1. Tabiiy geografik loyiha tuzing. Ana’naviy metodlarni tushuntiring


Download 19.14 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi19.14 Kb.
#134508
Bog'liq
GTM-12-bilet.Rajabova.D


12-Bilet


1.Tabiiy geografik loyiha tuzing.

2.Ana’naviy metodlarni tushuntiring.

3.Geografiyada sifat va miqdor yondashuvlar.

1.Loyihalar har bir sohaga taaluqlidir. Har bir sohada biror muayyan muammoga yechim topish maqsadida turli loyihalar amalga oshiriladi.Yerdan samarali foydalanish uchun Yer tuzish loyihalari ishlab chiqiladi.

Yer tuzish loyihasi-yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi xo’jalikning amalda va istiqbolda yerdan foydalanish darajasini aniqlab beruvchi hujjat. Yer tuzish loyihasi 4 qismdan iborat: tushintirish xati, hisob jadvallari, loyiha chizmalari, huquqiy hujjatlar majmuasidan iborat. Tushuntirish xatida yer tuzish loyihasida bajarilishi kerak bo’lgan tadbirlarni asoslash nuqtai nazari va yer tuzish manbai (obyekt)ning tabiiy-iqtisodiy sharoitlari bayon etiladi. Loyihaning hisob qismi zarur jadval va loyiha yechimlari bo’yicha hisoblash qaydnomalaridan iborat. Barcha hisob-kitob ishlari o’z navbatida tushuntirish xatida asoslab beriladi. Loyiha chizmalarida qabul qilingan shatli belgilarga asoslangan, loyihalanayotgan joy tafsilotining amaldagi va istiqboldagi holatlari ko’rsatiladi. Loyiha tarkibiga kiruvchi hujjatlar to’plamida shu loyihani tegishli tashkilotlar va muassasaarda ko’rib chiqish, tasdiqash, amalga oshirish tadbirari, loyihani joyiga ko’chirish to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rib chiqiladi.

Yer tuzish loyihasi xo’jaliklararo va xo’jalikda yer tuzish turlariga bo’linadi. Loyiha barcha ishtirokchi mutaxassislar, loyiha tashkiloti rahbariyati va buyurtmachilar tomonidan imzolanadi.Tayyorlangan loyiha belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.Loyiha muntazam ravishda mualliflik nazoratida bo’ladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida ayrim o’zgartirishlar yoki aniqliklar kiritilishi mumkin. Har bir holatda zarur huquqiy hujjatlar rasmiylashtiriladi.

2.Tabiiy geografiyaning azalda qo’llanilib kelayotgan tadqiqot metodlari-Ana’naviy metodlar deyiladi, ular quyidagilar:

1.Ekspeditsiya metodi-maqsadli tadqiqotlarni kompleks tadqiqotlar bilan qo’shib olib boriladigan metod.

2.Qiyoslash metodi-geografik voqelikning o’ziga xosligini namoyon etuvchibu metod, analoglar metodi, o’xshashlik metodi ham deyiladi.

3.Kartografik metod-o’rganilayotgan hududiy komplekslarni va komponentlarni xaritalash va xaritada tahlil qilish metodi.

4.Paleogeografiya metodi-o’rganilayotgan geografik komplekslarni ular mavjud bo’lgan hududning Petrografik-litogik,geomorfologik, paleontologik, paleoharoratni izotoplar orqali aniqlash metodi,o’simlik changlari orqali arxeologiya ma’lumotlarini aniqlash yordamida joy geologiya o’tmishini tiklash metodi.

5.Geokimyoviy metod-landshaft va geokomplekslarni kimyoviy elementlar migratsiyasi yordamida o’rganish metodi.

6.Geofizik metod-landshaftshunoslik va tarmoq-fanlar-geomorfologiyada iqlimshunoslik,gidrologiya, okeonologiyada kompleks yoki geosistemalarda issiqlik-suv rejimini aniqlash, modda va energiya aylanma harakatini o’rganish metodi.

7.Indikatsiya metodlari-o’simlik relef ko’rsatgichlarini o’rganish orqali ma’lum qonuniyatlarni qo’llab geosistemalarni tahlil qilish metodi.

8.Distansiya metodlari

9.Matematik metodlar statiatik va ehtimoliy nazariyalarni qo’llab komplekslarni o’rganish metodlari.



3.Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko’ra sifat va miqdor ussularidan foydalaniladi. Sifat ko’rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab “juda qulay”, “qulay”, “o’rtacha qulay”-“kamroq qulay”, “qulay emas” deb baholanadi.Masalan, tekisliklar yo’l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho’llar qulay, to’lqinsimon tekisliklar o’rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog’lar esa qulay emas.

Baholashning miqdor usuli har bir darajani sonli ko’rsatkichlar asosida amalga oshirishga asoslangan.Masalan,vegetatasiya davrida havo haroratining 10 C dan yuqori bo’lgan kunlar yig’indisi qishloq xo’jalik ekinlarining qaysi turlari hududning qaysi joylarida o’shishi mumkinligini aniqlashda asosiy mezon bo’lib hizmat qiladi.
Download 19.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling