1. tjbatning asosiy funksiyalari


Download 202.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.10.2020
Hajmi202.93 Kb.
#137832
Bog'liq
Hamidov Abdulla TJA fanidan 1-ON ishi-converted


Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish yo’nalishi TJA-143-17 guruh 

talabasi Hamidov Abdullaning Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan  

oraliq nazorat ishi (tartib raqam №20) 

 

 

 

 

1.  TJBATning asosiy funksiyalari.  

 

TJBATning funksiyasi deb, tizimning boshqarish maqsadiga erishish uchun yo’naltirilgan hatti-



harakatlariga aytiladi.  

 

TJBATning umumiy funksiyalari quyidagilar:  



 

1.  Axborot  bolan  taminlash  –  TBO  holati  to’g’risidagi  axborotno  yig’ish,  o’zgartirish  va 

saqlash;  bu  axborot  operativ  hodimga  taqdim  qilinadi  yoki  keyingi  qayta  ishlash  uchun 

uzatiladi.  

2.  TBOning ayni vaqtdagi holati to’g’risidagi axborotni dastlabki qayta ishlash.  

3.  Texnologik parametrlarni va obyekt holati ko’rsatgichlarini o’rnatilgan qiymatdan og’ishi 

(farqi)ni aniqlash.  

4.  O’lchanmaydigan kattaliklar va ko’rsatgichlarni qiymatlarini hisoblash (vositali o’lchash, 

prognoz(bashorat)lash, texnik iqtisodiy ko’rsatgichlarni hisobi).  

5.  Axborotlarni tezkor ifodalash va qayd qilish (regestratsiya).  

6.  Operativ hodim bilan axborot almashinish.  

7.  Yuqori darajada turgan BAT bilan axborot almashinish.  

8.  Texnologik jarayonning ratsional rejimini aniqlash.  

9.  Tanlangan rejimni amalga oshirish uchun boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqish. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



«ТЖА ва Б» кафедраси 

мудири _______ A.Маллаев 

«_____» ____________2020й 

«Технологик жараёнларни автоматлаштириш»  фанидан оралиқ назорат саволлари 

 

20 

1.  ТЖБАТнинг асосий функциялари 

2.  Рақамли бошқаришни бажарувчи хисоблаш мажмуали ТЖБАТ  

3.  Тойдирувчи таъсир(юк) бўйича бошқариш принципи 

 

Тузувчи                           Б.Ш.Ибрагимов 



TJBАT ning asosiy funktsiyalarini sxematik quyidagicha ifodalash mumkin: 

 

 



 

Boshqarish funktsiyasi, ishlab chiqarishdagi vaziyatlarni oʼzgarib turishi sharoitlarida, boshqarish 

mezonlarini ekstremal qiymatlarini taʼminlaydi. Boshqarish funktsiyasi 2 guruxga boʼlinadi: 

 

1-optimal boshqarish taʼsirlarini aniqlash; 



 

2-TBO  ga  boshqarish  taʼsirlarini  shakllantirish  orqali  ushbu  (optimal)  rejimni  amalga  oshirish 

(stabillash, dasturli boshqarish, dasturli-mantiqiy boshqarish).  

 

 



2.  Raqamli boshqarishni bajaruvchi hisoblash majmuali TJBAT.  

 

Аvtomatlashtirishda raqamli qurilmalarning ahamiyati juda katta. 



Raqamli  qurilma  -  raqamli  maʼlumotni  qabul  qilish,  qayta  ishlash  va  uzatish  uchun  xizmat 

qiladigan  qurilma  hisoblanadi.  EhM,  kompyuterlar  va  boshqa  avtomatlashtirish  qurilmalarining 

asosiy qurilmalari raqamli qurilmalar hisoblanadi. 

Raqamli qurilma elementlari - qurilmani mantiqiy loyihalash va texnik ishlatishda boʼlinadigan 

kichik  vazifaviy  qismlaridir.  Ushbu  kichik  vazifaviy  qismlar  oddiy  mantiqiy  yoki  yordamchi 

vazifani bajaradi. 



Integral  sxemalar,  turli  xil  tranzistorlar  va  diodlar,  rezistorlar,  kondensatorlar  va  induktorlar 

raqamli qurilma elementlarining komponentlari boʼlib hisoblanadi. 

Raqamli qurilma elementlari koʼllanilish tartibiga koʼra quyidagilarga boʼlinadi: mantiqiy, eslab 

qoluvchi, kuchaytiruvchi-shakllantiruvchi, yordamchi, maxsus qurilmalar. 

Mantiqiy  elementlar  -  raqamli  kurilmalarning  konkret  strukturasi  bilan  aniqlanadigan  mantiqiy 

vazifalarni amalga oshiradi. 

Xotira elementlari maʼlumot va dasturlarni raqamli kodlar koʼrinishida saqlaydigan qurilmalarda 

ishlatiladi. 

Kuchaytiruvchi-shakllantiruvchi  elementlar  –  raqamli  qurilmalarning  turli  zanjirlaridagi 

nostandart  signallarni  mantiqiy  elementlar  qayta  ishlash  mumkin  boʼlgan  signallar  darajasiga 

oʼzgartirib beradi. 

Yordamchi  elementlar  –  biron  bir  aniq  vazifani  bajarmasdan  balki  yordamchi,  qoʼshimcha 

vazifalarni bajarishda qoʼllaniladi (masalan raqamli qurilma ishlash qobiliyatini nazorat qilishda). 

Raqamli  qurilmalar  ikkilik  oʼzgaruvchilarni  kodlash  usuliga  koʼra  quyidagilarga  boʼlinadi: 

impulsli, dinamik, potentsialli, impulsli- potentsialli va fazali, 

Impulsli  elementlarda  -  «1»  tok  yoki  kuchlanishning  elektr  impulse  mavjudligini,  «0»  tegishli 

signalni mavjud emasligini (yoʼqligini) koʼrsatadi. 

Dinamik  elementlarda  «1»  impulslar  qutisi  yoki maʼlum  vaqt  oraligʼidan  keyin  yangilanadigan 

potentsialni, «0» - esa impulsning yoʼqligini (yoki teskarisi) koʼrsatadi. 

Potentsial  elementlarda  kiruvchi  va  chiquvchi  ikkalik  oʼzgaruvchilar  turli  kattalikdagi  elektr 

potentsiali koʼrinishida kodlanadi. 

Impulsli-potentsialli elementlarda signala kirishda potentsial darajada ham, elektr impulsi sifatida 

ham uzatilishi mumkin, chiqish signali esa qoidaga koʼra impulsli xarakterga ega boʼladi. 

Impulsli signal – takt davomiyligidan kichik boʼlgan davomiylikdagi 

signaldir.  

Fazali elementlarda signallar sinusoidal kuchlanish koʼrinishida qabul qilinadi, «1» va «0» ikkilik 

oʼzgaruvchilari tayanch kuchlanishlariga nisbatan sinusoidal kuchlanishlar fazasi bilan kodlanadi. 

Mantiqiy  vazifani  amalga  oshirish  koʼrinishiga  qarab  mantiqiy  elementlar  shartli  ravishda  BА, 

YoKI,  Yoʼq,  VА-Yoʼq,  YoKI-Yoʼq  vazifalarini  bajaradigan  bir  pogʼonali  mantiqiy  elementga 

hamda  VА-YoKI,  YoKI-VА,  VА-YoKI-Yoʼq,  YoKI-VА-Yoʼq,  BА-YoKI-VА,  va  h.k. 

vazifalarini bajaradigan mantiqiy elementlarga ajratiladi. 

Mantiqiy elementlarning ish qobiliyati parametrlarning sonli qiymatiga koʼyilgan texnik shartlarni 

bir vaqtda bajarilishi davomida axborot signallarini toʼgʼri uzatish bilan belgilanadi. 

Murakkab  mantiqiy  qurilmalarga  quyidagilar  kiradi:  shifrator  va  deshifrator,  kodlarni 

oʼzgartiruvchi kurilma, sanoqli kurilma, impuls chastotasini boʼluvchi va impulslarni taqsimlovchi 

qurilma, triggerlar, registrlar, qoʼshuvchi qurilmalar, xotira qurilmalari, 

Koʼpgina raqamli qurilmalar maʼlumotni saqlash va qayta ishlashda bir-birini oʼrnini bosadi yoki 

toʼldiradi.  Аrifmetik  va  mantiqiy  qurilmalarda  maʼlumot  saqlashda  koʼproq  triggerlardan 

foydalaniladi. 

Trigger - elementar xotira yacheykasi va boshqarish sxemasidan tashkil topgan, elementar xotira 

yacheykasining  kirish  qismiga  bevosita  taʼsir  qiluvchi  maʼlumotni  signallar  kombinasiyasiga 

oʼzgartiruvchi ikkita barqaror holatli chiqishga ega kurilmadir. 

Triggerlar  impuls  shakllantiruvchilarida,  yakka  signal  generatorlarida,  boʼluvchilarini  qurishda, 

hisoblagichlarda (schetchik), registrlarda, toʼplovchi summatorlarda, boshqarish qurilmalarida 

keng qoʼllaniladi. 


1-rasmda  triggerning  umumiy  sxemasi  koʼrsatilgan.  Xі...x  maʼlumotlar  kiritilishi,  sі...So  - 

sinxronizatsiya  kirishi  yoki  taktli  kirish,  VI...  v  boshqaruvchi  kirish,  Sy,  Ry-oʼrnatilgan  kirish, 

S'R" - elementar xotira chastota  

  

1-rasm. Treggerning umumiy sxemasi.  



 

3.  Toydiruvchi tasir (yuk) bo’yicha boshqarish prinsipi.   

 

Yuk  bo’yicha  rostlashda  vaqtning  har  bir  onida  uzatish  va  iste'mol  qilish 

o’rtasidagi tenglikni ta'minlash juda qiyin.  

Toydiruvchi  taʼsir,  aksincha,  boshqarish  jarayonini  talab  qilingan  rejimdan  uzoqlashtiradi  va 

muvozanatni  buzadi.  Toydiruvchi  taʼsirlar  tasodifiy  boʼlib,  obʼektning  ichki  yoki  tashqi 

sabablariga koʼra, koʼpincha yukni oʼzgarishi sababli sodir boʼladi. Shuning uchun boshqaruvchi 

taʼsirlar BOlarining toydiruvchi taʼsirlarini kompensatsiyalashga qaratilgan boʼladi. 

Keltirilgan  (*)  tenglama  boshqarish  jarayonining  asosiy  gʼoyasini  yoritib  beradi.  Tenglamadan 

koʼrinadiki,  sifat  koʼrsatgichlari  obʼektning  holati  haqidagi  axborot  boʼlib,  obʼektga  taʼsir  (uni 

boshqarish) faqat miqdoriy koʼrsatgichlarni oʼzgartirish orqali amalga oshiriladi. 

Boshqacha  aytganda,  boshqaruvchi  taʼsir  hamma  vaqt  obʼekt  (jarayon)ning  kirish  yoki  chiqish 

tomonidan holatning  miqdoriy paramatrlarini  oʼzgartirishga  qaratilgan. Bundan kelib chiqadiki, 

toydiruvchi taʼsir va boshqaruvchi taʼsirlar oʼrtasida qatʼiy chegara mavjud emas. 

BO  uchun  miqdoriy  parametrlar-kirish  qiymati  (oʼzgarish  sababi),  sifat  parametrlar-chiqish 

qiymati  (oʼzgarish  oqibati)  boʼladi.  Bunda,  u=f(Q)  sifat  parametrlarini  oʼzgarishi,  obʼektning, 

boshqaruvchi  yoki  toydiruvchi  taʼsirning  xisobiga  sodir  boʼladigan  miqdoriy  oʼzgarishiga 

reaktsiyasi boʼladi. 

Keltirilgan (*) tenglamadan koʼrinadiki, agar Qі yoki Q2 oʼrnatilgan qiymatidan dQ, ga farq qilsa, 

oʼning stabilь kiymatini taʼminlash uchun, obʼektga shunday dQ, boshqarish taʼsiri berish kerakki, 

unda  

А×ý = (Q

1

+ ΔQ

F

)-(Q

2

+ ΔQ

b

) boʼlsin. 

Boshqarish jarayonida bir vaqtning oʼzida BOning sifat va miqdoriy xarakteristikalari oʼzgaradi. 

Shuning  “miqdoriy  rostlash”  va  “sifat  boʼyicha  rostlash”  kabi  terminlar  alohidakoʼrinishda 

qoʼllanilmaydi. 



Har qanday ishlab turgan obʼekt determinatsiyalashgan (tartiblashgan) yoki ehtimollik (stoxastik-

tartiblashmagan) holatida boʼlishi mumkin. Obʼektni boshqarishdan maqsad uni stoxastik holatdan 

determinatsiyalashgan holatga oʼtkazishdan iborat. 

Buni bajarish uchun inson obʼektning holati yoki uning ishlash algoritmi haqida axborotga ega 

boʼlishi kerak. Demak, insonning ixtiyorida BO ning sifat parametrlarini oʼlchash qurilmalari yoki 

maxsus interuktsiyalar, reglamentlar boʼlishi kerak. Shuningdek, inson BO ning rostlash elementi 

(boshqarish  organi)  ga  ega  boʼlishi  kerak.  Bu  boshqarish  elementlari  quyidagicha  boʼlishi 

mumkin: 


 

-taqsimlovchi (klapan, zadvijka, tikin va boshq.) 

 

-boshqarish kurilmasi (nasos, kompressor, ventilyator...) 



 

-elektrik jixozlar (reostat, avtotransf-r, puskatel...) 

 

Boshqarish  jarayonini  sxematik  quyidagicha  amalga  oshirish  mumkin:  BOni  xarakterlovchi 



axboratlar  asosida,  obʼektni  oldingi  (istakdagi)  holatiga  qaytarish  yoki  uni  statsionar  rejimini 

taʼminlash  uchun,  mos  ravishda  boshqarish  taʼsiri  ishlab  chiqiladi.  Bu  boshqarish  taʼsiri 

obʼektning rostlash elementi holatini oʼzgartiradi va ogʼishni bartaraf qiladi.  

 

2-rasm. Boshqarish jarayonini sxematik ko’rinishi. 

 

Qiymatini  barqarorlash  yoki  bir  tekisda  oʼzgarishini  taʼminlash  zarur  boʼlgan  parametrga 



rostlanuvchi kattalik deb ataladi. Rostlanuvchi kattalikning qiymatini barqarorlash yoki maʼlum 

qonun  boʼyicha  oʼzgarishini  amalga  oshirish  uchun  moʼljallangan  asbob  avtomatik  rostlagich 

deyiladi.  Rostlanuvchi  kattalikning  ayni  paytda  oʼlchangan  qiymati,  rostlanuvchi  kattalikning 

hozirgi  qiymati  deyiladi.  Rostlanuvchi  kattalikning  texnologik  reglament  boʼyicha  ayni  vaqtda 

doimiy  saqlanishi  shart  boʼlgan  qiymati  rostlanuvchi  katalikning  berilgan  qiymati  deyiladi. 

Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning har bir 

onida  teng  boʼlishini  talab  qiladi.  Аmmo  ichki  yoki  tashki  sharoitlarning  oʼzgarishi  sababli 

rostlanuvchi kattalikning hozirgi kiymati berilgan kiymatidan chetga chikishi mumkin. Shu paytda 

hosil boʼlgan kiymatlar farqini xato yoki nomoslik deyiladi. 

 

 



 

Download 202.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling