1. Taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik deganda nimani tushunasiz?


Download 14.93 Kb.
Sana04.06.2020
Hajmi14.93 Kb.
#114526
Bog'liq
Shuhrat Mamatov Oraliq nazorat


1. Taqdim qilish huquqi bo’yicha vorislik deganda nimani tushunasiz?

2. Intellektual mulk huquqi nima?

1. Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush, uning avlodlariga o‘tishini nazarda tutadi. Bunda ulush, taqdim qilish huquqi bo‘yicha bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Shu qoidadan kelib chiqib, agar o‘g‘il (qiz) ota yoki onadan oldin vafot etgan bo‘lsa, undan keyin vafot etgan ota yoki onaning mulkiga o‘lgan farzandning bolalari taqdim qilish huquqi bo‘yicha voris bo‘ladi. Vafot etgan shaxsning turmush o‘rtog‘i taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosxo‘r bo‘la olmaydi (FK 1140-moddasi).



2. '''Intellektual mulk huquqi''' - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obʼyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi b-ngina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Baʼzi obʼyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.

Intellektual mulk obʼyektlari fuqarolik huquqining boshqa obʼyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiykoʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obʼyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday obʼyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) I. m. h.ning amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan I. m. x. egasining maʼlum intellektual mulk obʼyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; ye) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; yo) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquklar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) I. m. h. ning amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Mas, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xo-rijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan xududlardagina amal qilag di; z) koʻpgina intellektual mulk obʼyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obʼyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart.
Download 14.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling