8- laboratoriya mashg‘uloti.
Maydalanish. Gastrulyatsiya va o‘q organlarni hosil bo‘lishi.
Maydalanish. Murtak (zigotaning maydalanish xususiyatlari va bo’linishning o’zaro farqlari) Maydalanish sabablari. Blastulatsiya. Maydalanish oqibatlari. Morula va blastulatsiya turlari va farqlari.
Darsning maqsadlari:
1. Ta’limiy maqsad: Talabalarning Maydalanish. Murtak (zigotaning maydalanish xususiyatlari va bo’linishning o’zaro farqlari) Maydalanish sabablari. Blastulatsiya. Maydalanish oqibatlari. Morula va blastulatsiya turlari va farqlari mavzusiga oid bilimlar bilan tanishtirish
2. Tarbiyaviy maqsad: Talabalarning ilmiy, metodik dunyoqarashini kengaytirish, estetik tarbiya berish
3. Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarning Maydalanish. Murtak (zigotaning maydalanish xususiyatlari va bo’linishning o’zaro farqlari) Maydalanish sabablari. Blastulatsiya. Maydalanish oqibatlari. Morula va blastulatsiya turlari va farqlari mavzusi bo’yicha tabiiy ob’yektlar bilan ishlash, taqqoslash va darsliklar bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish
Kerakli jihozlar: tablisa, slayd va rasmlar, mikropreparatlar
Nazariy tushuncha
Urug'lanishdan ma'lum vaqt o'tgandan keyin zigotaning bo'linishi maydalanish yoki bo'linish deb ataladi. Bu jarayon zigotaning ko'p hujayrali embrionga aylanishiga sabab bo'ladi.
Bo'linish yoki maydalanish natijasida hosil bo'lgan hujayralar blastomerlar deb ataladi. Maydalanish tiplari (V.G.EIiseev, 1983 bo'yicha).
I -lansetnik tuxumining to'la va teng maydalanishi; A-E-2, 4, 8, 16, va 64 blastomerii bosqich; Il-minoga tuxumining to'la, notelcis maydalanishi; A-G-maydalanish bosqichJari; D-blastula; III-tovuq tuxumining diskodial maydalanishi; A,B,V-maydalanish bosqichlari.
Blastomer grekcha blast - kurtak, meros - bo'lak, qism degan ma'noni bildiradi. Blastomerlarning to'plami blastodisk deyiladi. Blastomerlarni biridan ikkinchisini ajratuvchi chiziq bo'linish egatlari yoki maydalanish egatlari deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |