1. tilshunoslikka kirish


Download 128.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.11.2020
Hajmi128.34 Kb.
#150610
Bog'liq
1-maruza


1. TILSHUNOSLIKKA  KIRISH 

          Tilshunoslik  tilning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi,  til  va  tafakkur,  til  va 

jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi - tilning 

tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi  masalalami  o  ‘rganadigan  fandir.  Til  

kishilar    o’rtasidagi    munosabatning    eng    muhim    quroli  bo’lib,  jamiyat  

taraqqiyoti    jarayonida    shakllangan    va    umuminsoniy    manfaatlarga    xizmat  

qiladi. Tilning  paydo bo’lishi  va  rivojlanishi  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  bog’liq  

ekan,  inson    kamoloti    haqida    fikr    yurituvchi    barcha    fanlarning    o’rganish  

manbai  tilga  aloqador  hisoblanadi . 

 

Tilni  tilshunoslikdan  tashqari  falsafa,  mantiq  kabi  boshqa  fanlar  ham  o 



‘rganadi.    Ma’lumki,  tafakkurga  daxldor  masalalar  mantiq  ilmining  mavzusidir. 

Shu  tufayli  mantiqchilar  tafakkur  qonuniyatlari  bilan  birga,  fikrning  tilda  aks 

etishini  o‘rganmasliklari  mumkin  emas.  Undan  tashqari,  til  va  tafakkur  bir-biri 

bilan uzviy bog‘langan, biri - ikkinchisisiz yashay olmaydigan hodisadir, tafakkur 

tilda  yashaydi,  har  qanday  nutq  asosida  esa  tafakkur  yotadi.  Mantiq  tilni  ana  shu 

yo‘nalishda  o  ‘rganadi.  Tilning  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishi  jamiyat  taraqqiyoti 

bilan bog‘liqligi tufayli til sotsiologlar tomonidan ham o‘rganiladi. Jamiyat tarixiy 

taraqqiyoti jarayonida sodir bo‘Igan voqea va hodisalar tilda aks etmay qolmaydi. 

Shunga  ko‘ra,  tarixchilar  til  tarixiga,  tilshunoslar  esa  o‘z  navbatida  tarix  faniga 

murojaat qilmay ilojlari yo‘q. Demak, tilshunoslar tilga oid masalalami hal qilishda 

etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, fizika va boshqa 

fanlarga oid materiallar va xulosalardan foydalanadilar. 

Shunday qilib, til faqat tilshunoslik emas, balki boshqa fanlar uchun ham o‘rganish 

sohasi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Bu  sohadan  har  bir  fan  o‘z  mavzusini  ajratib 

oladi.  0  ‘rganilish  sohasini  ajratib  olish  nuqtai  nazaridan  tilshunoslik  ikki  turga: 

mikrolingvistika  fkichik  tilshunoslik)  va  makrolingvistikci  (katta  tilshunoslik)ga 

ajratiladi.  

Mikrolingvistika - tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini 

o`rganadi 



Makrolingvistika  -  tilning  paydo  bo‘lishi  va  uning  taraqqiyot  qonunlari,  tilning 

ijtimoiy    mohiyatini:  uning  tafakkur  bilan  munosabatini,  til  va  boshqa  signal 

sistemalari orasidagi  o‘xshashlik va farqlami, tilning tarqalishi  - idialekt (shaxsiy 

sheva), yangi til masalalari kabi muammolami o‘z ichiga oladi. 

        Tilshunoslik fanining asosiy problemalaridan biri tilning ushbu fanning predmeti 

sifatidagi ta'rifidir. Ma'lumki, tabiiy inson tili faqat tilshunoslikda emas, balki yana bir 

qator  fanlar  tomonidan  o’rganiladigan  murakkab  obyekt  bo’lib,  har  bir  fanning  tilga 

bergan ta'rifi ham turlicha bo’lishi mumkin. Hattoki, tilshunoslik fanining o’zida ham 

tilning  yagona  ta’rifi    yo’q.  Tilning  ta'rifi  masalasi  tilshunoslik  fani  tarixidagi  eng 

muhim masalalardan biri bo’lib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda 

ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab bo’lmoqda. 

      Hozirgi  kunda  til nima  degan  savolga  olimlar  turlicha  javob  beradilar.  Xususan:  - 

«Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar m ajm uidir» (F.de Sossyur). 

 -  «Til  -  odam  ongining  ishtirokisiz,  uning  tashqi  dunyoga  nisbatan  bo'lgan  mexanik 

harakatidir».  

- «Til fikrn i ifoda qilishga mo'ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan tovushlar 

majmuidir» (B. Grosse), degan fikrlar mavjud. Bu fikrlaming birortasi, ular garchi bir-

birini to‘ldirsa ham, tilning to’liq ta’rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini 

ochib  berolmaydi.  Olimlar  tilning  kishilik  jamiyatida  tutgan  o‘mi  naqadar  muhim 

ekanini ko‘rsatib, «til kishilaming eng muhim aloqa vositasidir», deb ta’riflaydilar. Til 

yakkayu  yagona  aloqa  vositasi  emas.  Aloqa  boshqa  vositalar  orqali  ham  o‘matilishi 

mumkin.  Masalan,  Morze  alfaviti,  imo-ishoralar,  Afrikada  uzoq  masofaga  axborot 

berish  uchun  qo‘llaniladigan  nog‘ora  tovushlari,  Kanar  orollarida  ishlatiladigan 

«Hushtak-tili»  shular  jumlasidandir.  Lekin  bular  tilga  nisbatan  yordamchi,  ikkinchi 

darajali  vositalardir.  Til  va  boshqa  aloqa  vositalari  orasida  o‘xshashlik  va  farqlar 

mavjud. Bu vositalami bir- biri bilan birlashtiradigan xususiyatlar quyidagilar:  

- fikr va hissiyotlarni ifodalaydi;  

- ijtimoiy, chunki jam iyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qiladi; 

 -  moddiy  (tovush  to  'Iqinlari,  grafik  chizmalar  va  boshqa  vositalar  orqali  amalga 

oshiriladi);  



- obyektiv borliqni aks ettiradi. 

 Ular orasidagi farq esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi:  

1. Til fikr va hissiyotlarni ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo‘llaydi. 

Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, k o‘cha harakati 

belgilari asosan haydovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi. 

2. Til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga 'etkazmasdan, balki 

gapiruvchining  bu  axborotga  munosabatini,  uning  xohish-istagi  va  bahosi,  ruhiy 

holotini aks ettiradi.  

3.  Tildan  boshqa  barcha  signal  sistemalari  sun’iydir.1  Ular  odamlar  tomonidan 

yaratiladi va sharoitga ko‘ra o’zgartirilishi mumkin. Sun’iy vositalaming yaratilishida 

odamlarning  hammasi  emas.  balki  mazkur  sohani  yaxshi  biluvchi  kichik  bir  guruh 

ishtirok  etadi.  Til  esa  odamlaming  istak-xohishlariga  bog‘liq  bo‘lmaydi,  uni  jamiyat 

a’zolari o‘z ixtiyorlari bilan o‘zgartira olmaydi. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat 

qiladi,  ulaming  ehtiyojlarini  to‘la-to‘kis  bajaradi,  garchand  til  o‘zgaruvchan  hodisa 

bo‘lsa-da, u faqat o ‘zining ichki obyektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Shu bilan birga 

shuni ham qayd qilish kerakki, jamiyat bo‘lmasa, til bo‘lmaydi; jamiyat tilni kundalik 

hayotida  qo‘llamasa,  u  (til)  rivojlanmaydi.  Demak,  til  va  jamiyat  doimo  bir-  birini 

taqozo etadi. Boshqa signal tizimlari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo‘shimcha vosita 

sifatida  namoyon  bo‘ladi,  tilni  to‘ldiradi.  Shunday  qilib,  til  o‘ziga  xos  semiologik 

sistema (ya’ni, ishoralar istemasi) bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish 

quroli,  jamiyat  tafakkurining  rivojlanishini  ta’minlovchi,  avloddan-avlodga  madaniy-

tarixiy meros va an’analami yetkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi. 

 

Tilshunoslik fanining pridmeti, o’rganish manbai o’z  ichki  qonuniyatlariga  



ega  bo’lgan murakkab  tizim –tildir. Tilning o’ziga xos  xususiyatlarini, taraqqiyot  

qonuniyatlarini  o’rganish  mazkur  ijtimoiy  hodisaga  har  tomonlama to’liq  ta’rif  

berish  imkonini  yaratadi .  Til  umumiy  qonuniyatga  bo’ysunuvchi  o’ziga  xos  

ramzlar  tizimi  bo’lib,  kishilik  jamiyatidagi  aloqa  - munosabatning  eng  muhim  

quroli,  fikr    ifodasi    hamda  fikr    yuritish    asosi  ,  voqelikni    avloddan    avlodga  

yetkazuvchi  ,    insoniy    kechinmalarni,  his  –tuyg’ularni    ifoda    etuvchi    vositadir. 

Tilshunoslik  tarixida  tilga turlicha  yondashuvlarni  kuzatish  mumkin . 


 

XX  asrdan  boshlab  tilshunoslik  fanining  predmetini  aniqlashda  yangi  davr 

boshlandi. Hozirgi   zamon tilshunoslik fanining asoschisi mashhur shveysariyalik olim 

F. de Sossyur (1857-1913) nazariyasi ta'sirida tilshunoslik fanining predmeti  masalasi   

ham  yangicha tus oldi. F. de Sossyurning   fandagi   asosiy  xizmati  shundan iboratki, 

u  birinchilar  qatori  tilning  murakkab  hodisa  ekanligini  aniqlagan  holda,  yangi  

mukammal va aniq, shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini  yaratib berdi. 

 

Tilshunoslik    fanining    predmetini    aniqlash    va    uni    ta’riflashga  intilgan  



F.de  Sossyurning    qarashlari    tilshunoslik    tarixidagi    muhim    masalalarni    hal  

etishda sezilarli  ta’sir  ko’rsatdi . F.de Sossyur  fikricha , til  kishilik  jamiyatida  

bajaradigan vazifasiga  ko’ra  aloqa  quroli , fikr  ifodalash  vositasidir;  ijtimoiy  

tabiati  jihatidan  til madaniy –tarixiy  va ijtimoiy  hodisa , ichki  tuzilishiga  ko’ra  

sof  belgi  - ishoralar  tizimidir . 

 

 



Boshqa   bir  qator  olimlar (A.Shleyxer, G. Paul,  M. Myuller), tilshunoslik  

maktablari (“Yosh  grammatikachilar“ maktabi, Praga  strukturalizmi, Kopengagen  

strukturalizmi,  Amerika    strukturalizmi)  tilning    asl    mohiyatini    ochib    berish 

masalasiga  o’z  nuqtayi   nazarlaridan yondashdilar. Ularning  fikr  - mulohazalari  

tilshunoslik    sohasida  erishilgan    yutuqlardan  hisoblansa–da,  mazkur  

qarashlarning  ba’zi  jihatlari  cheklangan  edi. 

 

 

Tilshunoslikning  umumiy  va  xususiy  tilshunoslik ; nazariy   tilshunoslik, 



amaliy  tilshunoslik kabi   qator  bo’limlari  mavjud  bo’lib, tilning  ayrim  jihatlari  

asosida  umumiy  qoidalar chiqariladi. 

 

 

Til - ijtimoiy  hodisa. Til  jamiyat  taraqqiyoti  jarayonida  yuzaga  kelgan.  



Til    -  tabiiy,  biologik    hodisa    emas  ;    tilning    mavjud    bo’lishi    va    uning  

taraqqiyoti    tabiat    qonunlariga    bo’ysunmaydi.  Til    butun    jamiyat    tarixi  

jarayonidagi    tadrijiy    davrlarning      mahsuli    sifatida  umuminsoniy    manfaatga  

xizmat  qiladi .  



 

 

 

Nazorat savollari 

 1. Til qanday sohalar bilan aloqador? Sababini keltiring. 

 2. Tilshunoslikning turlari va ularning o’rganish predmeti nimalar? 

3. Tilga o’z tushunchangiz asosida ta’rif bering. 

4. Tildan boshqa aloqa vositalarini sanang va ular qanday maqsadlarda foydalaniladi? 

5. Til va boshqa aloqa vositalari o’rtasidagi umumiy xususiyatlar nima? 

6. Til va boshqa aloqa vositalari o’rtasidagi farqlar nimalar? 



7. F.D. Sossyurni tilga bergan ta’rifini izohlang. 

 

Download 128.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling