1. Tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat organizmlarni aniqlang


Download 28.04 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi28.04 Kb.
#1106446
Bog'liq
Zoologiya-7. (halqali chuvalchanglar va mollyuskalar tipi)





1.Tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat organizmlarni aniqlang.
A) jigar qurti, yomg'ir chuvalchangi. B) chuchuk suv shillig'i, oq planariya
C) oq planariya, yomg'ir chuvalchangi. D) baqachanoq, yomg'ir chuvalchangi
2.Tana bo'shlig'iga ega bo'lmagan organizmlarni aniqlang.
1-bitiniya;. 2-nereida;. 3-perlovitsa;. 4-o'troq yashovchi dengiz ko'p tuklisi;. 5-karakatitsa;. 6-o'troq yashovchi dengiz ko'p tuklisi;. 7-exinokokk;. 8-rishta;. 9-oq planariya;. 10-bolalar gijjasi

  1. 2,4,6,8,10. B) 1,3,6,8,10. C) 2,4,5,7,9. D) 1,3,5,7,9

3.Yomg'ir chuvalchangining teri-muskul xaltasini nimalar tashkil qiladi?
A) teri > halqa muskullar > bo'ylama muskullar > tana bo'shlig'i > ichak > qon tomirlari > nerv tuguni
B) tashqi epiteliy > halqasimon muskul > bo'ylama muskul > ichki epiteliy
C) tashqi epiteliy > bo'ylama muskul > halqasimon muskul > ichki epiteliy
D) teri > bo'ylama muskullar> halqa muskullar > tana bo'shlig'i > ichak > qon tomirlari > nerv tuguni
4.Yomg'ir chuvalchangining harakatlanishini to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
l-halqasimon muskul;. ll-bo'ylama muskul
a-tanasining keyingi qismini tortib oladi;. b-ingichkalashadi;. c-o'ziga yo'l ochadi;. d-tanasi cho'ziladi;. e-tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi;. f-tanasining oldingi qismi yo'g'onlashadi

  1. l-b,d,e; ll-a,c,f,g. B) l-f,e; ll-a,b,c,d. C) l-b,c,d,e; ll-a,f. D) l-a,c,f,g; ll-b,d,e

5.Yom'ir chuvalchangi tanasining qorin tomonida jami 440 ta tuklar joylashgan. Yomg'ir chuvalchangining tanasida jami nechta nerv tugunlari joylashgan?
A) 57 ta. B) 55 ta. C) 36 ta. D) 38 ta
6.Yomg'ir chuvalchangida nerv hujayralari to'planib, nimani hosil qiladi?
A) halqa nerv tolalarini. B) nerv zanjirini. C) kichikroq nerv tugunini. D) yirik nerv tugunlarini
7.Maxsus sezgi organlari bo'lmaydigan organizmlar qaysi sinfga mansub?
A) ko'p tukli halqalilar, qorinoyoqli mollyuskalar. B) kam tukli halqalilar, ikki pallali mollyuskalar
C) ko'p tukli halqalilar, ikki pallali mollyuskalar. D) kam tukli halqalilar, qorinoyoqli mollyuskalar
8.Ayrim jinsli, noto'g'ri rivojlanishga (a) va germafrodit, to'g'ri rivojlanishga (b) ega bo'lgan organizmlarni aniqlang.
1-oq planariya;. 2-qoramol tasmasimon chuvalchangi;. 3-odam askaridasi;. 4-yomg'ir chuvalchangi;. 5-bitiniya;. 6-ustritsa;. 7-dreysena

  1. a-3,5,6,7; b-1,2,4 B) a-2,4,6; b-1,3,5,7. C) a-3,6,7; b-1,2,4,5. D) a-5,6,7; b-1,2,3,4

9.Yomg'ir chuvalchangi va oq planariyaning bir-biridan farqli jihatlarini aniqlang.
a-tanasi bir qavat epiteliy hujayralari bilan qoplangan;. b-urug'langan tuxumlarini pilla ichiga qo'yadi;. c-ko'payish davrida ikki organizm bir-birini urug'lantiradi;. d-maxsus sezgi organi bo'lmaydi;. e-halqumga ega;. f-germafrodit;. g-noto'g'ri rivojlanish mavjud emas;. h-regeneratsiya hususiyatiga ega;. i-qizilo'ngachga ega;. j-nerv hujayralari yig'ilib nerv tugunini hosil qiladi;. k-ichki organlari tana bo'shlig'ida joylashgan;. l-nerv sistemasi nerv zanjiridan iborat;. m-o'txo'r

  1. b,c,e,g,i,m B) a,d,f,g,h,j C) c,d,i,k,l,m D) b,e,f,h,j,k

10.Yomg'ir chuvalchangida oziq qayerda o'zlashtiriladi?
A) oshqozonda B) ichakda. C) jig'ildonda. D) qizilo'ngachda
11.Tiriktug'ar shilliqning ovqat hazm qilish sistemasini ketma-ketlikda aniqlang.
A) og'iz > halqum > qizilo'ngach > jig'ildon > oshqozon > ichak > anal teshigi
B) og'iz > halqum > jig'ildon > qizilo'ngach > oshqozon > ichak > anal teshigi
C) og'iz > halqum > qizilo'ngach > oshqozon > ichak > anal teshigi
D) og'iz > halqum > oshqozon > ichak > anal teshigi
12.Ko'p tukli halqali chuvalchanglar bilan kam tukli halqali chuvalchanglarni bir-biridan farq qiluvchi belgi (lar)ini aniqlang.
A) qizilo'ngachga ega
B) metamorfozga ega
C) yuragi rivojlanmagan
D) ayirish sistemasi bir juftdan sirtmoqqa o'xshash ingicha, uzun naychalardan iborat
13.Hayvonlarning kelib chiqishini ketma-ketlikda to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
A) bir hujayrali koloniya bolib yashovchi xivchinlilar > meduzalar > gidrasimonlar > ichaksiz kiprikli to'garak chuvalchanglar > ko'p tukli halqali chuvalchanglar > mollyuskalar
B) soxta oyoqlilar > gidrasimonlar > korall poliplar > ichaksiz kiprikli yassi chuvalchanglar > kam tukli halqali chuvalchanglar > mollyuskalar
C) bir hujayrali koloniya bolib yashovchi soxta oyoqlilar > meduzalar > ichaksiz kiprikli yassi chuvalchanglar > to'garak chuvalchanglar > ko'p tukli halqali chuvalchanglar > mollyuskalar
D) bir hujayrali koloniya bolib yashovchi xivchinlilar > gidrasimonlar > ichaksiz kiprikli yassi chuvalchanglar > ko'p tukli halqali chuvalchanglar > mollyuskalar
14.Halqali chuvalchanglar qaysi hususiyati bilan yassi chuvalchanglarga o'xshash bo'ladi?
A) ko'p tukli halqalilar lichinkalari tanasida kipriklar bo'lishi va ayirish sistemasining kiprikli yassi chuvalchanglarga o'xshash bo'lishi bilan
B) kam tukli halqalilar lichinkalari tanasida so'rg'ichlar bo'lishi va ayirish sistemasining so'rg'ichli yassi chuvalchanglarga o'xshash bo'lishi bilan
C) ko'p tukli halqalilar lichinkalari tanasida kipriklar bo'lishi va hazm qilish sistemasining tasmasimon yassi chuvalchanglarga o'xshash bo'lishi bilan
D) kam tukli halqalilar lichinkalari tanasida kipriklar bo'lishi va hazm qilish sistemasining kiprikli yassi chuvalchanglarga o'xshash bo'lishi bilan
15.Qaysi organizmning ayirish sistemasi qayta quriladi?
A) nereida. B) qizil chuvalchang. C) yomg'ir chuvalchangi. D) zuluk
16.Mollyuskalar tipi uchun aramorfoz bo'lgan organlarni aniqlang.
1-oshqozon;. 2-yurak;. 3-jigar;. 4-qizilo'ngach;. 5-buyrak;. 6-o'pka;. 7-ichak;. 8-bosh miya

  1. 1,3,5,7. B) 2,4,6,8. C) 2,3,5,6. D) 1,4,7,8

17.Paypaslagichlari sezgi vazifasini bajaradigan mollyuskani aniqlang.
A) dreysena. B) ustritsa. C) bitiniya. D) midiya
18.Chuchuk suv shillig’ining ko’zlari (a) va yalang’och shilliqning ko’zlari (b) qayerda joylashgan?
A) a-paypaslagichlarining uchki qismida; b-paypaslagichlarining asosida
B) a-paypaslagichlarining asosida; b-paypaslagichlarining uchki qismida
C) a-paypaslagichlarining asosida; b-maxsus sezgi organi yo’q
D) a-paypaslagichlarining uchki qismida; b-maxsus sezgi organi yo’q
19.Qorinoyoqli va ikki pallali mollyuskalarni farqli jihatlarini aniqlang.
A) qon aylanish, ayirish va nerv sistemasi. B) ovqat hazm qilish va ko'payish
C) qon aylanish va ayirish. D) ko'payish va nafas olish
20.Chuchuk suv shillig'ining qon aylanish doirasini to'g'ri ko'rsating.
A) yurak oldi bo'lmasi > yurak qorinchasi > ichki organlar oralig'i > jabra
B) yurak qorinchasi > yurak oldi bo'lmasi > to'qimalar > o'pka
C) yurak oldi bo'lmasi > yurak qorinchasi > orqa qon tomir > qorin qon tomir > ichki organlar oralig'i
D) yurak oldi bo'lmasi > yurak qorinchasi > ichki organlar oralig'i > o'pka
21.Chuchuk suv shillig'i va baqachanoqning bir-biriga o'xshash jihatlarinini aniqlang.
1-nerv tugunlari soni;. 2-jinsiy sistemasi;. 3-urug'langan tuxumlaridan lichinka chiqishi;. 4-nafas olish sistemasi;. 5-qon aylanish sistemasi;. 6-ayirish sistemasi;. 7-nerv sistemasi;. 8-hazm qilish sistemasi

  1. 5,6,7,8. B) 1,3,5,7. C) 2,4,6,8. D) 1,2,3,4

22.Chuchuk suv shillig'ining yuragiga nechta qon tomir kiradi (a), nechta qon tomir chiqadi (b) va yuragida qanday qon oqadi (c)?
A) a-2 ta; b-1 ta; c-faqat arterial. B) a-1 ta; b-2 ta; c-faqat arterial
C) a-2 ta; b-1 ta; c-faqat venoz. D) a-1 ta; b-2 ta; c-faqat venoz
23.Quruqlikda yashaydigan (a), o'simliklarning yashil qismi bilan oziqlanib, ekinlarga katta ziyon keltiradigan (b), O'zbekiston hududida uchraydigan (c), O'zbekiston hududida uchramaydigan (d) qorinoyoqli mollyuskalarni aniqlang.
1-yalang'och shilliq;. 2-tok shillig'i;. 3-baqachanoq;. 4-dreysena;. 5-bedapoya shillig'i;. 6-suv shillig'i;. 7-marvariddorlar

  1. a-1,2; b-1,2; c-4; d-7 B) a-1,2; b-1,2; c-1,5; d-2

C) a-1,6; b-2,5; c-6; d-2 D) a-2,5; b-2,5; c-6; d-7
24.Gavdasi tana va oyoqdan iborat mollyuskalarni aniqlang.
A) kalmar, karakatitsa, sakkizoyoq. B) bitiniya, tiriktug'ar shilliq
C) ustritsa, midiya, taroqcha. D) baqachanoq, dreysena, suv shillig'i
25.Baqachanoqning bur juft yopuvchi muskullari qisqarsa…
A) orqa tomondagi elastik paylar tortilib, chig'anoq pallalari ochiladi
B) orqa tomondagi elastik paylar bo'shashib, chig'anoq pallalari ochiladi
C) orqa tomondagi elastik paylar tortilib, chig'anoq pallalari yopiladi
D) orqa tomondagi elastik paylar bo'shashib, chig'anoq pallalar yopiladi
26.Baqachanoqning chiqarish sifoniga qaysi organlarning teshiklari ochiladi?
A) orqa chiqarish, ayirish, jinsiy. B) jabralar, mantiya bo'shlig'i, qon tomiri
C) orqa chiqarish, qon tomiri, mantiya bo'shlig'i. D) jabralar, ayirish, jinsiy
27.Baqachanoqning urug'langan tuxumlari qayerda rivojlanadi (a), qayerda mayda baqachanoqqa aylanadi (b) va qayerda voyaga yetadi (c)?
A) a-oyoqning asosida; b-suv tubida; c-shish ichida B) a-jabralar sirtida; b-shish ichida; c-suv tubida
C) a-mantiya bo'shlig'ida; b-jabra sirtida; c-suv tubida. D) a-jabra sirtida; b-baliq terisida; c-shish ichida
28.Suv havzalarini filtrlash hususiyatiga ega bo'lgan mollyuskalarni aniqlang.
A) kalmar, karakatitsa, sakkizoyoq. B) bitiniya, tridakna, perlovitsa
C) ustritsa, midiya, taroqcha. D) dreysena, marvariddor, tiriktug'ar shilliq
29.Kalmar oyog'ining oldingi qismi o'zgarib, nimani hosil qilgan?
A) voronkani. B) so'rg'ichlarni. C) qalin muskulli mantiyani. D) paypaslagichlarni
30. Bosh miya aramorfoz bo'lgan organizmlarni aniqlang.
A) kalmar karakatitsa, sakkizoyoq. B) tridakna, midiya, perlovitsa
C) tok shillig'i, bedapoya shillig'i. D) bitiniya, tiriktug'ar shilliq


Download 28.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling