1. Tarbiya metodlari deganda nimani tushunasiz?


Download 9.68 Kb.
Sana27.09.2020
Hajmi9.68 Kb.
#131530
Bog'liq
3 mashg'ulot


1. Tarbiya metodlari deganda nimani tushunasiz?

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir.

Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi

2. Tarbiyaning qanday metodlari bor?

Tarbiya metodlariTushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).



3. Tarbiyada ibrat-namuna ko`rsatish metodining tutgan o`rni va

ahamiyatini tushuntirib bering.

Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining bir qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o'rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liq jarayonni ham qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi ta'lim va tarbiyaning milliy shakllarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo'limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi bilan uzviy bog'langandir. Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo'lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo'ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.



4. Rag`batlantirish metodi nima va uning qanday turlari mavjud?

Rag’batlantirish metodlari

 O‘quvchilarni  tarbiyalashda  rag‘batlantirishning  o‘rni  katta.  Rag‘batlantirish o‘quvchining ruhini, kayfiyatini  ko‘taradi,  ularni  tetiklantiradi,  g‘ayratiga  g‘ayrat qo‘shadi,  o‘z kuchiga  ishonchini  orttiradi.  Maktab  tajribasida  rag‘batlantirishning  turli  shakllari  qo‘llaniladi: ma‘qullash,  ko‘ngilni  ko‘tarish,  ishonch  bildirish,  maqtash,  yozma  tashakkur,  mukofotlash. Bundan tashqari jamoat tashkilotlari faoliyatida raqbatlantirish shakllari mavjud,  Ma’qullash:  boshni  qimirlatib  ma‘qullash  yuv  va  qo‘l  harakatlari  bilan  "balli", "barakallo", "rahmat", "juda soz" kabi so‘zlar orqali.  

Ko’ngilni ko’tarish, dalda berish ba‘zan o‘qishda va ishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda o‘quvchilar ko‘nglini ko‘tarish va dalda berish kerak bo‘ladi.  Ishonch  bildirish.  O‘quvchi  kuchi  yetadigan  biror  vazifani  topshirish.  Masalan,  nazorat ishini yig‘ishtirish va h.k.  

Qayd  etish.  O‘quvchilar  xulqinnng  yaxshilanib  borayotganligini  qayd  etish.  Devoriy gazeta, maktab uzelida va h.k.  Maqtash. Kishini maqtash juda foydali deydi M.Gorkiy,  - chunki bu narsa uning o‘ziga bo‘lgan  hurmatini  oshiradi,  o‘z  kuchiga  ishonchni  orttiradi.  Sinf  yig‘ilishi,  hurmat  daftariga, maktab hurmat taxtasiga yozish, rasmini qo‘yish shakllari ham mavjud.  Mukofotlash. Yoshma tashakkur va minnatdorchilik xatlari.

5. Jazolash metodi va uning turlarini tushuntirib bering.

Jazolash metodlari

 O‘quvchilarni tarbiyalash metodlari orqali majbur etish, jazolash tadbirlari ham mavjud. Turli odobsizlik, jaholatlardan o‘zini tiyish, o‘zini tuta bilish faqat ishontirish yo‘li bilan emas, balki majbur etish va turli jazo choralarini qo‘llash yo‘li bilan ham tarbiyalanadi.  Maktabda  qo‘llanadigan  jazo  choralari:  o‘qituvchi,  sinf  rahbari,  maktab  direktori  va o‘rinbosarlarining  tanbehi,  parta  sinf  doskasi  yoniga  tikka  turkizib  qo‘yish,  bajarilmagan topshiriq  yoki  uy  ishini  darsdan  so‘ng  bajartirish  uchun  olib  qolish,  pedagogika  kengashiga chiqarish  xulqiga  quyilgan  bahoni  pasaytirish,  sinfni  iflos  qilgani  uchun  uni  tozalashga  majbur etish, bir sinfdan boshqa sinfga va maktabga o‘tkazish va h.k.  Bundan  tashqari  do‘q-po‘pisa  qilish,  uyaltirish qizartirish,  qopalash  yullari  ham qo‘llaniladi. 

6. Oila tarbiyasi yaxlit tizim sifatida.

Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spespraqtiqumlar) muhim ahamiyatga ega.

Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi:

maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imqoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash;

harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o'rnatishga doir anqyetalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil yetish, ularning tavsifiga qo‘ra, ota-onalarni qichiq guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish qabi faoliyatdir;

diagnotsiqa asosida pedagogik qonsiliumlarni tashqil etish, psixologiq xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalgam oshiriladi.



7. Oila tarbiyasi mazmuni va mohiyati.

Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllab quvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. , ayniqsa qimmatlidir. 
Download 9.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling