1. Tasavvuf islom axloqi bilan bezanish uchun kerakli bo‘lgan ilmlarni o‘rgatadigan soha sanaladi
Download 13.42 Kb.
|
мустакил талим 14
1. Tasavvuf — islom axloqi bilan bezanish uchun kerakli bo‘lgan ilmlarni o‘rgatadigan soha sanaladi. «Tariqat» so`zi esa arab tilidagi so‘z bo‘lib, «yo‘l» ma’nosini anglatadi 2. Movarounnahrda tasavvuf yo‘nalishining vujudga kelishi shayx Abu Ya’qub Yusuf Hamadoniy (vaf. 1140– 41-y.) shaxsi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir. Yassaviya. Xoja Ahmad Yassaviy bugungi Qozog‘istonning janubidagi Chimkent viloyati Sayram qishlog‘ida dunyoga kelgan. 3. n. Ahmad Yassaviy o‘zining «Devoni Hikmat» asarida ma’naviy poklanish, axloq, halollik, bag‘rikenglik g‘oyalarini she’riy uslubda bayon qilgan. Yassaviylikning o‘ziga xos jihati oshkora uslubda zikr va duolar o‘qish, dunyo lazzatlaridan qisman voz kechishda aks etgan. Yassaviylikka xos xususiyatlar keyinchalik yuzaga kelgan ko‘plab tariqatlarda aks etgan 4. Shayx Najmiddin Kubro kubraviya yoki «zahabiya» deb ataluvchi tariqatga asos solgan. Mazkur tariqatchilar orasida «xufiya» zikr qilish keng qo‘llangan. Uning eng mashhur asari «Usuli ashara» bo‘lib, u barcha tariqatlarga Tasavvuf — xuddi tibbiyot ilmi badan sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni o‘rgatganidek, tasavvuf ham qalbning, ruhning yomon axloqlardan xalos bo‘lishi yo‘llarini o‘rgatadi. Yassaviya tariqatida Allohni tanish (ma’rifatulloh), mutlaq javonmardlik, rostgo‘ylik, o‘zini Allohga topshirish (tavakkul) va teran tafakkur muhim o‘rin tutadi. 5 Naqshbandiya tariqatining asosiy tarbiya usuli suhbatdir. Naqshbandiylar suhbatning foydasi ko‘p, suhbat orqali inson qalbiga kirib borish mumkin, deb hisoblaganlar. Bu tariqat quyidagi to‘rt tamoyil asosiga qurilgan: 1) shariat bilan xulq-atvorni poklash; 2) tariqat bilan qalbni poklash; 3) haqiqat bilan Allohga yetishmoq; 4) ma’rifat bilan Allohga erishmoq. 6. Naqshbandiylik ta’limoti asosida «Qalbing Allohda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin», degan shior yotadi. Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi va kundalik turmushga mosladi. Download 13.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling