1. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar haq ida umumiy tushuncha. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasi


Download 30.67 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi30.67 Kb.
#1259254

Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida texnik iqtisodiy hisoblar.
Reja:
1. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar haq ida umumiy tushuncha.
2. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasi.
3. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarish bo‘yicha tavsiya.
Tayanch iboralar: Iqtisodiy ko‘rsatkich, variant, kapital mablag‘, effektivlik koeffitsenti, ekspluatatsiya xarajati, ta’mirlashga xarajat, keltirilgan yillik xarajat.
1.Texnik iqtisodiy hisoblashlar(TIH) elektr ta’minoti sxemalarining optimal variantlari va ularning tarmoqlari hamda elementlarini parametrlarini aniqlashdan iborat. Bunda asosiy hujjat bo‘lib (energetikada texnik iqtisodiy hisoblashlar metodikasi) xizmat qiladi. Bu metodikada optimal variant minimal yillik keltirilgan xarajat kriteriyasidan kelib chikib bajariladi.Elektr ta’minotida ko‘p variantli sxemalarni yoki elementlarini olib ularni texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblashga to‘g‘ri keladi. So‘ngi yillarda ularni bajarish uchun dasturlar va avtomatizatsiyalash uchun elektr hisoblash mashinalari qo‘llanilmokda.
Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasi.
Elektr ta’minotining variantini tejamli bajarilishi uchun keltirilgan xarajati kam bo‘lish talablarga javob beradigan variant tanlanishi shart. Buning uchun elektr ta’minoti tizimida texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda variantlarini keltirilgan xarajatlari farki 5-10% ni tashkil etsa , unda kapital mablag‘lari kam bo‘lgan va sifatli ko‘rsatgichga ega bo‘lgan variant tanlanadi.
Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar elektr ta’minoti tizimida , jumladan sanoat korxonalarida asosan keltirilgan xarajat Z bo‘lib (sum/yil ) taqqoslanayotgan variantlarni iqtisodiy jihatdan aniqlash o‘lchovidir .Keltirilgan xarajat quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

Z=En K + Ie bunda


En- energetikada keltirilgan (effektivlik koeffitsienti) koeffitsient bo‘lib u quyidagicha aniqlanadi

K- o‘z navbatida har bir variantni yoki uning elemenlarini kapital mablag‘lari bo‘lib u ming yoki mln. sum da o‘lchanadi . Kapital mablag‘lar tanlanayotgan variantlar yoki ularning elementlarini narxlari bo‘lib ular narxlar ko‘rsatilgan ma’lumotnomalardan olinadi. Kapital mablag‘lar loyihada smetaga ya’ni loyihalash uchun hamma mablag‘larni o‘z ichiga oluvchi ruyxatga kiritiladi.
Ie – ishlab chikarishda normal ekspluatatsiya jarayonida yillik chikimdir (ming so‘m/yil yoki mln. so‘m/ yil).
Asosan loyihalashda yillik ekspluatatsiya tarkibida bo‘lgan chikimlar vakt davomida inshootlarni ekspluatatsiyaga kiritilishida quyidagilardan iborat.
Ia , Iel ,Ien , Ixk bo‘lib, ular o‘z navbatida amartizatsiyaga, elektr energiya, elektroenergiya isrofi va xizmat kursatishga chikimlardan iborat.
Bu ko‘rsatgichlar pul muomalasini o‘zgarishi va narx navoni o‘zgarishi bilan o‘zgarib turadi. CHunki ularning norma koeffitsietlari ham shart sharoitlardan kelib chikib o‘zgarib turadi. Ammo bu chikimlarning normalari maxsus hujjatlarda belgilangan bo‘lib. Qisqaacha ma’lumotlarda ham keltirilgan bo‘ladi.
Agar amartizatsiyaga chikimni ko‘rib chiksak u quyidagicha hisoblanadi .

Ia= Ea · K ming so‘m/ yil.


Bunda K-elektr ta’minoti sxema variantini umumiy yoki bir elementining kapital mablag‘i hisoblanadi. Ea- esa kaysi element bo‘lishiga karab shu element uchun chikim normasidir.


Masalan : Ea – kuch elektrotexnik kurilmalar transformator uchun 6,3% yoki 0,063 ga teng.Kuchlanishi 35-160 kV gacha xavoda elektr uzatish liniyasi uchun esa ( metall yoki temir tayanchli ) – 2,8% yoki 0,028 ga teng.
Bular katori boshqa hamma elektr va boshqa kurilmalar uchun maxsus ma’lumotnomalarda, jadvallarda chikim normalari sifatida keltirilgan.
Ixk = Exk · K
Bunda Exk- xizmat kursatishga chikim normasi bo‘lib u kuch yig‘malari , kurilmalar va transformatorlar uchun Exk= 3% yoki 0,03 bo‘ladi.
K- elementning kapital mablag‘i bo‘ladi.YAna bir muxim chikim bu elektr energiya ist’emoliga Iel kup hollarda loyihalashda yukmalarning iste’mol qiladigan energiya isrofiga chikim Iei xisobga olinadi. Bu chikim har bir element uchun uziga xos kursatkichlaridan kelib chikib mos formulalar yordamida aniqlanadi. Ammo har bir kVt elektr energiya uchun uning qiymati belgilangan bo‘lib, shart – sharoitlar asosida uzgarib turadi.
SHu bilan birga elektr energiya iste’moli uchun tulov va isrofga chikim belgilangan normada tula quvvati Sn 750 kVa bo‘lsa ikki tarif stavkada hisoblanib tulov amalga oshiriladi. Kichik bo‘lsa bir tarif stavka asosida amalga oshiriladi.
Umuman elektr tarmoqda butun variant uchun S  750 kVA da

Ien =  · ΔW ming sum/ soat


Bunda β – bir soatda 1 kVt elektroenergiya bahosi.
ΔW- 1 soatli energiya isrofi .
Ikki tarif stavka uchun.
Iei =m ΔRm +m0P0
Bunda m- maksimal yuklamada 1 kVt quvvat narxi-sum/(kVt.yil)
m0-salt ishlash rejimida 1 kVt quvvat narxi sum/(kVt.yil).
ΔRm va ΔR0 –maksimal yuklamada va salt ishlashda aktiv quvvat-MVt.
m va m0quyidagi formulalardan topiladi.

bunda Tm-korxonani maksimum yuklamada ishlagan soati.
τm- isrofni maksimum soati bo‘lib, u quyidagicha topiladi.
(soat)
β-ko‘shimcha tarif stavkasi (ya’ni, hisoblagichni 1 kVt uchun to‘lanadigan so‘m )- kVt · s sum.
α-ikki tarifli stavkaning asosiy tarifi bo‘lib, talab qilinadigan quvvatni 1 kVt i uchun bir yilligining narxi so‘m/kVt. Α va βqiymatlari respublika energiya nazorati tomonidan qonuniy hujjatlarda ko‘rsatlgan bo‘ladi.
Ba’zan yillik keltirilgan xarajatlarga keltirilgan zararlar ham kiritiladi. Ammo, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarishda korxonaning elektr yuklamalarini to‘g‘ri hisoblash kompensatsiya va kulay sxemalarni tanlash muhim ahamiyatgaegadir.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minotida T.I.K. ni bajarishda quyidagi taqqoslash shartlariga rioya kilish kerak.
1.Texnik tomondan: Variantlarni texnik parametrlarini optimal rejimlarida o‘zaro almashtirilishini taqqoslash.
2. Bir xil shart-sharoitda bir xil iktiosdiy ko‘rsatkichlarda narx navoni bir xilligida iqtisodiy jihatdan hisoblash.
Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni quyidagi hollarda bajarilish amalga oshiriladi.
A) YAna yangi elektr ta’minoti tizimi loyihalanishida. Bunda yillik xarajat
Z=EnK+I
SHuningdek yangi loyihalanayotgan variant mahsuloti fark kilsa, unda solishtirma keltirilgan xarajat
z =Z/Pn
Aniqlanish tavsiya etiladi.
Pn- bir ishda normal ekspluatatsiyadagi mahsulot hajmi.
Ekspluatatsiyaga xarajati esa
Ie=Iei+Ia bo‘ladi.
B) Elektr ta’minoti qayta ta’mirlanishida.
Bu holatda keltirilgan xarajat
Zkt=En(Kv Kmd+ Klo)K Ks* Kv+Iei
Kv- qayta kuriladigan elektr ta’minoti elementining kapital mablag‘i .
Kmd= Km+ K d bo‘lib elektr ta’minotining bor elementi va montaj va demontaj kapital mablag‘i .
Klo- qayta ta’mirlashda olib tashlanadigan elementning kapital mablag‘i.
Klo=Kvs(1-aat) - KlKKd
Kvs=KstKKis- bor elementlarni tiklovchi kapital mablag‘i .
Kst- eski elementni kapital mablag‘i .
Kis= aat- bor elementlarning emirilishi .
aa- amartizatsiya normasi, t- ishga tushirilgan paytdaqayta ta’mirlashgacha bo‘lgan vakt.
Kl-elementni olib tashlash (elektr ta’minoti tizimi elementi) uchun kapital mablag‘ .
as-amartizatsiya va joriy ta’mirlashga chikim normasi. Keltirilgan yillik xarajatlar qayta ta’mirlash uchun.
Zk.t=EnKv+as(Kv+ Kvs)+Iei
Iei-elektr energiya isrofiga chikim.
3. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda ikki variantni o‘zaro taqqoslash o‘z-o‘zini koplash muddatini topish formulasi yordamida amalga oshiriladi.

bunda, K1, K2 –variantlarning kapital mablag‘lari.
I1 va I2 –variantlarning yillik ekspluatatsiya xarajatlari.
Tok -o‘z-o‘zini xarajatini qoplash muddati. Bu hisoblashlar variantlarini (K1>K2) , lekin (I12) yoki K12 va I1>I2 hollarda kaysi variantni loyiha uchun qo‘llashni aniqlash imkonini beradi. Tok-qo‘shimcha kapital mablag‘larini ekspluatatsiyaga olingan qqismidan tejash yo‘li bilan vaqtini belgilaydi. En- iqtisodiy effektivlik koeffitsienti bo‘lib, u yillik ekspluatatsiya xarajatlarini nisbiy tejalishini ko‘rsatadi.

Ko‘shimcha kapital mablag‘larda qanchaik unumli foydalanilsa shuncha ko‘p En bo‘ladi. Tejamli o‘z-o‘zini koplash muddati Tn bo‘lib u normativlik koefitsientini aniqlash imkonini beradi. Elektr energetikada bu koeffitsient En=0,125 bo‘lib Tn=8 yilgacha belgilangan.
Agar Tok = Tn bo‘lsa variantlar iqtisodiy jixatdan teng;
Agar Tok< Tn bo‘lsa kapital mablag‘i ko‘p va yillik ekspluatatsiya xarajati kam bo‘lgan variant tejamli.
Agar Tok> Tn bo‘lsa kapital mablag‘lari kichik va yillik ekspluatatsiya xarajatlari ko‘p bo‘lgan variant tejamli hisoblanadi.
Uchta va undan ortiq variantlarni taqqoslashda keltirilgan xarajat formulasidan foydalaniladi.
Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling