti asosida ishlab chiqilib, qonunlashtirilgan, ya'ni dasturga kiritilgan. Davlat ta'lim standartlari (1999) asosida tasdiqlangan va amalda qo'llanilayotgan “jismoniy tarbiya” dasturi o'quvchi-yoshlar va talabalarning umumiy jismoniy tayyorgarligini ta'minlash bilangina chegaralanib qolmaydi. Uning mazmunidagi sport turlari elementlari iqtidorli yoshlarni haqiqiy sportga (mashg’ulotlar, musobaqalar) safarbar etmoqda. Shu sababdan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi nufuzli sport musobaqalari eng avvalo, o'quv yurtlaridan boshlanib, ularning yakuni Respublika miqiyosidagi katta sport bayramlari bilan nihoyasiga etadi. Bunday ulkan musobaqalarda yuqori natijaga erishgan sportchi yoshlar Respublika terma jamoalariga jalb etilib, maxsus tayyorgarlik va mahorat yo'llaridan o'tadi. Iqtidorli sportchilar esa Osiyo va Jahon miqiyosidagi eng yirik sport musobaqalarida qatnashishga muyassar bo'lmoqda.



Xullas, sport jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi, jismoniy tayyorgarlik va sport mahoratini oshirish maktabi hisoblanadi. Bu esa O'zbekiston shuhratini jahonga tanishtirish va yanada kengaytirishda xizmat qilmoqda. Shu sababdan O'zbekiston sportini yuqori pog’onalarga baland ko'tarish yo'lida katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda Respublika hukumati bevosita g’amho'rlik qilmoqda.“O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi prezidentning farmoni (24 oktyabr 2002 y.) va shu asosda qabul qilingan hukumat qarori (30 oktyabr 2002 y.) barcha tuman va shaharlarda sport maktablarining ish faoliyatini qayta ko'rib chiqish va ularni zarur sharoitlar bilan ta'minlash yo'lida ishlar qizg’in bormoqda. Bu muhim va o'ta ma'suliyatli tadbirning negizida yurtimizda jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish va sportni ommalashtirish bilan bir qatorda uni yuqori cho'qqilarga ko'tarishga qaratilgan, talabalar qanday kasb-hunar egallamasin va qaysi tarmoqda kelajakda mehnat faoliyatlarini yuritmasin aholi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shish yo'l-yo'riqlarini egallashlari zarurdir.

4. Kichik yoshdagi bolalarga beiladigan harakatli o’yinlar.
Mazkur yoshdagi bolalarga mos xarakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi xisoblanadi. Shuning uchun maktab dasturida o‘yinlar boshqa materiallarga nisbatan ko‘proq o‘rin oladi. Buning sababi shuki, dasto‘rga kiritilgan xar xil jismoniy mashqlarni bolalar turli o‘yinlar vositasida osonroq idrok qiladilar va o‘zlashtiradilar. Masalan, ularga yugurib kelib uzunlikka sakrashni o‘rgatish bo‘yicha aloxida mashg‘ulot o‘tkazilsa, o‘qituvchi qo‘ygan vazifa amalga oshmay qolishi mumkin. Chunki mashqni tushuntirish, amalda kursatish, bajarish va qanday bajarilganini aniqlash, xatolarni tuzatish va xokazolar bolalar uchun zerikarli bo‘ladi. Agar bu ishda "Buri zovur ichida" o‘yiniidan foydalansa, maqsadga osongina erishiladi. III-IV sinflarda xarakatli o‘yinlarning asosan darsning asosiy va yakunlovchi qismida o‘tkazish tavsiya etiladi, chunki dasturda darsning kirish qismida saf mashqlarini o‘tkazish belgilangan. O‘yinlarda yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg‘itish kabi harakatlar bajarilishiga aloxida e'tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan asosan oddiy va o‘rtacha murakkablikdagi o‘yinlar o‘tkaziladi. Agar bolalar yetarli tayyorlangan bo‘lsa, yanada murakkabroq, ya'ni komandalarga bo‘linib ijro etiladigan o‘yinlarni xam o‘tkazish mumkin. Bolalar bu o‘yinlarda "Bir qishi xamma uchun, hamma bir qishi uchun" prinsipi bo‘yicha birgalikda harakat qiliishni o‘rganadilar. Bu xol butun jamoaning, komandadagi barcha ishtirokchilarining ma'suliyatini orttiradi. Komandali o‘yinlar yetarli darajada chaqqonlik, xozirjavoblik, farosatlik va jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi va ayni vaqtda bu xususiyatlarni takomillashtiradi. Jismoniy tarbiya darslari ko‘pincha turli o‘yinlardan iborat bo‘ladi va ularga gimnastika xamda sport o‘yinlarining asosiy turlari basketbol, voleybol va xokazolar xam kiritiladi. O‘qituvchi xarakatli o‘yinlar yordamida jismoniy mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘tqazadi va III-VI sinf o‘quvchilarida turli harakat ko‘nikmalarini xosil qiladi. III-VI sinf o‘quvchilari xarakatli o‘yinlarda qatnashganlarida ularning harakatlari faollashib, tartibli va aniqroq bo‘lib boradi. 9-10 yoshli bolalarning o‘yinlari birmuncha murakkablashtiriladi. Agar o‘qtuvchi o‘z oldiga o‘quvchilarda sportning biror turi bo‘yicha harakat ko‘nikmalarini xosil qilish vazifasini qo‘ysa, ayrim darslar shu vazifani bajarishda yordam beradigan o‘yinlardan iborat bo‘lishi mumkin. Shuni xam nazarda tutish xam kerakki, o‘yin darslarinii o‘tkazish o‘quvchilardan ayrim o‘yin harakatlarini ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiladi. O‘yin darslarini xar o‘quv choragini oxirgi o‘n kunliklarida o‘tkazish maqsadga muvoofiqdir. Chunki shunda o‘qituvchiga bolalar qanday harakat ko‘nikmalarini egallagani imkonini beradi. Xarakatli o‘yinlar III-VI sinflar darsliklarida xam ancha keng o‘rin oladi. Bu sinflardagi xarakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darslarida xosil qilingan harakat ko‘nikmalarini takomilashtirish va mustaxkamlash uchun xizmat qiladi. Darsning asosiy qismi muayyan vazifani amalga oshirishga masalan, basketbol o‘yining asosiy elementlarini o‘rgatishga doir o‘yin materiallaridan iborat bo‘lsa, uning kirish qismida "To‘plar poygasi" singari xarakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bunday xollarda darsning asosiy qismiga "Ovchilar va o‘rdaklar", "Otishma" o‘yinlari kiritiladi. O‘yinlardan foydalanishda faqat ularning elementlari kanchalik tez bajarilganini emas, balki bajarilish sifatlarini xam aloxida xisobga olish zarur.

5. Harakatlarni va jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubi.

Rivojlanishning o‘sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining ko‘tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. eng jo‘shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to‘g‘ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi.

Jismoniy rivojlanish ob’ektiv biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O‘qituvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o‘qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardir.

Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste’dodli bolalarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. CHunki iste’dod nasldan-naslga o‘tadi. SHuning uchun yuqori sport natijalariga har qanday o‘quvchi ham erisha olmaydi. Har bir shug‘ullanuvchi maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga muntazam, vijdonan ishtirok etish sharoitida o‘zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta’minlashi mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun “Jismoniy tarbiya” nomini olgan maxsus yo‘naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi.



1.2.3.Jismoniy tarbiya

Jismoniy tarbiya bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, uning maqsadi o‘quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko‘nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.

1-chizma. Jismoniy tarbiya maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Jismoniy tarbiyaga tegishli o‘ziga xos vazifalardan kelib chiqib, uning jismoniy ta’lim berish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash kabi ikki tomonini qarab chiqish mumkin.

Jismoniy ta’lim o‘quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko‘zda tutadi.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon bo‘lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko‘nikmalarini yaxshilash. YAgona jarayonning bu tomonlari o‘zaro mustahkam bog‘langan, masalan, agar o‘quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o‘zlashtirish maqsadi bilan ko‘p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o‘zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko‘p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.

Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni shug‘ullanuvchilarga nafaqat jismoniy, balki ma’naviy ta’sir ham ko‘rsatadi. Buning oqibatida bu jarayon tarbiya vazifalarini echish uchun qulay sharoitlar yaratadi (1-chizma).


1.2.4. Jismoniy madaniyat
Jismoniy madaniyat – jamiyat a’zolarini jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, uslublar va sharoitlarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning yig‘indisidir.

Jismoniy madaniyatning vazifalari quyidagilardir:



  • faoliyatni oqilona me’yoriy mustahkamlash;

  • madaniy axborotni jamlash, aks ettirish va uni avloddan avlodga etkazish;

  • shaxslararo kommunikativ munosabat o‘rnatish, aloqa qilishga ko‘maklashish;

  • insonning biologik, sog‘lomlashtiruvchi ehtiyojini qondirish, uning jismoniy holatini yaxshilash va jamiyat a’zosi sifatida Vatan oldidagi majburiyatini bajarish uchun, kundalik hayot uchun zarur layoqat darajasini ta’minlash.

Download 61.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling