1. Tabiat zonalari. Balandlik mintaqalari. Tabiat zonalari


Download 146.43 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi146.43 Kb.
#237336
Bog'liq
10 (1)


Mavzu: Janubiy Amerikaning tabiat zonalari va balandlik mintaqalari

Reja:

1. Tabiat zonalari.

2. Balandlik mintaqalari.

Tabiat zonalari. Materikda kenglik va balandlik tabiat zonalligi kuzatiladi. Uning tekislik qismida ekvatorial, subekvatorial o‘rmonlar, savannalar, dasht, chalacho‘l, cho‘l va keng bargli o‘rmonlar zonalari shakllangan. Ekvatorial o‘rmonlar zonasi.Janubiy Amerikada ekvatorial o‘rmonlar zonasi ekvatorning har ikki tomonida joylashgan. Ekvatorial o‘rmonlar bu yerda selva(portugalcha, „o‘rmon“) deb ataladi. Janubiy Amerikada ekvatorial o‘rmonlar kata maydonni egallagan. Amazonka havzasidagi o‘rmonlar egallagan hududlarga Amazoniyadeb nom berilgan. Faqat Braziliya Amazoniyasidagina 4 000 ga yaqin daraxt turi uchraydi. Amazoniya ko‘pgina qimmatbaho daraxtlar — kauchuk beradigan geveya daraxti, palmalarninghar xil turlari, kakao daraxti, seyba (paxta) daraxti (balandligi 80 m), qovun daraxti va boshqalar vatani hisoblanadi. Eng yengil va qattiq bals daraxti shu zonada o‘sadi. Undan T. Xeyerdal o‘zining „Kon-Tiki“ kemasini yasagan. O‘rmonlarda yirik daraxtlar tanasiga chirmashib ketgan chirmoviq o‘simliklar o‘sadi. Afrikadagidek bu yerda ham ekvatorial o‘rmonlar tagida podzollashgan laterit tuproqlar —qizil-sariq ferralitlar vujudga kelgan.

Zonaning hayvonot dunyosi Osiyo va Afrika hayvonlari kabi, daraxtlarda yashashga moslashgan. Masalan, dumi bilan osilib yashashga moslashgan maymunlar, yalqovlar, hatto qurbaqa va kaltakesaklar ham daraxtlarda yashaydi. Daryolar bo‘yida, suv havzalarida va botqoqli yerlarda tuyoqli hayvonlar — tapirlar va suv cho‘chqasi — karibarlar, eng yirik bo‘g‘ma anakonda iloni, yirtqich piranyabalig‘i — „daryo odamxo‘-ri“ (17- rasm) yashaydi. Qalin o‘rmonlar orasida yirtqich hayvonlardan yaguar uchraydi. Qushlardan kolibri qushi, xilma-xil to‘tilar, katta shaftolixo‘rlarko‘p tarqalgan. Yirik kapalaklar, yaltiroq qo‘ng‘izlar, o‘rgimchaklarva chumolilarning xilma-xil turlari bor. Subekvatorial o‘rmonlar zonasi.Bu zona Braziliya hamda Gviana tog‘liklarining shimoliy yonbag‘irlarini egallaydi. Braziliya tog‘ligidagi o‘rmonlarda yomg‘irli mavsum uzoq davom etadi, qurg‘oqchil davr esa uch-to‘rt oygacha cho‘ziladi. Shu sababli o‘rmonlarda bargini to‘kadigan daraxtlar soni orta boradi. Subekvatorial o‘rmonlarda yiliga 2 000 — 3 000 mm yog‘in yog‘adi. Gviana tog‘ligining shimoliy qismida yog‘in bundan ham ko‘p yog‘adi. Natijada doimiy yashil o‘rmonlar tarkib topgan. Savannalar zonasi subekvatorial iqlim mintaqalari hududidagi pasttekisliklarda, yassi tog‘liklarda tarkib topgan. Savannalarning hayvonot dunyosida kichik bug‘ular— mazamlar, yovvoyi cho‘chqalar— pekarlar, zirhlilar— shox moddadan iborat qalqoni bo‘lgan sutemizuvchi hayvonlar, chumolixo‘r, kemiruvchilar, yirik qushlardan nandu tuyaqushiyashaydi. Bu zonada sernam savanna o‘rmonlari, quruq savanna, cho‘lga aylangan savanna, siyrak o‘rmonli savanna va butazorli savanna tabiat komplekslari mavjud. Dashtlar zonasi.Dashtlar Janubiy Amerikada pampa(indeyeslar tilida „daraxtsiz yerlar“) deb ataladi. Dashtlarda, aso san, o‘t o‘simliklaridan chalov, betaga, yovvoyi tariqva boshqalar uchraydi. Sernam subtropik iqlim sharoitida hosildor qizil ferralit tuproqlar hosil bo‘lgan. Pampalarda lamalar, tuyaqushlar, pampa bug‘usi, pampa mushugiva boshqa hayvonlar yashaydi. Cho‘l va chalacho‘llar zonasi. Janubiy Amerikada tropic cho‘llar yo‘q. Faqat Tinch okean sohillarida sovuq Peru oqimi ta’sirida Atakama cho‘li tarkib topgan. Bu cho‘lda yiliga 25 — 100 mm yog‘in yog‘adi, ba’zan yog‘in yog‘maydi. Cho‘l o‘simliklari namlikni tuman va shudringdan oladi. Mo‘tadil iqlim mintaqasidachalacho‘llar zonasi tarkib topgan. Tabiiy sharoiti qattiq, yog‘in kam yog‘adigan bu o‘lka Patagoniyadeb ataladi. Bu zonada kam hosilli bo‘z tuproqlar keng tarqalgan. O‘simlik qoplami juda siyrak, ular chimli g‘allagullilardan va tikanli butalardan iborat. Kemiruvchilar, nutriya, mayda zirhlilar kabi hayvonlar ko‘p uchraydi.



Balandlik mintaqalari.

And tog‘lari bir necha iqlim mintaqalarini kesib o‘tadi. Balandlik mintaqalarining ko‘p yoki kam bo‘lishi, asosan, ikki sababga: tog‘ tizmalarining baland



ligiga va ularning ekvatorga yaqin yoki undan uzoqda joylashganligiga bog‘liq. Masalan, ekvatorga yaqin joylarda And tog‘larining balandligi 5 000 — 6 000 metrni tashkil etadi. Bu yerda quyidagi balandlik mintaqalari uchraydi. Subtropik mintaqaning And tog‘i etaklarida chalacho‘llar joylashgan. Yuqoriga ko‘tarilgan sari bu mintaqa qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlarva butazorlarmintaqasi bilan almashinadi. Undan balandda bargini to‘kuvchi buk o‘rmonlari mintaqasi, undan ham yuqorida alp o‘tloqlari joylashgan. And tog‘larining hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Bu yerda ko‘zoynakli ayiq, mo‘ynali shinshilla, yovvoyi lamalaruchraydi. Tog‘larning tik yonbag‘irlarida yirik yirtqich qushlardan kondorlaryashaydi.



Atama, tayanch tushuncha va nomlar

Selva, Amazoniya, qovun daraxti, zirhlilar, pampa, paramos, liana, kauchukli daraxt.



Nazorat uchun savollar

1. Janubiy Amerikada qanday tabiat zonalari bor?

2. Janubiy Amerikaga xos qanday hayvon turlarini bilasiz?

3. And tog‘larining qaysi qismida balandlik mintaqalarining soni ko‘p?



Amaliy topshiriqlar

1. Materikdagi tabiat zonalarini yozuvsiz xaritaga tushiring.



2. 93- betdagi jadvalni daftaringizga chizing va izohlab bering.
Download 146.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling