1-topshiriq javobi


Download 0.65 Mb.
Sana06.11.2019
Hajmi0.65 Mb.

1-TOPSHIRIQ JAVOBI:

1. XIX asrdan boshlab qo'riqxonalar, milliy bog‘lar, davlat

buyurtmalarini tashkil qilish faoliyati tezlashgan. Bunday alohida

muhofaza qilinadigan hududlarda yo‘qolib borayotgan noyob

o ‘simlik va hayvon turlari muhofaza qilinadi. Noyob va yokqolib

borayotgan turlarning muhofazasiga e ’tiborni kuchaytirish uchun

1966 yili tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan

xalqaro ≪Qizil kitobi≫ tashkil qilindi. ≪Qizil kitob≫ faqatgina xatar

darakchisi bolib qolmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi

ham hisoblanadi.

≪Qizil kitob≫ ayrim viloyatlar, mamlakatlar yoki butun dunyo

bo'yicha kelajakda xavf ostida turgan o'simlik va hayvonlar haqida

ma’lumotlarga ega bo‘lgan rasmiy hujjatdir.

Tabiatdagi mavjud o'simliklarning 400 dan oitiq turlari (10—

12%) karri uchraydigan endemik va relikt turlardan hisoblanadi.

Bunday o‘simliklardan 163 turi 1984-yili nashr etilgan 0 ‘zbekistonning

≪Qizil kitobi≫ ga kiritilgan boiib, ular yo'qolib ketish xavfi

ostida turgan o'simlik turlaridir (Belolipov va bosh q a la r^ J^ZL

Bu kitobga kiritilgan o'simlik turlari Tabiatni muhofaza qilisj/Xalqaro

uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyaga binoan, 4

kategoriyaga ajratiladi. Ular quyidagilardan iborat:

1. Yo'qoigan yoki yo4qolish arafasida turgan. Bir necha yillar

davomida tabiatda uchratilmagan, lekin ayrim yig‘ib olish qiyin



i . , . . bo‘lgan joylardagina yoki macjaniy sharoitda saqlanib qolish

ehtimoliga ega bolgan o‘simlik turlari.



2. Yo'qolib borayotgan turlar. Yo'qolib ketish xavfi ostida

turgan, saqlanib qolish uchun maxsus muhofaza talab etadigan

turlar.

3. Kamyob turlar. Ma’lum kichik maydonlarda o'ziga xos

sharoitlarda saqlanib qolgan va tez yo‘qolib kctishi mumkin bo'igan

hamda jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar,

4. Kamayib borayotgan turiar. Ma’lum vaqt ichida soni va

tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga ko‘ra yoki insonlar ta’siri

ostida qisqarib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda bunday o'simliklar

har tomonlama nazorat qilib turishni talab etadi.

≪Qizil kitob≫ ning 1998-yilgi nashrida muhofazaga olingan o'simlik

turlarining soni 301 ga yetdi. ≪Qizil kitob≫ ning yangi 2006-yildagi

nashrida muhofazaga olingan o'simlik turlarining soni 305 tadir.

Umumiy qilib aytganda, ≪Qizil kitob≫ ning mohiyati shundaki,

ular o'simlik va hayvonot olamining kamyob, yo'qolib,

kamayib ketish xavfi ostidagi turlari haqida tolliq ma’lumot beruvchi

hujjatdir.

Jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi

muammosiga jalb qilish hamda turlar genofondini saqlab qolishga

yordamlashish — ≪Qizil kitob≫ ning vazifasidir.

Inson o ‘zining xo'jalik faoliyatida hayvonlarga bevosita va

bilvosita ta’sir ko'rsatadi. Bunday ta’sir ba’zan salbiy, ba’zan esa

ijobiy bolishi mumkin. Salbiy ta’sir etganda hayvonlarning soni

kamayib ketishi, ularning lrolati yomonlashishi mumkin.

Insonlarning salbiy ta’siri natijasida respublikamizda mavjud boMgan

sut emizuvchi yovvoyi hayvonlarning 99 turidan 32 tasi,

parrandalarning 410 turidan 31 tasi, baliqlarning 79 turidan 5 tasi

≪Qizil kitob≫ga kiritilganligi bizga ma’lum. Jumladan, katta

shomshapalak, shalpangquloq, ko‘rshapalak, oq suvur, qo'ngbir

ayiq, sirtlon, qoplon, xongul, irbis, jayron, Ustyurt qo‘yi, Qizilqum

yovvoyi qokyi, arxar, lochin, itolg'i, ov turna, tuvaloq, bizg‘aldoq,

qum chumchug‘i, echkemar, Osiyo kobrasi, baxri baliq, mo‘ylov

baliq, Sirdaryo kurakburuni va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

Hayvonlarni muhofaza qilish, ularning tabiatdagi muvozanatini

saqlab qolish, kamayib ketgan hayvonlar sonini qayta tiklash

uchun asosan ovchilik va baliq ovlashni tartibga solish, qokriqxona

va buyurtma (zakaznik) larni tashkil etish Iozim. Hayvonlar

yashaydigan joylarning ekologik holati yaxshilanadi. Qishloq

xo‘jalik ishlab chiqarishida yerlardan foydalanganda hayvonlar

uchun o‘tlaydigan maydonlar qoldiriladi, ularni iqlimlashtirishga

e ’tibor beriladi, zaharli preparatlar ta’siridan himoya qilinadi va

shunga o ‘xshash tadbirlar amalga oshiriladi.

0 ‘zbekiston Respublikasi ≪Qizil kitob≫ida (11-tom, 2003-y.)

ko‘rsatilganidek, so‘nggi o‘n yillar davomida, tabiatdan foydalanishning

kuchayishi natijasida ko‘plab hayvon turlari inson ta’siri

ostida qolib, ularning yashash joylari, soni qisqardi. Ayrimlari esa

butunlay yo‘q bolib ketdi. Jumladan, Turon yolbarsi, gepard,

Turkman quloni, Orol sulaymon balig‘i kabi hayvonlar umuman

yo‘q bo‘lib ketdi. Sirtlon, qoplon, to‘xta tuvaloq, Sirdaryo va Amudaryoning

kichik va katta kurak burunlari kabilar yo‘q bo‘lib ketish

arafasida turibdi. Ustyurt va Buxoro qo‘ylari. morxo‘r, qoraquloq,

0 ‘rta Osiyo qunduzi, oq bosh o‘rdak, vishildov oqqush, marmar

churrak, yo‘rg‘a tuvaloq, Farg‘ona qum kaltakesakchasi, ayrim

molluska va hasharotlar yo‘q bolib ketish xavfi ostida. Ko‘plab

hayvon turlarining soni uzluksiz kamayib bormoqda, sababi,

hududlaming xo‘jalik maqsadlarida o‘zlashtirilishi, atrof -muhitning

ifloslanishi, biologik resurslardan me’yorsiz foydalanishdir.

Respublikamizdagi mavjud qokriqxonalarda ≪Qizil kitob≫ ga

kiritilgan Buxoro bug‘usi, morxo'r, Qizilqum arxari kabi hayvonlar,

yirtqich qushlar va hasharotlar muhofaza ostiga olingan.

Kamyob hayvonlar tuflarini kokpaytirish Respublika markazi

(Buxoro viloyati) olib borayotgan izlanishjari kamyob va yokq

bolib ketayotgan hayvonlarni yarim tutqunlik sharoitida kokpaytirish,

ularni saqlab qolish, sonini tiklashga bag‘ishlangan. Undan

tashqari, bu yerda Respublika ≪Qizil kitob≫ iga hamda Xalqaro

Qizil kitoblarga kiritilgan jayron, yo'rg'a tuvalok, qulon,

Pijevalskiy oti kabi turlarni ko'paytirish va qo'riqlash bo‘yicha

amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Davlat bionazorati

bosh boshqarmasi, CTzR FA Zoologiya instituti olimlari tomonidan

yo‘q bolib ketish xavfi ostidagi qushlarni sun’iy sharoitda

kolpaytirish va tabiatga qo‘yib yuborish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonning birinchi ≪Qizil kitob≫i 1983-yiIda nashr

etilgan bolib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.

≪Qizil kitob≫ ning yangi nashriga (11 tom, hayvonot olami, 2003-y.)

sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib

yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning

3 turi, moluskalarning 14 turi, bo‘g‘imoyoqlilarning

61 turi kiritilgan.

Turlaming tabiatda yolq bo‘lib ketish xavfi toifalari quyidagicha:



0 — yo‘q boiib ketgan turlar. Mamlakatda yolq bolib ketgan

yoki mamlakatda yovvoyi tabiatda yo‘q boMib ketgan deb belgilanishi

mumkin.

1 — xavfli holatdagi turlar. Butunlav yo‘q bolib ketish

arafasidagi yoki yokq bolib ketayotgan deb belgilanadi.



2 — zaif turlar. Zaif toifasiga mansub turning hayotiy

ko‘rsatkichlari cheklangan bo‘lsa, u ≪tabiatan kamyob≫ deb

belgilanadi.

3 —y o 4q bo‘lib ketish ehtimoliga yaqin. Turning hayotiy

ko‘rsatkichlari yashab qolishi uchun tahdid poyonidan nisbatan

uzoq bo‘lib, ammo noaniq davr mobaynida uning shu darajaga

yetish ehtimoli mavjud boigan holdagi tur belgilanadi.



4 — ma’Iumotlar tanqis - toifasi maqomi bolyicha noaniq va

yo‘q boMib ketish holati toifalariga mansub bo'lmagan turlarni

okz ichiga oladi.

Ona tabiatimizning rang-barangligi kecha, bugun paydo

bolgan emas, balki bir necha ming yillar davomida ajdodlarimizdan

bizga qoldirilgan aziz merosdir. Bizning zimmamizda esa mana shu

millat boyligi hisoblanmish ona tabiatimizni asrab - avaylab, kelajak

avlodga topshirishdek muhim vazifa turibdi. Shuning uchun ham

har birimiz tabiat boyliklarini muhofaza qilish, uni ko‘z - qorachig‘

imizday avaylab asrashimizda o'zimizni javobgar sezishimiz

darkordir.

2. Keyingi davrlarda — fan va texnika yutuqlariga asoslangan

insoniyatning tabiatga ko‘rsatgan ta ’siri nihoyatda kuchaygan bir

paytda tabiatni, undagi ekologik muvozanatni asrash nihoyatda

muhim muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham

kelajak avlodni ekologik jihatdan savodli va yetuk kishilar qilib

tarbiyalash, bu borada yoshlar ongida ekologik tushunchani

shakllantirish hozirgi davrning dolzarb muammosidir.

Tabiat muvozanatini to‘g‘ri tushunmaslik natijasida inson o‘z-:

yashab turgan muhit tabiiy holatining o ‘ta buzilishiga sababchl

bolmoqda. Tabiatni muhofaza qilish, yoshlarni ekologik, estetik,

ma’naviy va mehnat bilimlarini berish bugungi kunning dolzarb

masalalaridan hisoblanadi. Insonning tabiatdagi o'rnini aniq belgilash

shart, uning javobgarligini oshirish va hosil bolgan yangi kuchlarini

biosferani yaxshilashga yobnaltirish kerak bo‘ladi. Shu narsani alohida

qayd qilish kerakki, har bir odam o ‘zi yashab turgan joyni

kuzatabiladigan, uning tarixini, tarkibini, organik va mineral

komponentlarini to'liq o ‘rgangan boMishi shartdir. Bu mas’uliyatli

vazifani bajarishda o'quvchilarga va barcha yosh avlodga berilayotgan

ekologik ta’lim-tarbiyaning ahamiyati benihoya kattadir.



Ekologik ta ’lim deganda, o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan

tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlami ifodalovchi bilimlar tizimi

tushuniladi.

0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil

19-sentabrdagi ≪2008—2012-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasining

atrof - muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risidagi 212-

sonli qarori≫ e ’lon qilingan edi. Shu qarorga binoan 0 ‘zbekiston

Respublikasining barcha Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va

boshqa tashkilotlar 2008—2010-yillarda ekologiya hamda barqaror

rivojlanishni ta ’minlash sohasidagi ma’rifiy tizimni yanada

rivojlantirish va takomillashtirish dasturi bo‘yicha chora-tadbirlar

rejasini ishlab chiqib amalga oshirmoqdalar.

Prezidentimiz I.Karimov o‘zlarining yozgan 16 ta asarlarida

ayniqsa ≪Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch≫ asarlarida respublikamizda

va butun dunyoda sodir bolayotgan ekologik holatning

sabablarini ochib berganlar. Respublikada yashayotgan har bir

inson va yosh avlod bizdagi ekologik muammolarni yaxshi bilishi

kerak. Ekologik ma’naviyatni yuqori ko‘tarish lozim. Yoshlarni

ko‘proq tabiatni muhofaza qilishga va asrashga qaratmoq kerak.

Qur’onda keltirilgan 6000 oyatdan 700 tasi tabiatni muhofaza

qilishga qaratilgan. Ekologik ta’lim masalasiga befarq qaramaslik

kerak, uni hayotga tez tatbiq qilishimiz lozim (bog‘cha, maktab,

litsey, kollej, institut). Biz ekologik muvozanatni buzganimiz uchun

Orol dengizi atrofida qishloq xo‘jaligida yo‘l qo‘yilgan xatolar

dengizning qurishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida ana shu

viloyatlardagi aholi yashash sharoitlarining yomonlashishiga va har

xil kasalliklarning kuchayishiga sabab bolmoqda.

Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi shu sabablarning buzilishi

har xil ekologik ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Xususan Amudaryo

quyi qismida hosil qilingan ekologik fojia, yana har xil o‘ta zaharli

moddalarning dehqonchilikda ishlatilishi, daryo suvlaridan to‘g'ri

foydalanmaslik, mineral o ‘g‘itlarning noto‘g‘ri va me’yoridan

yuqori ishlatilishi, kollarning qurishi mintaqada ekologik muvozanat

buzilishiga olib keldi.

Prezidentimiz 1.A.Karimov ≪Ekologiya hozirgi zamonning

keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal

etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning

hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal

qilinishiga bogliqdir≫ deb ta ’kidlaganlar ( 0 ‘zbekiston XXI asr

bo^ag^asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot

kafolatlari asarlarida).

3. Yer yuzida dorivor o‘simliklaming 10-12 ming turi bor. 1000 dan

ortiq o‘simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari

tekshirilgan. 0 ‘zbekistonda mavjud dorivor o‘simliklaming 577 turidan

hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda. Dorivor

o‘simliklammg ta’sir etuvchi moddasi — alkoloidlar, turli glikozidlar

(antroglikozidlar, yurakka ta’sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.),

flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va boshqa shilliq moddalar. Efir

moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa birikmalar bo‘lishi mumkin.

0 ‘zbekistonda dorivor o‘simliklardan ko‘proq anor, achchiqmiya,

bodom, dorivor gulxayri, yong'oq, jag‘-jag‘, zubturam, isiriq, itsigek,

omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo‘t, shildirbosh, shirinmiya,

shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‘t va boshqalar tarqalgan.

Achchiqmiyadan — paxikamin, isiriqdan garmin, omonqoradan

galantamin, shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor

po‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor

gulxayri preparatlari balg'am ko‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘

va lagoxilus dorilari qon ketishni to‘xtatuvchi, pista va choyo‘tdan

tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida

ishlatiladi

Dorivor o‘simliklami tabiatdagi zahirasini saqlab qolish va har

yili ulardan ma’lum miqdorda mahsulot tayyorlab turish maqsadida

quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

1. Dorivor o‘simlik mahsulotlarini ilmiy asoslangan reja

bo‘yicha, ko‘p o‘sadigan joylami va zaxirasini to‘g‘ri aniqlab bilgan hamda

tayyorlanadigan joylarini vaqt-vaqtida almashtirib turgan holda yig‘ish lozim.

2. Ko‘p yillik o'simliklaming yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi) dan

dori tayyorlanadigan bo Isa, ulaming ildizi bilan sug‘urib olmaslik lozim.

Bordi-yu, yer ostki organlari (ildizpoya, ildiz, tuganak) kovlanadigan bo‘lsa,

mevasi pishib to‘kilgandan so‘ng yig‘ish kerak. Aks holda shu dorivor

o‘simliklar keyinchalik o‘sha joyida o‘sib chiqmasligi mumkin.

3. Yowoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar dori tayyorlash

uchun yig‘ib olingandaii so‘ng (ayniqsa, yer osti organlari kavlab

olingandan so‘ng) ulaming keyinchalik yana o‘sib chiqishiga katta

ahamiyat berish lozim. Buning uchun bir yerdan necha yilgacha o'simlik

mahsulotini yig‘ish mumkin va necha yil dam berish kerakligi haqidagi

qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak.

4. Dorivor o‘simliklami sug‘oriladigan yerlarga ko‘proq ekib

o‘stirish va ulami agrotexnikasini yaratilsa, respublikamizda tabiiy

sharoitda o‘sayotgan dorivor o‘simliklar zahirasini saqlab qolish

imkoniyati yaratiladi.Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham

o‘simliklaming kamayib ketishiga sabab boimoqda. Ayniqsa,

keyingi yillarda qizil lola, sallagul, shirachva shunga o‘xshash nafis gulli

0 ‘simliklaming juda kamayib ketganligining guvohi boiib turibmiz.

2-TOPSHIRIQ TEST JAVOBLARI:

1. A 11. B 21.C

2. A 12. A 22.A

3. D 13. C 23.B

4. B 14. A 24.B

5. C 15. A 25.D

6. A 16. B 26.A

7. C 17.C 2-A 27.A

8. A 18. 1,4,6 28.V

9. A 19. C 29.G

10. D 20. A 30.D



4-TOPSHIRIQ JAVOBI:

1. Azotning aylanishi. Atmosferaning 78 % ini azot tashkil etadi.

Azot inert gazidan iborat boiganligi sababli, uni birikma holda havoda

uchratish qiyin. Tirik organizmlarda azot aminokislotalar va oqsilning

muhim komponenti hisoblanadi. Havodagi erkin azot azotobakteriyalar

vositasida o'zlashtiriladi va birikma holda ajratib chiqariladi.

Bakteriyalar faoliyati natijasida 1 ga maydonda 2-3 kg dan 5-6 kg gacha

azot birikma holga o‘tkaziladi. Erkin yashovchi azot o‘zlashtiruvchilar

vositasida har gektar yerga bir yilda 10 kg azot o‘zlashtiriladi, dukkakli



ekinlar vositasida esa 400 kg/ga o'zlashtiriladi.



2.Tabiatda suvning aylanishi:



3.

Ma’lumki, yashil o'simliklar hayot uchun zarur boigan kimyoviy

moddalami olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to'playdi va

quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga

ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo

tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi

va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Bunday organizmlar avtotrof

organizmlar deyiladi. 0 ‘simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib

yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalami

karbonat angidrid, suv va mineral tuzalarga aylantiradi. SHunday qilib,

ekotizimdagi energiya oqimi avtrotrof va getrerotrof organizmlar

o‘rtasida boradi. Geterotrof organizmlar safiga kiruvchi redutsentlar

murakkab organik moddalami mineral birikmalarga aylantiradi.

Demak, avtotrof organizmlar o‘plagan mahsulot va undagi

energiya boshqa organizmlar o‘rt asida ozuqa zanjiri orqali

taqsimlanadi.

Oziqa zanjiri deb, har bir organizm o‘zidan keyinda turgan

organizm uchim ozuqa boiib xizmat qilishi tushuniladi. U

organizmlaming trofik darajasiga ko'ra uch-besh halqadan iborat:

1. Produtsentlar (o'simliklar).

2. Birinchi darajali kontsumentlar (o'txo'r hayvonlar).

3. Ikkinchi darajali kontsumentlar (o‘txo‘r hayvonlar biomassasi

bilan oziqlanuvchi etxo‘r hayvonlar).

4. Uchinchi darajali kontsumentlar (etxo‘r hayvonlar biomassasi

bilan oziqlanuvchi etxo‘r hayvonlar).

5. Produtsentlar va 1, 2, 3-darajali kontsumentlar biomassasi bilan

oziqlanuvchi to'rtinchi darajali kontsumentlar. Organizm tomonidan

oziqa bilan qabul qilingan energiya oziqa zanjiri bo‘ylab organizmdan -

organizmga o‘tishda zanjiming har bir halqasida birin-ketin kamayadi va

oxirida yo‘qolib ketadi.

Masalan: tariq - hashorat - qurbaqa - ilon - kalxat.

Demak, ozuqa zaniridagi har bir bo’g’inning o’mi trofik darajani

tashkil etadi. Trofik zanjirlar fotosintez hosil qiluvi organizmdan

boshlansa, sarflanish zanjiri deyiladi. Masalan, o’simlik - kiyik - bo’ri -

tanq - hashorat - qurbaqa - ilon - kalxat. Agar ozuqa zanjiri o’simlik

qoldiqlari, hayvon jasadi yoki chiqindilardan boshlansa, parchalanish

(detrit) zanjiri deyiladi. Masalan, to’kilgan barg - yomg’ir chuvalchangi

- qorayaloq - qirg’iy. Trofik darajalar o’rtasidagi energiya oqimi turli



ekotizimda turlicha boradi.

Muammoning turi



Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo’llari va sizning xarakatingiz

O’zbekiston hayvonot dunyosini muhofaza qilish

hududlaming xo‘jalik maqsadlarida tabiat qonunlariga e’tiborsiz o‘zlashtiriIishi, atrof - muhitning ifloslanishi, biologik resurslardan meyorsiz foydalanishdir pinhoniy ov qiluvchi shaxslar uchrab turishi.

yo‘qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat’iy nazorat osdga olib,ov qilishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik va ikkinchidan, o‘sha hayvonlaryashaydigan hududlami tabiiy holicha saqlab, qo‘riqxonalarga,buyurt-maxonalarga aylantirish zarur.

Chiqindilar muammosi


Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obyektlari chiqindilami hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi. Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta oichamli axlatlar yig‘ilishi, ular o‘z vaqtida va to‘g‘ri olib chiqilmasligi hamda zararsizlantirilmasligi

chiqindilami utilizatsiya qilish kuydirish, poligonlarga ko‘mish yoki yig ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari bilan amalga oshirish.

Orol Dendizi va Orolbo’yi muammosi


Yillar davomida Orol dengiziga suvning kam quyilishi holatlarini, ya’ni 1977-yildan 2012-yillar oralig'idagi Orol dengizi suv sathining pasayib ketishi bilan bogiiq holatlami tahlil qilish orqali, Orol dengizi muammosining global ekologik muammoga aylanganligi.

Orol dengizining qurigan o'mida qum va tuzlaming shamol bilan uchirilishiga qarshi chora ko‘rish uchun sun’iy o‘rmonlar bunyod qilish katta ahamiyatga egadir. Orol muammolari bo‘yicha, hozirda Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda.

Cho’llanish muammosi


Tabiiy o'rmonlammg va o‘simlik qoplamining qisqarishi, Orol dengizining qurishi, yangi katta tuzli choilaming shakllanishi, haddan tashqari chorva mollarini boqish, hudud gidrologiyasining o‘zgarishi va shunga o'xshash holatlar, butun 0 ‘rta Osiyo mamlakatlarida, choilanish jarayonining faol harakatiga olib keldi. Ayniqsa, 0’zbekiston,Qozog‘iston va Turkmanistonda bu jarayon yaqqol ko‘zga tashlanadi.

1. Rekreatsion yo‘nalish - obodonchilik, hovuzlar, sport maydonlari,o‘yin maydonlari, bolalar maydonchalari qurish. 2. Qishloq xo'jaligi yo‘nalishi - yaylov, bog‘, uzumzorlar yaratish. 3. Sanitar-gigiyenik yo‘nalish - biologik yoki texnik yo‘l bilan yaroqsiz yerlami atrof-muhitga ta’sir qilmaydigan sharoitda konservatsiya (buzilmaydigan holga keltirish) qilish. 4. 0 ‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishi - turli tipdagi o‘rmonzorlar barpo qilish. 5. Baliqchilik yo'nalishi - baliqchilikni rivojlantirish shartsharoitlariga amal qilgan holda suv havzalarini barpo etish.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling