1. Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]


Download 45.24 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi45.24 Kb.
#1749436
Bog'liq
3-mavzuga oid




[OKOZ:

1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]

[TSZ:

1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]

Norasmiy tarjima
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida
Xalqaro Pakt
1966-yil 16-dekabr, Nyu-York
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 126-I-sonli “1966-yil 16-dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan.
(O‘zbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 28-dekabrdan kuchga kirgan)
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida e’lon qilingan prinsiplarga muvofiq, insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos bo‘lgan qadr-qimmat hamda teng va buzilmas huquqlarini tan olish prinsiplari ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning negizi ekanligini e’tiborga olib, ushbu huqukdar inson shaxsiga xos qadr-qimmatdan kelib chiqishini e’tirof etib, Inson huqukdari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq qo‘rquv va muhtojlikdan holi bo‘lgan ozod inson shaxsining ideali har bir kishi o‘z fuqarolik va siyosiy huqukdaridan, shuningdek o‘z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huqukdaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan sharoit yaratilgandagina ruyobga chiqishini e’tirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomiga ko‘ra davlatlar inson huquqlari va erkinliklariga umum rioya etishi hamda hurmat qilishini rag‘batlantirishi shart ekanligini e’tiborga olib, har bir alohida inson boshqa odamlar va o‘zi mansub jamoaga nisbatan majburiyati bo‘lgani holda mazkur Paktda tan olinayotgan huquqlarni rag‘batlantirish va ularga rioya etishga erishishi lozimligini e’tiborga olib, quyidagi moddalar borasida kelishib oldilar:
I QISM
1-modda
1. Barcha xalkdar o‘z takdirini o‘zi belgilash huquqiga egadir. Ushbu huquq orqali ular o‘z siyosiy maqomini va o‘z iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotini erkin holda ta’minlaydi.
2. Barcha xalkdar o‘z maqsadlariga erishmoq uchun o‘z tabiiy boyliklari va resurslariga egalik qiladi, bunda o‘zaro foyda prinsipiga asoslangan xalqaro iqtisodiy hamkorlik va xalqaro huqukdan kelib chiqadigan biror-bir majburiyatga zarar yetmasligi lozim.
Hech bir xalq o‘ziga tegishli bo‘lgan tirikchilik vositalaridan hech qachon mahrum qilinmasligi shart.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan o‘z-o‘zini boshqara olmayotgan va vasiy bo‘lgan hududlarni boshqarish uchun javob beruvchi davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi qoidalariga muvofiq o‘z takdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirishni rag‘batlantirishlari va bu huquqni hurmat qilishlari lozim.
II QISM
2-modda
1. Ushbu Paktda qatnashuvchi har bir davlat yakka tartibda va xalqaro yordam va hamkorlik tartibida, jumladan, iqtisod va texnika sohalarida mazkur Paktda e’tirof etilgan huquqlarning asta-sekin to‘liq ro‘yobga chiqishini ta’minlash uchun barcha zarur usullar bilan, jumladan qonuniy choralar ko‘rish orqali mavjud resurslarning iloji boricha keng doirasida tadbirlar ko‘rish majburiyatini oladi.
2. Ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlar mazkur Paktda e’lon qilingan huqukdarni biror-bir kamsitishsiz, ya’ni irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, nasl-nasabi yoki boshqa holatlardan qat’i nazar kafolatlash majburiyatini oladilar.
3. Rivojlanayotgan mamlakatlar inson huqukdari va o‘z xalqi xo‘jaligini zarur tarzda hisobga olgan holda o‘z mamlakatlari fuqarolari bo‘lmagan shaxslarga mazkur Paktda e’tirof etilayotgan iqtisodiy huqukdar uchun qay darajada kafolat berishlarini o‘zlari belgilashlari mumkin.
3-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktda ko‘rib chiqilgan hamma iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huqukdardan foydalanishda erkaklar va ayollarga teng huquq berish majburiyatini oladilar.
4-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Paktga ko‘ra birorbir davlat huquqlardan foydalanish borasida shunday cheklashlarni belgilashi mumkinligini, bu qonunda aks etib, o‘sha cheklashlar qayd etilgan huqukdar tabiatiga uyg‘un bo‘lishini hamda u demokratik jamiyatda umumiy farovonlikka ko‘maklashish maqsadidagina bo‘lishi lozimligini e’tirof etadilar.
5-modda
1. Mazkur Paktdagi biror-bir narsa birorta davlat, birorta guruh yoki birorta shaxs ushbu Paktda e’tirof etilgan har qanday huquq va erkinlikni yo‘q qilishga qaratilgan yoki shu Paktda ta’kidlanganidan ko‘ra ko‘proq cheklashga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanish yoki qandaydir xatti-harakat sodir etish huquqiga ega degan mazmunda talqin etilishi mumkin emas.
2. Ushbu Paktda ishtirok etayotgan biror bir davlatda qonun, konvensiya, qoida yoki urf-odat tariqasida tan olingan yoki mavjud bo‘lgan insonning asosiy huquqlari ushbu Paktda tan olinmaydi yoki kam mikdorda tan olinadi degan bahonada bu huqukdar cheklanishi yoki pisand etilmasligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
III QISM
6-modda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ishlab mablag‘ topish imkoniyatini qamrab oladigan mehnat qilish huquqini tan oladi. Mehnat turini har bir odam erkin holda tanlaydi yoki erkin holda rozi bo‘ladi. Shu Pakt ishtirokchisi bo‘lgan davlatlar esa fuqarolarni mazkur huquq bilan ta’minlash uchun zarur choralar ko‘radi.
2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur huquqni to‘liq amalga oshirish maqsadida ko‘rish kerak bo‘lgan tadbirlarga hunar-texnika ta’limi va tayyorgarlik dasturi, insonning asosiy siyosiy va iqtisodiy erkinliklariga kafolat beruvchi sharoitlarda uzluksiz holda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga odamlarning ishlab chiqarishda to‘liq band bo‘lishiga erishish usuli va yo‘llari kiradi.
7-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining adolatli va qulay shart-sharoitga ega bo‘lgan mehnat qilish huquqini, jumladan, quyidagilarni tan oladi:
a) barcha mehnatkashlarga kamida quyidagilarni ta’minlaydigan haq:
i) teng qiymatga ega mehnat uchun hech bir tafovutsiz adolatli ish haqi va teng daromad, ayni paytda, jumladan, ayollarga erkaklarnikidan kam bo‘lmagan mehnat sharoitiga kafolat berilishi hamda teng mehnat uchun teng haq to‘lanishi kerak;
ii) mazkur Paktning qarorlariga muvofiq ular va ularning oilalari uchun qoniqarli bo‘lgan turmush;
b) xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi ish sharoiti;
c) mehnat staji va malaka asosidagina ishda tegishli yanada yuqoriroq mansablarga ko‘tarilish uchun bir xil imkoniyat;
d) dam olish, bo‘sh vaqt imkoniyatining bo‘lishi va oqilona cheklangan ish vaqti hamda haq to‘lanadigan ta’til, shuningdek bayram kunlari uchun haq.
8-modda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni ta’minlash majburiyatini oladilar:
a) har bir insonning o‘z iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirish va himoyalash uchun kasaba uyushmalari tashkil etish va o‘z ixtiyori bilan ana shu uyushmalarga kirish huquqi. Buning uchun tegishli tashkilot qoidalariga rioya qilish shart. Ko‘rsatib o‘tilgan huqukdan foydalanishga hech bir cheklanish qo‘yilmaydi, qonunda ko‘zda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibi manfaatlari yo‘lidagi yoki boshqalarning huquq va erkinligini muhofaza etishdagi huqukdar bundan mustasno;
b) kasaba uyushmalarining milliy federatsiya yoki konfederatsiya tuzish huquqi va milliy federatsiya, konfederatsiyalarning xalqaro kasaba uyushmalari tuzish yoki shu kabi uyushmalarga birlashish huquqi;
c) kasaba uyushmalarining hech bir to‘siqsiz, cheklashlarsiz faoliyat yuritish huquqi, qonunda ko‘zda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibi manfaati yoki boshqalarning huquq va erkinligini muhofaza etish uchun zarur bo‘lgan huqukdari bundan mustasno;
b) har bir mamlakatning qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan ish tashlash huquqi.
2. Ushbu modda qurolli kuchlar, politsiya yoki davlat ma’muriyati tarkibidagi shaxslar uchun mazkur huquqlardan foydalanishda qonuniy cheklash kiritilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
3. Ushbu moddadagi hech narsa 1948-yilgi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar erkinligi va tashkilotlar tuzish huquqini himoya qilish ko‘rsatilgan konvensiyada nazarda tutilgan kafolatlarga ziyon yetkazgan holda qonuniy aktlar qabul qilish yoki ushbu kafolatlarga ziyon yetkazadigan qonunni qo‘llash huquqini bermaydi.
9-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir insonning ijtimoiy ta’minlanish, jumladan, ijtimoiy sug‘urta huquqini e’tirof etadi.
10-modda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni tan oladi:
1. Jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi hisoblanmish oilaga imkoni boricha keng ko‘lamda yordam berilishi va muhofaza etilishi zarur. Ayniqsa u shakllanayotgan davrda bunday ko‘mak zarur, chunki mustaqil bo‘lmagan bolalar va ular tarbiyasi borasidagi g‘amxo‘rlik hozircha oila zimmasiga tushmokda, nikoh nikohdan o‘tayotganlarning erkin roziligiga ko‘ra tuzilmog‘i lozim.
2. Bola tug‘ilishidan oldin va undan keyingi davrda onalarga alohida e’tibor berilishi lozim. Bu davr mobaynida ishlovchi onalarga haq to‘lanadigan ta’til yoki ijtimoiy ta’minot bo‘yicha yetarli nafaqa bilan ta’til berilishi kerak.
3. Barcha bolalar va o‘smirlarga hech bir kamsitishsiz, oilaviy kelib chiqishi yoki boshqa belgilaridan qat’i nazar alohida himoya choralari va yordam ko‘rsatilishi shart. Bolalar va o‘smirlar iqtisodiy va ijtimoiy ekspluatatsiyadan himoyalangan bo‘lishi kerak. Ularning mehnatini axloqi va salomatligi uchun zararli bo‘lgan yoki hayot uchun xavfli sohalarda yoki ularning normal o‘sishi uchun zarar keltirishi mumkin bo‘lgan sohalarda qo‘llash qonun bilan jazolanishi kerak. Bundan tashqari, davlat shunday yosh chegarasini belgilab qo‘yishi kerakki, shu chegaradan quyi yoshdagi bolalar mehnatidan foydalanish taqikdanishi va qonun bilan jazolanishi lozim.
11-modda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi o‘zi va oilasi uchun yetarlicha oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda turmush sharoiti to‘xtovsiz yaxshilanib borishini o‘z ichiga oladigan yetarli turmush darajasi bo‘lish huquqini e’tirof etadi. Mazkur ishtirokchi-davlatlar ushbu huqukdar amalga oshirilishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi, ayni paytda erkin kelishuvga asoslangan xalqaro hamkorlikning bu boradagi muhim ahamiyatini e’tirof etadi.
2. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining ochlikdan holi bo‘lishdek asosiy huquqini tan olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun aniq dasturlarni o‘tkazishni qamrab oladigan zarur choralarni ko‘rishlari kerak:
a) texnik va ilmiy bilimlardan keng ko‘lamda foydalanish, ovqatlanish tamoyillari to‘g‘risidagi bilimlarni yoyish, tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish va o‘zlashtirish uchun agrar tizimni takomilashtirish yoki isloh qilish yo‘li bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash uslublarini yaxshilash; va
b) ehtiyojga muvofiq va oziq-ovqat mahsulotlarini import yoki eksport qiluvchi mamlakatlarning muammolarini hisobga olgan holda jahondagi oziq-ovqat zahiralarining adolatli taqsimlanishini ta’minlash.
12-modda
1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining jismoniy va ruhiy salomatlik jihatdan oliy darajaga yetishi huquqini e’tirof etadi.
2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ko‘rishi kerak bo‘lgan choralar quyidagi ishlar uchun zarur tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
a) o‘lik go‘daklar tug‘ilishini va bolalar o‘limini qisqartirish hamda bolalarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash;
b) tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigiyenasini yaxshilash;
s) yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklar oldini olish, davolash hamda ularga qarshi kurashish;
b) kasal bo‘lgan hollarda hammaga tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy parvarishni ta’minlaydigan sharoit yaratish.
13-modda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining ta’lim olish huquqini e’tirof etadi. Ular ta’lim inson shaxsining to‘liq rivojlanishi va uning qadr-qimmatini anglashiga qaratilgan bo‘lishi lozim, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni mustahkamlash zarur degan fikrga keladi. Shuningdek, ta’lim barchaga erkin jamiyatning foydali a’zolari bo‘lishga imkon yaratishi, barcha irqiy, etnik va diniy guruhlar o‘rtasidagi do‘stlikka, xayrixohlikka va sabr-toqatli bo‘lishga hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni sakdash borasidagi ishiga ko‘maklashishi lozim degan fikrga keladi.
2. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqlarning to‘liq amalga oshirilishi uchun quyidagi ishlarni amalda bajarish kerakligini e’tirof etadi:
a) boshlang‘ich ta’lim hamma uchun majburiy va tekin bo‘lishi kerak;
b) o‘rta ta’limning barcha shakllari, jumladan hunar-texnika o‘rta ta’limi ochiq bo‘lishi va barcha zarur choralar ko‘rilib, xususan, asta-sekin pulsiz ta’lim olishni joriy etish yo‘li bilan barchaning imkoni yetadigan darajaga erishish lozim;
c) har bir insonning qobiliyatini hisobga olgan holda barcha zarur choralarni ko‘rish, xususan asta-sekin bepul ta’lim olishni joriy etish yo‘li bilan oliy ta’lim olish hamma uchun imkon yetadigan darajada bo‘lishiga erishish kerak;
b) oddiy ta’lim, boshlang‘ich ta’limning to‘liq kursini o‘tmagan yoki tugallamagan kishilar uchun imkon boricha rag‘batlantirilishi yoki jadallashtirilishi lozim;
e) barcha darajadagi maktablar tarmoqlari faol rivojlantirilishi, stipendiyalarning qoniqarli tizimi belgilanishi va o‘qituvchilarning moddiy ahvoli doimiy ravishda yaxshilanib borishi kerak.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli hollarda qonuniy vasiylarning o‘z farzandlari uchun davlat hokimiyati ta’sis etgan maktablarnigina emas, ta’lim olish uchun davlat tomonidan belgilanishi yoki tasdikdanishi mumkin bo‘lgan eng kam talabga javob beruvchi maktablarni ham tanlab olish erkini hurmat qilish majburiyatini oladi. Ota-onalar yoki qonuniy vasiylarning bu erkiga o‘z shaxsiy e’tiqodiga ko‘ra farzandlarini diniy va axloqiy ta’lim bilan ta’minlashlari ham kiradi.
4. Mazkur moddaning hech bir qismi ayrim shaxslar va muassasalarning ushbu moddaning birinchi bandida bayon qilingan tamoyillarga og‘ishmay rioya etib va ushbu muassasalarda berilayotgan ta’lim davlat tomonidan belgilab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng kam talablarga javob berishiga rioya qilib o‘quv yurtlari ochish borasidagi erkinligini kamsitadi degan mazmunda talqin qilinmasligi kerak.
14-modda
Ushbu Pakt ishtirokchilari qatoriga kirishgacha bo‘lgan vaqtga qadar o‘z metropoliyasida yoki yurisdiksiyasida tekin majburiy boshlang‘ich ta’limni joriy eta olmagan mazkur Pakt a’zosi bo‘lgan har bir davlat ikki yil ichida tekin majburiy ta’lim tamoyilini amalga oshirish uchun mufassal tadbirlar rejasini ishlab chiqish majburiyatini oladi. Ushbu rejani hayotga tatbiq etishning oqilona muddati o‘sha rejada ko‘rsatiladi.
15-modda
1. Mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlar har bir insonning quyidagi huquqlarini e’tirof etadi:
a) madaniy hayotda ishtirok etish;
b) ilmiy taraqqiyot va uni amalda qo‘llash natijalaridan foydalanish;
s) o‘zi muallif bo‘lgan har qanday ilmiy, adabiy yoki badiiy mehnat bilan bog‘liq holda yuzaga keluvchi moddiy va ma’naviy manfaatlar himoyasidan foydalanish.
2. Ushbu huqukdarni to‘la amalga oshirish uchun mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlar qabul qilishi kerak bo‘lgan tadbirlar fan va madaniyat yutuqlarini himoyalash, rivojlantirish va yoyish uchun zarur bo‘lganlarini qamrab oladi.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyat uchun so‘zsiz zarur bo‘lgan erkinlikni hurmat qilish majburiyatini oladi.
4. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy va madaniy sohalarda xalqaro aloqalarni rag‘batlantirish va rivojlantirish orqasidan keladigan nafni tan oladi.
IV QISM
16-modda
1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Paktning shu qismiga muvofiq, mazkur Paktda tan olingan huquqlarga rioya etishga erishish borasida ko‘rilayotgan tadbirlar hamda siljishlar haqida ma’ruzalar takdim etish majburiyatini oladi.
2. a) Barcha ma’ruzalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga takdim etiladi, u esa ko‘rib chiqish uchun mazkur Pakt qoidalariga muvofiq Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga ma’ruzalarning nusxasini yuboradi;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning ma’ruzalarini yoki ma’ruzalarning tegishli qismini ushbu davlatlar a’zo bo‘lgan muassasalarga yuboradi, chunki ana shu ma’ruzalar yoki ma’ruzalarning qismlari konstitutsion aktlarga muvofiq o‘sha muassasalarning vazifasi doirasiga kiradigan barcha masalalarga aloqadordir.
17-modda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash tomonidan mazkur Pakt kuchga kirgandan so‘ng bir yil mobaynida ishtirokchi davlatlar va ixtisoslashgan manfaatdor muassasalar bilan maslahatlashib berilgan dasturga muvofiq bosqichma-bosqich o‘z ma’ruzalarini takdim etadi.
2. Mavzularda ushbu Pakt bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi darajasiga ta’sir etuvchi omillar va qiyinchiliklar ko‘rsatilishi mumkin.
3. Agar tegishli ma’lumot ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror-bir davlat tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yoki biror-bir ixtisoslashtirilgan muassasaga ilgariroq xabar qilingan bo‘lsa, bu ma’lumotlarni qayta bayon etishga hojat yo‘q va shu taxlitda xabardor etilgan ma’lumotlarga aniq tayanish yetarli bo‘ladi.
18-modda
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga ko‘ra inson huqukdari hamda asosiy erkinliklari borasidagi burchlarini bajarish uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan ushbu muassasalar faoliyatiga aloqador bo‘lgan ushbu Pakt qarorlariga rioya etilishiga erishish yo‘lida qanchalik siljishlar bo‘lgani haqida ma’ruzalar takdim etish borasida kelishib olishi mumkin. Bu ma’ruzalar shu taxlitda amalga oshirish to‘g‘risida ixtisoslashtirilgan muassasalar obro‘li organlari qabul qilayotgan qaror va tavsiyanomalarning tafsilotlarini ham o‘z ichiga olishi mumkin.
19-modda
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Inson huqukdari bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish va umumiy tavsiyalar berish uchun yoki tegishli hollarda inson huquqlariga aloqador masalalar borasida ma’lumot uchun 16-17-moddalarga binoan davlatlar taqdim etayotgan ma’ruzalarni axborot uchun berishi, shuningdek 18-moddaga muvofiq ixtisoslashgan muassasalar takdim etgan inson huquqlariga aloqador ma’ruzalar berishi mumkin.
20-modda
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi manfaatdor davlatlar va ixtisoslashtirilgan muassasalar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga 19-moddaga muvofiq har qanday umumiy tavsiyanoma borasida yoki Inson huqukdari bo‘yicha komissiyaning har qanday ma’ruzasidagi ana shunday umumiy tavsiyanomaga tayanish xususida yoki o‘sha joyda tayanilayotgan har qanday hujjat borasida mulohaza taqdim etishi mumkin.
21-modda
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash vaqti-vaqti bilan Bosh Assambleyaga ushbu Paktda tan olinayotgan huqukdarga yalpi rioya etilishini ta’minlash borasida qabul qilingan choralar va erishilgan natijalar to‘g‘risida mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar hamda ixtisoslashtirilgan muassasalardan olinadigan ma’lumotlarning qisqacha bayoni va umumiy tusdagi tavsiyanomalar bilan ma’ruzalar takdim etishi mumkin.
22-modda
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqa organlari ularning yordamchi organlari va texnik yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarning diqqat- e’tiborini mazkur Paktning ushbu qismida eslatilayotgan ma’ruzalar tufayli yuzaga kelayotgan har qanday masalalarga qaratishi mumkin, zero bu hol ana shu organlar tomonidan vakolatlari doirasida ushbu Paktni asta- sekin amalga oshirishga ko‘maklashish mumkin bo‘lgan xalqaro tadbirlarning qanchalik maqsadga muvofikdigi borasida qarorlar chiqarishida foydali bo‘lishi mumkin.
23-modda
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar konvensiyalar tuzish, tavsiyanomalar qabul qilish, maslahat maqsadida mintaqaviy va texnik kengash o‘tkazish, shuningdek, manfaatdor hukumatlar bilan hamkorlikda tashkiliy tadqiqotlar olib borish ushbu Paktda e’tirof etilayotgan huqukdarni amalga oshirishga yordam beruvchi xalqaro tadbirlar qatoriga kiradi deb kelishadilar.
24-modda
Ushbu Paktdagi hech bir narsa Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli organlari va ixtisoslashtirilgan muassasalarning mazkur Paktga daxldor masalalari borasidagi tegishli majburiyatlarini belgilaydigan BMT Nizomi qarorlari va ixtisoslashtirilgan muassasalarning nizomi ahamiyatini kamsitish deb talqin qilinmasligi kerak.
25-modda
Mazkur Paktdagi hech bir narsa barcha xalkdarning o‘z tabiiy boyliklari va resurslariga erkin egalik qilish hamda foydalanishdek ajralmas huquqini kamsitadi deb talqin qilinishi mumkin emas.
V QISM
26-modda
1. Ushbu Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan yoki BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalariga a’zo bo‘lgan, Xalqaro Sud Statuti ishtirokchisi bo‘lgan yoki mazkur Paktda ishtirok etish uchun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan taklif etilgan har qanday boshqa davlat imzolashi uchun ochiq.
2. Ushbu Pakt ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya qilingan yorlikdar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
3. Ushbu Pakt mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan har qanday davlat qo‘shilishi uchun ochiqdir.
4. Qo‘shilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qo‘shilish haqidagi hujjat saqlash uchun topshirilgach amalga oshiriladi.
5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktni imzolagan yoki unga qo‘shilgan davlatlarni ratifikatsiya qilingan yorliqlar yoki qo‘shilish haqidagi hujjatlar sakdash uchun topshirilishi to‘g‘risida xabardor qiladi, mazkur Pakt uning o‘z ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish haqidagi hujjati sakdash uchun qabul qilingandan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
27-modda
1. Mazkur Pakt Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga o‘ttiz beshinchi ratifikatsiya qilingan yorliq yoki qo‘shilish haqidagi hujjat saqlash uchun berilgan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Paktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan har bir davlat uchun o‘ttiz beshinchi ratifikatsiya qilingan yorliq yoki qo‘shilish haqida hujjat sakdash uchun berilgandan so‘ng, o‘sha davlatning o‘z ratifikatsiya qilingan yorlig‘i yoki qo‘shilish haqidagi hujjati sakdash uchun berilgan kundan boshlab uch oy o‘tgach mazkur Pakt kuchga kiradi.
28-modda
Ushbu Pakt qarorlari federativ davlatlarning hamma qismiga hech bir cheklashlarsiz yoki olib tashlashlarsiz joriy etiladi.
29-modda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat tuzatishlar taklif etishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga takdim etishi mumkin. Bosh kotib taklif etilgan har qanday o‘zgartirishlarni mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga jo‘natadi va ulardan ushbu takliflarni ko‘rib chiqish hamda ovozga qo‘yish maqsadida konferensiya chaqirish haqidagi fikrini bildirishni iltimos qiladi. Agar ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan biri shunday konferensiyani ma’qullab fikr bildirsa, BMT Bosh kotibi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbarligida ushbu konferensiyani chaqiradi. Mazkur konferensiyada ishtirok etuvchi va ovoz berishda qatnashuvchi ishtirokchi-davlatlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun takdim etiladi.
2. Tuzatishlar ularni BMT Bosh Assambleyasi tasdiqlagach va ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan ularning konstitutsiya tartibiga muvofiq qabul qilingach kuchga kiradi.
3. Tuzatishlar kuchga kirgach uni qabul etgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy bo‘ladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa mazkur Paktning ular tomonidan qabul qilingan qarorlari va barcha ilgarigi tuzatishlar majburiy bo‘lib qoladi.
30-modda
26-moddaning 5-bandiga muvofiq yuboriladigan bildirishlardan qat’i nazar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘sha moddaning 1-bandida qayd etilgan davlatlarni quyidagilar haqida xabardor etadi:
a) 26-moddaga binoan imzolashlar, ratifikatsiyalar va qo‘shilishlar;
b) 27-moddaga muvofiq mazkur Paktning kuchga kirish sanasi va 29-moddaga muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish sanasi.
31-modda
1. Mazkur Pakt ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan bo‘lib hamma matnlar teng kuchga ega, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining arxiviga sakdash uchun topshirilishi kerak.
2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi 26-moddada ko‘rsatilgan barcha davlatlarga ushbu Paktning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi.
(imzolar)

Download 45.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling