1-topshiriq. “Davlat va din munosabatlarini tartibga solish modellari”ning o‘ziga xos jihatlarini jadval asosida to‘ldiring


Download 38.92 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi38.92 Kb.

1-KREDIT UCHUN TOPSHIRIQLAR

1-topshiriq. “Davlat va din munosabatlarini tartibga solish modellari”ning o‘ziga xos jihatlarini jadval asosida to‘ldiring. (Jadval to‘liq va aniq to‘ldirilishi kerak)

Davlat cherkov –Identifikatsion

Separatsion

Kooperatsion-neytralitet

Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya, Gretsiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Yevropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida) kuzatishimiz mumkin.


Davlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turi AQSh, Fransiya, Niderlandiya mamlakatlarida keng tarqalgan.

Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan.

Mazkur model muayyan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Yevropaning ayrim mamlakatlarida hamon davlat dinini rasmiy belgilash prinsipiga amal qilishmoqda.

Hozirgi kunda anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi – Angliya cherkovi) davlat maqomiga egadir. Parlament monarxiyasi yagona konstitutsiyaviy hujjatga ega bo‘lmasa-da, mamlakatda diniy tashkilotning o‘rni-mavqei bir qator parlament qonunlari hamda davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi kelishuv-bitimlari bilan belgilanadi.



Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida diniy tashkilotning davlatdan ajratilganligi (separatsion model) mustahkamlangan bo‘lib, bunda davlat dinni o‘z fuqarolarining shaxsiy ishi sifatida ko‘radi va buni «erkin jamiyatda erkin e’tiqod» degan ibora bilan izohlasa bo‘ladi.

Tarixining boshlanishidan ko‘p konfessiyali davlat bo‘lmish AQShda, bir-birining ishlariga ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, barcha konfessiyalarga nisbatan davlatning aralashmasligi nazarda tutilgan diniy tashkilotning davlatdan qat’iy ajratilishi prinsipi keng yoyilgan.




Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeli GFRda yaqqol namoyon bo‘lgan. Davlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlar davlat hokimiyatining ustuvorligi e’tirof etilgan, davlat-cherkov huquqiga o‘sib chiqdi. XIX asrda Diniy tashkilot tomonidan o‘zini-o‘zi belgilashga bo‘lgan huquqining tan olinishi davlat bilan din o‘rtasida o‘zaro faoliyat doirasining yanada aniq belgilab olinishini belgilab berdi.

Veymar Konstitutsiyasi davridan boshlab Germaniyada davlat-cherkov munosabatlari sekulyar bo‘lib qolgan davlat bilan cherkov erkinligi o‘rtasidagi muayyan masofa bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda bunday masofani «neytralitet» termini bilan atash odat bo‘lgan.




Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarining aksariyatida davlat dini sifatida islom dini e’tirof etilgan bo‘lib, bu haqda ularning nomlarida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘ladi: Pokiston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi. Shu bilan birga islom Misr, Iroq, Jazoir, Tunis va Iordaniyada ham davlat dini sifatida e’tirof etilgan.


Diniy tashkilotning davlatdan ajratilishi prinsipi boshqa shaklda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Yevropada bunday tizim diniy tashkilotga qarshi kurash jarayonlari natijasi sifatida shakllandi. XIX asr davomida Fransiyada davlat-din munosabatlari hamkorlikdan butunlay uzilishga qadar o‘zgarib, 1905 yildan cherkov davlatdan rasmiy ravishda ajratiladi. Shunga bog‘liq ravishda 1905 yili qabul qilingan qonun quyidagilarni tan oladi:

  1. Vijdon va e’tiqod erkinligi;

  2. Diniy tashkilotlar yoki ularning moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini davlat tomonidan tan olinishining taqiqlanishi;

  3. Barcha dinlarga, hech bir istisnosiz teng munosabatda bo‘lish.




Ko‘rib chiqilayotgan model doirasida 1920 yilgi Avstriya konstitutsiyasi ham muayyan qiziqish kasb etadi. Unda ham vijdon va e’tiqod erkinligi to‘la e’tirof etiladi. Avstriyada ham, GFRda bo‘lgani kabi, cherkov davlatdan ajratilmagan. Katolik cherkovi umumdavlat maqomiga ega bo‘lmasa-da, diniy sohada hukmronlik qiladi va mafkuraviy hayotning turli jabhalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. E’tiqod qiluvchilarning tahminan 90% ni katoliklar tashkil etadi.



2-topshiriq.Dinning jamiyatdagi funksiyalarini jadval asosida to‘ldiring.

Funksiyalari

Izohlang

Kompensatorlik

odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning ob'ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma'naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.


Integratorlik

individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma'lum bir ma'noda yagona diniy e'tiqod mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.


Kommunikativ

U ham diniy, ham diniy bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro ta'sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.


Dunyoqarashni shakllantirish

dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma'lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod bo‘lishni qo‘llab­-quvvatlaydi.


Madaniyatni targ‘ib qilish

oldin madaniyatning ma'lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san'atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozirda ba'zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba'zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma'naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.


Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash

ba'zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me'yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba'zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma'lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba'zi ko‘rinishlarga, ularga ma'lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e'tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.


Regulyativ

ma'lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an'analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me'yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va'da berish) muhim ahamiyatga ega.



3-topshiriq. Dinning primitiv shakllarini jadval asosida izohlang

Fetishizm

Animizm

Totemizm

Shamanizm

Tangrichilik

Zardushtiylik

Fetishizm (fetish so‘zi portugalcha “fetisho”, fransuzcha “fetish” – “sehrli narsa”, “but”, “sanam”, “tumor” ma'nosidagi so‘zni anglatadi). Uning mohiyati tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inishdir.



Animizm (lotin tilida anima - ruh, jon ma'nolarini anglatadi). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk diniy shakllardan biri.


Totem so‘zi - Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug‘i» ma'nosini anglatadi. Uning mohiyati «odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor», deb e'tiqod qilishdir.


(«Shomon» so‘zining tungus tilidagi ma'nosi «sehrgarlik»)

Sehrgarlik (afsun, magiya)



Ilohiy kuchlarga ta'sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual - urf-odatlar majmuasi


Tangrichilik osmon xudosi «Tangri»ga e’tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‘lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillikda vujudga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda – «Dingir», qadim xitoyliklarda - «Tyan» va xunnlarda - «Chenli» nomi bilan mavjud bo‘lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb e’tirof etadi.



Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra «boqiy yulduz» va «chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan») ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –«Donishmandlik sohibi») tomonidan berilgan.








































4-topshiriq. Berilgan savollarga jadval asosida javob bering

t/r

Savollar

Yaxudiylik

Buddizm

Xristianlik



Vujudga kelishi

Yahudiylik miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan

Hindistonda miloddan avvalgi VI asrda buddaviylik dini yuzaga kelgan

Xristianlik ya’ni Nasroniylik Yaxudiylik dinidan mustaqil din sifatida ajralib chiqqan va jahon dinlaridan biriga aylangan. Xristianlik nomi, uning asoschisi Iyso Masix, yunoncha Iisus Xristos nomidan olingan.

2

Ta'limoti

1. Yaxvedan boshqani iloh deb ishonmaslik; 2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik; 3. Bekordan bekorga xudo nomi bilan qasam ichmaslik; 4. Shanba kunini hurmat qilish va uni xudo uchun bag‘ishlash; 5. Ota-onani hurmat qilish; 6. Nohaq odam o‘ldirmaslik; 7. Zino qilmaslik; 8. O‘g‘rilik qilmaslik; 9. Yolg‘on guvohlik bermaslik; 10. Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik

1.hayot istiroblaridan iborat

2.istirobning manbai-ehtiros va istaklarga to‘la hayot

3.istiroblardan nirvanaga erishish orqali halos bo‘lish

4.haqaqatni anglash va nirvanaga erishishning yo‘li mavjud




Xristianlikning diniy ta’limoti mazmunini asosan quyidagilar tashkil etadi: Xudo muqaddas uchlikda namoyon bo‘ladi. Ya’ni Xudo uch qiyofali, lekin mohiyatan yagonadir. Ammo Xudo Xudo – ota, Xudo – o‘g‘il, Xudo – muqaddas ruh ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

3

Payg‘ambari

Yaxve

Gautama

Iso Masix

4

Muqaddas manbalari

Tavrot

Tripitaka

Bibliya:

yangi ahd: injil

eski ahd: tavrot:zabur


5

Tarqalishi

Markaziy Osiyo

Miloddan avvalgi IV—III asrlarda dastlab u Osiyoning janubi va janubi-sharqiga, milodiy I asrdan boshlab shimoli, shimoli-g‘arbi va shimoli sharqiga yoyilgan

Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik harakati natijasida Afrika, yaqin Sharqda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarida keng yoyilgan.

6

Oqimlari

Saduqiylar, Farziylar, Yesseylar, Sionizm

Xinayana

Maxayana


Lamaizm

KATOLIYLIK (1054y). PROVOSLAVIE(1054y). PROTESTANIZM(1529y)


7

Diniy marosim va bayramlari

Shabuot bayrami

Pesah (Pasxa) bayrami

Yangi yil bayrami – Rosh – Ashona bayrami

Poklanish bayrami Yom-Kipur



Purim bayrami

 Sagaalgan - Yangi yil
  Duinhor Khural - Kalachakra festivali
  Donchod Xural - Sakyamuni Buddaning ma'rifati va Parinirvananing tug'ilgan kuni
  Maidari Khural - Maytriya aylanasi
  Lhabab Duysen - Tushita osmonidan Buddaning kelib chiqishi
  Zula Xural - Tsongxapa Buddaning Nirvana kuni.
  Dalay Lamaning XIV tug'ilgan kuni ham nishonlanadi, ammo bu kanonik bayram emas. Shu bilan birga, ushbu bayram qat'iy belgilangan - Dalay Lama 6 iyul kuni tug'ilgan.

Chuqintirish, Rajdisvo

Download 38.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling