1-test. Botanika Qizil kitobga kiritilgan o’simliklarni aniqlang


Download 34.5 Kb.
Sana10.09.2022
Hajmi34.5 Kb.
#803807
Bog'liq
1-test.botanika.MTM


1-test.Botanika
1.Qizil kitobga kiritilgan o’simliklarni aniqlang.
A) qizil lola,sallagul,nilufar B) shirach,sallagul,jumagul C) xolmon,ko’zagul,bodom D) xolmon, shirach,chinnigul
2.Qaysi bo’lim yo’sinlarni o’rganadi? A) briologiya B) algologiya C) lixenologiya D) sitologiya
3.Chorva mollari uchun to’yimli butalarni toping. A) yantoq,beda B) izen,keyreuk
C) shuvoq, javdar D)sebarga,saksovul
4.Seyshel orollarida 10 yillar mobaynida pishib yetiladigan,og’irligi 25 kg keladigan seyshel palmasi yong’oqlari.Bu ta’rif qaysi bo’limlar orqali o’rganilgan?
A)fiziologiya,briologiya,anotomiya B) geobotanika,fiziologiya,morfologiya
C) anatomiya,embriologiya,paleontalogiya D) morfologiya,fiziologiya,anatomiya
5.Vegetativ organlarni aniqlang. A)gul,novda B)meva,gul C)urug’,barg D)barg,ildiz
6.Butalarni aniqlang: a) andiz; b)yalpiz; c)qoraqa;t d)archa; e)maymunjon; f)singirtak g)ligustrum; h)kungaboqar; i) limon; j)sigirquyruq; k)g’o’za; l)keyreuk; m)nastarin.
A) a,b,c,f,g,I B)a,c,e,k,m, C)c,d,e,f,g,i D)c,e,f,g,i,m
7.Hujayralarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan bir yillik o’tlarni aniqlang.
A)limon,mandarin B)pomidor,tarvuz C)limon,pomidor D)bachasi to’g’ri
8.Plastidaga ega bo’lmagan yadrosiz organizmlar qaysi javobda berilgan?
A)zamburug’,bakteriya B)ko’k-yashil suvo’t,bakteriya C)faqat zamburug’lar D)to’g’ri javob yo’q
9.Po’kak hujayrani qaysi olim kashf etgan? A)R.Braun B)K.Linney C)R.Guk D)F.N.Rusanov
10.Lavlagi o’simligi hayotining birinchi yilida qaysi vegetative organlarini chiqaradi?
A)guli B)mevasi C) urug’I D)ildizi
11.Nima uchun tirik hujayralarni kuzatish uchun elodiya o’simligidan foydalaniladi?
A) hujayra qobig’ida teshiklar bo’lganligi uchun B)suvda tabiiy sharoitda o’sganligi uchun
C)barglari halqa hosil qilib joylashganligi uchun D)hujayralari o’zaro tutashganligi uchun
12.Yosh hujayraning qari hujayradan farqini aniqlang. A)plastidaga ega bo’lmaydi B)vakuolasi yirik bo’ladi
C)yadrosi yo’qoladi D) vakuolasi nisbatan mayda
13.Floemada to’qima hujayralarning joylashish tartibini ko’rsating.
A)o’tkazuvchi nay,parenxima,tola B)elaksimon nay,yo’ldosh hujayra,parenxima,lub tola
C)elaksimon nay,o’tkazuvchi nay,yo’ldosh hujayra D)Yog’ochlik tola,lub tola,parenxima
14.Loviyasimon hujayralar epidermaning boshqa hujayralaridan qanday farq qiladi?
A)xromoplastga ega B)xloroplastga ega C)leykoplastga ega D)barg og’izchasi yo’q
15.Ko’payishda asosiy rol o’ynovchi organoidni ko’rsating? A)sitoplazma B)yadro C)vakuola D)hujayra qobig’i
16.Fiziologiyani aniqlang. A)fotosintez B)suv bug’latish C)mineral moddalar almashinuvi D) barchasi to’g’ri
17.To’g’ri ma’lumotni toping. A)Fotosintez jarayonida kislorod yutiladi,CO2 ajraladi
B)barcha tirik organizmlar zamburug’lardan tashkil topgan
C)Yashil o’simliklar organik modda hosil qiladi D)hujayralar shakliga ko’ra bir xil bo’ladi
18.Bo’yi 1 metrga yetadigan o’simliklar qaysi javobda noto’g’ri ko’rsatilmagan?
A)kanop,kanakunjut B)archa,kungaboqar C)kungaboqar,zubturum D)momaqaltiroq,qo’ytikan
19.Gul,meva va urug’ uchun umumiy bo’lganini toping?
A)hujayralarini kuzatish mumkin B)barchasi vegetativ organ
C)umumiy belgi yo’q D)generativ organlar qatoriga kiradi
20.Shox-shabbasi sharsimon o’simlik(lar)ni aniqlang. A)baobab B)terak C)shaftoli D) qarag’ay
21.Gulli o’simliklarning xilma-xilligi nimaga bog’liq?
A)suv muhitiga B)fiziologiyasiga C)ekologik sharoitga D)morfologiyasiga
22.Bir yillik o’tlarni aniqlang. A)beda,ajriq,g’umay,iloq,lola B)g’o’za,bug’doy,beda,arpa,tarvuz,o’rik
C)pomidor,sholi,no’xat,rayhon D)izen,keyreuk,beda,sebarga,makkajo’xori
23.Ikkinchi yil gullab meva tuguvchi o’simlikni aniqlang. A)karam B)nastarin C)shuvoq D)itsigak
24.Diametri 1metrga yetadigan o’simlikni aniqlang. A)makkajo’xori B)raffleziya C)kanop D)kanakunjut
25.Qizil kitobga kiritilgan tabiat ko’rki qaysi? A)lola B)xolmon C)sallagul D) A va B javob
26.Flora nima? A)o’simliklar dunyosi B)zamburug’lar C)hayvonlar dunyosi D)bakteriyalar
27.O’zbekistonda o’suvchi yuksak o’simliklar yer yuzidagi gulli o’simliklarning qancha foizini tashkil etadi? A)50% B)1.8% C)3,333% D)0,9%
28.Botanika atamasi nechta ma’noga ega? A) 2ta B) 3ta C) 1ta D) 5ta
29.Piyoz hujayrasiga xos ma’lumotlarni aniqlang.
A)shakli cho’ziq B)leykoplastga ega C)o’zaro zich joylashgan D)barchasi to’g’ri
30.Ona hujayradan yosh hujayralar hosil bo’lish ketma –ketliginini joylang.a)sitoplazmada to’siq hosil bo’ladi b)plastidalar teng taqsimlanadi; c)yadro kattalashmaydi; d)ikkita yosh hujayra hosil bo’ladi; e)yadro ikkiga bo’linadi; f)hosil bo’lgan hujayralar oziq modda to’playdi. A)e,a,b,d,f B)a,d,c,e,f C)e,c,b,d,f D)e,c,a,d,b,f

TO’XTAMURODOVA MARHABO
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling