1. Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yozilishi lozim bo’lgan nomlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


Download 20.98 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi20.98 Kb.
#262849
Bog'liq
Test 1


Test

1.Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yozilishi lozim bo’lgan nomlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

1) xalqaro tashkilot nomlari;

2) oliy davlat tashkilotlari;

3) oliy davlat mansabi;

4) vazirliklar nomi

A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4

2. Qaysi javobda shaxs nomlari berilgan?

A) zargar, suvchi, kampir

B) lola, rayhon, temir

C) Aziz, Ilg’or, Lobar

D) qoplon, lochin, qaldirg’och

3.Qaysi gapda shaxs oti yasovchi qo’shimcha qo’llangan?

A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog’ ortiga jo’nadi.

B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan.

C) Qo’shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish.

D) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi.

4. Qaysi javobda otlarning kichraytirish shakli berilmagan?

A) –gina B) –choq C) –chak D) –choq

5. Qaysi javobda narsa oti yasovchi qo’shimchalar berilgan?

A) –kor, -uvchi, -dosh B) –kich, -moq, -don C) –zor, -loq, -ma D) –qin, -ik, -in

6.Qaysi javobda mavhum otlar berilgan?

A) chopiq, qirg’in B) saylov, to’qchilik C) quvonch, tuyg’u D) dehqonchilik, ko’rik

7.Qaysi javobda tarkibi asos+narsa oti yasovchi qo’shimcha+shaxs oti yasovchi qo’shimcha+faoliyat-jarayon oti yasovchi qo’shimchadan tashkil topgan ot berilgan?

A) bo’yoqchilik B) bilimdonlik C) tandirsozlik D) qarsakbozlik

8. Qaysi javobda o’rin-joy otlari berilgan?

A) yulduz, sayyora, kometa

B) sharq, madrasa, zavod

C) qishloqlik, shaharlik, buxorolik

D) bahor, tong, mart

9. Qismlari tub+yasama shaklida bo’lgan juft otni aniqlang.

A) yig’im-terim B) ko’rpa-to’shak C) yarog’-aslaha D) kiyim-kechak

10. Men na amaldorman va na qoziman,

Allohning bandasi, bir she’rboziman.

Dilimdek dil izlab o’tdim dunyodan,

Mendan rozi bo’ling, men ham roziman. (Boboqul Usmonov)

Parchada qo’llangan yasama shaxs otlari miqdori nechta?

A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

11. Qaysi javobda leksik va morfologik usulda ko’plik hosil qilingan ?

A) Xalq Eski shahar tomon harakatlana boshladi

B) Qultoy Boybo’rining otlariga qaraydi , qo’yini boqadi

C) Qayoqqa ketayotir shuncha odamlar , Nahotki yo’llari shunchalar yiroq ?!

D) Surxayil kampirning yetti alp o’g’li bor edi.

12.Bola yig’lab o’rnidan turdi-da , yana onasining bag’rida uxlab qoldi .

Mazkur gapda so’zga egalik shakllari qo’shilishi bilan sodir bo’lgan fonetik hodisalar nechta ?

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

13.Qaysi javobda shaxs oti yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan ?

A) -dak , -don , -in B) -liq , -soz , -xon C) -oq , -don , -choq D) -chilik , -kor , -kash

14. Qismlari o’zaro ma’nodosh bo’lgan juf otlarni belgilang .

A) baxt-saodat , or-nomus , sharm-hayo B) el-yurt , fahm-farosat , ota-ona

C) mushk-anbar , gap-so’z , huzur-halovat D) dur-javohir , yem-xashak , chang-to’zon

15. Bog’bon gulzorni kuzata boshladi : atirgullar ustida asalarilar g’ujg’on o’ynaydi , karnaygullar kosasida kapalaklar raqsga tushadi , tabiat o’zining nodir san’atkor ekanini namoyish etadi . Mazkur gapdagi yasama otlar miqdorini aniqlang .

A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta

16. Tub ot berilgan javobni toping.

A) ko’rik B) chopiq C) o’lim D) qasam

17. Qaysi javobda ko’rsatilgan so’z tarkibida ot yasalishining ikki turi sodir bo’lgan ?

A) gulbeor B) asalarichi C) namozshomgul D) bo’yoqchilik

18. Qaysi javobda jarayon otlari berilgan ?

A) g’azab , sabr , muhabbat B) o’qituvchilik , ta’til , dars

C) qirg’in , bosqin , toshqin D) shifokorlik , chopiq , terim

19. Qaysi javobda yasama otlar berilgan ?

A) o’sma , ko’rsatma , eslatma B) terma , qaynatma , ko’chma C) olinma , tortma , hovliqma D) quyma , sochma , bostirma

20. Yantoqning tomiri uzoqqa ketar ,

Bardoshda tengsizdir yantoqxo’r tuya .

Unisin odamlar tikan deb atar ,

Bunisin kamsitar tuyasan deya . (A.Oripov) Yuqoridagi to’rtlikning necha o’rnida turlovchi qo’shimcha qo’llangan ?

A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta

21.Hoji buvi qo'lidan kelgancha dori-darmon qildi, keyin oyim tuzaldi. Gapdagi shaxs otlari qaysi gap bo'lagi bo'lib kelgan?

A) ega B) kesim C) to'ldiruvchi D) aniqlovchi

22. Birinchi qismida tovush o'zgarishi mavjud bo'lgan qo'shma otlarni belgilang.

1) atamashunos; 2) issiqsevar; 3) achchiqtosh; 4) sovuqqon; 5)buyruqbozlik; 6) sassiqpopishak.

A)1,2,3,4,5,6

B)1,3,5,6

C)2,3,4,6

D)3, 6

23 .Ot va sifat yasovchi shakldosh qo'shimchali so'zlar qaysi javobda berilgan?



A)qo'zichoq – erinchoq B)ovunchoq – maqtanchoq C)tolin – ilin D)chaqin – tiqin.

24. Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. Ushbu gapda nechta shaxs oti qatnashgan?

A) 1 ta B)2ta C) 3 ta D) 4 ta

25. Shaxs oti ega vazifasini bajargan gapni toping.

A)Shayxontohurda baqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob.

B)Aravakash mo'mingina, muloyim kamgap kishi.

C)Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan chopadi.

D)hammasida ega vazifasida kelgan.

26. Qaysi gapda uchta mavhum ot qatnashgan?

A)Hasad - yurakning zanglashi. qaysarlik mag'lubiyat sababchisidir.

B)Oyog'ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi.

C)Yalqovlik muhtojlik eshigidir.

D)Hayo qalbning haqiqiy ko'zgusidir.

27. Tarkibidagi barcha bo'laklar ot turkumiga mansub bo'lgan gapni toping.

A)Til - dil kaliti.

B)Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda.

C)Sog'lom tanda - sog' aql.

D)Vatanni sevmoq iymondandir.

28. Qaysi javobda otlarning doimiy grammatik kategoriyasi ko’rsatilgan ?

A) son va kelishik B) son , egalik va kelishik C) faqat kelishik D) faqat son

29. Qaysi gapda jamlik ma’nosini ifodalovchi ot qo’llangan ?

A) Mirzacho’llar obod bo’ldi B) Bolalarning shovqinidan boshlarim og’rib ketdi

C) Ko’chaga qum to’kilgan

D) Do’kondor suvlarni ko’rsatdi



30. Qaysi javobda sodda yasama otlar berilmagan?

A) o’roq, bo’yoq, suvoq B) soliq, tortiq, chopir C) sezgi, sevgi, kulgi D) bilak, ertak, terak
Download 20.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling