1. Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taaluqli ko`pgina tarkibiy qismlarni o`z ichiga oladi


Download 147 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi147 Kb.
#149091
Bog'liq
Yaxshimurotova Zarnigor





1. Tarbiya metodlari bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taaluqli ko`pgina tarkibiy qismlarni o`z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan ta`lim muassasalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Bu boradagi vazifalar yosh avlodni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash. Vatan ravnaqi xalq farovonligi yo`lida faoliyat olib boruvchi shaxslarni tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu g`oyaga tayangan holda. Tarbiya qonuniyatlariga muvofiq tarbiya metodlaridan foydalanib ish ko`rish lozim bo`ladi. Tarbiya metodlari yunoncha («metodos»- yo`l)-bu o`qituvchi(tarbiyachi) va jamoa tomonidan g`oyaviy va ma`naviy e`tiqodlarini, ma`naviy his-tuyg`u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo`llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish usullari demakdir. Tarbiya metodlari o`quvchi(tarbiyalanuvchilar)ning o`z shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari o`qituvchi va o`quvchilarning tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratilgan o`zaro bog`langan, birgalikdagi faoliyati usuli sifatida qarab chiqiladi. O`quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta`sirga turlicha munosabatda bo`ladilar. Bu ularning individual xususiyatlariga, tarbiyalangalik darajasiga. Tarbiya metodlarining qay darajada o`rinli va samarali tanlangani hamda mohirona qo`llanilganligiga bog`liq. Tarbiya metodlarini to`g`ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda, o`quvchilarning o`z-o`zini tarbiyalash va faoliyatini rag`batlantirishda yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o`qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyati puxta o`zlashtirishib olish maqsadga muvofiqdir.

2. Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir.

3. Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o’rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, e’’tika,e’tsetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan u’zviy bog’langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy. ahloqiy, irodaviy e’tsetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o’sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mutsaxkamlashadi.

4. O’sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to’la qonli qabul qilishi, o’z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo’lib etishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o’rnatadigan to’g’ri munosabatlari bevosita bog’liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim muaasasalarining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo’ladi va ular maktab ma’muriyatidan fraqli ikki xil funktsiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o’zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bo’ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg’unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. CHunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular o’rtasida samimiy muloqot bo’lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin.

5. Aqliy tarbiya-aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Axloqiy tarbiya- „Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Mehnat tarbiyasi- mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Estetik tarbiya. Hayotda tabiat go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Ekologik tarbiya- Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish olib borish talab etilmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. Huquqiy tarbiya—bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulqatvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan ifodasidir.

6. O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning tamoyili jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.


Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini ifodalaydi:

Birinchidan, huquqiy tarbiya subyektlariga: davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi.

Ikkinchidan, huquqiy tarbiya obyektlariga: mansabdor shaxslar, fuqarolar, ichki ishlar idoralari xodimlari kiradi.

Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari kiradi.

To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: ma’ruzalar, seminarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi.

Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag‘batlantirish, majburlash kabilar kiradi.



Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televideniya, adabiyot va san’at asarlari, ko‘rgazmali tashviqot hamda targ‘ibot vositalari kiradi.


Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling