1. Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va shakllari


Download 17.47 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi17.47 Kb.
#161469
Bog'liq
iqdisodiyot
glabal test, Амалларни клавиатурада бошқариш, Рубежный контроль, daftar hoshiyasidagi bitiklar, mohinurga, karroziya Abduraxmonova Shoxsanam, Neoklassik iktisodiy nazariya - Vikipediya, силлабус, Iqtidorli-o‘quvchilar-uchun-Matematikadan-masalalar-to‘plami-1-qism, 256 22.11.2005, as ... as ibora, sample 3416, Mehnat ta (Кириллча), Geograf (Кириллча), Нишонов Т

1.Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va shakllari

Tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanish bosqichlari. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va rivojlanish shart-sharoilari tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari.

Davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari. Kooperativ, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlik. Korxona tadbirkorlik faoliyatining asosiy va boshlang‘ich bo‘g‘ini. Korxonalar faoliyatining tashkil qilinishi. Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlik kapitali. Aksiya va uning turlari. Aksiya kursi. Dividend va aksiyadorlik kapitali. Aksiya va uning turlari. Aksiya kursi. Dividend va ta’sischilar foydasi. Nazorat paketi. Obligatsiyalar. Marketing, uning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. Menejment – korxonalarni boshqarish tizimi sifatida. Menejmentning asoiy maqsadi va vazifalari.

2.      Tadbirkorlik kapitalining mohiyati. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital.



Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning namoyon bo‘lishi. Tadbirkorlik kapitalining funksional shakllari: pul, unumli kapital va tovar. Kapitalning harakat bosqichlari. Tadbirkorlik kapitali turli shakllarining doiraviy aylanishi. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi.

3.      O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning  yanada erkinlashtirilishi va rag‘batlantirilishi.

O’zbekiston amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy  erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga qarshi chora tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oqibatlarni oldini olish va qarshi kurashish, “2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturi”da belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalgam oshirilishini ta’minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir. 

Kichik tadbirkorlik subyektlariga mustaqillik berish ular faoliyatining yakuniy natijalari uchun  javobgarlik hissini oshiradi.   Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

O’tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlamntirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilib, bu borada O’bekiston Respublikasining bir qator qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining bu soha faoliyatiga doir qaror va me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligini qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik  subyektlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati ham ijobiy tomonga o’zgardi.

Shu jumladan, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat Dasturid kichik biznesning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish sohasida birgina 2011 yilning birinchi yarim yilligida “Xususiy mulkni himoyalash va mulkdorlr huquqlarining kfolatlari to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyti sohasida ruxsat berish shart-sharoitlari to’g’risida”, “Oilviy tadbirkorlik to’g’risida” yangi Qonun loyihalarini, shuningdek “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini hamda “Soliq kodeksi”ga, “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi va “Lizing to’g’risida”gi Qonunlarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bog’liq o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish yuzasidan tegishli qonun loyihalarni ishlab chiqish vazifalari belgilangan.



Buxoro viloyatida 2011 yilda  iqtisodiyot sohalarida  kichik tadbirkorlikning ulushi sanoatda 19,9 % ni, qishloq xo`jaligida 98,3%ni, qurilish ishlari 64 %ni, aholga pullik xizmat ko`rsatish 63,6 % ni t ashkil etgan. 
Download 17.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling